Inclusive competence of preschool education teacher



Download 150,08 Kb.
bet2/8
Sana01.07.2022
Hajmi150,08 Kb.
#726339
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
zarnigor (2)12

ADABIYOTLAR TAHLILI

Imkoniyati cheklangan bolalarga umumiy turdagi maktabgacha ta’lim tashkilotlarida ta’lim-tarbiya berish MTTlarning ustuvor tamoyilllaridan biri hisoblanadi. Umumiy turdagi maktabgacha ta’lim tashkiloti pedagogining inklyuziv ta’limda ishlashga tayyorlashning yana bir muhim omili – ularning shaxsiy fazilatlarini ushbu ta’lim talablariga muvofiq tarzda takomillashtirishdan iborat.


To‘g‘ri, bu ishlar dastlabki davrlarda maktabgacha ta’lim tashkiloti tarbiyachisi uchun bir qator qiyinchiliklarni yuzaga keltirishi mumkin, ammo ularning o‘z ustilarida ishlashlari va o‘z-o‘zini rivojlantirishdagi ishlari bilan bir qatorda maktabgacha ta’lim tashkilotining boshqa xodimlari, xususan, defektolog, psixolog va tibbiy hamshira yaqindan ko‘mak berishi lozim bo‘ladi. “Ma’lum bir bolaning uning imkoniyatlari darajasida o‘z-o‘ziga xizmat ko‘rsatishga o‘rgatish zarur.
Bunday ta’lim bolaning individual xususiyatlari va bolaning kasallik darajasiga ko‘ra tarbiyachi, pedagog va boshqa mutaxassislarning sabr-toqati, mehr-muhabbati bilan necha kun yoki hafta oyni o‘z ichiga oluvchi maxsus tayyorgarlikni talab etadi”5- deydi R.Sh.Shomaxmudova.
MTT tarbiyachisining inklyuziv kompetensiyasi borasida dunyoning ko‘plab olimlari tadqiqot ishlarini amalga oshirganlar. Xorijlik olimlardan N.S. Demakova, A.A. Dmitriev, N.M. Nazarovalar inklyuziv ta’lim tarixi borasidagi tadqiqotlarida ushbu ta’limning dastlab Germaniya ta’limida qo‘llanilganligi va undagi muvaffaqiyatlar asoslab berilgan bo‘lsa, X. Daniels, S. Zemelman, A. Xidlarning tadqiqotlarida ommaviy inklyuziv ta'limni rivojlantirish a’nanalari va qonuniyatlari haqidagi ilmiy qarashlar bayon etilgan.
Ushbu yo‘nalishning amaliyotga tatbiqi va inklyuziv ta'limni amalga oshirish metod va usullari yuzasidan N.N.Malofeev, N.M.Nazarova, N.D. Shmatkovalarning ilmiy-metodik izlanishlari diqqatga sazovordir. A.D. Barbitova, B.V. Belyavskiy, E.N. Jukovaqalarning ilmiy asarlarida integratsiyaga asoslangan inklyuziv ta'limning asosiy yo‘nalishlari va nogiron bolalar bilan pedagogik munosabatlarni farqlashda individual xususiyatlarni hisobga olgan holda sog‘liqni saqlash masalalari hamda inklyuziv ta'lim jarayoni qonun-qoidalarni ishlab chiqilgan6. Pastorova, E.E. Petrova, A.S. Suntsovalar inklyuziv ta'limni tashkil etishning umumiy modellari va nogiron bolalar rivojlanish jarayoni tahlil qilingan. Tahlil qilayotganda ilmiy ta'limot mazmuniga doir turli modellari L.I.Aksenova , A.V. Butenko, B.V. Puzanovlar tomonidan ham ishlab chiqilgan bo‘lib, bu modellarda nogiron bolalarni integratsiyalashuviga yordam berish masalari tahlil qilingan. M.V.Boguslavskiy, G.B. Kornetova, I.D. Lelchitskiy, Z.I. Ravkinlarning pedagogika tarixiga oid asarlarida hamda S.F. Egorovaning monografiyasida inklyuziv ta'lim tarmoqlari va ularni shakllantirish, rivojlantirish jarayonlari ko‘rsatib o‘tilgan.
N.N. Malofeevaning "O‘zgaruvchan dunyoda maxsus ta'lim: Rossiya";Z.G. Nig‘matovaning "Inklyuziv ta'lim: tarix, nazariya, texnologiyalar" deb nomlangan tadqiqotlarida umumiy taʼlimga jarayoniga inklyuzivlikni joriy etish masalalari tadqiq etilgan.
Rossiyalik olimlardan L.I Aliksenova, I.M.Bgankova, N.S. Graznaya, I.V.Iskruk, V.V Korkunov, N.N.Malofev, J.L.M.Shipitsina, N.M.Nazarovalar ta’limga integratsiya va inklyuzya sohasini kiritishga katta hissa qo‘shganlar7.
O‘zbekistonlik olimlardan: R.Shomaxmudova “Maxsus va inklyuziv ta’lim” asarida ta’lim jaryoniga inklyuziv ta’limni joriy etishda ota-onalar va mahalliy jamoat tashkilotlari hamkorligi masalalarini tadqiq etgan. L.Mo‘minova esa “Imkoniyati cheklangan bolalarni inkyuziv ta’limga saralash metodikasi” asarida maktabgacha va umumta’lim maktablarida inklyuziv ta’limni joriy etishga doir metodlar bayon etilgan. M.Ayupova tomonidan yaratilgan “Logopedik o‘yin”, “Maktabgacha tarbiya maxsus pedagogikasi” kabi qator darslik va o‘quv qo‘llanmalarida MTTdagi bolalar nutqidagi kamchiliklarni bartaraf etish texnologiyalari, maktabgacha ta’lim tashkilotlaridagi bolalar nutqidagi kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha nazariy-amaliy ishlar samaradorligini oshirish bo‘yicha ilmiy-metodik ma’lumotlarni bayon etgan. U.Saidovning tadqiqotlarida nogironligi bor bolalarni ta’limga qamrab olishning evalyutsion nazaryasini ishlab chiqilgan8.

Download 150,08 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish