Erkin Xojiyev


O`zbekiston  Respublikasida  advokatura



Download 2,03 Mb.
Pdf ko'rish
bet289/362
Sana31.12.2021
Hajmi2,03 Mb.
#248893
1   ...   285   286   287   288   289   290   291   292   ...   362
Bog'liq
39mamuriyhuquq2006pdf

 
O`zbekiston  Respublikasida  advokatura.    O`zbekiston  Respublikasida 
advokatura  O`zbekiston  Respublikasining  1996  yil  27  dekabrda  qabul  qilingan 
«Advokatura  to`g`risida»gi  qonuni
198
  bilan  tartibga  solinadi.  Qonunga  binoan 
advokatura  -  huquqiy  institut  bo`lib,  u  advokatlik  faoliyati  bilan  shug`ullanuvchi 
shaxslar  hamda  xususiy  advokatlik  amaliyoti  bilan  shug`ullanuvchi  ayrim 
shaxslarning mustaqil, ko`ngilli, kasbiy birlashmalarini o`z ichiga oladi.  
Advokatura  O`zbekiston  Respublikasi  Konstitutsiyasiga  muvofiq  O`zbekiston 
Respublikasi  fuqarolari,  ajnabiy  fuqarolar,  fuqaroligi  bo`lmagan  shaxslarga, 
korxonalar, muassasalar, tashkilotlarga yuridik yordam ko`rsatadi. 
Oliy  yuridik  ma'lumotga  ega  bo`lgan  va  belgilangan  tartibda  advokatlik 
faoliyati  bilan  shug`ullanish  huquqini  beruvchi  litsenziyani  olgan  O`zbekiston 
Respublikasining fuqarosi O`zbekiston Respublikasida advokat bo`lishi mumkin.  
Advokatlik  faoliyati  bilan  shug`ullanish  huquqini  beruvchi  litsenziya 
Qoraqalpog`iston  Respublikasi  Adliya  vazirligi,  viloyatlar,  Toshkent  shahar 
hokimliklari  adliya  boshqarmalari  tomonidan  tegishli  malaka  komissiyalarining 
qarorlariga asosan beriladi. 
Belgilangan tartibda muomalaga layoqatsiz yoki muomala layoqati cheklangan 
deb  topilgan  shaxslar,  shuningdek  sudlanganligi  bekor  qilinmagan  yoki  olib 
tashlanmagan  shaxslarning  advokatlik  faoliyati  bilan  shug`ullanishiga  yo`l 
qo`yilmaydi. 
Advokatura  o`z  faoliyatini  qonunning  ustunligi,  mustaqillik  va  boshqa 
demokratik prinsiplar asosida amalga oshiradi. 
Advokatlik  faoliyati  bilan  shug`ullanish  huquqini  beruvchi  litsenziyani 
belgilangan  tartibda  olgan  shaxs  o`z  advokatlik  byurosini  ochib,  yakka  tartibda 
faoliyat  ko`rsatishga  yoxud  ixtiyoriylik  asosida  boshqa  advokatlar  (sheriklar)  bilan 
hay'atlar va firmalar tuzishga haqlidir. 
Advokatlar  byurolari,  hay'atlari  va  firmalarini  tuzish,  ularning  tuzilishi, 
shtatlari,  vazifalari,  mablag`larni  sarflash  tartibi,  rahbar  organlarining  vakolatlari, 
ularni  saylash  tartibi  hamda  advokatlar  byurolari,  hay'atlari  va  firmalarining 
faoliyatiga  doir  boshqa  masalalar  ularning  ustavlari  (nizomlari)  bilan  tartibga  solib 
turiladi. 
Advokatlar byurolari, hay'atlari va firmalari ro`yxatdan o`tgan kundan e'tiboran 
yuridik  shaxs  maqomini  oladilar  hamda  ko`rsatilgan  yuridik  yordam  uchun 
fuqarolardan  va  yuridik  shaxslardan  tushadigan  pul  mablag`lari  (daromadlar) 
hisobiga faoliyat ko`rsatadilar. 
Jismoniy va yuridik shaxslarga yuridik yordam ko`rsatish maqsadida advokat: 

  huquqiy  masalalar  bo`yicha  maslahatlar  va  tushuntirishlar,  qonun  hujjatlari 
yuzasidan og`zaki va yozma ma'lumotnomalar beradi; 

  huquqiy xususiyatdagi arizalar, shikoyatlar va boshqa hujjatlarni tuzadi
                                                 
198
 O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1997 №2, 48-m. 



  fuqarolik  ishlari  hamda  ma'muriy  huquqbuzarlik  to`g`risidagi  ishlar  bo`yicha 
sudda,  boshqa  davlat  organlarida,  jismoniy  va  yuridik  shaxslar  oldida  vakillikni 
amalga oshiradi; 

  jinoiy  ishlar  bo`yicha  dastlabki  tergovda  va  sudda  himoyachi,  jabrlanuvchining 
vakili, fuqaroviy da'vogar, fuqaroviy javobgar sifatida ishtirok etadi

  tadbirkorlik faoliyatiga yuridik xizmat ko`rsatadi. Advokat qonun hujjatlarida man 
etilmagan boshqa turdagi yuridik yordam ham ko`rsatishi mumkin. 
Advokat  advokatlik  sirini  saqlashi  shart.  Advokatlik  siri  jumlasiga  mijoz 
advokatdan  yordam  so`rab  murojaat  etganligining  o`zi,  mijoz  yordam  so`rab 
murojaat  etgan  masalalar,  advokatdan  mijoz  olgan  maslahatlar,  nasihatlar  va 
tushuntirishlarning  mohiyati,  advokatning  mijoz  bilan  o`tkazgan  suhbatida  to`xtab 
o`tilgan barcha masalalar kiradi. 
Advokat,  advokat  yordamchisi,  advokatlar  byurolari,  hay'atlari  va  firmalari 
mansabdor shaxslari va  texnik xodimlarining  advokatlik siri bo`lmish  ma'lumotlarni 
oshkor  etishi  va  bu  ma'lumotlardan  o`z  manfaatlari  yoki  uchinchi  shaxslar 
manfaatlari yo`lida foydalanishi man etiladi. 
Advokatning  kasbga  oid  huquqlari,  sha'ni  va  qadr-qimmati  qonun  bilan 
qo`riqlanadi. Advokatlarning kasbiy faoliyatiga u yoki bu tarzda aralashish, ular o`z 
kasbiy vazifalarini bajarayotganda olgan muayyan ma'lumotlarni oshkor etishni talab 
qilish,  shuningdek  advokatlar  birlashmalarining  mansabdor  shaxslaridan  va  texnik 
xodimlaridan  xuddi  shunday  ma'lumotlarni  talab  qilish  taqiqlanadi.  Advokat  o`z 
kasbiy  vazifalarini  bajarayotganida  unga  biror-bir  shaklda  ta'sir  o`tkazishga  yo`l 
qo`yilmaydi. 
Advokat  himoyachilik  yoki  vakillik  vazifasini  bajarayotganda  o`ziga  ma'lum 
bo`lib  qolgan  tafsilotlar  yuzasidan  guvoh  sifatida  so`roq  qilinishi  mumkin  emas. 
Advokat  kasbiy  vazifalarini  bajarishi  munosabati  bilan  qo`lga  kiritgan  advokatlik 
dalillari (ashyolari), hujjatlari undan olib qo`yilishi yoki ko`zdan kechirilishi mumkin 
emas,  shuningdek  uning  o`zi  yuridik  yordam  ko`rsatayotgan  shaxslar  bilan 
uchrashish huquqi cheklanishi mumkin emas. 
Advokatning ish yuzasidan huquqiy nuqtai nazari  xususida surishtiruv organi, 
tergovchi,  prokuror  taqdimnoma  kiritishi,  shuningdek  sud  xususiy  ajrim  chiqarishi 
mumkin emas. 
Advokat  qonunga  muvofiq  jismoniy  va  yuridik  shaxslarga  yuridik  yordam 
ko`rsatayotganligi  munosabati  bilan  uni  jinoiy,  moddiy  va  boshqa  javobgarlikka 
tortish yoki bunday javobgarlikni qo`llash bilan qo`rqitish mumkin emas. 
Advokatga  nisbatan  jinoiy  ish  O`zbekiston  Respublikasi  Bosh  prokurori, 
Qoraqalpog`iston Respublikasi prokurori, viloyatlar, Toshkent shahar prokurorlari va 
ularga tenglashtirilgan prokurorlar tomonidan qo`zg`atilishi mumkin. 
O`zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi o`z vakolati doirasida: 
1)  advokatlar malakasini oshirish tadbirlarini amalga oshirishga yordamlashadi
2)  advokatura  faoliyati  to`g`risidagi statistika  ma'lumotlarini  to`playdi  va  o`rganadi, 
advokatlarning  ijobiy  ish  tajribalarini  ommalashtiradi,  advokatlar  byurolari, 
hay'atlari va firmalariga uslubiy yordam ko`rsatadi; 
3)  advokatlarning kasbiy faoliyati bilan bog`liq tarzdagi ta'qiblar, asossiz cheklashlar 
va tajovuzlardan advokatlarni himoya qilish chora-tadbirlarini ko`radi; 


4)  advokatlar  byurolari,  hay'atlari,  firmalari  va  Oliy  malaka  komissiyasi  faoliyatiga 
yordam beradi. 
O`zbekiston Respublikasida advokatlik faoliyati O`zbekiston Respublikasining 
1998  yil  25  dekabrda  qabul  qilingan  «Advokatlik  faoliyatining  kafolatlari  va 
advokatlarning ijtimoiy himoyasi to`g`risida»gi qonuni
199
 bilan ham tartibga solinadi. 
Qonunga  binoan  advokatlik  faoliyati  bilan  O`zbekiston  Respublikasining  fuqarolari 
jinsi,  irqi,  millati,  tili,  dini,  ijtimoiy  kelib  chiqishi,  e'tiqodi,  shaxsi  va  ijtimoiy 
mavqeidan qat'i nazar, shug`ullanishga xaqlidir. 
Advokatlik faoliyatining asosiy prinsiplari quyidagilardan iborat: 

  advokatning mustaqilligi; 

  kasb etikasiga, advokatlik siri va kasamyodiga qat'iy rioya etish; 

  qonun xujjatlarida man qilinmagan usullar va vositalarni qo`llash. 
Advokat  O`zbekiston  Respublikasining  butun  xududida,  shuningdek,  agar 
olingan  topshirikni  bajarish  zaruriyati  taqozo  etsa  va  tegishli.  davlatlarning  qonun 
hujjatlariga  zid  bo`lmasa,  respublika  tashqarisida  ham  advokatlik  faoliyati  bilan 
shug`ullanish xukukiga. ega. 
Muayyan  ishni  olib  borishga  advokatning  vakolatli  ekanligi  order  bilan 
tasdiklanadi. 
Advokat,  taraf  sifatida,  sud  ishlarini  yuritishning  hamma  bosqichida 
protsessning barcha ishtirokchilari bilan teng huquqlarga ega. 
Advokatning mustakilligi: 
1)  unga  qonunda  belgilangan  tartibda  advokatlik  faoliyatini  amalga  oshirish  uchun 
ijozat berish, bu faoliyatni to`xtatib turish va tugatish
2)  advokatning daxlsizligi; 
3)  advokatlik sirini oshkor etishni talab kilishni man etish; 
4)  advokat  olib  borayotgan  ishlarga  aralashganlik  yoxud  advokatning  daxlsizligini 
buzganlik uchun javobgarlik; 
5)  davlat  tomonidan  unga  advokatlik  faoliyati  kafolatlari  berilishi  xamda  ijtimoiy 
ximoyalanishi orkali ta'minlanadi.  
Advokatning  shaxsi  daxlsiz.  Advokatning  daxlsizligi  uning  uy-joyiga,  xizmat 
xonasiga,  foydalanishidagi  transporti  va  aloqa  vositalariga,  uning  xat-xabarlariga, 
unga tegishli ashyolar va xujjatlarga xam taalluklidir. 
Advokat yuridik va jismoniy shaxslarning xukuklari va qonuniy manfaatlarini 
ximoya  qilish.  bo`yicha  o`z  kasbiy  vazifalarini  amalga  oshirayotganida  uning 
faoliyatiga aralashishga yo`l qo`yilmaydi. 
Advokat va uning kasbiy faoliyati davlat ximoyasida bo`ladi. 
Davlat  tomonidan  advokatga  kuyidagilar  ta'minlanadi:  kasbiy  vazifalarini 
bajarish  imkoniyati;  O`zbekiston  Respublikasi  xududida,  shuningdek  uning 
tashkarisida  yuridik  yordam  so`rab  murojaat  qilgan  shaxslarga  maslaxat  berish 
imkoniyati;  o`z  kasbiy  vazifalarini  bajarishi  tufayli  xayoti  va  sog`lig`i  uchun  xavf-
xatar yuzaga kelganda zarur darajadagi ximoya. 
Advokatning xayoti va sog`lig`i davlat ximoyasida bo`ladi. 
                                                 
199
 O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1999 №1, 12-m. 


Advokatura  notijorat  tashkilotdir  va  faoliyatni  o`z  mablag`lari  xisobidan 
amalga oshiradi. 
Davlat  xar  bir  fukaroning  teng  va  erkin  yuridik  yordam  olish  huquqini 
ta'minlash uchun advokatura bilanxamkorlik kiladi. 
Advokatura  manfaatlariga  daxldor  masalalar  davlat  organlari  tomonidan 
respublika advokatlar jamoat birlashmasi ishtirokida belgilangan tartibda xal etiladi. 
Davlat  advokaturani  fukarolar  murojaat  etishi  uchun  qulay  bo`lgan  joylarda 
zarur binolar bilan belgilangan tartibda ta'minlaydi. 
 
 

Download 2,03 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   285   286   287   288   289   290   291   292   ...   362




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish