Ma’ruza №1 Mavzu: Kirish


Ma’ruza №2 O’zbekistonda fauna xilma-xilligi holati



Download 7,97 Mb.
bet2/25
Sana14.05.2022
Hajmi7,97 Mb.
#603429
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   25
Bog'liq
fauna leksiya

Ma’ruza №2
O’zbekistonda fauna xilma-xilligi holati


Reja:
1. O’zbekistonda fauna xilma-xilligi holati
2. O’zbekistonda biologik xilma-xillikni saqlab qolish
3. O’zbekiston faunasining qisqarishi sabablari

O’zbekiston tabiatining biologik va landshaftlar xilma-xilligi - milliy boyligimizning ajralmas qismi. Bu boylik bir necha ming yillik evolyutsiya davomida yuzaga kelgan hamda ajdodlarimiz tomonidan bizga qoldirilgan ulkan merosdir. Zimmamizda bu merosni avlodlarga xilma-xil va barqaror tizim ko’rinishida qoldirishdek ulkan va masuliyatli vazifa turibdi.


So’nggi bir necha o’n yillar davomida O’zbekiston tabiatining xilma-xilligiga anchagina putur etkazildi. Avvalam bor, bu sobiq SSSR da markazlashgan rejalashtirish asosida yirik qishloq xo’jaligi va sanoat loyihalarini amalga oshirish bilan bog’liq edi, bunda ularning atrof va ijtimoiy muhitga bo’ladigan tasiri etibordan chetda qolardi. Bunday rejalashtirishda O’zbekistonga arzon qishloq xo’jalik va geologik xom ashyo etkazib beruvchi ichki eksporter sifatida qaralgan. Bularning hammasi O’zbekistonda ekologik vaziyatning yomonlashuviga olib keluvchi salbiy jarayonlarning rivojlanishiga sabab bo’ldi.
Qishloq xo’jaligida paxta yakkahokimligi ustuvorligi, irrigatsiya maqsadida tashqi salbiy tasirlarga monand cho’l hududlarining keng miqyosda o’zlashtirilishi - Orol dengizi ekologik falokatiga, Janubiy, Markaziy va Shimoli-g’arbiy mintaqalardagi erlarning ikkilamchi sho’rlanishiga, tarixan shakllangan suv ekotizimlarining o’zgarishiga, suniy tashlama suv havzalari tarmoqlarining hosil bo’lishiga, atrof muhitning o’ta xavfli defoliantlar va pestitsidlar bilan zaharlanishiga olib keldi. Bu omillar cho’llardagi noyob, bazi xuusiyatlari bo’yicha betakror cho’l biologik majmualarining (Farg’ona cho’li, tekislik daryolari o’zanlaridagi to’qayzorlar, Amudaryo deltasi va hokazo) yo’q bo’lib ketishiga sabab bo’ldi.
Bunday jarayonlarning respublikadagi sanitariya-epidemiologiya va parazitologiya holatlari keskinlashuviga, shuningdek mintaqadagi umumiqlimiy o’zgarishlarga tasir etayotganligi hammaga ayon.
Sobiq İttifoqda zamonaviy uskuna, texnika va texnologiyalari taminotisiz gaz qazib olinishi va uning eksportini jadallashtirish g’oyat nozik ekologik tizimlarning biologik tanazzulga yuz tutishiga olib keldi. Chirchiq-Ohangaron sanoat majmuasi kimyo va tog’kon sanoati korxonalarining chiqindilari atmosfera havosi va tuproqlarni keng ko’lamda ifloslantirib, tazyiqqa tasirchan tog’ ekologik tizimlarini va aholi salomatligini jiddiy xatar ostiga qo’ydi.
O’zbekistonning O’rta Osiyo mintaqasidagi bir qancha biogeografik o’lkalar tutashgan hududida joylashganligi uning hayvonot olamining nihoyatda rang-barangligini belgilaydi. Cho’l va sahrolardan iborat keng tekisliklar, tog’ dashtlar, o’rmonlar, yaylovlar, to’qayzorlar, suv havzalari, madaniy landshaftlar-bularning barchasi o’ziga xos faunistik majmualarga ega ekotizimlarni tashkil etadi.
Respublika faunasi juda qadimiy bo’lib, u murakkab genetik rishtalar bilan bog’langan. Bu o’lkada Turon va Turkiston endemik va avtoxton turlarining ahamiyati katta. Shu bilan birgalikda tarixiy o’tmishda bu erga boshqa o’lkalaridan Markaziy Osiyodan, Hindi-Xitoydan, O’rta Er dengizi atroflaridan, Evroosiyo cho’llaridan kirib kelgan hayvon guruhlarining ham muayyan o’rni mavjud. Faunaning bir qismi esa Uzoq Sharq, Kavkazorti, Evropa, va Amerikadan olib kelib iqlimlashtirilgan yoki tasodifan kelib qolgan turlardan iborat.
Umuman olganda zamonaviy O’zbekiston faunasida umurtqali hayvonlarning 685 (688) turi (sutemizuvchilar - 105, qushlar - 441, sudralib yuruvchilar - 60, amfibiyalar - 3 va baliqlar - 76) mavjud, umurtqasiz hayvonlar turlari esa 15 mingdan ortiq.
So’nggi o’n yilliklar davomida, tabiatdan foydalanishning kuchayishi oqibatida, O’zbekistondagi ko’plab hayvon turlari kuchli antropogen tasir ostida qolib, ularning yashash joylari va soni qisqardi, bazilari esa butunlay yo’q bo’lib ketdi. Ayniqsa ov obektlari sifatida katta amaliy ahamiyatga ega bo’lgan sutemizuvchilar va qushlarning yirik turlari, shuningdek inson tomonidan ayovsiz o’zlashtirilayotgan, tashqi tasirga unchalik chidamli bo’lmagan ekotizimlarning tarqalishi cheklangan va endemik turlari katta xavf ostida qoldi. Jumladan, turon yo’lbarsi, gepard, turkman quloni, Orol sulaymon balig’i kabi hayvonlar umuman yo’q bo’lib ketdi. Qoplon, sirtlon, to’xta tuvaloq, Sirdaryo va Amudaryoning kichik va katta kurakburunlari, Orol bahrisi kabilari - yo’q bo’lib ketish arafasida turibdilar. Ustyurt va Buxoro qo’ylari, morxo’r, qoraquloq, O’rta Osiyo qunduzi, oqbosh o’rdak, vishildoq oqqush, marmar churrak, yo’rg’a tuvaloq, oqbovur, xentog’ to’garakboshi, Farg’ona targ’il kaltakesakchasi, Orol mo’ylabdori, cho’rtansifat oqqayroq, ayrim mollyuska va hasharotlar yo’q bo’lib ketish xavfi ostida qolganlar. Ko’plab hayvon turlarining soni hozirda tanglik poyonida bo’lmasada, lekin uzluksiz kamayib bormoqda.
Bularning barchasiga sabab hududlarning xo’jalik maqsadlarida o’zlashtirilishi, atrof muhitning ifloslanishi, biologik resurslardan meyorsiz foydalanishdir.
O’zbekiston qishloq xo’jaligi asosini sug’oriladigan dehqonchilik tashkil etadi. Oxirgi o’n yilliklar mobaynida sug’oriladigan maydonlarni kengaytirish maqsadida Mirzacho’l, Jizzax, Qarshi va Surxon-Sherobod cho’llari, Farg’ona vodiysining markaziy qismi, Tyonshon va Pomir-Oloy tizmalarining G’arbiy etaklaridagi adirlar o’zlashtirildi.
Sug’orish tufayli o’zlashtirilgan hududlarda ekologik vaziyat tubdan o’zgardi. Bunday sharoitga moslasha olmagan ko’plab cho’l hayvonlarining soni keskin kamayib ketdi. Jayron, yo’rg’a tuvaloq va boshqa hayvon turlari areallarining qisqarishi - buning yorqin dalilidir. Tekisliklardagi yirik daryolar o’zanlaridagi o’zgarishlarni ham shular jumlasiga kiritish mumkin. To’qayzorlarning aksariyat qismi kesib tashlanishi natijasida, hamda suv rejimining o’zgarishi tufayli tanazzulga yuz tutdi. Bu esa, o’z navbatida, to’qayzorlarda yashovchi Buxoro bug’usi, tustovuq va boshqa endemik kenja turlar yashash joylarining keskin qisqarib ketishiga olib keldi.
Yirik gidroinshootlarning qurilishi, Orol dengizi suv sathining pasayib ketishi va suvining o’ta sho’rlanishi sababli uning tub ixtiofaunasi butunlay qirilib ketdi, qisqichbaqasimonlar va mollyuskalarning ko’plab endemik turlari yo’q bo’lib ketish holatiga kelib qoldi. Daryolar oqimining suniy tartiblanishi, yirik suv omborlari va irrigatsiya tizimlarining qurilishi, daryolarning yuqori qismlarida suvni tog’-kon sanoati ehtiyojlari uchun olinishi, suv havzalarining ifloslanishi, chetdan keltirilgan baliq turlarining salbiy tasiri - mahalliy ixtio- va malakofaunalarning yashashiga tahdid solmoqda. Janubiy Orol bo’yida ekologik sharoitning o’zgarishi oqibatida Amudaryo deltasida qachonlardir vishildoq oqqush, pushti va jingalak saqoqush, qorabuzov va boshqa kamyob qushlar makoni, hamda ornitologik nuqtai nazaridan muhim ahamiyatga ega bo’lgan botqoqliklar bugunda o’z mohiyatini yo’qotdi.
Tog’-kon sanoatining jadal suratlar bilan rivojlanishi, daraxt va butalarning kesilishi va chorvachilikda yaylovlardan haddan tashqari keng foydalanish natijasidagi erlarning nurashi, rekreatsiya faoliyatining uyg’unlanishi - bularning barchasi tog’ ekotizimlarining o’zgarishi va ko’plab umurtqasiz hayvonlarning lokal yashash joylari yo’q bo’lib ketishiga sabab bo’lmoqda.
Shunisi ravshanki, yovvoyi hayvonlar va ularning yashash joylari muhofazasi bo’yicha maxsus qonunchilik asosida amaliy chora tadbirlar ko’rilmasa, ularning tabiatda yo’q bo’lib ketishi xavfini bartaraf qilib bo’lmaydi.
Hayvonlarning har bir turi - tabiatning tarixan takrorlanmas, genetik jihatdan yagona, har qanday biologik hamjamoada faqat o’ziga xos o’rniga va uning barqarorligini taminlashda muhim ahamiyatga ega bo’lgan inomdir.
O’zbekistonda so’nggi yillarda biologik xilma-xillikni saqlab qolish borasida bir qancha jiddiy tadbirlar amalga oshirilmoqda.
Ularni yanada jadallashtirish kamyob va yo’q bo’lib ketayotgan hayvonlar muhofazasini kuchaytirishga, hamda sonini tiklashga xizmat qilishi kerak. Respublikada tashkil qilingan oltita tog’ (Hisor, Zomin, Kitob, Nurota, Surxon, Chotqol), uchta cho’l-to’qay (Qizilqum, Baday-To’qay, Zarafshon) qo’riqxonalari, ikkita milliy bog’ (Zomin, Ugom-Chotqol), to’qqizta buyurtmaxona (Arnasoy, Dengizko’l, Qoraqir, Qarnabcho’l, Qo’shrabod, Muborak, Nurobad, Oktau, Sayg’oqli, Sudoche) va ikkita tabiiy yodgorlikdan (Vardonze, Yozyovon) iborat ekologik tarmoq hayvonot olamining majmuiy muhofazasiga va uning resurslaridan barqaror foydalanishga xizmat qilmoqda. Nafaqat respublikamizda, balki butun mintaqada yagona, kamyob hayvonlarni ko’paytirish, ularni saqlash va reintroduktsiya qilish bilan shug’ullanuvchi "Jayron" ekomarkazi ham muhofaza qilinadigan hudud maqomiga ega.
Respublika qo’riqxonalarida Qizil kitobga kiritilgan Buxoro bug’usi, morxo’r, Qizilqum arxari, ko’k sug’ur, Turkiston silovsini kabi hayvonlar, yirik yirtqich qushlar va hasharotlar muhofaza ostiga olingan. Kamyob va yo’q bo’lib ketayotgan hayvonlarni yarim tutqinlik sharoitida ko’paytirish, ularni saqlab qolish va sonini tiklash - istiqbolli yo’nalish hisoblanadi.
Bu sohadagi muhim amaliy odimlardan biri - "Kamyob hayvonlar turlarini ko’paytirish respublika "Jayron" ekomarkazi" (Buxoro viloyati) olib borayotgan izlanishlardir. Bu erda respublika Qizil kitobiga va xalqaro Qizil ro’yxatlariga kiritilgan jayron, Buxoro qo’yi, morxo’r, qulon, Prjevalskiy oti kabi turlarni ko’paytirish va qo’riqlash bo’yicha amaliy ishlar olib borilmoqda.
Yo’q bo’lib ketish xavfi ostida turgan yo’rg’a tuvaloqni suniy sharoitlarda ko’paytirishva keyinchalik yovvoyi tabiatga chiqarishishlari Navoiy va Buxoro viloyatlaridagi bir kator hayvonlar ko’paytiriladigan joylarda amalga oshirilmoqda.



Download 7,97 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   25




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish