Inclusive competence of preschool education teacher



Download 150,08 Kb.
bet3/8
Sana01.07.2022
Hajmi150,08 Kb.
#726339
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
zarnigor (2)12

METADOLOGIYA

Ta’lim jarayoniga integrasiya va inklyuziya g‘oyalarini keng tatbiq etish maktabgacha ta’lim tashkiotlari moddiy bazasi bilan bir qatorda pedagog-tarbiyachilarning kasbiy kompetentsiyaga ham ko‘p jihatdan bog‘liq. MTT pedagog-tarbiyachilarining inklyuziv kompetentsiyasini shakllantirish muammosi bugungi kunda maktabgacha ta’lim tizimidagi dolzarb muammolardan biri hisoblanadi. Buning uchun quyidagilarni ilmiy-metodik jihatdan qayta ko‘rib chiqish talab etiladi



  1. Maktabgacha ta'lim tashkilotida inklyuzivlik muammosining hozirgi holati va sharoitlarni ko‘rib chiqish;

  2. Inklyuziv ta’lim mohiyati va tuzilishi bunda MTT pedagog-tarbiyachisi va ota-onalar hamkorligining muhimligi;

  3. Maktabgacha ta'lim tashkiloti pedagog-tarbiyachilarida inklyuziv kompetentsiyani shakllantirish kasbiy tayyorgarligi ularning kasbiy kompetentsiyasini kamol toptirish;

  4. OTM va kasb-hunar ta'limi nazariyasining kontseptual apparatida
    “inklyuziv kompetentsiya” ni shakllantirish dasturini ishlab chiqish.

Umumiy tipdagi MTTlarda bolalarga sifatli ta’lim-tarbiya
uchun barcha bolalar qatori imkoniyati cheklangan bolalarga ham jamiyatning to‘la huquqli a’zolari sifatida qarash, bolalar o‘rtasida o‘zaro do‘stona munosabat va bir-biriga g‘amxo‘rlikni shakllantirish lozim bo‘ladi.
MTTlarda inklyuziya tamoyillari asosida faoliyat yuritadigan pedagog-tarbiyachilar, quyidagi mas’uliyatni o‘z zimmasiga olish, barcha bolalarni tarbiyalash ularning vazifasi ekanligini; moslashuvchan qarorlar qabul qilish
ta’lim-tarbiya berish va nazorat qilish; ta'lim-tarbiyani
odatiy o‘quv dasturiga muvofiq tarzda tafsilotlarni moslashtirish, shu jumladan, bolalar erishgan yutuqlar kutilganidan farq qilganda ularni rag‘batlantirish va ruhlantirish, ko‘proq intensiv xizmatlarga muhtoj bo‘lgan bolalarni qo‘llab-quvvatlash. MTTlardagi inkilyuziv ta’lim jarayonida pedagog-tarbiyachi o‘z faoliyatini talab darajasida o‘zgartirishi orqali imkoniyati cheklangan bolalar bilan muloqot qilish, uchun zarur bo‘lgan ko‘nikmalarni o‘zlashtirish talab etiladi.
MTTlarda inklyuziv ta’limni samarali yo‘lga qo‘yish uchun pedagog-tarbiyachi, psixologik va fizoioterapiya ximatlarini ko‘rsata olish malakalarini egallashi zarur bo‘ladi Pedagog-tarbiyachi doimiy ravishda logoped, difektolog va shifokorlar bilan hamda ota-onalar bilan hamkorlikda ish olib borishi talab etiladi.
inklyuziv ta'lim tamoyilining o‘ziga xos xususiyati shundan iborat-ki,
nogiron bolalar ehtiyojlarining xilma-xilligi, xizmatlarning uzluksizligiga, shu jumladan, bunday ta'limga mos keladigan eng kam cheklovchi va keng qamrab oluvchi muhit bilan birga maxsus kompetensiya zarurdir.
Bu kompetensiya integratsiya bilan solishtirishdan keyingi bosqichni bildiradi va nogironlar ta'limi haqida bilimga ega bo‘lishni, balki bu masala bo‘yicha jamoatchilikda ham ijobiy fikrini shakllantirish, shuningdek nogironlarning huquqlarini himoya qilgan holda ta’lim-tarbiyani to‘g‘ri amalga oshirish uchun institutsional sharoitni yaratadi.
Maktabgacha ta’lim tashkiloti sohasiga ham inklyuziv ta’lim kirib borar ekan ,eng avvalo, tarbiyachining kompetensiyasiga ya’ni uning kasbiy mahorati va qobiliyatiga alohida e’tibor berish zarur. Tarbiyachi qanday kompetensiyalarga ega bo‘lishi zarur? degan savol tug‘ulishi tabiiy hol. Eng avvalo, tarbiyachi mahoratli pedagog bo‘lishi, mehribon , har bir bolaga bir xil munosabatda bo‘lishi, ota- onalar bilan to‘g‘r hamkorlikda ishlay olishlari , psixalogiya, difektalogiya, har qanday ehtiyojga ega bo‘lgan bolalar bilan ishlay olish ko‘nikmasi va ular uchun maxsus dasturlar orqali ish olib borishi zarur.
Mutaxasislarning fikricha, inklyuziv ta’limning muvaffaqiyati- psixalogik, pedagogik resurslar, pedagoglarning tajribasi va malakasining ko‘pligiga bog‘liq. Inklyuziv ta’limda pedagoglarda tolerantlikni rivojlantirish dasturlaridan foydalanish orqali bolalar jamoasida qulay iqlim yaratishga yordam beradigan pedagog va psixologlarni guruh jamoalari bilan ishlashga jalb qilish lozim.
Ota-onalarning ta’lim tashkiloti bilan hamkorlikni qabul qilishga tayyorligi alohida ehtiyojlariga ega bo‘lgan bolaning ta’lim muhitiga va ularning ota-onalarini guruhning umumiy ota-onalar muhitiga kiritish holatini qabul qilishni hoxlamaslik. Bu muammoni inklyuziv ta’lim sohasida ota-onalarning xabardorligini oshirish, axborot stendlari, ota-onalar uchun metodik tavsiyalar, mavzuli uchrashuvlar, treninglar tashkil etish orqali hal etish mumkin. Ota-onalar jamoasi bilan ishlashda ta’lim-tarbiya jarayonining barcha ishtirokchilarini o‘zaro ijobiy hamkorligiga olib keladi. Ta’lim tashkilotining maxsus ta’lim ehtiyojlariga ega bo‘lgan bolani qabul qilishga tayyorligi: moddiy texnika, o‘quv-texnik binolarni moslashtirish, texnik jihozlarning mavjudligi va o‘quv jarayoniga metodik yordam ko‘rsatish bilan yani taminoti bilan Maktabgacha ta’lim vazirligi shug‘ullanadi.
Har qanday jadal rivojlanayotgan tizim singari maktabgacha ta’lim tizimiga tatbiq etilayotgan inklyuziv ta’limni amalga oshirilganda ham bir qator muammolar, ziddiyatlar va savollarga duch kelinishi tabiiy holdir. Ushbu jarayonni tashkil etish jarayonida yuzaga keladigan qiyinchiliklarni to‘g‘ri aniqlash va ularni o‘z vaqtida bartaraf etish bilan maxsus ta’limga muhtoj bo‘lgan bolalarni umumiy maktabgacha ta’lim muhitiga kiritishning salbiy ko‘rinishlarini minimallashtirish mumkin.
Inklyuziv ta’limni amaliyotiga joriy etishning dolzarbligi shubhasizdir. Bu ta’lim turi ko‘plab bolalarga zarur bo‘lib, psixologik, pedagogik, tibbiy va ijtimoiy yordam ko‘rsatish imkonini beradi, uni bolaning yashash joyiga imkon qadar yaqinlashtirish, ota-onalarga maslahat yordami ko‘rsatish va jamiyatni nogironlarni qabul qilishga tayyorlash imkonini beradi. Alohida ehtiyojli bolalarni odamlar orasiga kirishi uchun korreksion xizmat ko‘rsatish, ya’ni ijtimoiy integratsiyani ta’minlash butun tizimining asosiy vazifasidir. Ijtimoiy integrasiya deganda, shaxsning jamiyat hayotiga qo‘shilishiga qaratilgan maxsus inklyuziv ta’limning asosiy maqsadi tushuniladi.
Ta’lim integrasiyasi, ijtimoiy integrasiyaning bir qismi bo‘lib, odatda sog‘lom bolalar bilan birgalikda alohida yordamga muhtoj bo‘lgan bolalarga ta’lim va tarbiyalash berish jarayoni sifatida qaraladi. Inklyuziv ta’lim alohida yordamga muhtoj bo‘lgan bolani jamiyatga kiritish uchun tarbiyachilarning ta’lim, tarbiya, ijtimoiylashuv va integrasiya masalalarini yaxshiroq tushunishlari, qulay sharoit yaratish ular qanday bo‘lishidan qat’iy nazar, ular bilan yaxshi hamkorlik qilishlari lozim.
Maxsus ta’lim ehtiyojlariga ega bo‘lgan bolalar nafaqat maxsus davolash va qo‘llab-quvvatlashga, balki kompensator mexanizmlarni ham qo‘shishga, ularning qobiliyatlarini rivojlantirishga va maktabgacha ta’lim tashkilotida muvaffaqiyatga erishishga muhtojdir. Inklyuziv ta’lim jarayonida imkoniyati cheklangan bolalarni tarbiyalash va o‘qitishni maktabgacha bolalik davridan boshlash kerak, sababi, kelajakda kattalar hayotida unga yordam beradigan muloqot va ijtimoiy hamkorlik ko‘nikmalarini rivojlantirishda o‘z-o‘ziga bo‘lgan ishonch tuyg‘usini shakllantirishiniz zarur.
Alohida yordamga muhtoj bo‘lgan bolalar oddiy bolalarga nisbatan ko‘proq do‘stona va barqaror muhitga muhtoj. Rivojlanishda muayyan qiyinchiliklarni boshdan kechirgan bola ijtimoiy xayotga moslasha olmaydi, agar uning bolaligi odatdagidan juda farq qiladigan sun’iy ravishda yaratilgan muhitda o‘tkazilgan bo‘lsa (bola internat maktabida, uyda izolyatsiya qilingan yoki maxsus guruhda o‘qiyotgan bo‘lsa), jamiyatda yetarli faoliyat yuritish ko‘nikmalarini egallay olmaydi.
Ta’lim tashkilotida ta’lim va tarbiya uchun maxsus sharoitlar mavjud bo‘lsa, alohida ehtiyojga ega bo‘lgan bolalarni o‘qitishlari maqsadga muvofiq bo‘ladi. Inklyuziv ta’limning sakkizta asosiy tamoyili mavjud:
1. Insonning qadri uning qobiliyati va yutuqlariga bog‘liq emas.
2. Har bir inson his qilish va o‘ylashga qodir.
3. Har bir inson muloqot qilish va eshitish huquqiga ega.
4. Hamma odamlar bir-biriga muhtoj.
5. Haqiqiy ta’lim faqat real munosabatlar kontekstida amalga oshirilishi mumkin.
6. Barcha odamlar o‘z tengdoshlarini qo‘llab-quvvatlashi va do‘stlashishi kerak.
7. Barcha bolalarning individual rivojlanishi uchun ularni qo‘llab-quvvatlash zarur.
8. Xilma-xillik inson hayotining barcha jihatlarini kuchaytiradi9.
Imkoniyati cheklangan bolalrni to‘laqonli jamiyatga qo‘shilishni amalga oshirish uchun umumiy turdagi tashkilotida imkoniyati cheklangan bolalarning moslashuvi jarayonini va maktabgacha ta’lim tashkilotning maxsus tashkil etilgan ta’lim muhitini osonlashtirish uchun maxsus dasturlar zarur. Inklyuziv ta’limda erta bolalikdan boshlanishi kerak, ya’ni bolalar maktabgacha ta’lim tashkiloti guruhlarida rivojlanish muammolari bo‘lgan bolalarni faolroq o‘z ichiga oladi. Buning uchun maktabgacha ta’lim tashkilotlari guruhlarida kerakli muhitni yaratish zarur.
Maktabgacha ta’lim tashkiloti inklyuziv ta’limni to‘g‘ri yo‘lga qo‘yishda yaxshi tayyorlangan mutaxassislar jamoasining mavjudligi muhim ahamiyatga ega. Pedagoglar, psixologlar, defektolog-logopedlar va musiqa raxbarlarining o‘zaro hamkorliklari to‘g‘ri yo‘lga qo‘yilsagina bu ta’lim turi muvaffaqiyatga erishadi. Asosiy yangiliklarni amaliyotga tatbiq etishda dastlabki o‘rinni egallaydigan tarbiyachi hisoblanadi. Turli psixofiziologik buzilishlarga ega bo‘lgan bolalarni maktabgacha ta’lim guruhlariga bevosita kiritish tashkilotlarning o‘zi va maktabgacha ta’lim tashkilotlari pedagog xodimlari zimmasiga tushadi.
Maktabgacha ta’lim tarbiyachisining kasbi o‘ziga xos bo‘lib u boshqa pedagogik kasblardan farq qiladi. Maktabgacha ta’lim tashkiloti tarbiyachisi faqatgina bolalarni kuzatibgina qolmay, tarbiyaviy tadbirlarni amalga oshiradi, hamda ularni doimiy ravishda mashg‘ulotlar, hikoyalar, ashulalar orqali tarbiyalaydi. Bu birinchi bo‘lib, oiladan boshlanadi.
MTT tarbiyachisi yosh avlodning jismoniy, aqliy, axloqiy, mehnat va estetik rivojlanishi bo‘yicha ishlarni tashkil etadi va olib boradi. Tarbiyachining vazifalariga bolalarning sog‘ligini mustahkamlash va ularni mehnat bilan tanishtirish, ta’lim-tarbiya berish, kiradi.
Turli yangiliklarni amaliyotga muvaffaqiyatli joriy etish, yangi sharoitda o‘z oldiga qo‘yilgan vazifalarni amalga oshirish uchun pedagog zarur darajadagi kasbiy kompetentlikka, yetarli ovoz va nutq malakasiga, madaniy-axloqiy salohiyatga va yangi ta’lim modeliga muvofiq ishlashga emosional va shaxsiy tayyorlikka ega bo‘lishi kerak.
Inklyuziv ta’limni maktabgacha ta’lim tashkilotlariga kiritish g‘oyalarini joriy etish pedagog kadrlarni tayyorlash bo‘yicha jiddiy ishlarni talab etadi. Pedagogning kasbiy ko‘nikma va malakalarining ahamiyatli jihati shundaki psixologik-pedagogik korreksiyalash va ularni takomillashtirish, shuningdek inklyuziv kompetensiya, ya’ni imkoniyati cheklangan bolalar bilan ishlash ko‘nikmasi muhimdir.
Kompetentsiya - bu bilim, ko‘nikma va malakalarning integral yaxlitligi
kasbiy faoliyatni ta'minlovchi ko‘nikmalar, qobiliyat shaxsning o‘z vakolatlarini amalda qo‘llashi xisoblanadi.
Kasbiy kompetensiya – sohada muvaffaqiyatga erishish qobiliyatini
hal etishda amaliy tajriba, ko‘nikma va bilimlar asosida harakat qilishning
kasbiy vazifasidir.10
Inklyuziv kompetentsiya pedagog-tarbiyachining o‘z-o‘zini rivojlantirishi zarurligini anglashi va bunga tayyorligi yangi bilimlarni, ta'lim texnologiyalarini o‘zlashtirish bilan belgilanadi. Bunday tayyorlik inklyuziv ta'limning asosiy g‘oyalari bilan tanishish, maxsus tashkil etilgan mashg‘ulotlar, psixologik, uslubiy, amalga oshirilgan jarayonda yuzaga keladigan tashkiliy muammolarni hal qilish va inklyuziv ta'limni maksimal darajada taqdim etish bilan belgilanadi.
MTT pedagog-tarbiyachilarning inklyuziv kompetentsiyasi darajasi bevosita maxsus kasbiy kompetensiya hisoblanadi. Bunda pedagog-tarbiyachida ikki xil kompetensiya o‘zaro integratsiyalashuvi natijasida inklyuziv ta’lim jarayonida professional vazifalarni bajarish bolalarning turli ta'lim ehtiyojlarini hisobga olgan holda va imkoniyati cheklangan bolalarni ta’limga jalb qilishni ta'minlash,
ta'lim muhiti va uni rivojlantirish uchun sharoit yaratish hamda o‘z-o‘zini rivojlantirishni talab etiladi.
Maktabgacha ta’lim tashkioti tarbiyachisining inklyuziv kompetensiyasi tarkibiga quyidagilar kiradi: asosiy tarkib (motivatsion, ijodiy, va kognitiv kompetensiya) hamda tezkor yordam berish usullarini ham bilishi zarurdur. Shuni alohida ta’kidlash lozimki, maktabgacha ta’lim tashkiloti tarbiyachilarining inklyuziv kompetensiyasi maxsus kasbiy kompetensiyalar darajasini bildiradi.
Rivojlanish va o‘z-o‘zini takomillashtirish uchun turli xil ta'lim ehtiyojlarini hisobga olgan holda sog‘lom bolalar va nogiron bolalar uchun inklyuziv ta'limni ta'minlash jarayonida pedagog-tarbiyachilarning kasbiy vazifalarni bajarish qobiliyatini belgilaydigan integral shaxsiy ta'lim. Inklyuziv kompetentsiya o‘zaro bog‘liq bo‘lgan bir nechta tarkibiy qismlardan iborat.
Motivatsion komponentsiya qiziqishning chuqur shaxsiy tabiati, nogiron bolalarni qamrab olish sharoitida pedagogik faoliyatni amalga oshirishga ijobiy e'tibor qaratish, tengdoshlarning normal rivojlanayotgan muhitida yuksaltirish imkoniyati, rag‘batlantirish to‘plami bilan tavsiflanadi.
Motivatsion kompetentsiya – qadriyatlar, ehtiyojlar, motivlar majmuiga asoslangan qobiliyatdir. Inklyuziv ta'limning maqsad va vazifalariga mos keladigan, shaxsiy muayyan kasbiy faoliyatni amalga oshirish muhim hisoblanadi. Bu kompetentsiyaning eng muhim jihati pedagog-tarbiyachining shaxsiyatiga bog‘liq.
Birinchidan, umumiy gumanitar yo‘nalish, ikkinchidan, inklyuziv ta’lim sharoitida ta’limni amalga oshirishda, turli ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan bolalarni tushunish ahamiyati, nogiron bolalarni inklyuziv sharoitda muvaffaqiyatli ijtimoiylashtirishga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi.
Kognitiv komponentsiya - bilim va kognitiv faoliyat tajriba asosida pedagogik fikrlash qobiliyatidir. Inklyuziv ta'limning nazariy va amaliy vazifalari inklyuziv ta'limni amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan ma'lumotlarni o‘z vaqtida takrorlash, tushunish, qayta ishlash, yodlash va qaror qabul qilish qobiliyati hisoblanadi.
Bundan tashqari inkyuziv ta’limda har bir tarbiyachi birinchi tibbiy yordam ko‘rsatish ko‘nikmalariga ega bo‘lish zarurdir.

MTT tarbiyachilarining inklyuziv kompetentlik darajasini baholash mezonlari va ko‘rsatkichlari menejerlik, refleksivlik, kreativlik, kognetivlik, insonparvarlikka asoslangan innovatsion faoliyatga yo‘nalganlik kabi talablar asosida takomillashtirilgan;


Shu tarzda, MTT tarbiyachilarining inklyuziv komprtetsiyasi quyidagi tamoyillarga asosan rivojlanib va takomillashib borishi mumkinligining guvohi bo‘dik.

Download 150,08 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish