Erkin Xojiyev



Download 2,03 Mb.
Pdf ko'rish
bet298/362
Sana31.12.2021
Hajmi2,03 Mb.
#248893
1   ...   294   295   296   297   298   299   300   301   ...   362
Bog'liq
39mamuriyhuquq2006pdf

O`zbekiston 
standartlashtirish, 
metrologiya 
va 
sertifikatlashtirish agentligiga aylantirildi. 
O`zbekiston standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish "O`zstandart" 
agentligi  o`z  vakolatlari  doirasida  standartlashtirish,  metrologiya,  sertifikatlashtirish 
va  akkreditatsiya  qilish  bo`yicha  faoliyatga  umumiy  rahbarlikni  va  uni 
muvofiqlashtirish  hamda  nazorat  qilishni  amalga  oshiruvchi  O`zbekiston 
Respublikasining  davlat  boshqaruv  organi  xisoblanadi,  ushbu  soxalardagi  ishlarni 
amalga oshirishning umumiy qoidalarini belgilaydi. 
"O`zstandart" 
agentligi 
o`z 
faoliyatida 
O`zbekiston 
Respublikasi 
Konstitutsiyasiga,  O`zbekiston  Respublikasi  qonunlariga,  O`zbekiston  Respublikasi 
Oliy  Majlisi  qarorlariga  va  boshqa  qonun  hujjatlariga,  O`zbekiston  Respublikasi 
Prezidentining  farmonlari  va  farmoyishlariga,  O`zbekiston  Respublikasi  Vazirlar 
Mahkamasining  qarorlari  va  farmoyishlariga,  O`zbekiston  Respublikasi  tomonidan 
tuzilgan xalqaro shartnomalarga hamda Nizomga amal qiladi. 
"O`zstandart"  agentligi  O`zbekiston  Respublikasining  standartlashtirish, 
metrologiya  va  sertifikatlashtirish  bo`yicha  milliy  organi  hisoblanadi  hamda  o`z 
faoliyatida O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga hisobot beradi. 
"O`zstandart"  agentligi  o`z  faoliyatini  joylardagi  davlat  boshqaruvi  va 
hokimiyati boshqa organlari, xo`jalik birlashmalari hamda yuridik shaxslar va jamoat 
tashkilotlari bilan o`zaro hamkorlikda amalga oshiradi. 
 "O`zstandart"  agentligi  o`ziga  yuklangan  vazifalarni  bevosita,  shuningdek 
"O`zstandart"  agentligi  tomonidan  tasdiqlangan  ular  to`g`risidagi  nizomlar  asosida 
o`z  faoliyatini  amalga  oshiradigan  o`ziga  bo`ysunuvchi  hududiy  organlar  orqali  hal 
etadi. 
"O`zstandart"  agentligi,  uning  hududiy  organlari,  uning  tarkibiga  kiruvchi 
tashkilotlar  va  korxonalar  standartlashtirish,  metrologiya,  sertifikatlashtirish, 
akkroditatsiya  qilish,  mahsulotlar  va  xizmatlar  sifatini  boshqarish  soxasidagi 
O`zbekiston  Respublikasi  davlat.  boshqaruvi  organlarining  yagona  tizimini  tashkil 
qiladi. 
"O`zstandart" agentligi: 

  O`zbekiston Respublikasi hududidagi, mulkchilik shakllaridan qat'i nazar, barcha 
jismoniy shaxslar va xo`jalik yurituvchi subyektlar tomonidan "Standartlashtirish 
                                                 
205
 O`zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1994 №2, 50-m. 


to`g`risida", 
"Metrologiya 
to`g`risida", 
"Maxsulotlar 
va 
xizmatlarni 
sertifikatlashtirish  to`g`risida",  "Oziq-ovqat  maxsulotining  sifati  va  xavfsizligi 
to`g`risida"gi  O`zbekiston  Respublikasi  qonunlariga  hamda  standartlashtirish, 
metrologiya va sertifikatlashtirish sohasidagi boshqa qonun hujjatlari va normativ 
hujjatlarning  bajarilishi  hamda  ularga  amal  qilinishi  ustidan  nazoratni  ta'minlash 
yuzasidan kompleks chora-tadbirlar ishlab chiqish

  o`tkazilayotgan  ilmiy-tadqiqot  ishlari  asosida  standartlashtirish,  metrologiya  va 
sertifikatlashtirish soxasida yagona davlat siyosatini amalga oshirish

  standartlashtirish bo`yicha ishlarni amalga oshirishning, manfaatdor tomonlarning 
davlat boshqaruv organlari, jamoat birlashmalari bilan o`zaro hamkorligi shakllari 
va metodlari umumiy qoidalarini belgilash; 

  xalqaro  standartlar  bo`yicha  ma'lumotlarning  yagona  axborot  bazasini  yaratish, 
standartlarni va texnik shartlarni, etalonlarni va fizik hajmlar birliklarini belgilash 
va ulardan foydalanish

  majburiy  tartibda  sertifikatlanadigan  mahsulotlar  va  xizmatlarning  yangi 
ro`yxatini,  ularni  har  yili  yangidan  paydo  bo`lgan  maxsulotlar  va  xizmatlar 
turlarini,  shuningdek  joriy  etilayotgan  yangi  texnologiyalar  va  materiallarni 
hisobga olgan xolda. tuzish va belgilangan tartibda tasdiqlash

  mahsulotlar  va  xizmatlarni  sertifikatlashtirishning  yangi  tartibini  ishlab  chiqish 
xamda unga rioya etilishini nazorat qilish

  zamonaviy  davlat  standartlari  va  etalonlarini  ishlab  chiqish  va  ularni  xalqaro 
tizimlar bilan uyg`unlashtirish; 

  Sertifikatlangan  maxsulotlar,  sifatni  boshqarish  tizimlari,  sertifikatlash  bo`yicha 
akkreditatsiya qilingan organlar, sinov laboratoriyalari (markazlari), sifat bo`yicha 
ekspert-auditorlar davlat reyestrini, yuritish, shuningdek oziq-ovqat mahsulotlarini 
va ularni tayyorlash uchun foydalaniladigan asbob-uskunalarni davlat ro`yxatidan 
o`tkazish; 

  turdosh  mahsulotlar  standartlarini  ishlab  chiqish  bo`yicha  tarmoq  tuzilmalarini 
tashkil  etishga  ko`maklashish,  ular  faoliyatiga  ilmiy-metodik  rahbarlikni  va 
nazoratni ta'minlash; 

  standartlashtirish  tizimlarining  faoliyat  ko`rsatishini  va  rivojlanishini  ta'minlash, 
o`lchovlar  birligini  sertifikatlashtirish,  akkreditatsiya  qilish  va  ushbu  soxalardagi 
ilmiy-texnika  axborotlari  yagonaligini,  shuningdek  ularni  chet  mamlakatlarning 
xalqaro (mintaqaviy) va milliy tizimlari bilan uyg`unlashtirishni ta'minlash; 

  tovarlar  (ishlar,  xizmatlar)ning  sifatiga  va  xavfsizligiga  bo`lgan  talablarga  rioya 
etishni xamda o`lchashlarning noto`g`ri natijalari salbiy oqibatlarini nazorat qilish 
soxasida  iste'molchilar  huquqlarini  va  davlat  manfaatlarini  ximoya  qilish  chora-
tadbirlarini amalga oshirish; 

  shtrixli  kodlashtirish  tizimini  joriy  etish  bo`yicha  yagona  siyosatni  amalga 
oshirish  xamda  O`zbekiston  Respublikasida  ishlab  chiqariladigan  tovarlarning 
Davlat reyestrini yuritish; 

  standartlar  va  texnik  shartlar  talablariga  rioya  etilishini,  sertifikatlashtirish 
o`lchovlari  va  qoidalarining  yagonaligi  ta'minlanishini,  sertifikatlashtirilgan 


maxsulotlarni,  shuningdek  metrologik  ta'minlash  qoidalariga  va  yagonaligiga 
rioya etilishini nazorat qilish; 

  ishlab  chiqarilayotgan  spirt  va  alkogolli  mahsulotlarning  sifatini,  saqlanishini, 
tashilishini va sotilishini nazorat qilish

  ijro  etuvchi  hokimiyat  organlari  bilan  birgalikda  axborot  resurslarini  va 
standartlashtirish,  metrologiya,  sertifikatlashtirish,  akkreditatsiya  qilish,  texnik-
iqtisodiy  va  ijtimoiy  axborotlarni  sifati,  klassifikatsiyalash,  kodlashtirish,  shu 
jumladan shtrixli kodlashtirish infratuzilmasini shakllantirish; 

  fizik  birliklar  etalonlarini  o`lchash,  saqlash  va  tegishli  darajada  saqlash 
yagonaligini  va  ishonchliligini  ta'minlash,  davlat  metrologiya  xizmati  va  etalon 
bazasini  rivojlantirish,  eng  yuqori  aniqlikdagi  o`lchovlarning  yangi  metodlari  va 
vositalarini yaratish va mavjudlarini takomillashtirish, o`lchash, nazorat qilish va 
sinash metodlari va vositalarini standartlashtirish; 

  mahsulotlar  va  xizmatlarni  sinash  va  sertifikatlashtirishning  zamonaviy  tizimini 
tashkil etish 
"O`zstandart"  agentligiga  yuklangan  vazifalar  va  funksiyalarni  bajarish 
maqsadida uning mansabdor shaxslari xo`jalik yurituvchi subyektlar hududiga kirish, 
shuningdek zarur hujjatlar va axborotlardan foydalanish huquqiga zgadirlar. 
"O`zstandart"  agentligi  o`z  faoliyatida  davlat  hokimiyati  va  boshqaruvi 
organlari,  xo`jalik  birlashmalari,  korxonalar  va  jamoat  tashkilotlari  bilan  bevosita 
hamkorlik qiladi, 
"O`zstandart" agentligini O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qarori 
bilan  lavozimga  tayinlanadigan  va  lavozimdan  ozod  qilinadigan  Bosh  direktor 
boshqaradi. 
"O`zstandart"  agentligi  bosh  direktorining  O`zbekiston  Respublikasi  Vazirlar 
Mahkamasi  qarori  bilan  lavozimga  tayinlanadigan  va  lavozimdan  ozod  qilinadigan 
ikki nafar o`rinbosari bo`ladi. 
Bosh  direktorga  va  Bosh  direktor  o`rinbosarlariga  ayni  bir  vaqtda  lavozimiga 
ko`ra Standartlar va o`lchovlarning yagonaligini nazorat qilish bo`yicha O`zbekiston 
Respublikasi  davlat  bosh  inspektori  va  davlat  bosh  inspektorining  o`rinbosarlari 
vazifalari yuklanadi. 
"O`zstandart"  agentligida  tarkibida  Bosh  direktor,  uning  o`rinbosarlari, 
shuningdek  markaziy  apparatning  boshqa  yuqori  malakali  rahbar  xodimlari 
bo`ladigan  7  kishidan  iborat  hay'at  tuziladi.  Hay'atning  shaxsiy  tarkibi  (uning 
tarkibiga  lavozimiga  ko`ra  kiruvchi  shaxslardan  tashqari)  Vazirlar  Mahkamasi 
tomonidan tasdiqlanadi. 
Hududiy  standartlashtirish  va  metrologiya  boshqarmalari  boshliqlari 
Qoraqalpog`iston  Respublikasi  Vazirlar  Kengashi  Raisi,  viloyatlar  va  Toshkent 
shahar  hokimlari  bilan  kelishgan  xolda  "O`zstandart"  agentligi  bosh  direktori 
tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimdan ozod qilinadi. 
"O`zstandart"  agentligining  Qoraqalpog`iston  Respublikasi,  viloyatlar  va 
Toshkent  shahridagi  lududiy  standartlashtirish  va  metrologiya  boshqarmalari 
boshliqlari  lavozimiga  ko`ra  ayni  bir  vaqtda  tegishli  ravishda  Qoraqallog`iston 
Respublikasi,  viloyatlar  va  Toshkent  shahrida  standartlar  va  o`lchovlar  yagonaligi 


ustidan  nazorat  bo`yicha  davlat  bosh  inspektorlari,  ularning  o`rinbosarlari  esa  - 
tegishli hududiy bosh inspektorlarning o`rinbosarlari hisoblanadilar. 
Hududiy  boshqarmallr  boshliqlarining  o`rinbosarlari  va  bosh  buxgalterlari 
"O`zstandart"  agentligi  bosh  direktori  tomonidan  lavozimga  tayinlanadi  va 
lavozimdan ozod qilinadi. 
"O`zstandart" agentligi va uning hududiy boshqarmalari hamda bo`limlarining 
zimmasiga  davlat  nazoratini  amalga  oshirish  yuklangan  boshliqlari,  ularning 
o`rinbosarlari,  mutaxassislari  lavozimiga  ko`ra  ayni  bir  vaqtda  standartlar  va 
o`lchovlar yagonaligi ustidan nazorat bo`yicha davlat inspektorlari xisoblanadilar. 
Standartlar  va  o`lchovlar  yagonaligi  ustidan  davlat  nazoratini  amalga 
oshiruvchi mansabdor shaxslar davlat inspektori yoki davlat ishonchli vakili sifatida 
"O`zstandart" agentligi tomonidan belgilanadigan tartibda atgestatsiyadan o`tkazilishi 
kerak. 
"O`zstandart"  agentligi  yuridik  shaxs  xisoblanadi,  O`zbekiston  Respublikasi 
Davlat  gerbi  tasviri  tushirilgan  va  o`z  nomi  yozilgan  muhrga,  bank  muassasalarida 
xisob-kitob va boshqa hisob raqamlariga ega bo`ladi. 
"O`zstandart"  agentligi  va  uning  hududiy  boshqarmalari  faoliyatiny  mablag` 
bilan ta'minlash budjet mablag`lari hamda amaldagi qonun hujjatlariga zid bo`lmagan 
boshqa mablag`lar hisobiga amalga oshiriladi. 
 
 

Download 2,03 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   294   295   296   297   298   299   300   301   ...   362




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish