sotsiologik usullar jamoada xodimlarni tayinlash va o'rnini belgilash, rahbarlarni aniqlash, motivatsiyani ish natijalari bilan bog'lash, samarali aloqalarni ta'minlash va ishlab chiqarish mojarolarini hal qilish imkonini beradi. Sotsiologik usullar ham kadrlar bilan ishlashda ilmiy vosita bo‘lib, kadrlarni tanlash, baholash, joylashtirish va o‘qitish uchun zarur ma’lumotlarni to‘plash hamda kadrlar bo‘yicha oqilona qarorlar qabul qilish imkonini beradi. Sotsiologik usullarning asboblar to'plami so'roq, intervyu, sotsiometrik usul, kuzatish usuli va boshqalardan iborat.
Xodimlarni boshqarish usullari tasniflash ham mumkin boshqaruv funktsiyalariga mansubligi asosida(ratsion, rejalashtirish, tashkil etish, muvofiqlashtirish, rag'batlantirish, nazorat qilish, tahlil qilish, hisobga olish). Shu asosda usullar ajratiladi:
tashkilotni kadrlar bilan ta'minlash;
xodimlarni baholash;
ish haqini tashkil etish;
martaba boshqaruvi;
kasbiy ta'lim;
intizomiy munosabatlarni boshqarish;
xavfsiz mehnat sharoitlarini ta'minlash.
Variant№9
1. “Tizimli” yoki zamonaviy menejment mohiyati.XX asrning 60-80-yillarida g’arbda zamonaviy menejment rivojlana boshlandi. g’arb nazariyotchilari boshqaruvning ijtimoiy tizimlar maktabini tashkil qilish maqsadida:
tizimli yondoshuv asoslarini ishlab chiqishdi;
yaxlit tizim bilan uning qismlari munosabatlari masalalarini ko’rib chiqishdi;
bir qancha o’zgaruvchi omillarning boshqaruvga ta'sirini o’rganishdi.
Bu maktab namoyandalari (amerikalik Ch. Barnard, G. Saymon) zamonaviy
menejmentda quyidagi to’rt yondoshuvni asoslab beradi:
Boshqarishga yondoshuv turlari Tizimli yondoshuv - Tizim-bu bir biri bilan o’zaro bog’langan qismlar majmuidir. har bir qism yaxlittizimning o’zgarishiga o’z hissasini qo’shadi. Tashkilotbu yaxlit ochiq tizimdir. Uning taqdiri tashqi va ichki muhitga bog’liq.
Tashkilotni boshqarishga tizimli yondoshuvda asosan uning ichki muhitiga (iqtisodiy,
ilmiy-texnik, ijtimoiy-siyosiy), e'tibor beriladi.
2. Vaziyatli yondoshuv
Garchi tizimli yondoshuvda yaxlit tashkilot qanday qismlardan tashkil topgan degan savolga javob topolsakda, bu o’rinda qismlarning qaysi biri muhim, qaysi biriikkinchi yoki uchinchi darajali degan savol ko’ndalang turmaydi.
Yaxlitning qaysi bir qismi o’ta muhim degan savolga vaziyatli tahlil javob beradi. Bunda tashkilotning ichki tarkibidagi o’zgarishlar tashqi muhitning ta'siri bilan bog’lab o’rganiladi. Ammo turli darajadagi vaziyat turli darajadagi bilimni talab qiladi.
3. Funktsional yondoshuv
Boshqaruvga tashkiliy mexanizmlarning eng oqilona yo’llarini ishlab chiqish imkonini beradi. Shu nuqtai nazardan boshqarish quyidagi funktsiyalarni bajaradi:
- rejalashtirish;
- tashkillishtirish;
- rahbarlik qilish;
- muvofiqlashtirish;
- nazorat qilish va hk.
4. Miqdorli yondoshuv - Bunday yondoshuvda asosan:
-menejmentning operatsion printsipiga;
-qaror qabul qilish nazariyasi printsiplariga;
-matematik yoki ilmiy menejment kabilarga e'tibor qaratiladi.
Miqdorli yondoshuvdagi boshqarish jarayonida nafaqat matematik; statistika,
kibernetika, muhandislik fanlari bilan sotsiologiya birga ruhshunoslik, tizimlar nazariyas kabi fanlardan ham keng foydalaniladi. Zamonaviy menejmentning maqsadi qaror qabul qilish jarayonini elektron hisoblash texnikasi hamda eng yangi matematik usul va vositalarni qo’llagan holda tadqiq qilishdir. Tizimli menejment qarorlarning oqilonaligini ta'minlashni o’z oldiga vazifa qilib qo’yadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |