Byudjetdan moliyalashtirishning mohiyati va uni amalga oshirish usullari


Qarshi tumani mahalliy byudjeti tomonidan maktabgacha ta’lim muassasalari xarajatlarini moliyalashtirish mexanizmini o’rganish



Download 55,94 Kb.
bet4/8
Sana31.12.2021
Hajmi55,94 Kb.
#220968
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Shaxboz

Qarshi tumani mahalliy byudjeti tomonidan maktabgacha ta’lim muassasalari xarajatlarini moliyalashtirish mexanizmini o’rganish

Davlat maktabgacha ta’lim muassasasiga biriktirilgan mol-mulk uning operativ boshqarish huquqida bo‘ladi. Muassasa o‘ziga biriktirilgan mol-mulkni va xarajatlar smetasi bo‘yicha o‘ziga ajratilgan mablag‘lar hisobiga sotib olingan mol-mulkni qonun hujjatlariga muvofiq tasarruf etadi.

Davlat maktabgacha ta’lim muassasasining rahbari vakolati doirasida tasdiqlangan xarajatlar smetasidagi mablag‘larning maqsadli sarflanishi uchun javob beradi.

Davlat maktabgacha ta’lim muassasasi faoliyati uning muassisi tomonidan qonun hujjatlariga muvofiq moliyalashtiriladi. Muassislari davlat boshqaruvi organlari va mahalliy davlat hokimiyati organlari bo‘lgan davlat maktabgacha ta’lim muassasalari faoliyati O‘zbekiston Respublikasi davlat budjeti va budjetdan tashqari mablag‘lari hisobiga moliyalashtiriladi. Quyidagilar davlat maktabgacha ta’lim muassasasi mol-mulkini va moliyaviy resurslarini shakllantirish manbalari hisoblanadi:

O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablag‘lari;

tarbiyalanuvchining davlat maktabgacha ta’lim muassasasida bo‘lgan davri uchun badal to‘lovlari;

shartnoma asosida qonun hujjatlarida taqiqlanmagan pulli xizmat ko‘rsatish, bino va inshootlarni, jihoz va anjomlarni ijaraga berishdan olingan daromadlar;

jismoniy va yuridik shaxslarning homiylik xayriyalari;

mahalliy, xalqaro va xorijiy tashkilotlarning grantlari;

qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar.

Tarbiyalanuvchining davlat maktabgacha ta’lim muassasasida bo‘lgan davri uchun badal to‘lovi miqdori va uni to‘lash tartibi qonun hujjatlariga muvofiq belgilanadi.

To‘lov banklar orqali tegishli g‘aznachilik bo‘limlarida ochilgan shaxsiy g‘aznachilik hisobvaraqlariga naqd pul yoki pul o‘tkazish yo‘li bilan amalga oshiriladi.

Davlat maktabgacha ta’lim muassasasini moliyalashtirish belgilangan tartibda tasdiqlangan va ro‘yxatdan o‘tkazilgan xarajatlar smetasiga muvofiq amalga oshiriladi.

Davlat maktabgacha ta’lim muassasasiga budjetdan tashqari qo‘shimcha mablag‘larning jalb etilishi budjetdan moliyalashtirishning kamayishiga olib kelmaydi. Davlat maktabgacha ta’lim muassasasida zarur moddiy-texnik baza hamda pedagog xodimlar mavjud bo‘lgan taqdirda, ta’lim-tarbiya jarayoniga xalaqit bermagan holda pullik ta’lim-tarbiya xizmatlari ko‘rsatiladi. Davlat maktabgacha ta’lim muassasalarida pullik qo‘shimcha ta’lim-tarbiya xizmatlari ko‘rsatish faoliyatining tashkil etilishi va ularga haq to‘lash tartibi O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan kelishilgan holda belgilanadi.

Nodavlat maktabgacha ta’lim muassasasi o‘ziga biriktirilgan mol-mulkni va o‘ziga ajratilgan mablag‘lar hisobiga sotib olingan mol-mulkni qonun hujjatlariga muvofiq tasarruf etadi.

Nodavlat maktabgacha ta’lim muassasasi faoliyati uning muassisi tomonidan qonun hujjatlariga muvofiq moliyalashtiriladi.

Nodavlat maktabgacha ta’lim muassasasini moddiy-texnik jihatdan ta’minlash muassislar tomonidan maktabgacha ta’lim muassasalari uchun qonun hujjatlarida belgilangan normalardan past bo‘lmagan miqdorda amalga oshiriladi.

Ixtisoslashtirilgan maktabgacha ta’lim muassasasi faoliyatini moliyalashtirish qonun hujjatlarida belgilangan tartibda:

O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablag‘lari;

bolaning ixtisoslashtirilgan maktabgacha ta’lim muassasasida bo‘lgan davri uchun badal to‘lovlari;

qonun hujjatlarida taqiqlanmagan shartnoma asosida pulli xizmat ko‘rsatish, bino va inshootlarni, jihoz va anjomlarni ijaraga berishdan olingan daromadlar;

jismoniy va yuridik shaxslarning homiylik xayriyalari;

mahalliy, xalqaro va xorijiy tashkilotlarning grantlari;

qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar.

Badal to‘lovi undirilmaydigan bolalarning jismoniy yoki psixik rivojlanishidagi nuqsonlar ro‘yxati O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi va Moliya vazirligi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi bilan kelishilgan holda belgilanadi.

Ixtisoslashtirilgan maktabgacha ta’lim muassasasini moliyalashtirish belgilangan tartibda ro‘yxatdan o‘tkaziladigan va tasdiqlanadigan xarajatlar smetasiga muvofiq amalga oshiriladi.

Shtat jadvali qonun hujjatlarida belgilangan tartibda namunaviy shtatlarga muvofiq tasdiqlanadi.

Ixtisoslashtirilgan maktabgacha ta’lim muassasasi xodimlarining ish haqi qonun hujjatlariga muvofiq belgilanadi.

Ixtisoslashtirilgan maktabgacha ta’lim muassasasi tarbiyalanuvchilari O‘zbekiston Respublikasida tasdiqlangan sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlariga muvofiq ixtisoslashtirilgan maktabgacha ta’lim muassasalari uchun oziq-ovqat mahsulotlarini iste’mol qilishning o‘rtacha sutkalik ratsional normalari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablag‘lari hisobiga oziq-ovqat bilan ta’minlanadi.

Ixtisoslashtirilgan maktabgacha ta’lim muassasasi qonun hujjatlarida belgilangan tartibda vakolatli davlat organlari tomonidan belgilangan moliya va statistika hisobotlarini yuritadi.

Ixtisoslashtirilgan maktabgacha ta’lim muassasasining moliya-xo‘jalik faoliyati ustidan nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining Nazorat-taftish bosh boshqarmasi va uning hududiy bo‘linmalari tomonidan amalga oshiriladi.

Jismoniy yoki psixik rivojlanishida nuqsoni bo‘lgan bolalar uchun davlat ixtisoslashtirilgan maktabgacha ta’lim muassasalari guruhlarining tarbiyalanuvchilar bilan to‘ldirilish bo’yicha me’yoriy normalar mavjud bo’lib u asosida 1 guruhga yetarli darajada bo’lgan tarbiyalanuvchilar soniga bog’liq bo’ladi (1-jadval).

1-jadval. Jismoniy yoki psixik rivojlanishida nuqsoni bo‘lgan bolalar uchun davlat ixtisoslashtirilgan maktabgacha ta’lim muassasalari guruhlarining tarbiyalanuvchilar bilan to‘ldirilish bo’yicha me’yoriy normalar2




Download 55,94 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish