Inclusive competence of preschool education teacher



Download 150,08 Kb.
bet1/8
Sana01.07.2022
Hajmi150,08 Kb.
#726339
  1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
zarnigor (2)12




MAKTABGACHA TA'LIM TASHKILOTI TARBIYACHISINING INKLYUZIV KOMPETENSIYASI
INCLUSIVE COMPETENCE OF PRESCHOOL EDUCATION TEACHER
Qo‘ldosheva Zarnigor
Qo‘qon universiteti
maktabgacha ta’lim yo‘nalishi 3-kurs talabasi


Kalit so‘zlar:
Imkoniyati cheklanganlar, kompitentsiya, maktabgacha ta'lim tashkilotlari, jismoniy integratsiya, ijtimoiy integratsiya, funksional integratsiya.


Key words:
Opportunity constraints, compensation, preschool organizations, physical integration, social integration, functional integration.


ANNOTATSIYA
Ushbu maqolada maktabgacha ta’lim tashkiloti tarbiyachisining inklyuziv kompetentsiyasini takomillashtirishga doir ilmiy-metodik qarashlar bayon etilgan. Tarbiyachilarda inklyuziv ta’limga oid malaka va ko‘nikmalarni takomillashtirish masalalari xorijiy va o‘zbek olimlarining tadqiqotlariga tayangan holda tadqiq etilgan. Shu tadqiqotlar asosida maktabgacha ta'lim tashkilotlarida inklyuziv ta’limni amalda qo‘llashga doir tavsiyalar berilgan. Maktabgacha ta'lim tashkilotlarida inklyuziv ta'limni yo‘lga qo‘yish jarayonida tarbiyachining alohida ehtiyojga ega bo‘lgan bolalar bilan ishlash ko‘nikma va malakalarini zamon talablari darajasida qo‘llash masalalari atroflicha tahlil qilingan.
KIRISH
Dunyoda ro‘y berayotgan o‘zgarishlar bevosita maktabgacha ta’lim tizimida ham o‘z aksini topmoqda. Xususan, maktabgacha ta’lim tizimida inklyuziv ta’limni joriy etish dolzarb muammolardan biri sifatida qaralmoqda. Har bir tarbiyachining oldida turgan asosiy vazifalardan biri alohida ehtiyojga ega bo‘lgan bolalarni tengdoshlari qatori ta’lim olish va shu bilan bir vaqtda ularning qobiliyatiga qarab individual yondoshishi maqsadga muvofiqdir. Inklyuziv ta’lim-jonli jarayon bo‘lib, pedagog-xodimlar va ota-onalar tomonidan ta’lim jarayoniga innovatsion va kreativ yondashuv talab etiladi.
Xalqaro sog‘liqni saqlash tashkilotining ma’lumotlariga ko‘ra dunyoda
1 milliarddan ziyod kishida, ya'ni, dunyo aholisining 15%da turli darajadagi nogironlik kuzatiladi. Ularning 80% rivojlanayatgan davlatlarda yashaydi. Hozirgi vaqtda O‘zbekiston aholisining 2,14 % nogironligi bor shaxslar sifatida qayd etilgan. Nogironlik bo‘yicha to‘g‘ri va ishonchli ma’lumotlar nogironligi bo‘lgan shaxslarni hayotda nogironligi bo‘lmagan shaxslar bilan teng holatda ishtirokini ta'minlash uchun muhimdir1.
Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlarning asosi ham insonparvarlik g‘oyalariga asoslangan bo‘lib, bu borada imkoniyati cheklangan bolalarga qaratilayotgan e’tibor diqqatga sazovor. Nogironligi bo‘lgan bolalarning jamiyatga tez integratsiyalashuvida maktabgacha ta’limda ko‘zlangan maqsadni amalga oshishini ta’minlovchi yo‘l hisoblanadi.
Inklyuziv ta’lim vazifasi-bolalarning qobiliyatlari va holatidan qat’ii nazar, ularning barchasiga sifatli ta’lim taqdim etishni talab etadi. Shu bilan birga, inklyuzivlik tamoyili imkoniyatlari cheklangan bolalarni ijobiy ruhiy va ijtimoiy rivojlanishga ega bo‘lishlari uchun oilada yashashlari va o‘z tengdoshlari bilan birga oddiy maktabda bilim olishlari lozimligini nazarda tutadi.
BMT O‘zbekistonni 2021-yil 7-iyunda ratifikasiya qilingan “Nogironlar huquqlari to‘risida”gi Konvensiyani amalga oshirishga qaratilgan sa’iy-harakatlini qo‘llab-quvvatlaydi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta'lim tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risidagi qarorida maktabgacha yoshdagi bolalarga sifatli ta’lim-tarbiya berish masalalar o‘z ifodasini topgan.2 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 29-apreldagi "O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta'limi tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida"gi farmoni asosida mamlakatimizda inklyuziv ta'limni rivojlantirish, alohida ehtiyojga ega bo‘lgan bolalarga ta'lim-tarbiya berish tizimini zamon talablari darajasida yanada takomillashtirish, bunday bolalarga ta'lim xizmatlari ko‘rsatish sifatini yaxshilash uchun 2020-2025-yillarda xalq ta'limi tizimida inklyuziv ta'limni rivojlantirish konsepsiyasi ishlab chiqildi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining alohida ta'lim olish ehtiyojlari bo‘lgan bolalarga ta'lim- tarbiya berish tizimini yanada takomillashtirish chora tadbirlari to‘g‘risidagi qarorida:3
-inklyuziv ta’lim tizimi sohasidagi normativ baza takomillashtiriladi;
-inklyuziv ta’lim tizimi uchun malakali pedagog kadrlar tayyorlanadi, qayta tayyorlanadi va malakasi oshiriladi;
-inklyuziv ta’lim joriy etilgan muassasalarning moddiy-texnika bazasi mustahkamlanadi, ular maxsus moslamalar (ko‘tarish qurilmasi, pandus, tutqich va boshqalar), zarur adabiyotlar, metodik qo‘llanmalar, turli kasblarga o‘qitish uchun uskuna va jihozlar bilan ta’minlanadi;
-inklyuziv ta’lim sohasiga zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va innovatsion loyihalar joriy etiladi;
- alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan bolalarning bilim olish huquqi, inklyuziv o‘qitishning mazmun-mohiyatini tushuntirish orqali aholi o‘rtasida ijobiy-ijtimoiy muhitni shakllantiriladi” 4- degan ko‘rsatmalar o‘z ifodasini topgan.
Maktabgacha ta’lim tizimida tarbiyalanayotgan har bir bola o‘ziga xos individual yondashuvni talab qiladi va barchasi ta’lim olish, jamiyatda o‘z imkoniyatlarini to‘laqonlik namoyon qilish huquqiga ega. Sog‘lom bolalar qatorida alohida ehtiyojli bolalarning ham ta’lim-tarbiya olayotganligi bunday bolalarga nisbatan inklyuziv ta’limni tatbiq etish orqali sifatli ta’lim olishlarida zarur shart-sharoitlar yaratish ham yuqoridagi qarorning asosi desak mubolag‘a bo‘lmaydi.
Ayni paytda maktabgacha ta’lim tizimida alohida ehtiyojli bolalar uchun qulay va xavfsiz muhitni yaratish ham muhim ahamiyatga ega bo‘lib kelmoqda. Hamma bolalar turli xil, har bir bola o‘ziga xosdir.
Umumiy turdagi maktabgacha ta’lim tashkilotlarida faoliyat yuritayotgan pedagog-tarbiyachilar uchun murakkab vazifalardan biri maktabgacha ta’lim tizimini individuallashtirishdir, chunki pedagog ta’lim jarayonida bolalarning individual xususiyatlarini hisobga olgan holda ish ko‘rishi lozim.
Har qanday yangilik kabi, inklyuziv ta’limda ham yuqori sifatli natijalarga erishish uchun ta’lim munosabatlari ishtirokchilari tomonidan maxsus malaka va shu bilan birga ijodiy yondashuvni talab qiladi. Avvalo, maktabgacha ta’lim tizimida inklyuziv ta’limning muvaffaqiyati pedagog-tarbiyachilarning inklyuziv ta’lim muammolarini hal qilishga tayyorgarlik darajasiga, psixolog, pedagog-tarbiyachi-defektologlarning mavjudligiga, shuningdek, ota-onalar va MTT pedagoglari o‘rtasidagi hamkorlikning to‘g‘ri yo‘lga qo‘yilganligiga bog‘liq bo‘ladi. Shularni inobatga oladigan bo‘lsak, mamlakatimizdagi MTT pedagog-tarbiyachilarning inklyuziv kompetensiyasini takomillashtirish dalzarb muammo hisoblanadi.



Download 150,08 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish