Fiziologiya


Me’da sekrestiyasining fazalari



Download 1,6 Mb.
bet18/38
Sana14.07.2022
Hajmi1,6 Mb.
#794637
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   38
Bog'liq
Fiziologiya

Me’da sekrestiyasining fazalari. Me’da sekrestiyasi uch fazaga bo’linadi. Ovqat qabul qilish bilan bog’liq bo’lgan me’da sekrestiyasining boshlang’ich fazasi ko’z, burun ,quloq resteptorlari ovqatning ko’rinishi, hidi, u bilan bog’liq tovushlar va sharoitdan ta’sirlanishi tufayli vujudga kelgan shartli reflekslardan boshlanadi. Bularga og’iz bo’shlig’i va halqum ta’sirlanishidan kelib chiqqan shartsiz reflekslar qo’shiladi. Murakkab reflektor mexanizmli me’da sekrestiyasi birinchi, yoki “miya” fazasi deyiladi. Birinchi faza mavjudligi ezofagotomiya qilingan itlar va odamlarda isbot qilingan,ovqatning chaynalishi va yutilishi me’da shirasi ajralishiga olib keladi.Bu shira I.P.Pavlov tomonidan “ishtaxa” shirasi deb atalgan va u me’dani ovqatni qabul qilishga oldindan tayyorlab qo’yadi.
Sekrestiyaning birinchi fazasi adashgan nervlar va gastrin orqali amalga oshadi va ovqat markazi qo’zg’aluvchanligiga bog’liq. Bu faza ovqatning yomon ko’rinishi, sassiq hidi, dasturxonning iflosligi, og’riq, kuchli qo’rqish, jahl chiqishi oqibatida tormozlanishi mumkin. Issiq iqlim me’da sekrestiyasini tormozlashi sababli bunday sharoitda yashovchi xalqlar turli o’tkir va nordon tabiatli qo’shimcha ovqatlar iste’mol qiladilar( Matyuxina Z.P.2006).
Ovqatning me’da shilliq pardasiga ta’siri bilan bog’liq sekrestiyaning ikinchi fazasi me’da fazasi deyiladi. Bu fazaning mavjudligi me’daga fistula orqali ovqat kiritilganda eki me’da resteptorlariga mexanik ta’sirot berilganda shira ajratilishi bilan isbotlangan. Ko’p miqdorda ovqat eyilganda me’da devorlari cho’zilib, undagi mexanoresteptorlarni qo’zg’atadi. It me’dasiga rezina ballon kiritib, puflanganda shira ajralganligi tajribada kuzatilgan. Ammo bunday vaqtda shira 2-3 baravar kamroq ajraladi. Sekrestiyaning bu fazasi reflekslar va neyrogumoral mexanizmlar orqali boshqariladi.Mexanik ta’sirlanish,oqsil parchalanish maxsulotlari va sabzavot shiralari sekrestiya ikkinchi fazasini qo’zg’atadi,bu jarayonda gastrin va gistamin xam faol rol o’ynaydi.
Ingichka ichakka kiritilgan ba’zi ovqat turlari (go’sht buloni, karam shirasi, oqsil parchalanishi maxsulotlari) me’da sekrestiyasini qo’zg’atadi. O’n ikki barmoqli ichak va ingichka ichakdan me’da bezlariga boruvchi ta’sirotlar asab va gumoral mexanizmlar orqali amalga oshadi va me’da sekrestiyasining ichak fazasini tashkil etadi. Etarli darajada parchalanmagan ovqat maxsulotlari ichakdagi mexano- va xemoresteptorlarni qo’zg’atadi va asablar orqali me’da bezlariga ta’sir etadi. Qonga surilgan ovqat va ayniqsa oqsil parchalanishi maxsulotlari me’da bezlariga bevosita va gastrin hamda gistamin ajratilishini kuchaytirish orqali ta’sir etib, shira sekrestiyasini qo’zg’atadi. Yog’ni parchalanish maxsulotlari, polipeptidlar, amino-kislotalar, kraxmal parchalanishi maxsulotlari, H+ ionlari me’da sekrestiyasini tormozlaydi.
Tashqi muhit o’zgarishlari, ayniqsa xavo haroratining yuqori bo’lishi me’da bezlari faoliyatini tormozlaydi.Bu holat ayniqsa Markaziy Osiyo hududida ko’proq kuzatilgan.Shuning uchun xam saraton kunlari, ovqat yog’li bo’lmagani, aksincha shira ajralishini kuchaytiradigan masalliqlar (ziravorlar, achchiq-chuchuq)ga boy bo’lgani ma’qulroqdir. Me’da sekrestiyasining me’da va ichak fazalarini birlashtirib ba’zi tadkikotchilar neyrogumoral yoki asab - kimyoviy faza deb ataydilar.
Me'daning harakat faoliyati. Me’da devoridagi silliq mushaklar qisqarishlari me’da harakat funkstiyasini amalga oshiradi. Ovqatlanish va undan keyingi daqiqalarda me’da bo’shashadi - ovqatga oid resteptiv relaksastiya kuzatiladi. Birmuncha vaqtdan keyin me’da katta egilmasidan, qizilo’ngach yaqinidan me’da qisqarishlari boshlanadi.Me’daga kiritilgan rezina ballonni zond orqali manometr bilan ulab, me’da qisqarishlarini yozib olish mumkin.Mazkur egri chiziqda me’da qisqarishlari to’lqinlarining 3 turi ajratiladi. Birinchi va ikkinchi turdagi to’lqinlar peristaltikaga taalluqli bo’lib, ular orqali me’da tonusi, uning bo’shlig’idagi muayyan bosim va ovqat bo’tqasining shiralar bilan aralashuvi ta’minlanadi. Uchinchi tip to’lqinlar murakkab, pilorik qismga taalluqli va ovqat bo’tqasining o’n ikki barmoq ichakka o’tishida ishtirok etadi.
Qusish. Til ildizi ,halqum, me’da va ichak shilliq pardasi, qorin pardasi va vestibulyar apparat resteptorlari ta’sirlanganda reflektor qusish sodir bo’ladi. Qusish ximoya moxiyatiga ega bo’lib, hid bilish, ta’m bilish resteptorlari orqali shartli reflektor ham bo’lishi mumkin. Qusishni qon orqali uzunchoq miyadagi qusish markaziga ta’sir etuvchi ba’zi moddalar (masalan, apomorfin alkaloidi) keltirib chiqarishi mumkin. Resteptorlardan markazga impulslar adashgan, til-halqum va ba’zi boshqa asab tolalaridan boradi. Efferent impulslar esa adashgan va qorin nervlari orqali me’da, qizilo’ngach, ichakka va orqa miya nervlari orqali diafragma va qorin mushaklariga etkaziladi. Qusish murakkab reflektor jarayon bo’lib, ichak qisqarishlari va uning oqibatida ovqat bo’tqasi (ximus)ning me’daga o’tishi bilan boshlanadi. 10-20 sdan so’ng me’da qisqara boshlaydi, kardial sfinkter ochiladi, diafragma va qorin mushaklari kuchli qisqarib, nafas chiqarish vaqtida ximus qizilo’ngach orqali og’iz bo’shlig’iga chiqariladi.

Download 1,6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   38




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish