Kirish Kurs ishi mavzusining dolzarbligi



Download 326,83 Kb.
bet1/11
Sana09.07.2022
Hajmi326,83 Kb.
#761476
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
2 5251332585832848372


O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
NIZOMIY NOMIDAGI TOSHKENT DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI
FIZIKA-MATEMATIKA FAKULTETI
“ Matematika o'qitish metodikasi ” bakalavriat ta’lim
yo‘nalishi 303-guruh talabasi
Meyliyeva Shahrizoda Ravshan qizining
“Matematika o’qitish metodikasi” fanidan

“5- sinflarda “Natural sonlarni koʻpaytirish” mavzusi bo`yicha dars loyihasi va masalalar yechish metodikasi” mavzusidagi


KURS ISHI

Tayyorladi : Meyliyeva Shahrizoda


Ilmiy rahbar: R.A. Koshnazarov
Guruh: MO'M 303

MUNDARIJA


KIRISH……………………………………………………………………….…..3
ASOSIY QISM
1. Natural sonlar tushunchasi va ular ustida amallar………………………8
2. Natural sonlarni koʻpaytirish usullari…………………… …………….13
3. Natural sonlarni koʻpaytirishga oid masalalar yechish metodikasi…....22
4. Natural sonlarni koʻpaytirish mavzusi bo’yicha dars loyihasi ……..…31
XULOSA………………………...………………………………………………..38
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI……………………………39


Kirish
Kurs ishi mavzusining dolzarbligi:
Mamlakatimizda matematika 2020-yildagi ilm-fanni rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlaridan biri sifatida belgilandi. O‘tgan davr ichida matematika ilm-fani va ta’limini yangi sifat bosqichiga olib chiqishga qaratilgan qator tizimli ishlar amalga oshirildi:
birinchidan, ilg‘or ilmiy markazlarda faoliyat yuritayotgan vatandosh matematik olimlarning taklif qilinishi va xalqaro ilmiy-tadqiqotlar olib borilishi uchun zarur shart-sharoit yaratildi;
ikkinchidan, xalqaro fan olimpiadalarida g‘olib bo‘lgan yoshlarimiz va ularning murabbiy ustozlari mehnatini rag‘batlantirish tizimi joriy etildi;
uchinchidan, oliy ta’lim va ilmiy-tadqiqotlarning o‘zaro integratsiyalashuvini ta’minlash maqsadida Talabalar shaharchasida Fanlar akademiyasining V.I. Romanovskiy nomidagi Matematika institutining (keyingi o‘rinlarda — Institut) yangi va zamonaviy binosi barpo etildi. Matematika sohasidagi fundamental tadqiqotlarni moliyalashtirish hajmi bir yarim barobarga oshirildi, budjet mablag‘lari hisobidan superkompyuter, zamonaviy texnika va asbob uskunalar xarid qilindi;
to‘rtinchidan, ilmiy darajali kadrlarni tayyorlashning birlamchi bosqichi sifatida stajor-tadqiqotlik instituti joriy etildi;
beshinchidan, ilm-fan sohasidagi ustuvor muammolarni tezkor bartaraf etish, fan, ta’lim va ishlab chiqarish integratsiyasini kuchaytirish masalasini hukumat darajasida belgilash maqsadida O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri raisligida fan va texnologiyalar bo‘yicha respublika kengashi tashkil etildi.
Shu bilan birga, sohada yechimini topmagan qator masalalar matematika sohasidagi ta’lim sifati va ilmiy-tadqiqot samaradorligini oshirishga qaratilgan chora-tadbirlarni amalga oshirish zaruratini ko‘rsatmoqda.
Jumladan:
birinchidan, matematika ta’limotining ta’lim olish bosqichlari o‘rtasidagi uzviylik to‘liq ta’minlanmagan;
ikkinchidan, umumta’lim maktablarida matematika darsliklari o‘quvchilarning yoshiga nisbatan fanni o‘zlashtirishni qiyinlashtiruvchi murakkab masalalardan iborat va boshqa fanlarda o‘tiladigan mavzular bilan uyg‘unlashtirilmagan;
uchinchidan, matematikaga qiziquvchan, xalqaro olimpiadalar g‘oliblari bo‘lgan aksariyat iqtidorli yoshlarimiz hududlardan bo‘lishiga qaramasdan ularning kelgusi rivojlanishi uchun oliy ta’lim va ilm-fan sohasida zarur shart-sharoit yaratib berilmagan;
to‘rtinchidan, matematika sohasidagi ilmiy-tadqiqotning amaliyot va ishlab chiqarish bilan bog‘liqligi zaifligicha saqlanib qolmoqda;
Pedagog xodimlarning maqomi jamiyat va davlat tomonidan tan olinadi. Pedagog xodimlar ijtimoiy qo‘llab-quvvatlanadi, o‘z kasbiy faoliyatini amalga oshirishi, ularning ijtimoiy maqomi va obro‘sini oshirish uchun tashkiliy-huquqiy shart-sharoitlar yaratiladi, shuningdek o‘z huquq va qonuniy manfaatlarini amalga oshirish uchun kafolatlar beriladi. Ta’lim tashkilotlari pedagog xodimlarining huquqlari, sha’ni, qadr-qimmati va ishchanlik obro‘si davlat himoyasi ostida bo‘ladi. Ta’lim tashkilotlari pedagog xodimlarining kasbiy faoliyatiga aralashishga, ta’lim oluvchilarning bilimlarini to‘g‘ri va holis baholashga ta’sir ko‘rsatishga, shuningdek ushbu pedagog xodimlarning xizmat majburiyatlarini bajarishiga to‘sqinlik qilishga yo‘l qo‘yilmaydi.
Pedagog xodimlar quyidagi huquqlarga ega:
o‘z sha’ni, qadr-qimmati va ishchanlik obro‘sini himoya qilish;
o‘quv dasturlari doirasida mualliflik dasturlarini ishlab chiqish va joriy etish, o‘qitish uslubiyotini ishlab chiqish, shuningdek tegishli o‘quv fanlari, kurslari, modullaridan foydalanish, ijodiy faollik ko‘rsatish;
zamonaviy pedagogik shakllarni, o‘qitish va tarbiya vositalarini, usullarini erkin tanlash hamda ulardan foydalanish;
kasbiy faoliyatini amalga oshirish uchun ularga zarur shart-sharoitlar yaratilishini talab qilish;
o‘quv, ilmiy va uslubiy yo‘nalishlardagi axborot-resurs markazlarining xizmatlaridan bepul foydalanish;
davlat ta’lim standartlarini, davlat ta’lim talablarini, malaka talablarini, o‘quv rejalari va o‘quv dasturlarini ishlab chiqishda ishtirok etish;
ilmiy, ilmiy-tadqiqot va ijodiy faoliyatni amalga oshirish, eksperimental faoliyatda ishtirok etish, innovatsiyalarni ishlab chiqish va joriy qilish;
ta’lim tashkilotini boshqarishda, shuningdek ta’lim tashkilotining faoliyati bilan bog‘liq masalalarni muhokama qilishda ishtirok etish;
kasaba uyushmalari va nodavlat notijorat tashkilotlari a’zosi bo‘lish, xodimlarining vakillari bo‘lish, fuqarolik jamiyati boshqa institutlari faoliyatida qatnashish;
o‘z kasbiy huquqlarini va umumiy manfaatlarni ifoda etish hamda himoya qilish uchun pedagog xodimlarning jamoat birlashmalariga birlashish;
o‘z kasbiy faoliyatiga aralashuvdan himoyalanish;
davlat sog‘liqni saqlash muassasalarida bepul tibbiy ko‘rikdan o‘tish (davlat ta’lim muassasalari va tashkilotlari uchun);
ta’lim oluvchilarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilishda ishtirok etish.1
Ma’lumki, O’zbekiston Respublikasida ta’lim va kadrlar tayyorlash tizimini isloh qilish hamda uni rivojlangan davlatlar darajasiga ko’tarishga davlat siyosatining ustuvor yo’nalishi sifatida katta e’tibor berib kelinmoqda. Uzluksiz ta’lim va kadrlar tayyorlash tizimi sifati har qanday davlatning zamon talablariga hamohang ravishda innovatsion rivojlanishida hal qiluvchi muhim omil sanaladi. Fan, texnika va texnologiyaning tobora taraqqiy etib borayotgani 
ta’lim sohasidagi tegishli o’zgarishlarni taqozo etadi.
O’zbekiston Respublikasida oliy ta’limni tizimli isloh qilishning ustuvor
yo’nalishlarini belgilash, zamonaviy bilim va yuksak ma’naviy axloqiy 
fazilatlarga ega, mustaqil fikrlaydigan yuqori malakali kadrlar tayyorlash jarayonini sifat jihatidan yangi bosqichga ko’tarish, oliy ta’limni modernizatsiya qilish, ilg’or ta’lim texnologiyalariga asoslangan holda ijtimoiy soha va  iqtisodiyot tarmoqlarini rivojlantirish maqsadida O’zbekiston Respublikasi  Prezidentining 2019 yil 8 oktyabrdagi PF-5847 sonli “O’zbekiston
Respublikasi oliy ta’lim tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to’g’risida”gi farmoni qabul qilindi. Bu esa o’z navbatida pedagog kasbining yanada murakkablashuvi, mas’uliyati va vazifalarining ortishiga olib keladi. Chunki ommaviy ta’limning bugungi sharoitida yangi raqamli avlod bilan ishlash, ularni rivojlantirish, jahon talablariga mos qilib kasbga tayyorlash
zamonaviy o’qituvchidan yuksak texnologik bilim, salohiyat va mehnatni talab
qiladi.
O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyevning “Yana bir
muammoni hal etish o’ta muhim hisoblanadi: bu pedagoglar va professor,
o’qituvchilar tarkibining professional darajasi, ularning maxsus bilimlaridir. Bu borada ta’lim olish, ma’naviy ma’rifiy kamolot masalalari va haqiqiy 
qadriyatlarini shakllantirish jarayonlariga faol ko’mak beradigan muhitni yaratish zarur”, degan fikrlari katta ahamiyat kasb etadi. Bugungi ilmiy texnik taraqqiyot jadallashuvi va shiddatli axborot oqimi
davrida XX asrning ikkinchi yarmida paydo bo’lgan “Ta’lim texnologiyalari”fani mazkur muammoni hal etadi. Ommaviy ta’lim sharoitida ta’lim
texnologiyalari -har bir bosqichi va har bir elementi jiddiy ishlab chiqilgan, 
asoslangan, loyihalashtirilgan, kafolatlanuvchi sifatli yakuniy natijaga
mo’ljallangan pedagogik jarayonni tuzish va amalga oshirish imkoniyatini beradi.Ta’limning yangi modelini amaliyotga tatbiq etish o’quv jarayonini texnologiyalashtirish bilan bog’liq. Shuning uchun ham Kadrlar tayyorlash Milliy dasturida “O’quv tarbiyaviy jarayonni ilg’or pedagogik texnologiyalar bilan ta’minlash” uning asosiy vazifalaridan biri sifatida belgilangan2.

Download 326,83 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish