Fiziologiya


-jadval.Me'da shilliq qavatidagi gormonlar



Download 1,6 Mb.
bet17/38
Sana14.07.2022
Hajmi1,6 Mb.
#794637
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   38
Bog'liq
Fiziologiya

2-jadval.Me'da shilliq qavatidagi gormonlar.

Endokrin hujayralar

Ishlab chiqaruvchi moddasi

Fiziologik effеktlar

ЕS-hujayralar

Sеrotonin

Mе’da va ichaklarning sеkrеtor va harakat faoliyatini stimullaydi

S-hujayralar

Sеkrеtin

Mе’dada gastrin ishlab chiqarilishini tormozlaydi, pankrеatik shira va o‘tlarning ishlab chiqarilishini kuchaytiradi

I-hujayralar

Xolеtsistokinin (pankrеozimin)

Pankrеatik shiraning hosil bo‘lishini va o‘t yo‘llarining motorikasini stimullaydi

α-Hujayralar

Entеroglukagon

Glukagon (pancreas gormoni), ovqat istе'mol qilish oralig‘ida zahira uglеvodlar va yog‘lar gidrolizini stimullaydi

D- va D1- hujayralar



Somatostatin

Hazm a'zolarining ekzokrin va endokrin funksiyalarini tormozlaydi

VIP (vazofaol-intеstinal pеptid)

Mе’da osti bеziga ta'siri jihatdan somatostatinning antagonisti bo‘lib, uning ekzokrin va endokrin faolligini stimullaydi. Undan tashqari, tomirlarni kеngaytirib, qon bosimini kamaytiradi


Me’da shirasining tarkibi. Me’da shirasi me’da shilliq qatlamidagi bezlar tomonidan ishlab chiqariladi. Me’da gumbazidagi bezlar bosh glandulostitlar, qop-lovchi va qo’shimcha hujayralardan iborat.Bosh hujayralarda pepsinogenlar, qoplovchi hujayralarda xlorid kislota, qo’shimcha hujayralarda mukoid (shilimshiq) modda sekrestiya qilinadi. Me’daning pilorik qismida qoplovchi hujayralar yo’q. Shu sababdan me’da tub va pilorik qismlari tarkibi har xil bo’lgan shira ishlab chiqaradi. Odam me’dasida bir kecha-kunduzda 2,0-2,5l shira ajraladi.Bu shira tiniq rangsiz, suyuqlik bo’lib, tarkibida 0,3-0,5 % xlorid kislota bor, reakstiyasi nordon -pH 1,5-1,8 .Ovqat bo’tqasida pH nordonligi pasayadi(3-jadval).
3- jadval. Me`da shirasining tarkibi.

Bir sutkalik miqdori

2,0 – 2,5 l

T a r k i b i :

Suv

99,4 %

Quruq moddalar

0,6 %

Solishtirma massasi

1002 – 1007

Reaksiya (RN)

1,0 – 2,5

Oqsil bo`lmagan moddalardagi azot

20 – 48 mg %

Mochevina va ammiak

7 – 14 mg %

Amin gruppali azot

2 – 8 mg %

Xloridlar (Cl)

550 mg %

Erkin xlorid kislota

200 mg %

Siydik kislota

0,8 – 2,0 mg %

Me’da shirasi nordonligini baxolashda H+ ionlari konstentrastiyasi, ionga aylanmagan H va titrlanadigan nordonlik aniqlanadi. Xlorid kislota hazm jarayonida bir qancha funksiyalarni o‘taydi: 1) me'dadagi oqsillarni denaturatsiyalash va bo‘k-tirish orqali parchalanishni osonlashtiradi; 2) pepsinogenni pepsinga aylantiradi; 3) me’da shirasi ta'sir qilishi uchun optimal kislotali muhitni yaratadi; 4) me’da shirasining antibakterial ta'sirini ta'minlaydi; 5) oziq moddani me’dadan o‘n ikki barmoq ichakka o‘tishini me'yorda ushlab turadi, me'da tomondan ta'sir qilib pilorik sfinkter ochilishini va o‘n ikki barmoq ichak tomondan ta'sir qilib, uning yopilishini ta'minlaydi; 6) pankreatik shira ajralishini kuchaytiradi.


Asab mexanizmlar va gormonlar pH kattaligiga qarab me’dada ovqat hazm bo’lish ini kuchaytiradi yoki tormozlaydi. Bola me’da shirasi nordonligi birinchi oylarda past, bir yoshdan osha boradi va 7-12 yoshda katta yoshdagi raqamlarga etadi. Me’da shirasida Na,K,Ca,Mg xloridlari,sulfatlari, bikarbonatlari, ammiak kabi ko’pgina anorganik moddalar bor.Uning osmotik bosimi qon plazmasinikidan baland. Organik moddalardan azotli birikmalar 200-500 mg\l bo’lib, ulardan siydikchil, siydik va sut kislotalari, aminokislotalar va polipeptidlar mavjud. Me’da shirasida oqsil miqdori 3g\l, mukoproteidlar -0,8g\l, mukoproteazalar-0,7g\l gacha bo’ladi.
Me’da bezlaridagi bosh glandulostitlar 2 guruh pepsinogenlar ajratadi. Birinchi guruh pepsinogenlari 6 ta va gumbaz qismida sekrestiya qilinadi,ikkinchi guruh pilorik kismda sekrestiyalanadi va ikki pepsinogendan iborat.Pepsinogendan nordon muhitda polipeptid molekulasi ajraladi va u bir kancha pepsinlarga aylanadi. Oqsillarni pH 1,5-2,0 bo’lganda katta tezlik bilan gidrolizlovchi fermentlarga pep-sinlar deyiladi. Ikkinchi frakstiyasi- gastriksin uchun pH 3,2-3,5 optimaldir. Bu fermentlar boshqa - boshqa oqsillarga ta’sir etishi bilan biri ikkinchisidan farq qiladi. Pepsinlar (jumladan ximozin) sutni tvorogga aylantiradi, ya’ni sutdagi ivigan oqsil kazeinni cho’ktiradi. Me’da shirasidagi proteazalar oqsillarni polipeptidlar-gacha parchalaydi, aminokislotalar kam hosil bo’ladi,bunda asosan albuminoz va peptonlar hosil bo’ladi.Pepsin ta’sirida go’sht oqsillari tez, tuxum oqsillari esa sekin parchalanadi. Me’da shirasi uncha katta bo’lmagan lipolitik faollikka ega bo’lib, bu ayniqsa emiziklik davrda sut tarkibidagi yog’ni parchalashda muhim.
Me’da shilliq qavatidagi bezlar shiradan tashqari shilliq ham ajratadi. Uning muhim qismi mukoidlar. Tarkibida mukoidlar bo’lgan shilimshiq modda me’da pardasini mexanik va kimyoviy ta’sirlanishdan ximoya qilib turadi. Kaslning ichki omili-gastromukoproteid ham mukoidlardandir. Normal fiziologik sharoitda me’da-ning o’z-o’zini emirmasligiga sabab, undagi antifermentlardir. Fermentlar tirik hujayra oqsillaridagi bog’ni uzilishiga ta’sir eta olmaydi. Ular faqat denatures-tiyalangan oqsillarga ta’sir ko’rsatadi. Me’daning pilorik qismidagi bezlar oz miqdorda kuchsiz ishqoriy reakstiyali (pH8) shira ishlab chiqaradi.Bu shira kuchsiz proteolitik, lipolitik va amilolitik faollikka ega va OHQ da uncha katta moxiyatga ega emas. Bu ishqoriy shira nordon bo’tqani qisman neytrallashtiradi.

Download 1,6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   38




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish