Davlatimizning xalq salomatligini asrash borasidagi samarali faoliyati


O„zbekiston fuqarolari uchun charter reyslar tashkil qilinmoqda



Download 437,97 Kb.
Pdf ko'rish
bet15/16
Sana22.06.2022
Hajmi437,97 Kb.
#692377
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16
Bog'liq
15-mavzu matni

O„zbekiston fuqarolari uchun charter reyslar tashkil qilinmoqda
Mamlakatimizning xorijdagi diplomatik vakolatxonalari tomonidan hamkor 
davlatlar tegishli vakolatli organlari bilan muzokaralar olib borilib, O‗zbekiston 
fuqarolariga viza muddatini uzaytirish, charter reyslar tashkil etish choralari 


ko‗rilmoqda. Xususan, Tezkor shtablar faoliyati sabab 17-18 mart kunlari ana 
shunday charter reyslar Eron, Birlashgan Arab Amirliklari, Turkiya va Misrdan 
amalga oshirildi. 
Ularda 650ga yaqin O‗zbekiston fuqarosi vatanga qaytarilib, karantin uchun 
maxsus tibbiy muassasalarga joylashtirildi. 
– Rossiyada ham koronavirus bilan bog‗liq vaziyat dolzarb bo‗lib bormoqda, 
– deydi O‗zbekistonning Rossiyadagi Favqulodda va muxtor elchisi Bоtirjon 
Asadov. – Shu bois fuqarolarimiz murojaati asosida ularni O‗zbekistonga 
yetkazish maqsadida 17 mart kuni ilk charter reysni amalga oshirdik. Ayni paytda 
Rossiya hukumati bilan mamlakatning boshqa mintaqalaridan ham ana shunday 
aviaqatnovlarni 
tashkil 
qilish bo‗yicha muzokaralar olib borilmoqda. 
“Vahimaning o„zi yarim kasallikdir”
Buyuk alloma Ibn Sino o‗z umrini insonlar hayotini asrashga, kasalliklarni 
davolashga bag‗ishlar ekan, quyidagi jihatni alohida qayd etgandi: ―Vahimaning 
o‗zi yarim kasallikdir‖. 
Bugun mamlakatimizda ushbu kasallik bilan bog‗liq turli mish-mish va 
yolg‗on xabarlar tarqatish holatlari ham kuzatilmoqda. Bunday xabarlarda 
keltirilgan ma‘lumotlarning aksariyati asossiz bo‗lib, aholi o‗rtasida o‗rinsiz 
tashvishga sabab bo‗lmoqda. Bu haqda Ichki ishlar vazirligi Matbuot xizmati 
xabarida qayd etiladi. 
―Bugungi kunga kelib ijtimoiy tarmoqlarda yolg‗on xabarlar tarqatish orqali 
vahima uyg‗otayotgan 33 ta akkaunt aniqlangan. Ulardan 25 tasi xorijiy 
mamlakatlar foydalanuvchilari, 8 tasi esa O‗zbekiston Respublikasi fuqarolariga 
tegishli. Ayni paytda ular shaxsini aniqlash maqsadida tergovoldi surishtiruv 
ishlari olib borilmoqda‖, deyiladi vazirlik manbasida. 
Afsuski, bunday noxush holatlar xorijdagi vatandoshlarimiz orasida ham 
tarqatilmoqda. Jumladan, ayrim ommaviy axborot vositalarida 16 mart kuni 
Rossiya oliy ta‘lim muassasalarida koronavirus infeksiyasi tarqalishining oldini 
olish maqsadida o‗zbekistonlik yoshlarning talabalar turar joylaridan chiqarib 
yuborilayotgani 
haqida 
xabar 
tarqaldi. 
Mazkur ma‘lumotlar bo‗yicha 
O‗zbekistonning Rossiyadagi elchixonasi quyidagilarni ma‘lum qildi: 
―Rossiya Federatsiyasi rasmiy organlari tomonidan mamlakat oliy ta‘lim 
muassasalarida tahsil olayotgan o‗zbekistonlik talabalarga nisbatan ularning 
yashashi yoki mamlakat hududida bo‗lishini cheklash bo‗yicha qaror qabul 
qilinmagan. Ta‘lim muassasalari rektorlariga Rossiya Fan va oliy ta‘lim 
vazirligidan ushbu mazmundagi tavsiyalar yoki ko‗rsatmalar ham berilmagan‖. 
Yana bir shunday xabar Janubiy Koreyada vaqtincha mehnat faoliyatini olib 
borayotgan vatandoshimiz hayoti bilan bog‗liq. Internet tarmoqlarida tarqatilgan 
xabarlarda O‗zbekiston fuqarosining Koreya Respublikasida koronavirusga 
chalingani haqida so‗z boradi. 
– Mamlakatimiz fuqarosining Janubiy Koreyada koronavirusga chalingani 
bo‗yicha xabarlarga oydinlik kiritish maqsadida Tegu shahridagi tegishli tibbiyot 
muassasasi ko‗magida vatandoshimiz bilan bog‗landik, – deydi mamlakatimizning 
Koreya Respublikasidagi Favqulodda va muxtor elchisi Vitaliy Fen. – 


Vatandoshimiz ―Xanshin Tuksu Kagun‖ fabrikasining ikki nafar xodimi 
koronavirusga chalingani tufayli ehtiyot chorasi sifatida boshqa ishchilar qatorida 
shifoxonaga yotqizilgan ekan. Ayni paytda uning salomatligi bilan bog‗liq 
muammo yo‗q. Takroriy tibbiy ko‗rikdan so‗ng uyga ruxsat beriladi. 
Bu kabi sarosima uyg‗otuvchi ma‘lumotlarga chek qo‗yish maqsadida chet 
eldagi vakolatxonalarimiz rahbarlarining xorijda bo‗lib turgan O‗zbekiston 
fuqarolariga murojaat yo‗llash amaliyoti joriy qilindi. 
Shuningdek, xorijiy mamlakatlar ham O‗zbekiston fuqarolari hayotini himoya 
qilishda mamlakatimiz bilan yaqindan hamkorlik qilmoqda. 
Masalan, Koreya Respublikasi o‗z hududida bo‗lib turgan chet el davlatlari 
fuqarolari qatorida o‗zbekistonliklar uchun ham zarur holatlarda bepul asosda 
tibbiy yordam olish imkonini taqdim etmoqda. 
Yaponiya Tashqi ishlar vazirligi va Immigratsiya xizmati bilan olib borilgan 
muzokaralar natijasida ushbu mamlakatda bo‗lib turgan fuqarolarimizning amal 
qilish muddati tugayotgan vizalari muddatini 30 kunga uzaytirish bo‗yicha 
kelishuvga erishildi. 
Rossiya rasmiy idoralari bilan muzokaralar natijasida ushbu davlatda qonunan 
bo‗lib turgan o‗zbekistonliklar uchun qator qulayliklar yaratilmoqda. Xususan, 
O‗zbekiston fuqarolari qanday maqsadda kelganidan qat‘i nazar ushbu mamlakatda 
bo‗lish muddatini 90 kunga cho‗zishi mumkin bo‗ladi. 
Bunday kelishuvlarga boshqa mamlakatlar bilan ham erishilmoqda. 
Ammo shunday sharoitda ham xorijdagi ayrim yurtdoshlarimiz orasida 
sarosima va vahimaga tushish holatlari kuzatilib, vatanga qaytish taraddudida 
bo‗lganlar soni yuqoriligicha qolmoqda. Bu esa chin ma‘noda birinchi yordamga 
muhtoj, vatanga shoshilinch qaytishga zarurat sezayotganlarni qiyin ahvolga tushib 
qolishiga sabab bo‗lmoqda. 
Shu ma‘noda chet elda vaqtincha bo‗lib turgan vatandoshlarimiz yurtga 
qaytish haqida qaror qabul qilayotganda, barcha shart-sharoitlari, imkoniyatlari va 
ehtiyoji darajasini hisobga olgan holda yondashsa, maqsadga muvofiqdir. 

Download 437,97 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish