Buxoro davlat universitetining pedagogika instituti tabiiy va gumanitar fanlar fakulteti xorijiy tillar kafedrasi


Janrlarning oʻzaro munosabatlariga oid mushtarakliklari



Download 50,47 Kb.
bet6/8
Sana21.07.2022
Hajmi50,47 Kb.
#832849
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
2 5283063336064260012 miss utkirovna

2. Janrlarning oʻzaro munosabatlariga oid mushtarakliklari.
Janrlarning oʻzaro munosabatlari gʻoyat murakkab jarayon boʻlib, u oʻzaro
ta’sir, bir-biriga muvofiqlashish va bir-birini boyitish tarzida kechadi.
a) Janrlarning genetik aloqasi. Folklordagi harbir janrning yuzaga kelishida ikkinchi birining manbalik vazifasini oʻtashi, genetik aloqaning asosiy xususiyati
hisoblanadi. Masalan, oʻzbek folklorida doston janriga mansub ayrim namunalarning yuzaga kelishida xalq ertaklari manba boʻlgan, oʻz navbatida, dostonlar zaminida tarixiy qoʻshiq janri yuzaga kelgan. Folklorshunoslikdagi
fikr mulohazalarga qaraganda maqol naqlning yakuniy xulosasi sifatida yuzaga
kelgan; ingliz dostonlari haqida hamxuddi shu xususiyatni keltirish mumkin, biroq, tarixiy qoʻshiq ingliz folklorida koʻpincha tarixiy jarayon bilan almashadi.
b) bir janrga mansub asarning, boshqa bir janrdagi asar tarkibida uchrashi. Folklordagi bu xususiyatni maqol janrining doston, ertak yoki qo‘shiq tarkibida uchratish mumkinligida koʻrish mumkin. Ba‘zi ertaklarda esa qahramonning aql-farosatini sinash sharti sifatida topishmoqlarni uchratish mumkin;
v) bir asarning bir necha janr tarkibida uchrashi. Janrlarning uzoq muddat davomida mavjudligi ularning oʻzaro qo‘shiluviga yoxud biror asarning biridan ikkinchisiga oʻtishiga yoʻl ochadi.
3. Ingliz va oʻzbek folklori janrlarining tarixiy taqdirdagi oʻxshashlik prinsipi5. Oʻzbek folklori janrlari birdaniga va bir vaqtda yuzaga kelmagan. Folklorning eng qadimiy janrlari – mif, afsona, rivoyat, soʻz sehriga asoslangan qoʻshiqlar, shuningdek, mavsumiy marosim qoʻshiqlari, ulardan keyingi bosqichda esa, ertak, doston, maqol va topishmoq, ulardan keyin latifa, lof xalq dramasi, askiya, tarixiy qoʻshiq kabi janrlar yuzaga kelgan. Tarixan shu taxlitda shakllangan oʻzbek folklorining janrlar tizimi oʻz taraqqiyoti davomida rivojlandi, takomillashdi va hatto soʻnish jarayonlarini ham kechirdi. Ingliz xalq ogʻzaki ijodi janrlari ham avvalo miflardan dostonlarga, dostonlardan ertaklarga, ertak va dostonlardan tarixiy varomantik qoʻshiqlargacha boʻlgan bosqichda rivojlandi. Ingliz va oʻzbek folklori orasidagi oʻxshashlik va mushtarakliklar insoniyat tarixida hamma millat madaniyati baravar rivojlana boshlaganini koʻrsatish bilan bir qatorda jahon tamaddunida dunyo xalqlari folklori bir-birini toʻldirib, kengaytirib borishining yaqqol namunasidir. Janrlar mavzusi, gʻoyasi va tuzilishi orasidagi bir xillilik bu fikrimizning yaqqol tasdigʻidir. Oʻzbek xalq ertaklari, topishmoqlari, maqol vamatallari hamda ogʻzaki teatr namunalarini toʻplash va nashr etishda N.P.Ostroumovning faoliyati salmoqlidir6. U aslida missionerlik maqsadlarini koʻzlagan boʻlsa-da, bu sohadagi ishlari obektiv ravishda oʻzbek folklorini oʻrganishga muhim hissa boʻlib qoʻshildi. Xalq ogʻzaki ijodi namunalarini toʻplash va tadqiq qilish ishlari asosan, XX asrning 20-yillaridan boshlab jonlandi. Eposshunoslik tarixida birinchi marta Fozil Yoʻldosh oʻgʻli va Hamroqul baxshidan “Alpomish” dostonining bir qismini yozib oldi. Olim oʻz kuzatishlarining natijasini umumlashtirib maqola yozdi va unda Oʻzbek eposining yuksak namunalari: “Alpomish”, “Goʻroʻgʻli”, “Yusuf va Ahmad” kabi dostonlar haqida ilk bor fikr yuritildi. Shu narsa diqqatga sazovorki, tadqiqotchi “Alpomish” dostonini jahon adabiyotida muhim oʻrin tutgan mashhur “Odisseya”, “Iliada” kabi eposlarga qiyoslab oʻrganadi. Ingliz xalq ogʻzaki ijodi millat oʻziga boʻysundirgan qabilalar adabiyoti hisobiga rivojlangan. Ingliz millatiga mansub ogʻzaki ijod namunalarida aynan shuning uchun ham dunyoning turli xalqlarining folklori namunalariga oʻxshash jihatlarni koʻplab koʻrish, uchratish mumkin. Qahramonlik eposlari ilk bor og‘zaki adabiyotda vujudga kelgan boʻlib, ularda turli xalqlarning va davlatlarning paydo boʻlish jarayonlari, qabila va millatlar oʻrtasidagi kurash jarayonlari, Vatan himoyasi yoʻlida kurashgan qahramonlarning jasoratlari oʻz aksini topgan. Bunday dostonlarda urush tasvirlari muhim oʻrin tutadi.
Aynan jangovar epizodlar, jang maydonidagi holatlar tasviri qahramonlik eposlarining salmoqli qismini tashkil etgan holda qahramonlarning xarakteri, oʻziga xos xususiyatlarini aniq ifodalaydi. Shuningdek, qahramonlik eposlari qaysi millatga tegishli ekanligidan qat’iy nazar koʻplab umumiy xususiyatlarga, oʻxshash jihatlarga ega boʻladi. “Sayyor syujet” tushunchasi ham, birinchi navbatda, folklor namunalariga taalluqli boʻlib, bu borada qahramonlik dostonlari alohida ahamiyat kasb etadi. Shuningdek, folklor motivlari qadimgi davr yozma dostonlariga ham koʻchib, yangi xususiyatlar bilan boyidi. Oʻzbek folklori namunasi boʻlmish “Alpomish” hamda qadimgi yunon shoiri Gomerning Troya turkumi afsonalari asosida yaratgan “Odisseya” dostonlari yuqoridagi fikrlarning isboti boʻla oladi. “Alpomish” va “Odisseya” dostonlari doimiy ravishda komparativist olimlarning e‟tiborida boʻlib kelgan. Xususan, V.Jirmunskiy, V.Propp, K.Reyxl, A.Abdurahmonov, J.Eshonqul kabi mutaxassislar dostonlarni qiyosan oʻrganib, ular oʻrtasidagi oʻxshash va farqli jihatlarni tahlil qilganlar. Shuningdek, antik adabiyot va qadimgi Markaziy Osiyo madaniyati oʻrtasidagi aloqadorlik masalasini tadqiq etgan Fozila Sulaymonova ham bu dostonlarning syujet va badiiy oʻxshashliklari haqida fikr yuritgan. Umuman, “sayyor syujet” nazariyasi haqidagi bahslar, adabiy ta'sir va tipologik oʻxshashliklar masalasi yuzasidan ilmiy bahslar uchun bu ikki
doston asosiy manba boʻlib xizmat qiladi. Hozirgacha boʻlib oʻtgan ilmiy munozaralarda V.Jirmunskiy talqini eng mukammal talqinligicha qolmoqda. Olim “Alpomish haqidagi doston va Gomerning “Odisseya”si” nomli maqolasida dostonlar yuzasidan quyidagicha xulosaga keladi: “Og‘zaki ijod namunalari oʻrtasidagi oʻxshashliklar “adabiy ta'sir” mahsuli emas, balki qadimgi davrlarda keng tarqalgan umumiy ertak syujeti natijasidir”.7 Ikki dostonning qiyosiy tahlili natijasida bosh qahramonning uzoq yillik tutqunlikdan soʻng yurtiga qaytishi, yaqinlari va xalqiga zulm qilayotganlardan oʻch olib, xaloskor sifatida namoyon boʻlishi, oʻz ayolining toʻyi kuni kelib qolishi kabi epizodlar oʻrtasidagi umumiylik yaqqol koʻzga tashlanadi. Shuningdek, dostonlar bosh qahramon yurtiga qaytgach, birinchi boʻlib choʻpon qullarining oldiga borishi, qahramonlarni birinchi boʻlib vafodor jonivorlari tanishi kabi belgilar orqaliham umumiylik kasb etadi. Eposlar oʻrtasidagi oʻzaro oʻxshashliklar xalqlar oʻrtasidagi badiiy tafakkur yaqinligi, qadriyatlar umumiyligi bilan bogʻliq. Ushbu ikki doston syujet, obrazlar galereyasi, turli detallar tasviri jihatidan ko„plab umumiy xususiyatlarga ega. Biroq, ikki doston oʻrtasida faqat oʻxshash emas, farqli tomonlar ham mavjud. Bu tafovutlar, ayniqsa, qahramonlarning jangovar xislatlari, urush epizodlari va qurol-yarogʻlar tasvirida aniqroq koʻrinadi.
“Alpomish” dostonida bosh qahramon metin, oʻtda yonmas, oʻq oʻtmas holatida tasvirlanadi. Masalan, Surxayl kampir Alpomishni xiyla-nayrang yo„li bilan bexush qilishga erishgach, uni oʻt qoʻyib ham, qilich bilan chopib ham, oʻqqa tutib ham oʻldira olmaydilar. Bu tadbirlar Alpomishga hech qanday zarar yetkaza olmaydi. Lekin, Gomerning “Odisseya” dostonida bosh qahramon bunday xususiyatlarga ega emas. Odisseyning oyog‘ida mashhur chandiq boʻlib, yoshligida yirtqich toʻngʻkz uni jarohatlagandi. Odisseyning enagasi Evrikleya qahramonni ana shu chandiq orqali tanib qoladi. Toʻg‘ri, Alpomishda ham shunga oʻxshash “shartli belgi” bor edi. Ya'ni uning yelkasida Shohmardon pirning besh panjasidan qolgan dogʻ bor boʻlib, Qultoy uni ayni shu belgidan tanib oladi. Ammo Alpomishning bu belgisi jang yoki olishuvda orttirilgan jarohat emas, ilohiy belgi edi. Undan tashqari, Gomerning dostoniga kiritilmagan Odisseyning oʻlimi haqidagi yunon afsonalaridan birida qahramon dushman otgan oʻqdan halok boʻladi. Demak, Odissey obrazi yuqoridagi xususiyatga koʻra Alpomishdan farqlanadi. Ushbu obraz tasvirida ideal xususiyatlar bilan birgalikda realistik belgilar ham koʻzga tashlanib turadi. Alpomish va Odissey oʻrtasidagi farq faqatgina “metinlik” xususiyati bilan kifoyalanmaydi. Ushbu qahramonlarning jangovar harakatlari tasvirida ham oʻziga xos tafovutlar koʻzga tashlanadi. Avvalo, ikkala dostondagi jang epizodlarining ifoda shakliga toʻxttalaylik. “Alpomish” dostonida urush lavhalari sakkiz boʻg‘inli she’r koʻrinishida ifodalanadi:

Qilich solib alvon-alvon,


Bandam desin qodir mavlon.
Shul sifatda mard Hakimxon
Qon toʻkar maydon ichinda.8

Bu oʻzbek xalq dostonlariga xos umumiy xususiyat boʻlib, qahramonlar tasviri


yoki dialog oʻrinlaridan farqli ravishda poyga, jang kabi shiddatli epizodlar shunday qisqa boʻgʻinli she'riy shaklda kuylanadi. “Odisseya” dostonida esa jang lavhalarida ham, boshqa oʻrinlarda ham bir xil boʻgʻinli shakllar ishlatiladi. Ya'ni, “Alpomish” dostonida boshqa oʻzbek xalq dostonlarida boʻlgani kabi voqealar rivojiga mos tarzda barmoq vaznining turli ko„rinishlaridan foydalanilgan boʻlsa, “Odisseya” dostonida yagona vazn (gekzametr) saqlangan:

Odisseyning qoʻldoshlari ham yovlarni naq lochinlardek


Har yon quvib shafqat bilmay, boshladilar bir-bir qiyrata.

Bu tafovut dostonlarning biri ogʻzaki, ikkinchisi esa yozma adabiyot namunasi


boʻganligi bilan asoslanadi. “Odisseya” dostoni muallifi aniq asar sifatida tashqi shakliga koʻra folklor namunalaridan farq qilishi tabiiy hol. Shuningdek, “Alpomish”da bosh qahramon dushmanlarini nisbatan osonlikbilan yengsa,“Odisseya”da qahramon yetarlicha qiyinchilikka uchraydi. Bu yerda ham dostonlarning ogʻzaki va yozma xususiyati farqlanishga asos boʻladi. Alpomishning jangovar harakatlarini aks ettiruvchi lavhalarida mubolagʻador uslub qoʻllangan boʻlsa (masalan, u otgan oʻq Asqar tog‘ning bir uchini oʻpirib yuborishi yoki bir oʻzi butun boshli qalmoq qoʻshinini osonlik bilan qirib tashlashi), Odisseyning doston soʻnggida raqiblaridan oʻch olishi jarayonida realistik jang tasvirlarga guvoh boʻlamiz. Bu xalq dostonlariga xos boʻlgan mubolagʻali tasvir usuli va Gomerning realistik usuli oʻrtasidagi farqning natijasidir. Shu bilan birgalikda, Alpomishga turli kurashlarda doimiy ravishda tulpori Boychibor hamroh boʻladi va unga katta yordam beradi. Boychibor ham Alpomishga mos tarzda bir qator ilohiy xususiyatlarga ega edi. Odisseyning kurashlarida esa jonivorlar ishtirok etmaydi. Bu tafovut ham milliy xususiyatlardan kelib chiqadi. Ma’lumki, Sharq dostonchiligida jangovar ot obrazi juda keng tarqalgan. Raxsh, G‘irkoʻk, Jiyronqush, Boychibor singari otlar xalq qahramonlarining vafodor doʻsti va doimiy hamrohi sifatida talqin etilgan. Bu xususiyat Sharq xalqlarining xoʻjalik hayoti va ijtimoiy turmushi bilan bogʻliq. Yunon afsonalarida ham bir qator tulporlar faol ishtirok etsa-da, ushbu jarayon doimiy tus olmaydi. Ya'nii yunon folklorida jangovar ot obrazining faol ishtiroki adabiy an’ana darajasiga koʻtarilmagan. “Odisseya” dostonida esa tulpor obrazi mutlaqo ishtirok etmaydi. Buning sababi Odissey asosiy sarguzashtlarini dengizda boshidan oʻtkazadi. Yunonistonning geografik joylashuvi dengiz orollaridan iborat boʻlganligi buning asosiy omilidir. “Alpomish” va “Odisseya” dostonlaridagi qurol-yarog‘lar tasvirida ham turli farqlanishlarga guvoh boʻlish mumkin. Har ikki dostonda ham asosiy qurol sifatida kamon tasvirlanadi. Alpomish va Odisseyning kamonlari umumiy oʻxshashlikka ega boʻlish bilan birgalikda farqli sifatlarga ham ega edi. Masalan, Alpomishning kamoni birinch(bronza)dan yasalgan boʻlib, oʻn toʻrt botmon og‘iirlikka ega edi. Bu kamonni Alpomishdan boshqa hech kim koʻtara olmas edi. Odisseyning kamoni esa ogʻirlik xususiyatiga emas, taranglik xususiyati ega edi. Odisseyning kamonini koʻtarish mumkin. U Alpomishning kamonidek og‘ir vaznga ega emas. Chunki bu kamon og‘ir metalldan emas, zarang daraxtining novdasidan yasalgan edi. Bu yerda “badiiy asoslash” prinspiga amal qilingan. Chunki, yog‘ochdan yasalgan kamon koʻtarib boʻlmas darajada vazmin boʻlishi mumkin emas edi. Shu xususiyat bilan ham Gomerning realistik usuli yana bir bor namoyon boʻladi. Ammo bu kamonga ipni tortib bog‘lash bosh qahramondan boshqa hech kimning qoʻlidan kelmaydi. Har ikki dostondagi bu xususiyat ramziy ma'noga ega boʻlib, bosh qahramonlarning boshqalardan kuch-qudrat borasida ajralib turishini ifodalaydi. “Alpomish” va “Odisseya” dostonidagi kamonlarning yuqoridagi kabi sifatlari boshqa qahramonlik dostonlarida ham uchraydi. Qahramonlik eposlari barcha xalqlar adabiyotida muhim oʻringa ega boʻlib, koʻplab umumiy xususiyatlar bilan birgalikda farqli belgilarga ham ega. “Alpomish” va “Odisseya” dostonlarining qiyosida bu jarayon aniq koʻrinadi. Ushbu dostonlardagi asosiy qahramonlar ishtirok etgan jang lavhalari, qurol-yarogʻar tasvirida turli tafovutlar mavjud. Bu farqlanish esa ogʻzaki va yozma adabiyot, shuningdek, turli xalqlarning milliy xususiyatlari bilan asoslanadi.



Download 50,47 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish