Erkin Xojiyev


§. Davlat mulkini boshqarish



Download 2,03 Mb.
Pdf ko'rish
bet296/362
Sana31.12.2021
Hajmi2,03 Mb.
#248893
1   ...   292   293   294   295   296   297   298   299   ...   362
Bog'liq
39mamuriyhuquq2006pdf

 
4§. Davlat mulkini boshqarish 
 
O`zbekiston  Respublikasi  Prezidentining  1994  yil  7  fevraldagi  “O`zbekiston 
Respublikasining  davlat  mulkini  boshqarish  va  tadbirkorlikni  qo`llab-quvvatlash 
davlat  qo`mitasini  tashkil  qilish  to`g`risida”gi  Farmoniga  binoan  respublikada 
iqtisodiy  islohotlarni  yanada  chuqurlashtirish,  davlat  tasarrufidan  chiqarish  va 
hususiylashtirish  jarayonlarini  tobora  avj  oldirish,  shuningdek  tadbirkorlikni 
rivojlantirish 
va 
qo`llab-quvvatlashni 
ta'minlash 
maqsadida 
O`zbekiston 
Respublikasining  davlat  mulkini  boshqarish  va  hususiylashtirish  qo`mitasi  bilan 
O`zbekiston  Respublikasi  Moliya  vazirligi  xuzuridagi  davlat  mulki  Jamg`armasi 
negizida  O`zbekiston  Respublikasi  davlat  mulkini  boshqarish  va  tadbirkorlikni 
qo`llab-quvvatlash Davlat qo`mitasi tashkil etildi. 
O`zbekiston  Respublikasi  davlat  mulkini  boshqarish  va  tadbirkorlikni  kullab-
quvvatlash Davlat qo`mitasi o`z faoliyatini O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, 
amaldagi  qonunlar  hamda  O`zbekiston  Respublikasi  Vazirlar  Mahkamasining  1994 
yil 29 martdagi qarori bilan tasdiqlangan «O`zbekiston Respublikasi Davlat mulkini 
boshqarish va tadbirkorlikni qo`llab-quvvatlash davlat qo`mitasi to`g`risida»gi Nizom 
asosida olib boradi. 
Nizoga  ko`ra  Davlat  mulki  qo`mitasining  bosh  vazifalari  quyidagilar 
hisoblanadi: 

  davlat  tasarrufidan  chiqarish  va  xususiylashtirish,  bozor  munosabatlarining 
shakllanishi  jarayonida  O`zbekiston  fukarolarining  mulkiy  huquqlarini  va 
respublikaning davlat manfaatlarini himoya qilishni ta'minlash; 

  ko`p  ukladli  iqtisodiyotni  shakllantirish  va  tadbirkorlikni  qo`llab-quvvatlashda 
yagona  siyosat  o`tkazish,  davlat  tasarrufidan  chiqarish  va  xususiylashtirish, 
respublikada  shahsiy  biznesni  rivojlantirish  dasturlarini  ishlab  chiqish  va 
ustuvorliklarni belgilash; 

  davlat  tasarrufidan  chiqarish  va  xususiylashtirish,  tadbirkorlikni  qo`llab-
quvvatlash jarayoniga tashkiliy va uslubiy rahbarlik qilish

  davlat  mulki  obyektlarini  mulkchilikning  boshqa  shakllariga  aylantirishdan 
tushgan  mablag`larni  ustuvor  umumdavlat  vazifalarini  hal  etishga  va  aholini 
ijtimoiy  himoya  qilishga,  bozor  infrastrukturasini  yaratish  hamda  boshqa 
maqsadlarga jalb etish



  davlat mulki obyektlarini davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirishda chet 
el  investitsiyalarini  jalb  etish,  shuningdek,  ulardan  foydalanishning  usul  va 
shakllarini belgilash; 

  investitsiya  banklari,  fondlar,  konsalting  va  auditorlik  xizmatlar,  Xolding 
kompaniyalari,  fond  birjalari,  ko`chmas  mulk  birjalari  va  boshqa  bozor 
tuzilmalarini  tashkil  etish  orqali  ishlab  chiqarish  vositalari,  ko`chmas  mulk, 
qiymatli qog`ozlar bozorini yaratish

  aholini, shuningdek, yuridik va jismoniy shahslarni, shu jumladan, horijiy yuridik 
va jismoniy shaxslarni asosan ochiq turdagi aksionerlik jamiyatlarini tashkil etish 
va mehnat jamoasi a'zolariga aksiyalar sotish orqali iqtisodiy islohotlar jarayoniga 
yanada kengroq jalb etish

  davlat  tasarrufidan  chiqarish  va  xususiylashtirish  jarayonida  ishlab  chiqarish  va 
bsshqaruv tizimlarining  monopoliyasini cheklash; 

  xususiylashtirilgandan so`ng tadbirkorlikni qo`llab-quvvatlashni ta'minlash; 
Davlat  mulki  ko`mitasiga  O`zbekiston  Respublikasi  Prezidenti  tomonidan 
tayinlanadigan,  keyinchalik  O`zbekiston  Respublikasi  Oliy  Majlisi  tomonidan 
tasdiqlanadigan Rais boshchilik qiladi. 
Davlat  mulki  qo`mitasi  raisining  bir  nafar  birinchi  o`rinbosari  va  uch  nafar 
o`rinbosari  bo`ladi,  ulardan  biri  Davlat  mulki  qo`mitasi  huzuridagi  Qimmatli 
qog`ozlar  bozori  faoliyatini  muvofiqlashtirish  va  nazorat  qilish  markazining  bosh 
direktori hisoblanadi. 
Davlat  mulki  qo`mitasida  7  kishidan  iborat  tarkibda  hay'at  tuziladi,  uning 
tarkibi  rais  (hay'at  raisi),  rais  o`rinbosarlari  (lavozimiga  ko`ra),  Qoraqalpog`iston 
Respublikasi  Davlat  mulki  qo`mitasi  raisi,  shuningdek  boshqa  rahbar  xodimlardan 
iborat bo`ladi. Davlat mulki qo`mitasi hay'ati a'zolarining shaxsiy tarkibi O`zbekiston 
Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi. 
Hay'at 
o`zining 
muntazam 
o`tkaziladigan 
majlislarida 
mulkchilik 
munosabatlarini o`zgartirishning, davlat mulkini boshqarish va xususiy tadbirkorlikni 
qo`llab-quvvatlashni  takomillashtirishning  eng  muhim  muammolarini,  shuningdek 
Davlat  mulki  qo`mitasi  va  uning  tasarrufidagi  tuzilmalarning  ishlarini  tashkil  etish, 
kadrlarni  tanlash  va  joy-joyiga  qo`yish  masalalarini  ko`rib  chiqadi.  Hay'at  qarorlari 
protokollar  bilan  rasmiylashtiriladi  hamda,  qoidaga  ko`ra,  Davlat  mulki  qo`mitasi 
raisining qarorlari va buyruqlari bilan amalga oshiriladi. 
 
 

Download 2,03 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   292   293   294   295   296   297   298   299   ...   362




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish