Byudjetdan moliyalashtirishning mohiyati va uni amalga oshirish usullari



Download 55,94 Kb.
bet7/8
Sana31.12.2021
Hajmi55,94 Kb.
#220968
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Shaxboz

Mehnatga haq to‘lash razryadlari

2018-yil 1-dekabrdan boshlab kiritiladigan tarif koeffitsiyentlari

2019-yil 1-apreldan boshlab kiritiladigan tarif koeffitsiyentlari

1

3,778

4,345

2

4,157

4,781

3

4,571

5,257

4

5,029

5,783

5

5,531

6,361

6

6,084

6,997

7

6,694

7,698

8

7,429

8,543

9

8,246

9,483

10

9,155

10,528

11

10,068

11,578

Yuqoridagi jadval asosida ko‘rsatilgan davlat muassasalarining notibbiyot mutaxassislariga (biologlar, zoologlar va parazitologlar hamda mutaxassislarning boshqa toifalariga) nisbatan ham qo‘llaniladi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Sog‘liqni saqlash tizimini yanada isloh qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2003-yil 26-fevraldagi PF–3214-son Farmoni bilan tashkil etilgan respublika ixtisoslashtirilgan tibbiyot markazlariga tatbiq etilmaydi.

Budjet tashkilotlari xodimlari mehnatiga haq to‘lash bo‘yicha Yagona tarif setkasi asosida haq to‘lanadigan sog‘liqni saqlash muassasalarining ishchi va xizmatchilariga (farrosh, qorovul va boshqalar) nisbatan tatbiq etilmaydi.

Davlat muassasalari rejali budjet mablag‘lari doirasida ustamalar, qo‘shimcha to‘lovlar va rag‘batlantiruvchi xususiyatga ega bo‘lgan boshqa to‘lovlar miqdorlarini belgilangan tartibda belgilaydi. Bunda xodimlarning malakasi va ular tomonidan bajariladigan ishlarning murakkabligi tarif setkasi asosida belgilanadigan lavozim maoshlari (stavkalar) miqdorlarida hisobga olingan.

Tibbiyot va farmatsevtika xodimlarining tarif stavkalari tarif setkasi asosida ish haqining belgilangan eng kam oylik miqdorini yuqoridagi jadvalga muvofiq mehnatga haq to‘lash bo‘yicha tegishli guruhlarga kiritilgan sog‘liqni saqlash muassasalari xodimlari uchun belgilangan tarif setkasining tegishli razryadi tarif koeffitsiyentiga va tuzatish koeffitsiyentiga ko‘paytirish yo‘li bilan belgilanadi.

Sog‘liqni saqlash muassasalari guruhlari bo‘yicha quyidagi tuzatish koeffitsiyentlari belgilanadi:

muassasalarning 1-guruhi uchun — tegishli razryad tarif stavkasiga 1,0 tuzatish koeffitsiyenti;

muassasalarning 2-guruhi uchun — tegishli razryad tarif stavkasiga 1,03 tuzatish koeffitsiyenti;

muassasalarning 3-guruhi uchun — tegishli razryad tarif stavkasiga 1,05 tuzatish koeffitsiyenti;

muassasalarning 4-guruhi uchun — tegishli razryad tarif stavkasiga 1,15 tuzatish koeffitsiyenti.

Ish haqi miqdorlarini belgilash barcha hollarda asosiy, o‘rindoshlik va o‘rnini bosadigan lavozimlar (ishlar turi) bo‘yicha amalga oshiriladi. Tarif setkasi bo‘yicha razryadlar tibbiyot, farmatsevtika va rahbar xodimlar lavozimlari bo‘yicha belgilanadi.

Xodimlarga tarif stavkalari, qo‘shimcha to‘lov va ustamalar miqdorlarini o‘zgartirish ishlari:

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlariga muvofiq eng kam oylik ish haqi miqdori o‘zgarganda — ushbu Farmon kuchga kirgan oydan boshlab;

“O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan sog‘liqni saqlash xodimi” faxriy unvoni berilganda — faxriy unvon berilgan kundan boshlab;

malaka toifasi berilganda — huzurida attestatsiya komissiyasi tashkil etilgan organ (muassasa)ning buyrug‘iga muvofiq;

staj uchun ustama miqdorini ko‘paytirish huquqini beradigan stajning uzluksizligini tasdiqlaydigan hujjatlar mavjud bo‘lganda — stajning uzluksizligi to‘lgan kundan boshlab amalga oshiriladi.

Muassasa rahbari xodimlar mehnatiga o‘z vaqtida va to‘g‘ri haq to‘lanishi uchun javob beradi. Mehnat haqi noto‘g‘ri to‘langani aniqlangan taqdirda rahbar amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq xatolarni zudlik bilan tuzatish va butun davr uchun kam hisoblangan (ortiqcha hisoblangan) to‘lovni to‘lash (ushlab qolish) choralarini ko‘rishi shart.

Tibbiyot xodimlari uchun razryad belgilashda uchta xodimlar guruhiga bo’linib, tariff ekasi belgilanadi:


  1. Kichik tibbiyot xodimlari

  2. O’rta tibbiyot xodimlari

  3. Vrach tibbiyot xodimlari

Kichik tibbiyot xodimlari uchun tarif setkasi bo‘yicha quyidagi jadvalga ko’ra razryadlar belgilanadi (6-jadval).

6-jadval. Kichik tibbiyot xodimlari uchun tarif setkasi bo’yicha razryadlar.7



Lavozimlar nomi

Razryad

1. Barcha nomlardagi sanitarka va boshqa kichik tibbiyot xodimlari

1

2.Bemorlarni parvarish qiluvchi kichik hamshira

1

3. Xo‘jalik bekasi

2

Tuman kasalxonalari va ixtisoslashtirilgan klinikalarning reanimatsiya bo‘limlari (intensiv terapiya bo‘limlari)da ishlaydigan, bemorlarni parvarish qiluvchi kichik hamshiralarga tarif setkasi bo‘yicha 2-razryad belgilanadi.

O‘rta tibbiyot xodimlari uchun tarif setkasi bo‘yicha quyidagi jadvalga ko’ra razryadlar belgilanadi (7-jadval).



7-jadval. O’rta tibbiyot xodimlari uchun tarif setkasi bo’yicha razryadlar.8

Lavozimlar nomi

Razryad

1. Tibbiy ro‘yxatdan o‘tkazuvchi, dezinfektor

2

2. Barcha nomlardagi tibbiyot hamshirasi, shafqat hamshirasi, feldsher, akusherka, laborant, rentgen laboranti, tibbiyot statistigi, tish texnigi, tibbiy-ijtimoiy xodim




— toifasiz

2

— II toifa

3

— I toifa

4

oliy toifa

5

3. Operatsiya hamshirasi, anestezist-hamshira, reanimatsiya va intensiv terapiya bo‘limlari hamshirasi, tug‘ruqxona (bo‘lim)ning akusherkasi, sanitariya vrachining yordamchisi, parazitolog vrachning yordamchisi, entomologning yordamchisi




— toifasiz

3

II toifa

4

— I toifa

5

— oliy toifa

6

4. Bo‘lim (filial) feldsheri, akusherkasi; katta tibbiy hamshira, katta feldsher, katta akusherka; tish vrachi, shoshilinch yordam katta feldsheri, hamshiralik ishi mutaxassisi, yetakchi tibbiy hamshira




— toifasiz

4

— II toifa

5

— I toifa

6

— oliy toifa

7

Oliy ma’lumotga ega bo‘lmagan davolovchi jismoniy tarbiya yo‘riqchisiga va metodistiga tarif setkasi bo‘yicha ikkinchi razryad belgilanadi. Vrach xodimlar uchun tarif setkasi bo‘yicha quyidagi jadvalga ko’ra razryadlar belgilanadi (8-jadval)

8-jadval. Vrach tibbiyot xodimlari uchun tarif setkasi bo’yicha razryadlar.9



Lavozimlar nomi

Razryad

1. Mutaxassis vrach




— toifasiz

6

— II toifa

7

— I toifa

8

— oliy toifa

9

2. Bemorlarni operatsiya qiladigan barcha nomlardagi vrach-xirurg; tezkor faoliyatni ta’minlaydigan va reanimatsiya chora-tadbirlarini amalga oshiradigan anesteziolog-reanimatolog vrach; davolash tadbirlarini amalga oshiradigan endoskopist vrach; tez tibbiy yordam ko‘chma brigadasi mutaxassis vrachi; umumiy amaliyot vrachi




— toifasiz

7

— II toifa

8

— I toifa

9

— oliy toifa

10

Protez-ortopediya korxonalari va birlashmalarining mutaxassis vrachlariga, vrach-xirurglariga, anesteziolog-reanimatolog vrachlariga II guruh muassasalar (umumiy ixtisoslikdagi turg‘un muassasalar) uchun nazarda tutilgan tuzatish koeffitsiyentlari belgilanadi.

Diagnostika markazlarida va jarrohlik aralashuvini amalga oshirmaydigan boshqa muassasalarda ishlaydigan barcha nomlardagi vrach-xirurglarga mutaxassis vrach sifatida tarif belgilanadi.

Sog‘liqni saqlash muassasalarining rahbarlari, ularning o‘rinbosarlari, shuningdek bosh tibbiyot hamshiralari uchun mehnatga haq to‘lash bo‘yicha tarif setkasi bo‘yicha razryad sog‘liqni saqlash muassasasining tipiga qarab tabaqalashtiriladi.

Sog‘liqni saqlash muassasalarini tiplarga ajratish tartibi to‘g‘risidagi nizom, shuningdek mazkur qaror bilan tasdiqlangan tarif setkasiga muvofiq xodimlarning ushbu toifalari mehnatiga haq to‘lash razryadlari va tarif koeffitsiyentlari O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi bilan kelishilgan holda tibbiyot muassasasi quvvatini, ambulatoriya-poliklinika tarmog‘i uchun — xizmat ko‘rsatiladigan aholi sonini hamda kasalxona muassasalari uchun — davolanib chiqqan bemorlar sonini hisobga olib O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi, Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi hamda Moliya vazirligining qo‘shma qarori bilan tasdiqlanadi.

Sog‘liqni saqlash muassasalarining asosiy ixtisoslikka tegishli bo‘lmagan va davolash, diagnostika yoki profilaktika faoliyatini amalga oshirmaydigan yordamchi bo‘linmalari (bo‘limlari)ning (buxgalteriya, iqtisodiy bo‘limlar, kadrlar bo‘limi, muhandislik inshootlari, asbob-uskunalarni ta’mirlash va ularga xizmat ko‘rsatish, avtomobil parki va boshqalar) rahbarlari mehnatiga haq to‘lash Mehnatga haq to‘lash bo‘yicha yagona tarif setkasi asosida amalga oshiriladi.

Davolash-profilaktika muassasalarining farmatsevtika xodimlari uchun tarif setkasi bo‘yicha quyidagi jadval asosida razryadlar belgilanadi (9-jadval)

9-jadval. Davolash-profilaktika muassasalarining farmatsevtika xodimlari uchun tarif setkasi bo’yicha razryadlar.10

Lavozimlar nomi

Razryad

1. Provizor




— toifasiz

4

— II toifa

5

— I toifa

6

— oliy toifa

7

2. Farmatsevtika xodimlari




— toifasiz

1

— II toifa

2

— I toifa

3

— oliy toifa

4

Tibbiyot muassasalarida vrachlikdan boshqa faoliyatni bajarayotgan oliy ma’lumotli mutaxassislar uchun tarif setkasi bo‘yicha quyidagi jadval asosida razryadlar belgilanadi (10-jadval)

10-jadval. Tibbiyot muassasalarida vrachlikdan boshqa faoliyatni bajarayotgan oliy ma’lumotli mutaxassislar uchun tarif setkasi bo‘yicha razryadlar.11



Lavozimlar nomi

Razryad

1. Psixolog, biolog, zoolog, parazitolog, entomolog, ionlashtiruvchi va noionlashtiruvchi nurlanish manbalari ustidan nazorat qilish bo‘yicha ekspert-fizik; davolovchi jismoniy tarbiya bo‘yicha yo‘riqchi; davolovchi jismoniy tarbiya bo‘yicha metodist

6

Tibbiy-mehnat ekspert komissiyalari (TMEK), nogironlar va keksalar internat-uylari, nogironlar uchun pansionatlar, o‘quv yurtlari, nogironlar uchun reabilitatsiya markazlari, shuningdek bolalar maktabgacha muassasalari, barcha tipdagi maktab-internatlar, “Mehribonlik uyi” bolalar uylari, sanatoriy-o‘rmon maktablari tibbiyot xodimlarining tarif stavkalari muassasalarning birinchi guruhi bo‘yicha belgilanadi.

Sog‘liqni saqlash muassasalarining tarkibiy bo‘linmalariga mudirlik qilganlik uchun vrachlarga:

shtatida vrachlar lavozimi 6 tagacha bo‘lganda — oyiga eng kam oylik ish haqining 50 foizi miqdorida;

shtatida vrachlar lavozimi 6 tadan ortiq bo‘lganda — oyiga eng kam oylik ish haqining 70 foizi miqdorida qo‘shimcha to‘lov belgilanadi.

Kabinetlarga mudirlik qilganlik uchun vrachlarga oyiga eng kam oylik ish haqining 30 foizi miqdorida qo‘shimcha to‘lov belgilanadi.

Tuman, tumanlararo va shahar TMEKlarining raislari bo‘lgan vrachlarga komissiyaga rahbarlik qilganlik uchun oyiga eng kam oylik ish haqining 70 foizi miqdorida qo‘shimcha to‘lov belgilanadi.

Qishloq vrachlik punktlari filial (bo‘lim)lariga mudirlik qilganlik uchun vrachlar, feldsherlar, akusherkalar, tibbiyot hamshiralariga oyiga eng kam oylik ish haqining 25 foizi miqdorida qo‘shimcha to‘lov belgilanadi.

Vrachlik mutaxassisligi bo‘yicha tegishli toifaga ega bo‘lgan tibbiyot muassasalari rahbarlariga, ularning o‘rinbosarlari — vrachlarga:

oliy malaka toifasi mavjudligi uchun — eng kam oylik ish haqining 50 foizi miqdorida;

birinchi malaka toifasi mavjudligi uchun — eng kam oylik ish haqining 30 foizi miqdorida qo‘shimcha to‘lov belgilanadi.

Tibbiyot muassasalarining mutaxassisligi bo‘yicha tegishli toifaga ega bo‘lgan bosh tibbiyot hamshiralariga:

oliy malaka toifasi mavjudligi uchun — eng kam oylik ish haqining 40 foizi miqdorida;

birinchi malaka toifasi mavjudligi uchun — eng kam oylik ish haqining 20 foizi miqdorida qo‘shimcha to‘lov belgilanadi.

“O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan sog‘liqni saqlash xodimi” faxriy unvoni uchun — eng kam oylik ish haqining 1,6 baravari miqdorida qo‘shimcha to‘lov belgilanadi.

Turg‘un tipdagi muassasalar xodimlariga tungi vaqtda ishlaganligi uchun egallab turgan lavozimi bo‘yicha lavozim maoshi tarif stavkasi hisob-kitobidan kelib chiqib tungi vaqtda ishlangan har bir soat uchun soatbay tarif stavkasining 50 foizi miqdorida qo‘shimcha haq to‘lanadi.

Oliy ma’lumotga ega bo‘lgan tibbiyot hamshiralariga tarif stavkasining 10 foizi miqdorida qo‘shimcha to‘lov belgilanadi.

Bosh tibbiyot hamshiralariga tarif stavkasining 5 foizi miqdorida qo‘shimcha to‘lov belgilanadi.

Alohida muassasalar, bo‘linmalar va lavozimlarda uzluksiz ish staji uchun ustamalar:

shoshilinch tibbiy yordam xizmatining vrachlariga, o‘rta va kichik tibbiyot xodimlariga: uzluksiz ishlangan birinchi uch yil uchun hamda har bir keyingi ikki yil uchun tarif stavkasiga nisbatan 10 foizdan miqdorda belgilanadi, ustamaning eng ko‘p miqdori — 30 foiz;

shoshilinch tibbiy yordam xizmatining oliy ma’lumotga ega bo‘lgan tibbiyot hamshiralariga: uzluksiz ishlangan stajning birinchi uch yili uchun hamda har bir keyingi ikki yil uchun tarif stavkasiga nisbatan 10 foizdan miqdorda belgilanadi, ustamaning eng ko‘p miqdori — 40 foiz”;

qishloq vrachlik punktlari (QVP) vrachlariga va patronaj tibbiyot hamshiralariga: uzluksiz ishlangan birinchi uch yil uchun va har bir keyingi ikki yil uchun tarif stavkasiga nisbatan 10 foizdan miqdorda belgilanadi, ustamaning eng ko‘p miqdori vrachlar uchun — 50 foiz, patronaj tibbiyot hamshiralari uchun esa — 40 foiz;

poliklinikalarning hududiy uchastkalari uchastka terapevtlariga, o‘smirlar vrachlariga, uchastka pediatrlariga va uchastka tibbiyot hamshiralariga, poliklinikalardagi terapiya va pediatriya bo‘limlari mudirlariga, oilaviy poliklinikalarning umumiy amaliyot vrachlariga, umumiy amaliyot tibbiyot hamshiralariga hamda bo‘limlari mudirlariga: uzluksiz ishlangan birinchi uch yil uchun va har bir keyingi ikki yil uchun tarif stavkasiga nisbatan 10 foizdan miqdorda belgilanadi, ustamaning eng ko‘p miqdori — 40 foiz;

tez yordam xizmati va sanitariya aviatsiyasining ko‘chma brigadalari katta vrachlari, vrachlari va o‘rta tibbiyot xodimlariga: uzluksiz ishlangan birinchi uch yil uchun va har bir keyingi ikki yil uchun tarif stavkasiga nisbatan 10 foizdan miqdorda belgilanadi, ustamaning eng ko‘p miqdori — 30 foiz;

o‘latga qarshi muassasalarning va alohida xavfli yuqumli kasalliklarga qarshi kurash olib borish muassasalarining tarkibiy bo‘linmalari xodimlariga: uzluksiz ishlangan birinchi uch yil uchun va har bir keyingi ikki yil uchun tarif stavkasiga nisbatan 10 foizdan miqdorda belgilanadi, ustamaning eng ko‘p miqdori — 80 foiz;

leprozoriya muassasalari va tarkibiy bo‘linmalarining xodimlariga uzluksiz ish staji uchun: 3 yildan 5 yilgacha bo‘lganda tarif stavkasining 15 foizi; 5 yildan 10 yilgacha bo‘lganda — tarif stavkasining 25 foizi; 10 yildan ortiq bo‘lganda — tarif stavkasining 50 foizi miqdorida belgilanadi.

bemorlarga ularning uyida xizmat ko‘rsatadigan psixonyevrologiya dispanserlarining (psixiatriya shifoxonalari dispanser bo‘limlarining) psixiatr vrachlariga va o‘rta tibbiyot xodimlariga: uzluksiz ish stajining dastlabki uch yili uchun hamda har bir keyingi ikki yili uchun — tarif stavkasiga nisbatan 10 foizdan miqdorda belgilanadi, ustamaning eng ko‘p miqdori — 30 foiz.

tuman ko‘p tarmoqli markaziy poliklinikasi mudirining o‘rinbosari — qishloq vrachlik punktlari faoliyatini muvofiqlashtiruvchiga: vrachlik lavozimlarida uzluksiz ishlangan umumiy stajning birinchi uch yili uchun va har bir keyingi ikki yili uchun tarif stavkasiga nisbatan 10 foizdan miqdorda belgilanadi, ustamaning eng ko‘p miqdori — 50 foiz.

Qishloq vrachlik punktlarining umumiy amaliyot vrachlariga — tarif stavkasiga nisbatan 25 foiz miqdorda maxsus har oylik ustama belgilanadi.

Vrachlarga, o‘rta va kichik tibbiyot xodimlariga, shuningdek sog‘liqni saqlash barcha muassasalari farmatsevtika xodimlariga quyidagi ustamalar:

uzluksiz ish staji 5 yildan 10 yilgacha bo‘lganda — tarif stavkasining 5 foizi miqdorida;

uzluksiz ish staji 10 yildan 15 yilgacha bo‘lganda — tarif stavkasining 10 foizi miqdorida;

uzluksiz ish staji 15 yildan 20 yilgacha bo‘lganda — tarif stavkasining 15 foizi miqdorida, oliy ma’lumotga ega bo‘lgan tibbiyot hamshiralari uchun esa tarif stavkasining 20 foizi miqdorida;

uzluksiz ish staji 20 yildan ortiq bo‘lganda — tarif stavkasining 20 foizi miqdorida belgilanadi, sog‘liqni saqlash muassasalari xodimlarining mazkur Nizomning 24-bandida ko‘rsatilgan alohida toifalari bundan mustasno, oliy ma’lumotga ega bo‘lgan tibbiyot hamshiralari uchun esa tarif stavkasining 30 foizi miqdorida. Maslahat berganligi uchun vrachlarning soatbay mehnat haqi ular tarif stavkasining 1 foizi miqdorida belgilanadi.

Xodimlarning tarif stavkalariga ustamalar va qo‘shimcha to‘lovlar miqdori tarif stavkasidan kelib chiqqan holda hisoblab chiqiladi. Tibbiyot va farmatsevtika xodimlarini mehnatga vijdonan munosabati va ko‘rsatilayotgan tibbiy yordamning yuqori sifati uchun tarif stavkasiga har oylik ustamalar belgilash yo‘li bilan moddiy rag‘batlantirish va taqdirlash, ularga mukofotlar berish va bir martalik moddiy yordam ko‘rsatish Tibbiyot muassasasining moddiy rag‘batlantirish va rivojlantirish jamg‘armasi to‘g‘risidagi Nizomga muvofiq amalga oshiriladi.



Xulosa

Har bir byudjet tashkiloti moliya bo’limi tomonidan moliyalashtirishga mavjud bo’lib, ushbu mablag’larni jalb etish hamda uni taqsimlash murakkab jarayon bo’lib har bir moliya bo’limi xodimidan katta ma’suliyat talab etadi shu sababdan har bir xodim o’z ishiga ma’suliyat bilan yondashishi zarur.

Har bir tashkilot o’z sohasiga qarab xarajatlar smetasini tuzadi va ushbu xarajatlar belgilanga tashkilotga ko’ra turli xildagi shtabiga qarab oylik ish haqi va unga tenglashtirilgan to’lovlar bo’limini to’ldiradi va shu asosida moliyalashtriladi.

Davlat budjetining vazifalarni amalga oshirishda mahalliy budjetlar tizimini samarali boshqarish va budjetlararo munosabatlarni takomillashtirish muhim rol o‘ynaydi.

O‘zbekiston Respublikasida budjet tizimi islohotlarning asosiy maqsadi – g‘aznachilik mexanizmini rivojlantirish, mahalliy budjetlarni samarali boshqarish, budjet tizimi tarkibidagi respublika va mahalliy budjet daromadlarini oshirish, milliy ishlab chiqarishni rivojlantirish, tadbirkorlik faoliyatini rivojlanishi uchun qulay sharoit yaratish hamda turli darajadagi mahalliy budjetlardan ijtimoiy soha va aholini ijtimoiy himoyalash xarajatlarni amalga oshirish bilan oilalarning turmush farovonligini oshirishdan iborat.

Mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish sharoitida mahalliy hokimiyat organlarining hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy tomondan boshqarishdagi rolini oshirish asosiy masalalardan biri hisoblanadi. Birinchidan, markaziy boshqaruv organlari ma’lum darajada ortiqcha vazifalardan xoli bo‘ladi, ikkinchidan, mahalliy hokimiyat organlarini hududlarning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishdagi mas’uliyati oshadi, uchinchidan, ushbu hududdagi ijtimoiy-iqtisodiy muammolarning tez echilishga olib keladi.

Hududiy iqtisodiyot rivojlanishida moliya mexanizmining o‘rni alohida hisoblanadi. Ushbu mexanizmning eng samarali vositasi hisoblangan soliqlardan iqtisodiyotni tartibga solishda foydalanish, uning rivojlanishi bilan birga, mahalliy budjetlarni muntazam va etarli miqdorda daromadlar bilan ta’minlanishiga xizmat qiladi. Mahalliy budjetlarning mavqeini yanada oshirish hukumatimizni budjet-soliq siyosatining samaradorligini oshirishga xizmat qiladigan muhim omildir. Har bir soliq turi bo‘yicha soliq salohiyatini hisoblagan holda, uni haqiqiy tushumlar bilan solishtirma tahlil qilinadi. Soliq salohiyatiga nisbatan haqiqiy soliq tushumlari ijobiy o‘zgarishda bo‘lishi kerak.


Download 55,94 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish