Erkin Xojiyev



Download 2,03 Mb.
Pdf ko'rish
bet293/362
Sana31.12.2021
Hajmi2,03 Mb.
#248893
1   ...   289   290   291   292   293   294   295   296   ...   362
Bog'liq
39mamuriyhuquq2006pdf

 
 
2§. Davlat statistikasi 
 
O`zbekiston  Respublikasida  statistika  sohasi  2002  yil  12  dekabrda  qabul 
qilingan  “Davlat  statistika  to`g`risida”gi  O`zbekiston  Respublikasi  qonuni
201
  bilan 
tartibga solinadi. Qonunga binoan davlat statistikasining asosiy vazifalari bo`lib:  

  ijtimoiy-iqtisodiy  hodisalar  va  jarayonlar  hamda  ularning  natijalari  to`g`risidagi 
statistika  ma'lumotlarini  yig`ish, qayta ishlash,  to`plash, saqlash, umumlashtirish, 
tahlil etish va e'lon qilish; 

  xalqaro standartlarga mos keluvchi yagona statistika uslubiyatini ta'minlash; 

  davlat  organlari  va  fuqarolarning  o`zini  o`zi  boshqarish  organlari,  yuridik 
shaxslar, davlat muassasalari va xalqaro tashkilotlarni, shuningdek jamoatchilikni 
belgilangan tartibda statistika ma'lumotlari bilan ta'minlash; 
                                                 
201
 O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2002 №12, 219-m. 



  statistika  ishlarini  tashkil  etish  uchun  zarur  bo`lgan  iqtisodiy-statistika 
tasniflagichlar  tizimini  hamda  korxonalar  va  tashkilotlarning  yagona  davlat 
registrini yuritish hisoblanadi. 
Davlat  statistikasi:  ishonchlilik, xolislik, beg`arazlik;  dolzarblik,  qiyosiylik  va 
barqarorlik; qulaylik, ochiq-oydinlik va oshkoralik; statistika hisobotini yig`ish, qayta 
ishlash  va  umumlashtirish tartibiga har qanday  aralashishni  istisno  etuvchi statistika 
ishlarini tashkil etish tizimini yaratish kabi tamoyillarga asoslanadi. 
Davlat 
statistikasi 
vakolatli  organi 
hamda 
uning  Qoraqalpog`iston 
Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridagi, tumanlar va shaharlardagi organlari 
davlat statistikasi organlari hisoblanadi.  
Davlat  statistikasi  vakolatli  organining  rahbari  O`zbekiston  Respublikasi 
Prezidenti tomonidan uch yil muddatga tayinlanadi. 
Davlat  statistikasi  organlari  ma'lumotlar  manbalarini,  statistika  usullarini, 
statistika  ma'lumotlarining  mazmuni,  shakli,  vaqti  va  tarqatilishini  tanlashda 
mustaqildir. Davlat statistikasi organlarining faoliyatiga davlat organlari va mahalliy 
davlat hokimiyati organlari aralashishiga yo`l qo`yilmaydi.  
Davlat statistikasi organlarini moliyalashtirish hamda moddiy-texnika jihatidan 
ta'minlash  Davlat  statistika  ishlari  dasturiga  muvofiq  Davlat  budjeti  mablag`lari 
hisobidan  amalga  oshiriladi.  Davlat  statistika  ishlari  dasturiga  kiritilmagan  statistika 
ishlariga haq to`lash buyurtmachi tomonidan shartnoma asosida amalga oshiriladi. 
Davlat  statistikasi  organlarining  ayrim  bo`linmalari  o`z  faoliyatini  shartnoma 
asosida amalga oshirishi mumkin. 
Davlat statistikasi organlari Davlat statistika ishlari dasturini bajarishda davlat 
statistikasi  organlariga  yordam  berishi  shart  bo`lgan  boshqa  davlat  organlari  hamda 
yuridik shaxslar bilan statistika ishlarini o`zaro hamkorlikda amalga oshiradi. 
Davlat  statistikasi  organlari  o`zlarining  vakolat  doirasiga  kiruvchi  ayrim 
ishlarning  boshqa  davlat  organlari  hamda  yuridik  shaxslar  tomonidan  bajarilishiga 
qonun hujjatlarida belgilangan tartibda yo`l qo`yadi. 
Boshqa  davlat  organlari  hamda  yuridik  shaxslar  Davlat  statistika  ishlari 
dasturiga muvofiq umumdavlat statistika kuzatuvlarini, shuningdek davlat statistikasi 
vakolatli  organi  bilan  kelishilgan  shakllarda  idoraviy  statistika  kuzatuvlarini 
o`tkazadi. 
Idoraviy  statistika  kuzatuvlarining  ma'lumotlari  davlat  statistikasi  vakolatli 
organiga uning so`roviga binoan taqdim etiladi. 
Davlat  statistika  organlari  Korxonalar  va  tashkilotlarning  yagona  davlat 
registrini, shuningdek to`planadigan ma'lumotlar hisobga olinishini va ko`rsatkichlar 
identifikatsiya  qilinishini  ta'minlaydigan  statistika  kuzatuvlari  obyektlarining 
statistika registrlarini yuritadi.  
Korxonalar  va  tashkilotlarning  yagona  davlat  registri  axborot-ma'lumotnoma 
xususiyatidagi,  vaqti-vaqti  bilan  yangilab  turiladigan  ma'lumotlarni  o`z  ichiga 
oluvchi avtomatlashtirilgan tizim bo`lib, korxonalar va tashkilotlar yagona tasniflash 
tizimi asosida davlat hisobiga olinishi va identifikatsiya qilinishini ta'minlaydi. 
Yuridik  shaxslar  to`g`risidagi  ma'lumotlar  registrini  va  axborot  bazalarini 
yaratadigan va yuritadigan davlat organlari hamda  ularning tasarrufidagi tashkilotlar 
davlat statistikasi organlariga Korxonalar va tashkilotlarning yagona davlat registrini 


shakllantirish  hamda  uning  dolzarbligini  ta'minlash  uchun  zarur  bo`lgan  axborotni 
bepul beradi. 
Moliya, bojxona, soliq organlari, banklar hamda boshqa idoralar va xizmatlar, 
shuningdek yuridik shaxslar, ularning vakolatxonalari va filiallari, jismoniy shaxslar, 
shu  jumladan  yakka  tartibdagi  tadbirkorlar  davlat  statistikasi  organlariga  davlat 
statistika hisobotlarini, idoraviy hisobga olish ma'lumotlarini hamda davlat statistika 
ishlarini olib borish uchun zarur bo`lgan boshqa ma'lumotlarni (ularni tayyorlashning 
har  qanday  bosqichida),  shuningdek  ularga  ilova  etiladigan  tushuntirish-izohlarni 
bepul taqdim etadi. 
Statistika  ma'lumotlari  ishonchli  bo`lishi  va  ular  davlat  statistika  kuzatuvlari 
dasturlariga  muvofiq  belgilangan  hajmlarda,  muddatlarda  va  shakllarda  taqdim 
etilishi kerak. 
Buxgalteriya hisobi, moliyaviy va boshqa hisobotlarni tartibga soluvchi, qonun 
hujjatlari  bilan  belgilangan  normalar  statistika  hujjatlarini  to`ldirish  (statistika 
ko`rsatkichlarining hisob-kitobi) uchun asos bo`lib xizmat qiladi.  
Statistika  ma'lumotlaridan  davlat  manfaatlarini  ko`zlab  va  ilmiy  maqsadlarda, 
jamoatchilikni  xabardor  etish,  bunday  ma'lumotlardan  foydalanuvchilarning 
huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini ta'minlash uchun foydalaniladi. 
Davlat  statistikasi  organlari  yuridik  shaxslardan,  ularning  vakolatxonalari  va 
filiallaridan, jismoniy  shaxslar, shu  jumladan  yakka  tartibdagi  tadbirkorlardan olgan 
birlamchi  statistika  ma'lumotlari  faqat  jamlanma  statistika  ko`rsatkichlarini 
tayyorlashda  statistika  maqsadlarida  ishlatiladi  hamda  jamlanma  holatda  va  egasi 
mavhumlashtirilgan tarzda e'lon qilinadi. 
Tarkibida  davlat  siri  va  tijorat  sirlari  bo`lgan  statistika  ma'lumotlari  qonun 
hujjatlarida belgilangan tartibda taqdim etiladi. 
“Davlat statistikasi to`g`risida”gi O`zbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq 
hamda  O`zbekiston  Respublikasi  Prezidentining  "O`zbekiston  Respublikasi 
Makroiqtisodiyot  va  statistika  vazirligini  qayta  tashkil  etish  to`g`risida"  2002  yil  24 
dekabrdagi  Farmoniga  binoan  respublika  statistika  organlari  faoliyatini  tashkiliy 
ta'minlash  maqsadida  O`zbekiston  Respublikasi  Davlat  statistika  qo`mitasi  tashkil 
etildi.  
Mazkur  qo`mita  statistika  sohasida  rivojlanishning  milliy  va  mintaqaviy 
xususiyatlarini  hisobga  olgan  holda  ilmiy  metodologiyaga,  xalqaro  standartlar  va 
qoidalarga  asoslangan  yaxlit  ilg`or  statistika  axboroti  tizimini  yaratishga  va  uning 
faoliyat  ko`rsatishiga  yo`naltirilgan  yagona  siyosatni  amalga  oshiruvchi,  davlat 
hokimiyati  va  boshqaruv  organlari,  xo`jalik  yurituvchi  subyektlar,  fuqarolar  va 
tashkilotlarning rasmiy statistika axborotlariga bo`lgan ehtiyojini qondiruvchi davlat 
hokimiyati ijro etuvchi organi hisoblanadi. 
O`zbekiston  Respublikasi  Davlat  statistika  qo`mitasi,  Qoraqalpog`iston 
Respublikasi,  viloyatlar  va  Toshkent  shahridagi,  tumanlar,  shaharlardagi  statistika 
organlari  hamda  O`zbekiston  Respublikasi  Davlat  statistika  qo`mitasiga  qarashli 
tashkilotlar O`zbekiston Respublikasi Davlat statisgika qo`mitasining yagona tizimini 
tashkil etadi. 

Download 2,03 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   289   290   291   292   293   294   295   296   ...   362




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish