Erkin Xojiyev



Download 2,03 Mb.
Pdf ko'rish
bet300/362
Sana31.12.2021
Hajmi2,03 Mb.
#248893
1   ...   296   297   298   299   300   301   302   303   ...   362
Bog'liq
39mamuriyhuquq2006pdf

agentligiga aylantirildi.  
O`zbekiston  Respublikasi  Tashqi  iqtisodiy  aloqalar  agentligi  tashqi  iqtisodiy 
faoliyatni  tartibga  solish  sohasidagi  davlat  boshqaruvi  vakolatli  organi  hisoblanadi 
hamda o`z faoliyatida O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga hisob beradi. 
Agentlik  o`z  faoliyatida  O`zbekiston  Respublikasi  Konstitutsiyasiga, 
O`zbekiston  Respublikasi  qonunlariga,  O`zbekiston  Respublikasi  Oliy  Majlisining 
qarorlariga,  O`zbekiston  Respublikasi  Prezidentining  farmonlari  va  farmoyishlariga, 
O`zbekiston  Respublikasi  Vazirlar  Mahkamasining  qarorlari  va  farmoyishlariga, 
O`zbekiston 
Respublikasining 
boshqa 
normativ 
hujjatlariga, 
O`zbekiston 
Respublikasi  xalqaro  shartnomalariga,  shuningdek  mazkur  organ  Nizomiga  amal 
qiladi. 


O`zbekiston Respublikasi vazirliklari, idoralari va tashkilotlari tashqi iqtisodiy 
aloqalar  rivojlanishiga  ta'sir  ko`rsatuvchi  takliflar,  qarorlarni  hamda  normativ 
hujjatlar loyihalarini ishlab chiqishda ularni oldindan Agentlik bilan kelishib oladilar. 
O`zbekiston  Respublikasi  Tashqi  iqtisodiy  aloqalar  agentligi  tizimiga 
Qoraqalpog`iston  Respublikasi  Tashqi  iqtisodiy  aloqalar  agentligi,  viloyatlar  va 
Toshkent  shahar  Tashqi  iqtisodiy  aloqalar  boshqarmalari,  ixtisoslashtirilgan  xo`jalik 
hisobidagi  tashkilotlar,  xorijiy  davlatlardagi  Agentlikka  qarashli  tashkilotlar  bo`lgan 
savdo va iqtisodiy vakolatxonalar kiradi. 
Quyidagilar Agentlikning asosiy vazifalari hisoblanadi: 

  tashqi  iqtisodiy  faoliyat  soxasida  yagona  davlat  siyosati  o`tkazilishini  ta'minlash 
va uni rivojlantirish strategiyasini shakllantirishda qatnashish, 

  milliy  iqtisodiyotning  raqobatbordoshliligini  rivojlantirish  va  oshirish  hamda  uni 
jahon  iqtisodiyoti  tizimiga  integratsiyalash  bo`yicha  shart-sharoitlar  yaratish  va 
chora-tadbirlarni amalga oshirish; 

  respublikaning  eksport  saloxiyotini  rivojlantirish  dasturlarini  amalga  oshirishda 
ko`maklashish; 

  mamlakatimiz  ishlab  chiqaruvchilari  tovarlarining tashqi bozorlarga  kirib borishi 
uchun  qulay  shart-sharoitlarni  ta'minlash  bo`yicha  kompleks  chora-tadbirlarni 
amalga oshirish; 

  xorijiy  investitsiyalarni  jalb  etish  sohasida  davlat  siyosati  amalga  oshirilishini 
ta'minlash; 

  tashqi  iqtisodiy  faoliyatni  tartibga  solish  bo`yicha  chora-tadbirlar  kompleksini 
amalga oshirish; 

  O`zbekiston  Respublikasining  xorijiy  davlatlar,  xalqaro  iqtisodiyot  va  moliya 
institutlari, boshqa  xalqaro  xuquq  subyektlari  bilan  savdo-iqtisodiy  va  moliyaviy 
hamkorligini rivojlantirishni ta'minlash; 

  O`zbekiston  Respublikasining  tashqi  iqtisodiy  xavfsizligini  va  iqtisodiy 
manfaatlari,  O`zbekiston  Respublikasi  tashqi  iqtisodiy  faoliyat  subyektlarining 
huquqlari va manfaatlari himoya qilinishini ta'minlash; 

  tashqi  iqtisodiy  faoliyat  soxasida  kadrlarni  tayyorlash  va  ularning  malakasini 
oshirish tadbirlarini tashkil etish. 
Tashqi  iqtisodiy  aloqalar  agentligi  O`zbekiston  Respublikasi  Vazirlar 
Mahkamasi  tomonidan  yuklanadigan  va  qonun  hujjatlariga  muvofiq  boshqa 
vazifalarni ham amalga oshiradi. 
O`zbekiston  Respublikasi  Tashqi  iqtisodiy  aloqalar  agentligiga  O`zbekiston 
Respublikasi  Prezidenti  tomonidan  tayinlanadigan.  keyinchalik  O`zbekiston 
Respublikasi Oliy Majlisi tomonidan tasdiqlanadigan rais boshchilik qiladi. 
Raisning lavozimga O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasi tomonidan 
tayinlanadigan  to`rt  nafar  o`rinbosari,  shu  jumladan  bir  nafar  birinchi  o`rinbosari 
bo`ladi. Ular o`rtasidagi vazifalar Rais tomonidan taqsimlanadi. 
Rais  Qoraqalpog`iston  Respublikasi  Tashqi  iqtisodiy  aloqalar  agentligi, 
viloyatlar va Toshkent shaxar Tashqi iqtisodiy aloqalar boshqarmalari, boshqa o`ziga 
qarashli  muassasalar  va  tashkilotlar  faoliyatiga  rahbarlik  qiladi,  uni  tashkil  etadi  va 
muvofiqlashtiradi. 


Rais  Agentlikka  yuklangan  vazifalarning  bajarilishi  va  Agentlikning  o`z 
funksiyalarini amalga oshirishi uchun shaxsan javob beradi, Agentlik faoliyati ayrim 
yo`nalishlarining yuritilishi uchun Rais o`rinbosarlarining hamda Agentlik markaziy 
apparati tarkibiy bo`linmalari rahbarlarining mas'uliyati darajasini belgilaydi. 
Agentlikda  Rais  (hay'at  raisi),  Vazirlar  Mahkamasining  Tashqi  iqtisodiy 
aloqalar  va  xorijiy  investitsiyalar  departamenti  boshlig`i  (kelishuv  bo`yicha),  Rais 
o`rinbosarlari  -  lavozimiga  ko`ra,  Qoraqalpog`iston  Respublikasi  Tashqi  iqtisodiy 
aloqalar agentligi raisi - lavozimiga ko`ra, Agentlik, Agentlikka qarashli tashkilotlar 
boshqa rahbar xodimlaridan iborat tarkibda hay'at tashkil etiladi. Hay'at  majlislariga 
zarur  hollarda  respublika  huquqni  muhofaza  qilish,  moliya  organlari  va  boshqa 
vazirliklar,  idoralar  va  tashkilotlarning  o`z  vakolatlari  doirasida  O`zbekiston 
Respublikasining  tashqi  iqtisodiy  aloqalarini  boshqarishda  qatnashuvchi  vakillari 
taklif qilinishi mumkin. 
Hay'at a'zolari soni va uning shaxsiy tarkibi Tashqi iqtisodiy aloqalar agentligi 
taqdimnomasiga  ko`ra  O`zbekiston  Respublikasi  Vazirlar  Mahkamasi  tomonidan 
tasdiqlanadi. 
O`zbekiston  Respublikasi  Tashqi  iqtisodiy  aloqalar  agentligi  hay'ati  o`zining 
muntazam ravishda o`tkaziladigan majlislarida: 
Agentlik 
markaziy 
apparati 
tarkibiy 
bo`linmalari, 
Qoraqalpog`iston 
Respublikasi  Tashqi  iqtisodiy  aloqalar  agentligi,  viloyatlar  va  Toshkent  shaxar 
Tashqi  iqtisodiy  aloqalar  boshqarmalari,  o`ziga  qarashli  kompaniyalar,  firmalar, 
markazlar  va  tashkilotlar,  savdo  vakolatxonalari,  O`zbekiston  Respublikasi 
elchixonalari xuzuridagi iqtisodiy maslahatchilar faoliyati
Agentlik  apparati  bo`linmalari  rahbarlarini,  Qoraqalpog`iston  Respublikasi 
Tashqi  iqtisodiy  aloqalar  agentligi  raisi  va  uning  o`rinbosarini,  o`ziga  qarashli 
tashkiltlar  rahbarlari  va  ularning  o`rinbosarlarini,  shuningdek  O`zbekiston 
Respublikasining 
xorijiy 
davlatlardagi 
elchixonalari 
huzuridagi 
iqtisodiy 
maslahatchilarni tayinlash; 
Hukumat topshiriqlarini bajarish va Agentlik faoliyati prognozlari bilan bog`liq 
hamda Agentlik vakolatiga tegishli boshqa masalalarni ko`rib chiqadi. 
Hay'at  uning  majlisida  a'zolarining  yarmidan  ko`pi  ishtirok  etganda  vakolatli 
hisoblanadi. 
Ko`rib  chiqilayotgan  masalalar  bo`yicha  qarorlar  oddiy  ko`pchilik  ovoz  bilan 
qabul qilinadi. Ovozlar teng bo`lib qolganda raisning ovozi hal qiluvchi hisoblanadi. 
Agentlik  belgilangan  tartibda  Agentlik  tizimining,  shu  jumladan  o`ziga 
qarashli  tashkilotlarning  safarbarlik  tayyorgarligi  bo`yicha  tadbirlarni  amalga 
oshiradi. 
Qoraqalpog`iston  Respublikasi  Tashqi  iqtisodiy  aloqalar  agentligi,  viloyatlar 
va  Toshkent  shahar  Tashqi  iqtisodiy  aloqalar  boshqarmalari  o`z  faoliyatini 
O`zbekiston  Respublikasi  tashqi  iqtisodiy  siyosati  doirasida  hamda  Tashqi  iqtisodiy 
aloqalar agentligi rahbarligida amalga oshiradi. 
Agentlikka  qarashli  tashkilotlar  va  bo`linmalar  to`g`risidagi  ustavlar  va 
nizomlar  O`zbekiston  Respublikasi  Tashqi  iqtisodiy  aloqalar  agentligi  raisi 
tomonidan tasdiqlanadi. 


Agentlikka qarashli tashkilotlarning aksiyadorlik jamiyatlarida, uyushmalarda, 
qo`shma  korxonalarda,  konsernlarda  va  tadbirkorlik  (tijorat)ning  boshqa  shakllarida 
qatnashishi,  shu  jumladan  yuqorida  ko`rsatab  o`tilgan  subyektlarii  ta'sis  etishi. 
shuningdek  qo`shimcha  daromad  manbai  olish  maqsadida  faoliyatning  boshqa 
turlarida qatnashishi Agentlik bilan kelishib olinadi. 
Agentlik o`ziga qarashli tashkilotlarning majburiyatlari bo`yicha mulkiy javob 
bermaydi, bu tashkilotlar esa Agentlikning majburiyatlari bo`yicha javob bermaydi. 
 
 

Download 2,03 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   296   297   298   299   300   301   302   303   ...   362




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish