Erkin Xojiyev


§. Tashqi iqtisodiy aloqalar



Download 2,03 Mb.
Pdf ko'rish
bet299/362
Sana31.12.2021
Hajmi2,03 Mb.
#248893
1   ...   295   296   297   298   299   300   301   302   ...   362
Bog'liq
39mamuriyhuquq2006pdf

6§. Tashqi iqtisodiy aloqalar 
 
O`zbekiston Respublikasida tashqi iqtisodiy aloqalar 2000 yil 26 mayda qabul 
qilingan  «Tashqi  iqtisodiy  faoliyat  to`g`risida»gi  qonun
206
  bilan  tartibga  solinadi 
Qonunga binoan tashqi iqtisodiy faoliyat deganda - O`zbekiston Respublikasi yuridik 
va  jismoniy  shaxslarining  xorijiy  davlatlarning  yuridik  va  jismoniy  shaxslari, 
shuningdek, xalqaro tashkilotlar bilan o`zaro foydali iqtisodiy aloqalarni o`rnatish va 
rivojlantirishga qaratilgan faoliyati tushuniladi. 
O`zbekiston  Respublikasida  ro`yxatga  olingan  yuridik  shaxslar,  shuningdek, 
O`zbekiston Respublikasining hududida doimiy yashash joyiga ega bo`lgan va yakka 
tartibdagi  tadbirkor  sifatida  ro`yxatga  olingan  jismoniy  shaxslar  tashqi  iqtisodiy 
faoliyat bilan shug`ullanishga haqlidir. 
O`zbekiston Respublikasining tashqi iqtisodiy faoliyati: 

  tashqi iqtisodiy faoliyat subyektlarining erkinligi va iqtisodiy mustaqilligi; 

  tashqi iqtisodiy faoliyat subyektlarining tengligi

  savdo-iqtisodiy 
munosabatlarni 
amalga 
oshirishda 
kamsitishlarga 
yo`l 
qo`yilmasligi; 

  tashqi iqtisodiy faoliyatni amalga oshirishdan o`zaro manfaatdorlik; 

  tashqi  iqtisodiy  faoliyat  subyektlarining  huquqlari  va  qonuniy  manfaatlari  davlat 
tomonidan himoya qilinishi tamoyillariga asoslanadi. 
Oldi-sotdi  yoki  ayirboshlash  obyekti  hisoblangan  tovarlar  (ishlar,  xizmatlar), 
har  qanday  mol-mulk,  shu  jumladan,  qimmatli  qog`ozlar,  valutalar  va  valuta 
                                                 
206
 O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2000 №5-6, 148-m. 


qimmatliklari,  elektr,  issiqlik  energiyasi  va  energiyaning  boshqa  turlariga,  transport 
vositalariga,  intellektual  mulk  obyektlariga  nisbatan  tashqi  iqtisodiy  faoliyat  amalga 
oshirilishi mumkin. 
O`zbekiston 
Respublikasining 
tashqi 
iqtisodiy 
faoliyatining 
asosiy 
yo`nalishlari bo`lib: xalqaro iqtisodiy va moliyaviy hamkorlik; tashqi savdo faoliyati; 
chet  el  inestitsiyalarini  jalb  qilish;  O`zbekiston  Respublikasidan  tashqaridagi 
investitsiya faoliyati hisoblanadi. 
O`zbekiston Respublikasida tashqi iqtisodiy faoliyat davlat tomonidan: 
1)  tashqi 
iqtisodiy 
faoliyatning 
qonunchilik 
negizini 
shakllantirish 
va 
takomillashtirish; 
2)  valuta bilan tartibga solish
3)  soliq bilan tartibga solish; 
4)  tarif va notarif tartibga solish
5)  O`zbekiston  Respublikasining  iqtisodiy  manfaatlariga  rioya  etilishi  uchun 
himoya, kompensatsiya va dempingga qarshi choralarni qo`llash; 
6)  tashqi  savdo  faoliyatini  amalga  oshirish  tartibini  belgilash,  shu  jumladan, 
miqdoriy  cheklovlar  o`rnatish  hamda  tovarlarning  ayrim  turlari  eksport  va 
import qilinishi ustidan davlat monopoliyasini o`rnatish; 
7)  qurol-yarog`lar,  harbiy  texnika,  ikki  xil  maqsadda  ishlatilishi  mumkin  bo`lgan 
tovarlar va texnologiyalarga nisbatan eksport nazoratini o`rnatish; 
8)  olib kiriladigan va olib chiqiladigan tovarlarni sertifikatlash; 
9)  texnikaviy,  farmakologiya,  sanitariya,  veterinariya,  fitosanitariya,  ekologiya 
standartlari va talablarini belgilash
10)  tashqi  iqtisodiy  faoliyat  subyektlari  uchun  preferensiya  va  imtiyozlar  berish 
orqali davlat tomonidan tartibga solinadi. 
O`zbekiston  Respublikasining  "Tashqi  iqtisodiy  faoliyat  to`g`risida"  gi 
Qonuniga  muvofiq  hamda  tashqi  iqtisodiy  aloqalarni  yanala  rivojlantirish  va 
chuqurlashtirish,  tashqi  savdoni  erkinlashtirish,  tashqi  iqtisodiy  faoliyatni 
rivojlantirishda  xo`jalik  yurituvchi  subyektlarning  mustaqilligini  oshirish,  marketing 
tizimini takomillashtirish va mamlakat tovarlarini xalqaro bozorlarga keng ko`lamda 
kiritish  maqsadida  O`zbekiston  Respublikasi  Prezidentining  21  oktabr  2002  yildagi  
«Tashqi  iqtisodiy  aloqalar  sohasida  boshqaruv  tizimini  yanada  erkinlashtirish  va 
takomillashtirish  to`g`risida»gi  Farmoniga  binoan  O`zbekiston  Respublikasi  Tashqi 
iqtisodiy  aloqalar  vazirligi  O`zbekiston  Respublikasi  Tashqi  iqtisodiy  aloqalar 

Download 2,03 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   295   296   297   298   299   300   301   302   ...   362




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish