Byudjetdan moliyalashtirishning mohiyati va uni amalga oshirish usullari



Download 55,94 Kb.
bet6/8
Sana31.12.2021
Hajmi55,94 Kb.
#220968
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Shaxboz

Tarif stavkalari miqdorlari:

oliy malaka toifali

birinchi malaka toifali

ikkinchi malaka toifali

oliy ma’lu-motli

o‘rta maxsus ma’lumotli

1. Umumta’lim maktablarining boshlang‘ich sinflari o‘qituvchisi, o‘qituvchi-logopedi, logopediya shoxobchasi mudiri, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi, Toshkent shahar xalq ta’limi bosh boshqarmasi va viloyatlar xalq ta’limi boshqarmalari qoshidagi metodika kabinetlari, davlat ta’lim standartlari monitoringi bo‘limlari hamda o‘quvchilarni kasbga yo‘naltirish va psixologik-pedagogik tashxis markazlari xodimlari (metodistlari)

66096

62304

58344

54482

50928

2. Umumta’lim maktablarining yuqori sinflari o‘qituvchisi, xalq ta’limi muassasalari faoliyatini metodik ta’minlash va tashkil etish tuman (shahar) bo‘limlarining metodik ta’minlash, o‘quvchilarni kasbga yo‘naltirish va davlat ta’lim standartlari monitoringi guruhlari xodimlari

60851

55184

51685

48276

45166

4. Maktabdan tashqari muassasaning o‘qituvchi-treneri, oliy sport mahorati bolalar va o‘smirlar maktablari, olimpiya zaxiralari ixtisoslashtirilgan bolalar va o‘smirlar maktablarining, bolalar va o‘smirlar sport maktablarining instruktor-metodisti

49465

46208

43246

40303

37463

5. Bolalar musiqa va san’at maktabi o‘qituvchisi

55450

51895

48364

44956

41683

5-1. Bolalar musiqa va san’at maktabi konsertmeysteri

48 364

44 956

41683

38 543

35 590

6. Xalq ta’limi barcha tipdagi muassasalarining tarbiyachisi, katta tarbiyachisi (tarbiyachi-metodist), psixologi va maktabdan tashqari muassasalar instruktor-metodisti

40303

37463

34736

32119

29658

8. Xalq ta’limi barcha muassasalaridagi metodist (3-bandda ko‘rsatilgandan tashqari), pedagog-tashkilotchi, to‘garaklar, studiyalar, seksiyalar rahbarlari, barcha ixtisosliklar instruktorlari, katta vojatiy, akkomponiator, musiqa rahbari, ekskursovod, madaniyat ishlari bo‘yicha tashkilotchi

35466

32627

29901

27298

24825

3-jadval. Xalq ta’limi muassasalari rahbar xodimlari mehnatiga haq to‘lash bo‘yicha bazaviy tarif stavkalari miqdorlari4
















Lavozimlar nomi

Tarif stavkalari miqdorlari

I guruh

II guruh

III guruh

IV guruh

1. Rahbar xodimlar:













1.1 Umumta’lim maktabi direktori

90387

85446

80580

75467

1.3 “Mehribonlik” uyi direktori

46208

43246

x

x

1.4 Maktabdan tashqari muassasa direktori

40303

37463

34736

x

1.6 Oliy sport mahorati maktabi, olimpiya zaxiralari ixtisoslashtirilgan bolalar va o‘smirlar maktabi direktori

52810

x

x

x

1.7 Bolalar va o‘smirlar sport maktabi direktori

49465

46208

43246

x

1.8. Bolalar musiqa va san’at maktabi direktori

55450

51895

x

x

2. Rahbarlarning o‘rinbosarlari:













2.1 Maktab direktorining o‘quv ishlari bo‘yicha o‘rinbosari, maktab direktorining ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari, maktab direktorining sport ishlari bo‘yicha o‘rinbosari

85446

80580

75467

70483

2.2 Umumta’lim maktabidagi o‘quvchilarni chaqiriqqa tayyorlash rahbari

57557

53905

50345

47087

2.4 “Mehribonlik” uyi direktorining ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari

43246

40303

x

x

2.5 Maktabdan tashqari muassasa direktorining o‘quv-ma’rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari

37463

34736

32119

x

2.6 Oliy sport mahorati maktabi, bolalar va o‘smirlar olimpiya zaxiralari ixtisoslashtirilgan maktabi direktorining o‘rinbosari

49465

X

x

x

2.7 Bolalar va o‘smirlar sport maktabi direktorining o‘rinbosari

46208

43246

40303

x

2.8. Bolalar musiqa va san’at maktabi direktorining o‘quv-ma’rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari

51895

48364

x

x

Xalq ta’limi xodimlari mehnatiga haq to‘lash to‘g‘risidagi nizom 3-ilovasiga muvofiq xalq ta’lim xodimlariga haq to’lashda xodimlarning lavozim maoshlari ham hisobga olinib:

xalq ta’limi muassasalarining pedagog xodimlari va rahbar xodimlarining har bir lavozimi va malaka toifasi uchun belgilangan bazaviy tarif stavkalari asosida shakllantiriladi. Bazaviy tarif stavkasi Yagona tarif setkasi bo‘yicha tarif stavkasini hamda qonun hujjatlarida belgilangan tarif stavkasiga doimiy ustamalarni, shuningdek pedagog va rahbar xodimlarning ayrim toifalari ish haqiga qo‘shilgan kompensatsiya to‘lovlarini o‘z ichiga oladi;

xodimlarga qonun hujjatlarida belgilangan ustamalar va qo‘shimcha to‘lovlar asosida shakllantiriladi.

Xalq ta’limi pedagog xodimlarining bazaviy tarif stavkalari:

xodimning lavozimiga;

xodimning malaka toifasiga;

xalq ta’limi muassasasining tipiga bog‘liq ravishda tabaqalashtiriladi.

Xalq ta’limi muassasalari rahbarlarining bazaviy tarif stavkalari quyidagi jadvalga binoan o‘quvchilar (tarbiyalanuvchilar) kontingentiga qarab muassasalar guruhidan kelib chiqib belgilanadi (4-jadval):

4-jadval. Xalq ta’limi muassasalari rahbarlarining o‘quvchilar (tarbiyalanuvchilar) kontingentiga qarab belgilanishi.5

Xalq ta’limi muassasasining tipi

Kontingent soni (kishi)

I guruh

II guruh

III guruh

IV guruh

Umumta’lim maktablari*

1601 nafar va undan ortiq

881 — 1600

401 — 880

400 nafargacha

“Mehribonlik” uylari

201 nafar va undan ortiq

200 nafargacha







Musiqa maktablari va san’at maktablari

401 nafar va undan ortiq

400 nafargacha







Maktabdan tashqari muassasalar

1601 nafar va undan ortiq

881 — 1600

880 nafargacha




Bolalar va o‘smirlar sport maktablari

Muassasalarni tegishli guruhga kiritish O‘zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi tomonidan belgilangan tartibda amalga oshiriladi.

Xalq ta’limi xodimlarining kasbiy o‘sishini rag‘batlantirish uchun quyidagi malaka toifalari va ushbu malakalarni olish uchun xodimlarning ma’lumot darajasiga qo‘yiladigan asosiy talablar belgilanadi:

o‘rta maxsus, kasbiy (pedagogik yoki bajarilayotgan lavozim vazifalariga muvofiq bo‘lgan) ma’lumotga ega bo‘lgan, toifasi bo‘lmagan xodim;

bakalavr darajasiga yoki oliy ma’lumot darajasi bo‘yicha akademik darajalar joriy etilgunga qadar olingan oliy ma’lumotga ega bo‘lgan mutaxassis;

bakalavr, magistr darajasiga yoki oliy ma’lumot darajasi bo‘yicha akademik darajalar joriy etilgunga qadar olingan oliy ma’lumotga ega bo‘lgan ikkinchi toifali mutaxassis;

bakalavr, magistr darajasiga yoki oliy ma’lumot darajasi bo‘yicha akademik darajalar joriy etilgunga qadar olingan oliy ma’lumotga ega bo‘lgan birinchi toifali mutaxassis;

bakalavr, magistr darajasiga yoki oliy ma’lumot darajasi bo‘yicha akademik darajalar joriy etilgunga qadar olingan oliy ma’lumotga ega bo‘lgan oliy toifali mutaxassis.

Xalq ta’limi xodimlariga malaka toifalari berish O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi, Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi tomonidan tasdiqlangan, O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida ro‘yxatdan o‘tkazilgan Rahbar va pedagog kadrlarni attestatsiyadan o‘tkazish va ularga malaka toifalari berish tartibi to‘g‘risidagi Nizomga muvofiq amalga oshiriladi.

Budjet tashkilotlari xodimlariga ish haqi miqdorlari O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti farmonlariga muvofiq oshirilgan taqdirda xalq ta’limi muassasalari xodimlarining bazaviy tarif stavkalari (lavozim maoshlari) belgilangan tartibda O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi tomonidan Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi bilan birgalikda qayta ko‘rib chiqiladi.

Xodim xalq ta’limining bir muassasasida boshqa lavozimga o‘tgan taqdirda va shu munosabat bilan bazaviy tarif stavkasi o‘zgarganda mehnat shartnomasi o‘zgarishi tartibini belgilaydigan O‘zbekiston Respublikasining Mehnat kodeksi qoidalari qo‘llaniladi.

Umumta’lim muassasalarining o‘rta maxsus, kasbiy yoki oliy ma’lumotga ega bo‘lmagan, mazkur Nizom kuchga kirgan paytda pedagogik faoliyatni amalga oshirayotgan pedagog xodimlari uchun, ularning pedagogik tajribasini, shuningdek ular kelgusi o‘quv yilida ma’lumot olish uchun tegishli o‘quv muassasalariga o‘qishga kirishlarini hisobga olgan holda, o‘rta maxsus, kasbiy ma’lumotga ega bo‘lgan tegishli lavozimdagi xodimning bazaviy tarif stavkasi singari bazaviy tarif stavkasi belgilanadi.

Oliy yoki o‘rta maxsus, kasbiy ma’lumotga ega bo‘lmagan shaxslarni umumta’lim muassasalariga pedagogik lavozimlarga qabul qilishga yo‘l qo‘yilmaydi.

Oliy ta’lim muassasasining 4-kursida o‘qiyotgan shaxslar pedagoglik ishini amalga oshirish uchun qo‘yilishi mumkin va ularga o‘rta maxsus, kasbiy ma’lumotga ega bo‘lgan tegishli lavozimdagi xodimning bazaviy tarif stavkasi singari bazaviy tarif stavkasi belgilanadi.

Barcha tip va nomdagi umumta’lim maktablarining o‘z kasbiga sodiq o‘qituvchilarini moddiy rag‘batlantirish va yuksak kasbiy va halol mehnatini rag‘batlantirish, tashabbuskorligi va kasb mahoratini o‘stirish maqsadida Umumta’lim muassasalarining o‘rnak ko‘rsatgan xodimlarini rag‘batlantirishning direktor jamg‘armasidan to‘lanadigan quyidagi:

o‘quvchilar bilan tarbiyaviy ishlar va sinfdan tashqari ishlar olib borilishining yuksak darajasi uchun tegishli malaka toifasiga ega bo‘lgan o‘qituvchi bazaviy tarif stavkasining 15 foizigacha miqdorda;

kasb mahorati va ta’lim jarayoniga qo‘shilgan aniq hissa, yuqori samaradorlik va o‘qitish sifati uchun tegishli malaka toifasiga ega bo‘lgan o‘qituvchi bazaviy tarif stavkasining 25 foizigacha miqdorda har oylik ustamalar belgilanadi.

Umumta’lim muassasalari o‘qituvchilariga qo‘shimcha haq to‘lovlari eng kam oylik ish haqiga nisbatan foiz hisobida quyidagi miqdorlarda amalga oshiriladi:

a) sinfdagi o‘quvchilar soniga ko‘ra sinf rahbarligi uchun:

15 nafar o‘quvchigacha — 50 foiz;

16 nafardan 20 nafar o‘quvchigacha — 60 foiz;

21 nafardan 25 nafar o‘quvchigacha — 70 foiz;

26 nafardan 30 nafar o‘quvchigacha — 80 foiz;

31 nafar va undan ko‘p o‘quvchi bo‘lganda — 100 foiz;

b) daftarlarni va yozma ishlarni tekshirganlik uchun — 50 foiz, sinfdagi (sinf-komplektdagi) o‘quvchilar soni 15 nafargacha bo‘lgan kam komplektli maktablarda esa — 25 foiz.

Ko‘rsatib o‘tilgan qo‘shimcha haqlarni to‘lash ushbu qo‘shimcha haqlarni moliyalashtirish uchun maxsus ajratiladigan budjet mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladi.

v) informatika kabineti mudirligi uchun — 50 foiz.

Xodimdan qo‘shimcha pedagogik malakani talab etadigan mehnatning alohida sharoitlarida ishlaganlik uchun bazaviy tarif stavkasiga ustamalar qonun hujjatlariga muvofiq belgilanadi.

Xodimdan qo‘shimcha pedagogik malakani talab etadigan pedagogik lavozimlar ro‘yxati O‘zbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi bilan kelishgan holda Xalq ta’limi vazirligi tomonidan belgilanadi.

Noqulay mehnat sharoitlarida band bo‘lgan xodimlarga mazkur Nizom kuchga kirgunga qadar amalda bo‘lgan ustamalar saqlanib qoladi, ularning miqdori esa xodimning bazaviy tarif stavkasiga nisbatan foizlarda hisoblab chiqiladi.

Pedagog xodimlar mehnatiga soatbay haq to‘lash ham amalga oshirilib, u quyidagi hollarda qo’llaniladi:

ketma-ket ikki oydan ortiq bo‘lmagan davrda kasallik yoki boshqa sabablar bilan ishda bo‘lmagan xodimlarning o‘rnini bosish tartibida ishlab berilgan soatlar uchun haq to‘lashda;

boshqa muassasalardan jalb etiladigan o‘qituvchilar va boshqa mutaxassislarning, shu jumladan o‘rindoshlik bo‘yicha boshqa maktablardan jalb etiladigan o‘qituvchilar va mutaxassislarning pedagogik ishi uchun haq to‘lashda;

o‘rnini bosish tartibida umumta’lim muassasalari rahbarlari tomonidan o‘tilgan o‘quv soatlari uchun haq to‘lashda qo‘llaniladi.

Umumta’lim muassasalari pedagog xodimlari mehnatiga soatbay haq to‘lash stavkalari miqdori belgilangan tartibda aniqlanadi.

Xalq ta’limi muassasasining rahbar xodimi tomonidan asosiy lavozimning bir haftada 10 soatgacha hajmda o‘qituvchi lavozimi bilan qo‘shib olib borilishiga (o‘quv yuklamasi yuritilishiga) yo‘l qo‘yiladi.

Xalq ta’limi muassasalari pedagog xodimlari mehnatini normalashtirish yillik, choraklik va oylik ish rejalariga asoslangan.

Yillik ish rejasi o‘quv, tarbiyaviy va tashkiliy tusdagi asosiy tadbirlarni bajarish uchun zarur bo‘lgan ish vaqti sarfi ko‘rsatilgan holda ularning ro‘yxatini o‘z ichiga oladi.

O‘qituvchilarning yillik ish rejasi choraklar va oylar bo‘yicha taqsimlangan bir yildagi 1548 soat miqdoridagi ish vaqtining jamlangan hisobidan kelib chiqadi.

Umumiy o‘rta ta’lim muassasalarining pedagogik mutaxassisliklari bo‘yicha namunaviy yillik ish rejasi O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi tomonidan Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi bilan birgalikda ishlab chiqiladi va tasdiqlanadi.

Yillik ish rejasi har bir pedagog xodim uchun yakka tartibda belgilanadi va kengaytirilgan pedagogik kengashda muhokama qilingandan keyin xalq ta’limi muassasasi ma’muriyati tomonidan tasdiqlanadi.

Ish rejalarining bajarilishini nazorat qilish xalq ta’limi muassasasi rahbari tomonidan amalga oshiriladi.

Yakka tartibdagi yillik ish rejalarini ishlab chiqishda xalq ta’limi muassasasi ma’muriyati o‘qituvchilar va pedagog xodimlar boshqa toifalarining o‘quv yuklamasi soatlari hajmini umumiy belgilangan normativlarga nisbatan kamaytirishi yoki ko‘paytirishi mumkin. Bunda o‘quv yuklamasining belgilangan normativlariga tuzatish kiritish hajmi O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi tomonidan tasdiqlangan namunaviy rejadagiga nisbatan kamaytirish yoki ko‘paytirish tomonga 10 foizdan ortiq bo‘lmasligi kerak.

Alohida hollarda xalq ta’limi muassasalarida xodimning roziligi bilan kasblar (lavozimlar)ni birga qo‘shib olib borishga, shuningdek o‘zining asosiy ishi bilan birgalikda ishda vaqtincha bo‘lmagan xodimlarning vazifalarini bajarishga yo‘l qo‘yiladi. Bunda lavozimlarni birga qo‘shib olib borish bo‘yicha ish vaqtining jami davom etishi mazkur Nizomning 15-bandida nazarda tutilgan jami ish vaqtining 50 foizidan, ya’ni yil mobaynida 774 soatdan ortiq bo‘lishi mumkin emas.

Xalq ta’limi muassasasining har bir xodimi ish rejasi bajarilishi to‘g‘risida pedagogik kengashda yoki xalq ta’limi muassasasini boshqarishning boshqa kollegial organida yarim yilda kamida bir marta hisobot beradi.

Umumta’lim muassasalarining o‘rnak ko‘rsatgan xodimlarini rag‘batlantirishning direktor jamg‘armasi (keyingi o‘rinlarda Direktor jamg‘armasi deb ataladi) to‘g‘risidagi nizom 4-ilovaga muvofiq tasdiqlansin va 2006-yil 1-yanvardan boshlab amalga kiritildi. Unga ko’ra Direktor jamg‘armasi mablag‘lari:

umumta’lim muassasalarining faqat o‘rnak ko‘rsatgan o‘qituvchilarini (ular umumiy sonining ko‘pi bilan 50 foizini) ularning bazaviy tarif stavkalariga har oylik ustamalar belgilash yo‘li bilan moddiy rag‘batlantirishga;

umumta’lim muassasalari xodimlariga bir martalik mukofotlar to‘lashga va moddiy yordam ko‘rsatishga (favqulodda hollarda) yo‘naltiriladi.

faqat tejalgan mablag‘lar mavjud bo‘lgandagina xodimlarning vaqtincha mehnatga layoqatsizligi bo‘yicha to‘lanmagan nafaqalarni moliyalashtirishga yo’naltiriladi.

O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjetida belgilangan tartibda nazarda tutiladigan budjet mablag‘lari Direktor jamg‘armasi mablag‘larini shakllantirish manbalari hisoblanadi.

Direktor jamg‘armasi umumta’lim muassasasi mehnatga haq to‘lash fondining 15 foizidan ortiq bo‘lmagan miqdorda tashkil etiladi. Direktor jamg‘armasining mehnatga haq to‘lash fondiga nisbatan foizlardagi miqdori moliya yili uchun, O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti tasdiqlangan parametrlarida nazarda tutilgan 7 090 000 “Ta’lim” bo‘limining kichik bo‘limlari bo‘yicha mehnatga haq to‘lashga budjet xarajatlari hajmidan kelib chiqqan holda belgilanadi.

Direktor jamg‘armasining mehnatga haq to‘lash fondiga nisbatan miqdori respublikaning barcha umumta’lim muassasalari bo‘yicha yagona hisoblanadi.

Direktor jamg‘armasining mehnatga haq to‘lash fondiga nisbatan foizlardagi miqdori O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti qabul qilingandan keyin, tashkilotlarga ular xarajatlarining belgilangan hajmini ular e’tiboriga yetkazish yuzasidan qonun hujjatlarida belgilangan muddatlarda, O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi va Moliya vazirligining qo‘shma xati bilan barcha umumta’lim muassasalariga hamda moliya organlariga yetkaziladi.

Budjetdan moliyalashtiriladigan umumta’lim maktablari ta’minotiga xarajatlarning yillik smetalarini moliya organlarida ro‘yxatdan o‘tkazishda tegishli xalq ta’limi boshqaruv organi moliya organiga belgilangan tartibda har bir maktab bo‘yicha ushbu xarajatlarga nisbatan foiz hisobida belgilangan miqdordan kelib chiqib Direktor jamg‘armasi mablag‘larini ajratib ko‘rsatgan holda mehnatga haq to‘lash xarajatlari yillik hajmini taqdim etadi.

Direktor jamg‘armasi mablag‘lari har bir umumta’lim muassasasi ta’minoti xarajatlari smetasida nazarda tutiladi, ular 41 10 000 “Ish haqi” moddasiga kiritiladi, 41 11 210 “Umumta’lim, o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalarining o‘rnak ko‘rsatgan xodimlarini rag‘batlantirishning Direktor jamg‘armasi mablag‘lari” budjet klassifikatsiyasi kodi bo‘yicha xarajatlar smetasiga hisob-kitoblarda alohida satr bilan ajratib ko‘rsatiladi.

Direktor jamg‘armasi mablag‘lari hisobiga ustamalar hamda boshqa turdagi rag‘batlantirishlarni to‘lash mablag‘larini moliyalashtirish belgilangan tartibda moliya organlari tomonidan ish haqi to‘lash uchun mablag‘larni moliyalashtirish bilan bir vaqtda amalga oshiriladi.

Direktor jamg‘armasi mablag‘lari hisobiga tayinlangan ustamalar, moddiy yordam va mukofotlar summasi umumta’lim muassasasining mehnatga haq to‘lash fondiga kiritiladi hamda ulardan davlat ijtimoiy sug‘urtasiga mablag‘ o‘tkaziladi. Jismoniy shaxslarning Direktor jamg‘armasi hisobiga olingan daromadlariga soliq solish belgilangan tartibda amalga oshiriladi.

O‘qituvchilarning bazaviy tarif stavkalariga har oylik ustamalar belgilash va umumta’lim muassasalari xodimlariga bir martalik mukofotlar to‘lash va moddiy yordam ko‘rsatish to‘g‘risidagi qarorlar umumta’lim muassasalari huzuridagi maxsus komissiyalar tomonidan qabul qilinadi.

Umumta’lim muassasalari huzuridagi maxsus komissiyalar tarkibi umumta’lim muassasasi rahbarining buyrug‘i bilan, kamida yetti kishidan iborat etib tasdiqlanadi va unga quyidagilar kiradi:

direktor — komissiya raisi;

direktorning maktab ichki monitoringi tashkil etilishi uchun mas’ul bo‘lgan o‘quv-tarbiyaviy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari — komissiyaning mas’ul kotibi;

pedagogik kengash qarori bilan vakil qilingan kamida ikki o‘qituvchi;

kasaba uyushmasi tashkiloti raisi;

umumta’lim muassasasi ota-onalar qo‘mitasining kamida ikki nafar vakili.

O‘qituvchilarning bazaviy tarif stavkalariga har oylik ustamalar belgilash, umumta’lim muassasalari xodimlariga bir martalik mukofotlar berish va moddiy yordam ko‘rsatish maxsus komissiya majlisi qarori bilan, ochiq muhokama qilgan holda hamda umumta’lim muassasasining pedagogik kengashi va ota-onalar qo‘mitasi fikrlarini hisobga olib, Direktor jamg‘armasida nazarda tutilgan mablag‘lar doirasida amalga oshiriladi.

Maxsus komissiya majlislari, qoidaga ko‘ra, yarim yilda bir marta, istisno hollarda esa zaruriyatga ko‘ra o‘tkaziladi. O‘qituvchilarning oldingi o‘quv davridagi (chorak, yarim yillikdagi va hokazo) ishini baholash yakunlari bo‘yicha hamda ayrim o‘qituvchilar ish sifatidagi aniqlangan o‘zgarishlar asosida maxsus komissiya qarori bilan belgilangan ustamalar miqdorlari qayta ko‘rib chiqilishi yoki bekor qilinishi mumkin.

Direktor jamg‘armasi barcha umumta’lim muassasalarida — maktablarda tashkil etiladi;

Direktor jamg‘armasi mablag‘lari faqat umumta’lim muassasalarining o‘qituvchilariga ustamalar belgilash uchun yo‘naltiriladi;

Direktor jamg‘armasi mablag‘laridan ustamalar bilan umumta’lim muassasalarining o‘quv-tarbiya jarayoniga katta shaxsiy hissa qo‘shayotgan, o‘z kasbiga sodiqlik va tashabbuskorlik, yuqori kasb darajasini namoyon etayotgan iqtidorli o‘qituvchilari rag‘batlantiriladi.

Umumta’lim muassasalari xodimlariga Direktor jamg‘armasidan har oylik ustamalar va boshqa rag‘batlantirishlar belgilash to‘g‘risidagi qarorlar umumta’lim muassasalari huzuridagi maxsus komissiyalar tomonidan qabul qilinadi.

Bunda xalq ta’limini boshqarish hududiy organlarining umumta’lim muassasalari huzuridagi maxsus komissiyalar faoliyatiga va ular tomonidan qabul qilinadigan qarorlarga aralashishiga yo‘l qo‘yilmaydi.

5. Qarshi tumani mahalliy byudjeti tomonidan sog’liqni saqlash muassasalari xarajatlarini moliyalashtirish mexanizmini o’rganish.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Tibbiyot xodimlari mehnatiga haq to‘lash tizimini takomillashtirish to‘g‘risida” 2005-yil 1-dekabrdagi PQ–229-son qarorini bajarish yuzasidan, tibbiyot va farmatsevtika xodimlari mehnatiga haq to‘lash va ularni moddiy rag‘batlantirishning amaldagi tizimini yanada takomillashtirish, ular mehnatiga haq to‘lash miqdorlarining bajarilayotgan ishlarning murakkabligi va yuklanmasi darajasiga, ko‘rsatilayotgan tibbiy yordam sifatiga bog‘liqligini kuchaytirish, shuningdek tibbiyot xodimlarining kasb darajasi va malakasini uzluksiz oshirib borishlari uchun rag‘batlar yaratish maqsadida Vazirlar Mahkamasi tomonidan 2005-yil 21-dekabr sanasida “Tibbiyot xodimlari mehnatiga haq to‘lashning takomillashtirilgan tizimini tasdiqlash to‘g‘risida”gi qaror qabul qilindi. Hozirgi kunga qadar ushbu qonun asosida barcha tibiyot tashkilotlarini xarajatlarini moliyalashtirilmoqda.

Davlat muassasalari tibbiyot va farmatsevtika xodimlari mehnatiga haq to‘lash bo‘yicha tarif setkasiga muvofiq ularni moliyalashtirish manbalaridan qat’i nazar ko‘rsatilgan davlat muassasalarining tibbiyot va farmatsevtika xodimlari mehnatiga haq to‘lashning, shuningdek qonun hujjatlarida nazarda tutilgan qo‘shimcha to‘lov, ustamalar va rag‘batlantiruvchi xususiyatga ega bo‘lgan boshqa to‘lovlarni to‘lashning yagona prinsiplarini belgilaydi. Bunda belgilanuvchi tariff setkasi quyidagi ko’rinishda bo’ladi (5-jadval).

5-jadval. O‘zbekiston Respublikasi davlat muassasalari tibbiyot va farmatsevtika xodimlari mehnatiga haq to‘lashning tarif setkasi.6




Download 55,94 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish