Birinchi jahon urushidan so`ng Hindiston xalqlarining milliy ozodlik harakatlarining o`sishi Reja


-1921 yillarda ishchilar harakati



Download 43,09 Kb.
bet3/7
Sana20.07.2022
Hajmi43,09 Kb.
#829367
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
hindiston

1920 -1921 yillarda ishchilar harakati.
Urushdan keyin kapitalistik mamlakatlarni qamrab olgan iqtisodiy krizis Hindistonga og‘ir ta’sir qildi. Bunday sharoitda mamlakatda sinfiy kurash keskinlashdi. Fabrika egalari ish haqini kamaytirdilar, ishchilar esa bunga namoyishlar bilan javob qaytardilar.
1920 yil yanvarida Bombey to‘qimachilarining 200 ming kishilik ish tashlashi bo‘ldi. Ishchilar ish haqini oshirishga baxtsiz xodisalar uchun kompensatsiya to‘lanishiga , ish kunini bir muncha qisqartirishga erishdilar.
Jamshedpurda metalurgiya zavodi ishchilarning qisman g‘alaba bilan tugagan namoyishlari bo‘ldi. Shuningdek, Bengaliya temir yo‘lchilari, Ahmadobod ishchilari ham ish tashladilar. 1920 yil 30 oktyabrda Bombeyda birinchi kasaba uyushma syezdi bo‘ldi. Unda umumhind profsoyuzlari kongresi tuzildi. 1920-1921 yillarda turli rayonlarda Hindistondagi inqilobiy ko‘tarilishning tarkibiy qismi bo‘lgan dehqonlar g‘alayonlari ham bo‘lib turdi.
Dehqonlar harakati ayniqsa Panjob , Madaras viloyatining Malabar okrugi, Qo‘shma Provinsiyaning sharqiy okruglarida avj oldi. Malabar okrugi aholisining bir qismi qadimdan islomga e’tiqod qilardi. Ularning ko‘pchiligi asosan batrakchilik bilan shug‘ullanar past kastaga ta’luqli edilar. Oziq – ovqat mahsulotlari narxini oshishi natijasida ular ahvolini og‘irlashib ketishi Angliyaga qarshi xalifachilik tashviqotini yoyilishi uchun qulay sharoit yaratdi.
1921 yili avgustida ingliz politsiyasi Tirunangaddagi machitga xujum qiladi. U yerda 5 ming nafar ibodat qiluvchilar yig‘ilgan edi. Bu xujumni ibodat qiluvchilar muqaddas joyni oyoq – osti qilish, tahqirlash deb qabkl qiladilar va politsiya bilan to‘qnashuv boshlanib ketadi, politsiyachilar dehqonlarga qarata o‘q otadilar. Bunga javoban musulmonlar “Xalifachilik respublikasi” ni tuzish shiori ostida qo‘zg‘alon ko‘taradilar. Qo‘zg‘alonchilar faqat pichoq va xanjarlar bilan qurollangan edilar. Ularga qarshi zamonaviy qurollangan ingliz qo‘shinlari tashlanadi. Qo‘zg‘alonchilarning qattiq qarshilk qo‘rsatishlariga qaramay 1921 yil oxirida qo‘zg‘alon bostiriladi. 30 mingdan oshiq qo‘zg‘alonchi asir olinadi, ularni boshliqlari otib tashlanadi. 100 nafar hibsga olingan maxbus muxrlangan vagonda jo‘natiladi, ulardan 70 tasi yo‘lda vafot etadi. Bu o‘ch olishlar butun Hindistonda noroziliklar uyg‘otdi. Bu davrdagi dehqonlar harakati umuman olganda stixiyali tor doirali , taqoq , tashkil etilmagan xarakter kasb etdi, ko‘pincha ularda ma’lum diniy jamoa dehqonlari ishtirok etardi. Lekin shaharlarda ishchilar harakatining avj olishi, qishloqda dehqonlar harakatining boshlanishi mustamlaka hokimiyati uchun xavfli holatni vujudga keltirdi, bu narsa kurashning bundan buyon kuchayishini xoxlamagan mulkdor sinflarni ham bezovta qiladi.
1922 yil 4 fevralda “grajdan itoatsizligi kompaniyasi” ni to‘xtatishga bahona bo‘lgan Chauri- Chaura voqealari bo‘ldi. Qo‘shma provinsiyalar kichik shaharchasida politsiya namoyishchisi kongreschilarga hujum qiladi. O‘shanda olamon politsiya uchastkasi binosini o‘rab oladi va yondirib yuboradi, bir qancha politsiyachilar qattiq kaltaklanadilar.
Shu munosabat bilan Bardoli shahrida kongres ishchi komitetini shoshilinch majlisi chaqirildi. Komitet “grajdan itoatsizligi kompaniyasi”ni to‘xtatish to‘g‘risida qaror qabul qildi. Kompaniyaning barcha ishtirokchilariga hukumatga har qanday qarshilik ko‘rsatishni to‘xtatish, soliqlarni to‘lash, hokimiyat barcha buyruqlarini bajarishni tavsiya etuvchi chaqiriq e’lon qilindi. Bu qaror turmada bo‘lgan ko‘zga ko‘ringan kongres arboblarini noroziligini uyg‘otdi.
Ingliz mustamlakachi ma’murlar harakat harakat qatnashchilari orasida birlik yo‘qligidan foydalanib, o‘zlariga xos raxmsizlik bilan bu harakatni bostirdilar. Umumhindiston milliy ozodlik harakati vaqtincha pasaya boshladi. Iqtisodiy taraqqiyot 1923-1927 y. 1923 – 1927 yillarda Hindistonda iqtisodiyot rivojlanadi. Fabrikalar soni 1,5 barovar ko‘paydi. Hind sarmoyadorlariga foyda olish imkoniyati uchun qattiq kurash olib borishga to‘g‘ri keldi. Ayniqsa to‘qimachilik sohasida qattiq raqobatchilik kurashi ketardi. Urush yillarida chetdan gazlama keltirish kamayishi bilan mahalliy gazlamalarga ehtiyoj oshgan bo‘lsa, 1922 yildan keyin chetdan gazlama keltirish yana kuchaydi. Angliya hukumati Hindiston bilan savdo qiluvchi ingliz kapitalistlariga yanada qulay sharoit yaratish maqsadida rupiya kursini oshirdi. Hind sarmoyadorlarining chetdan keltiriladigan tovarlarga boj solig‘ini ko‘paytirish to‘g‘risidagi talablari rad etildi. Shunday qilib monopoliyalari urush davrida birmuncha bo‘shashgan mavqeilarini yana mustahkamlab oldilar. 1923 yilda Hindistonda antiimperialistik harakat susayib ingliz ma’murlari haraktaini ko‘pchilik ishtirokchilarini qamoqqa oldilar. Milliy Kongres tashkilotlari tor mor etildi. Milliy Kongres partiyasining a’zolari ko‘tarilishi davridagi 10 mln. kishidan 1923 yilda bir necha kishiga tushib ketdi. Mustamlaka ma’murlari o‘zlarining yozuvlaricha siyosatlarini ya’ni musulmonlarni – induslarga gij – gijlash siyosatlarini yana amalga oshiradilar. Ingliz – hind ma’murlarining ig‘vogarliklari bilan 1923 yilda musulmonlar bilan induslar o‘rtasida to‘qnashuvlar boshlanadi. Musulmon ligasi induslarni islomga kiritish kompaniyasini avj oldirdi. Ayni vaqtda reaksion indus tashkiloti Hindu Maxasabxa Hindistonni butun aholisini induizmga kiritishni targ‘ib qildi. Diniy adovatni kuchayishi umumhindiston milliy ozodlik harakatini pasayishining ochiq belgisi edi. 1923- 1927 yillarda oldingi davrga nisbatan stachkalar soni kamaydi, lekin ularni o‘tkazishda ancha tashkiliy, uyushqoqlik tendensiyasi kuzatildi. 1923 yilda Ahmadobod ip gazlama fabrikasida ishchilarning yirik ish tashlashi bo‘ldi, 1924 yili Bombey to‘qimachilari ish haqini pasaytirishga qarshi 160 ming kishilik ish tashlash uyushtirdilar. 1925 yili Bombeyning 152 ming ishchilari yangidan ish haqini tushirilishiga qarshilk ko‘rsatib 3 oy mobaynida ish tashladilar. Yirik ish tashlashlar shuningdek Hindistonning temir yo‘llarida ham ruy berdi. Xindistonda kasaba uyuo‘malari ko‘payib bordi. 1926 yilning oxirida 200 dan oshiq kasaba uyushmalari bo‘lib ularda 300 mingdan oshiq a’zo bor edi. Kasaba uyushmalari ishida kommunistlar faol ishtirok etdilar. 1925 yili kommunistlar va inqilobiy kayfiyatdagi millatparvar Bengaliyada ishchi- dehqon partiyasini tuzdilar. 1927 yilda Bombeyda ham ishchi dehqon partiyasi tuzildi. U kasaba uyushmalarida faol ish olib bordi. Ularga ishchilarning jalb etilishida faoliyat yurgazdi. Yangi inqilobiy kasaba uyushmalarini tuzishda qatnashdi. Partiya organi “Krakti” – inqilob deb atalardi. Penjobda ham ishchi dehqon partiyasi tuzildi. Ishchi - dehqonlar partiyalari nafaqat kommunistlar rahbarligi ostida balki mayda burjua inqilobchi vatanparvarlar rahbarligi ostida edilar. Bu ularning dasturiy hujjatlari va ular faoliyatida o‘z aksini topar edi. Umuman ular Hindistonda ishchi – dehqon harakati rivojida ijobiy rol o‘ynadilar. XKP ning tuzilishi. Yagona kommunistik partiya tuzishni zarurligi hind ishchilarining ilg‘or qismi tomonidan 1929- 1930 yillarda anglab yetildi. O‘sha vaqtda kompartiyaning faoliyat platformasi e’lon qilingan edi. Lekin bir qancha obyektiv sabalar kommunistik partiyaning tashkiliy rasmiylashuviga halaqit qilib kelard. Uning tashkil etilishida Mirut jarayoni ma’lum rol o‘ynadi, uni qamoqqa olingan kommunistlar mustamlakachilik tuzumini fosh etish minbariga aylantirilgan edilar. Mirut jarayoni minbaridan kommunistlarni ochiq chiqishlari keng antiimperialistik kurash sharoitida ishchilarning ilg‘or qismi , dehqonlar va ziyolilarning e’tiborini qozonishga yordam berdi. 1933 yil yanvarda Mirut maxbuslarini ishi bo‘yicha xukm e’lon qilindi. Muzaffar Ahmad o‘lim jazosiga , qolgan sudlanuvchilar turli muddat katarg‘a ishlariga hukm qilindilar. Bu hukm Hindistonda , shuningdek, Angliya va boshqa davlatlarda norozilik uyg‘otdi. Javoxarlal neru boshchiligida mirut maxbuslarini himoya qilish bo‘yicha maxsus komitet ham o‘z noroziligini bildirdi. Bu norozilik harakati ingliz ma’murlarini mirut mahbuslarini muddatdan oldin ozod qilishga majbur etdi. Muzaffar ahmad ham ozod etildi. Ular ozod etilganlarian keyin 1933 yil Hindiston kompartiyasining Muvaqqt Markaziy komiteti saylandi. Muvaqqt Markaziy komitetiga tarqoq komunistik guruhlarini yagona partiyaga birlashtirishdek mas’uliyatli vazifa yuklandi. Bu vazifa muvaffaqiyatli amalga oshirildi. Shu yili Hind kompartiyasi Kominternga qabul qilindi. Tez orada kompartiya mustamlaka hukumati tomonidan taqiqlab qo‘yildi. Gujeratdagi dehqon g‘alayonlari. 1928 yili Gujeratda dehqonlarning mustamlaka ma’murlarini yer solig‘ining 20-25 % ga oshirilishiga qarshi kurash boshlandi. Milliy Kongres harakatga rahbarlik qildi, dehqonlarni to‘lamaslikka, amaldorlarni oziq – ovqat bilan ta’minlamaslikka chaqirdi. Bunda kogres dehqonlarga kuch ishlatish usullaridan voz kechishni uqtirdi. Hukumat harakat qatnashuvchilarini qamrab , yer, mol mulklarni musodara qildi. Kompaniya 1928 yili to‘xtatildi. Hukumat soliq stavkalarini kamaytirishga majbur bo‘ldi, qamoqqa olinganlarni ozod qilish, musodora etilgan yer , mol mulklarini qaytarib berishga va’da berdi. Lekin hukumat o‘z va’dalarini bajarishga shoshilmasdi, dehqonlarni ko‘pi ko‘p vaqtlar turmada yotishga majbur bo‘ldilar, yerlar esa ularga qaytarib berilmadi. Hindistonda iqtisodiy krizis. 1929 yili boshqa mamlakatlar qatori Hindistonni ham iqtisodiy krizis qamrab oldi. Krizis nafaqat sanoatga, balki qishloq xo‘jaligiga ham zarar yetkazdi. Qishloq xo‘jalik mahsulotlari narxlari keskin tushib ketdi. Angliya krizisning og‘irligini o‘z mustamlakalariga solishga intilib, Angliyaning sanoat mollarini narxini oshirdi. 1933 yilgacha cho‘zilgan krizis davrida oziq – ovqat mahsulotlari yetishtirish qisqardi. Ko‘pchilik dehqonlar xonavayron bo‘lib qishloq xo‘jalik ishchilariga aylana bordi. Pomeshchiklar va hukumat krizis yillarida dehqonlardan soliqlarni avvalgi miqdorda olishni davom ettirdilar. Shuning uchun dehqonlar bor narsani hatto muqaddas bo‘lgan ayollari taqinchoqlarini sotishga majbur bo‘ldilar.
Ishchilarning ahvoli keskin yomonlashdi. Shaharga xonavayron bo‘lgan dehvonlarning oqib kelishi shaharlarda katta ishsizlik keltirib chiqardi. Kapitalistlar bundan foydalanib ish haqini pasaytira boshladilar.
Hunarmandlarning ahvoli yomonlashishiga qaramay krizis yillarida to‘quvchilik korxonalarini soni oshdi. Shunday qilib garchi ingliz mustamlakachilari milliy sanoatni rivojlanishiga to‘sqinlikni davom ettirsada krizis yillarida mahalliy hind kapitalizmi rivojlana bordi. Jahon iqtisodiy krizisining chuqurlashib borishi munosabati bilan Hindistonda antiimperialistik harakat yangidan yuksala boshladi. Milliy ozodlik harakatida ishchilar , dehqonlar mayda burjuaziya va ziyolilarning faol ishtirok etishi Hindiston Milliy kongresini Angliya ma’murlari oldiga bir qancha talablarni qo‘yishga da’vat qildi. 1930 yil yanvarb oxirida gazetada 11 moddadan iborat Gandining dasturi e’lon qilindi, ular asosan hind burjuaziyasining va qisman aholining keng qatlamlari talablarini ifodalar edi, bu moddalardan asosiylari qo‘yidagilar edi : yer solig‘i 50 % kamaytirish, hukumatning tuz monopoliyasini hamda tuz solig‘ini yo‘q qilish, chet el to‘qimachilik tovarlarga qo‘yiladigan xomiylik ta’riflarini bekor qilish, ingliz amaldorlarining maoshini kamaytirish, siyosiy mahbuslarni ozod qilish, maxfiy politsiyani yo‘q qilish va xoqazo. Angliya hukumati bu talablarni badarishdan bosh tortdi. Shundan keyin gandi boshchiligidagi Milliy Kongres “grajdan itoatsizligi kompaniyasi” ni boshlashga qaror qildi. Bu kompaniya xaind xalqiga og‘ir yuk bo‘lib tushgan inglizlarning tuz monopliyasiga qarshi tuz yurishi o‘tkazish bilan boshlandi. Gandi barcha hindlarni sho‘r suvni bug‘latib o‘zingiz tuz ola bering deb da’vat etdi. Ma’murlarning tuz monopoliyasiga qarshi dengiz suvidan tuz bug‘latib olishni namoyish qilib ko‘rsatish maqsadida uning o‘zi milliy kongresning 78 ta taniqli arbobiga bosh bo‘lib Gujeratga ya’ni dengiz bo‘yicha jo‘naydi. Gandi otryadi ortidan katta miqdordagi xalq ommasi borardi. Ular orasida ko‘plab gujeratlik dehqonlar bor edi. Tuz yurishi uch hafta davom etdi. Aprel oyining o‘rtalarida Hindistonning ko‘pchilik shahar va qishloqlarida namoyishlar va xartalar ro‘y berdi. Volontyorlar – beminnat xizmatchilar otryadlari tuzildi, ular ingliz mollari bilan sovdo qiluvchi magazinlarni egallab, maydonlarda ingliz matolaridan bo‘lgan kiyimlarni namoyishkora yondirardilar. Hind savdogarlari bu kompaniyada ixtiyoriy ravishda qatnashdilar va u bilan bog‘liq namoyishkora yondirardilar. Hind savdogarlari bu kompaniyada ixtiyoriy ravishda qatnashdilar va u bilan bog‘liq moddiy talofatlarni ko‘tardilar. Peshovar va shalopurdagi qo‘zg‘alon. Gandi grajdan itoatsizligi kompaniyasini tinch xarakterda o‘tishi uchun intilganligiga qaramay antiimperialistik kurash bir qancha viloyatlarda qurolli g‘alayonlarga aylanib ketdi. 1930 yil aprel oyining oxirida Peshovarda qo‘zg‘alo ko‘tarildi. Shahar ikki haftagacha qo‘zg‘alonchilar qo‘lida bo‘ldi. Qo‘zg‘alonni bostirish uchun soldatlar hind diniga industlar yuborildi, lekin ular Peshovarni musulmon aholisiga qarab o‘q uzishdan bosh tortdilar. Ikki haftadan keyingina hukumatning Peshovordagi hokimiyati tiklandi. Peshovar qo‘zg‘alonidan keyin pushtun qabilalarini qo‘zg‘aloni boshlandi. Kongress bilan aloqada bo‘lgan pushtunlar tashkiloti ko‘ngillilardan otryadlar tuzadilar. Ular qio‘il kiyim kiyganliklar uchun “Qizil kiyimlilar” deb ataladilar. Pushtunlar lashkari bir oydan ortiq Peshovarni qamal qilib turadi. Ingliz ma’murlari pushtunlarga qarshi harbiy aviatsiyani tashladi va nihoyat harakatni bostirdi. Bombey viloyatining sanoat markazi Shalapurda 1930 yil 8 mayda kongreschilar namoyishi tashkil qiladilar, namoyish politsiya tomonidan o‘qqa tutiladi. Bunga javoban shaharda qo‘zg‘alon ko‘tariladi. Bu qo‘zg‘alonda to‘qimachi ishchilar asosiy rol o‘ynaydi. Ular o‘z shaharlaridan inglizlarni haydab yuborib, uni 2 haftadan ko‘proq o‘z qo‘llarida saqlab turdilar. Hukumat Shalopurga qarshi ingliz harbiy qismlarini jo‘natdi. Qattiq janglardan so‘ng Shalapurning ingliz qo‘shinlari egalladilar. Qo‘zg‘alon rahbarlari qamoqqa olindi. Hindistonning boshqa shaharlarida ishchilar mustamlakachilariga qarshi kurashda faol qatnashdilar. 1930 yil mayida ko‘p sanoat markazlarida inglizlar hokimiyatini boyqot qilish shiori ostida siyosiy namoyishlar o‘tkazildi. Angliya imperialistlari terror yo‘li bilan “grajdan itoatsizligi” kompaniyasini bostirishga qaror qiladilar. 1930 yil mayida Miliy Kongres qonundan tashqari e’lon qilindi. Gandi, Neru M., J. Neru va kongressning boshqa rahbarlari shuningdek, 60 ming harakat qatnashchisi turmalarga tashlandi. Iyul Bombeyda mustamlaka hokimiyatining qatag‘onlariga qarshi xartal e’lon qilindi. Unda 50 ming kishi qatnashdi. Politsiya bilan to‘qnashuvlarda 500 kishi o‘ldirildi. Ommaning politsiya bilan to‘qnashuvlari Kalkuttada ham bo‘ldi. 1930 yil yozida Peshovor, Shalapur, Bombey, Kalkuta , madras va boshqa shaharlarda harbiy holat e’lon qilindi. 1930 yilda dehqonlar harakati. Angliya imperialistlarga qarshi kurashda dehqonlarning grajdan itoatsizligi kompaniyasida ishtiroklari katta ahamiyatga ega edi. Ijara haqini pasaytirish uchun harakat avj oldi. Qishloq xo‘jalik mahsulotlari narxlarni tushib ketishi munosabati bilan dehqonlar pomeshchiklarga ijara haqqini to‘lolmay qolgandilar. Shuning uchun ularni yerdan hayday boshlagandilar. Dehqonlar norozilik namoyishlarini tashkil qildilar. Ularning harakati Milliy Kongressning mahalliy komiteti tomnidan qo‘llab – quvvatlandi. Ollohobod okrugida soliq to‘lamaslik kompaniyasi boshlandi. Yer solig‘i, ijara haqini kamaytirish uchun harakat Bixar va Bengaliya okruglaridan birida ijara haqini to‘lamaslik kompaniyasi shunday ko‘lam kasb etadiki mustamlakachi ma’murlar u yerga qo‘shin jo‘natdilar. Markaziy provissiyalardagi Berarda ijara haqini kamaytirish, soliq to‘lamaslik kompaniyasiga boshchilik qiladigan dehqonlar ittifoqi vujudga keldi. Ish dehqon otryadlarini tuzilishigacha borib yetdi. Dehqonlarga qarshi politsiya otryadlari tashlandi. Lekin bu rayonda dehqonlar g‘alayonlari qo‘shinlar kiritilib dehqonlar harakati ko‘p rahbarlari qamoqqa olingandan keiyn tinchiydi. Dehli pakti. Kongresning Karachidagi sessiyasi. 1931 yilning birinchi oylarida hukumatning shafqatsiz qatag‘onlari natijasida ommaviy antiimperialistik harakat birmuncha pasaya boshladi. Shunday sharoitda 1931 yil martda hindistonni vitse koroli Irvi bilan grajdan itoatsizligi kompaniyasi rahbari Gandi o‘rtasida muzokaralar ro‘y berdi. Natijada Dehli pakti imzolandi. Paktga ko‘ra gandi grajdan itoatsizligi kompaniyasini to‘xtatish majburiyatini oldi. Hukumat qatag‘onlarni to‘xtatish , harbiy holatni bekor qilish , qamalganlarni ko‘pini ozod qilish majburiyatini oldi, bunda Mirutda qamoqqa bo‘lgan kasaba uyushmalari liderlarni ozod qilish ko‘zda tutilmadi. Gandi “yumaloq stol” konferensiyasida ishtirok etishga rozi bo‘ladi.1931 yil dekabrda bo‘lgan Karachidagi kongressning navbatdagi kongresining navbatdagi sessiyasi Dehli paktini ma’qulladi. Yumaloq stol konferensiyasi. Grajdan mtoatsizligi kompaniyasini qaytadan boshlanishi.1931 yil yozida londonda Hindistonning turli partiyalari va guruxlari ishtirokida konferensiya ochildi. Konferensiyada Milliy kongressni vakili Gandi edi. Ingliz imperialistlari konferensiyada indus va musulmon partiyalari orasida adovatni kuchaytiishga intildilar. Konferensiya tarkibi reaksion bo‘lganligi bois Gandining xindlarni fikrlar birligiga erishishi uchun qilgan urinishlari zoye ketdi. Angliya hukumati hind partiyalari ahdlashuviga erishmadilar deb bayonot berdi. 1931 yil yozida Londonda Hindistonning turli partiyalari va guruhlari ishtirokida konferensiya ochildi. Konferensiyada Milliy Kongressni vakili Gandi edi. Ingliz imperialistlari konferensiyada indus va musulmon partiyalari orasida adovatni kuchaytirishga intildilar. Konferensiya tarkibi reaksion bo‘lganligi bois andining xindlarni fikroar birligiga erishishi uchun ыilgan urinishlari zoye ketdi. Angliya hukumati xind partiyalari ahdlashuvga erishmadilar deb bayonot berdi. 1931 yil dekabr Gandi “yumaloq stol” konferensiyasida ishtirok etish butunlay befoydaligini ko‘rib Hindistonga qaytib keladi. Gandini qaytib kelishi bilan Kongresning ishchi komiteti “grajdan itoatsizligi”ni ikkinchi kompaniyasini boshlashga qaror qildi. Gandi va kongresning ko‘p rahbarlari qamoqqa olindilar. 1932 yil sentyabrda gandi turmada kastaviy yo‘l bo‘yicha milliy ozodlik harakatini bo‘lib tashlashga urinishdan norozilik bildirib ochlik e’lon qiladi. Gandining ochlik e’lon qilishi Hindistonning qator shaharlarida norozilik uyg‘otdi. Lekin grajdan itoatsizligini yangi kompaniyasi birinchi kompaniyadan katta miqiyos kasb eta olmadi. Buning sababi bir tomondan ma’murlarning qattiq qatag‘onlari bo‘lsa. Boshqa tomondan kongress rahbariyatining kurashni yakka – yakka chiqishlar bilan chegaralab quyishga intilishi edi. 1931-1932 yillarda ishchilar harakati. Bu yillarda ish tashlash harakatlari avvalgi yillarga nisbatan anchagina bo‘sh bo‘ldi. Bu hol antiimperialistik harakatni umumiy pasayishi bilan ikkinchidan ko‘zga ko‘ringan kasaba uyushmalari so‘l liderlarni qamoqqa olish bilan bog‘liq edi. Lekin 1931-1932 yillarda yangi iqtisodiy kasaba uyushmalari tuzildi, kasaba uyushmalarida ta’sirga egalik uchun kommunistlar bilan kongres o‘rtasida kurash borardi. Kongres ishchilarning hind sarmoyadorlariga qarshi kurashini bo‘shatishga intildi. Kommunistlar esa kasaba uyushmalarni nafaqat milliy – ozodlik harakatiga qatnashishi, balki ishchilarning sinfiy manfaati yo‘lida kurashishi uchun ham harakat qilardilar.

Download 43,09 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish