Ma’ruza №1 Mavzu: Kirish


Ma’ruza №5 O’zbekiston Qizil kitobining tashkil qilinishi va ro’yxatlarni yuritish



Download 7,97 Mb.
bet5/25
Sana14.05.2022
Hajmi7,97 Mb.
#603429
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   25
Bog'liq
fauna leksiya

Ma’ruza №5
O’zbekiston Qizil kitobining tashkil qilinishi va ro’yxatlarni yuritish
Reja:
1. Qizil kitoblarni (ro’yxatlarni) yuritish
2. O’zbekiston Qizil kitobi
3. O’zbekiston Qizil kitobiga kirgan turlar

Dunyodagi ywq bwlib ketayotgan hayvon turlariga bag’ishlangan dastlabki maxsus kitoblar 1945 yildan nashr qilina boshlagan. Lekin global Qizil kitobni hamda kamyob, ywq bwlib ketish xavfi ostidagi hayvon turlari rwyxatini tuzish va yuritishning ilk g’oyasi 1948 yilda tashkil etilgan Tabiat va tabiiy resurslarni muhofaza qilish xalqaro ittifoqiga (TMXİ-IUCN) mansubdir. Uning tashabbusi bilan ywq bwlib ketish xavfi ostidagi hayvonlarning rwyxatini tuzish bwyicha ulkan ishlar bajarilgan. 1966 yildan boshlab TMXİ ning Turlarni saqlab qolish komissiyasi TSK/TMXİ (SSC/IUCN) boshqa tabiatni muhofaza qilish tashkilotlari bilan hamkorlikda xalqaro "Qizil kitob" (Red Book) ning dunyoviy va mintaqaviy faunalarga mansub hayvonlarning turli sistematik guruhlariga bag’ishlangan alohida nashrlarni (Baliqlar, Amfibiya va sudralib yuruvchilar, Qushlar, Amerika va Avstraliya sutemizuvchilari, Umurtqasizlar, Elkanlilar va hokazo) chop eta boshladi. Tazyiqqa tasirchan turlar yoki hayvonlar guruhlari twg’risidagi batafsilroq malumotlar 1986 yildan boshlab "Biologik xilma-xillikni muhofaza qilish bwyicha TSK/TMXİ ning harakat rejalari" nomi bilan maxsus kitoblar seriyasida nashr qilinib kelmoqda. Shu vaqtgacha bu kitoblarning 40 ga yaqini nashr qilindi (Kiyiklar, Ёvvoyi qwy va echkilar, Ёvvoyi mushuksimonlar, Qunduzlar, Qirg’ovullar, Turnalar, Elkanlilar, Ninachilar va b.). 1985 yildan boshlab shu kabi alohida nashrlar (1-23) "Biologik muhofaza bwyicha TSK/TMXİ ning maxsus maqolalari" nomi bilan nashr qilinmoqda (Kemiruvchilar, Toshbaqalar, Akulalar, Mollyuskalar, Feruzaqanotlilar va b.). Ushbu nashrlar tazyiqqa tasirchan turlarni saqlab qolish bwyicha xalqaro Reja hamdir.


TMXİ tomonidan 1963-1996 yillarda nashr qilingan "Ywq bwlib ketish xavfi ostidagi hayvonlarning Qizil rwyxatlari" (Animals and plants threatened with extinction; IUCN Red List of Threatened Animals) hamda 2003 yilda nashr qilingan "Ywq bwlib ketish xavfi ostidagi turlar Qizil rwyxati" (IUCN Red List of Threa-tened species) muhim amaliy ahamiyatga ega bwldi. TMXİ ning ushbu Qizil rwyxatlari hayvonlar turlari, kenja turlari va populyatsiyalari yovvoyi tabiatda ywq bwlib ketish xavfi toifalari bwyicha taqsimlangan muntazam ravishda yangilanib turuvchi global katalog shaklida tuzilgan. Jahon faunasining xalqaro Qizil rwyxatlarga (2003) asoslangan tahlili shuni kwrsatadiki, keyingi twrt yuz yil davomida sutemizuvchilarning 74 turi, qushlarning 129 turi, sudralib yuruvchilarning 21 turi, amfibiyalarning 7 turi, baliqlarning 81 turi, mollyuskalarning 291 turi, qisqichbaqasimonlarning 8 turi, hasharotlarning 72 turi, onixoforalarning 3 turi va turbellyariyalarning 1 turi er yuzidan butunlay ywq bwlib ketdi. Bundan tashqari hayvonlarning (asosan, baliq va mollyuskalarning) 33 turi yovvoyi tabiatda umuman ywq bwlib ketib faqatgina xonaki sharoitlarda saqlanib qolingan. Bunday ayanchli jarayon XIX asr oxirlaridan boshlab avjga chiqib ketdi va ming afsus, hozirgacha ham davom etib kelmoqda. Bugungi kunda sutemizuvchilarning 113 turi, qushlarning 1192 turi, sudralib yuruvchilarning 293 turi, amfibiyalarning 157 turi, baliqlarning 742 turi, mollyuskalarning 939 turi, qisqichbaqasimonlarning 409 turi, wrgimchaksimonlarning 10 turi hasharotlarning 557 turi va boshqa umurtqasiz hayvonlarning taxminan 20 turi ywq bwlib ketish xavfi ostida turibdilar.
Dastlabki xalqaro Qizil kitoblarning chiqishi milliy va mintaqaviy Qizil kitob va Qizil rwyxatlarning yaratilishi uchun kuchli turtki bwldi. Hozirda bunday nashrlar Evropa va Markaziy Osiyo davlatlarining kwpchiligida, Turkiya, AQSh, Braziliya, Janubiy Afrika, Yaponiya, Vetnam, Tailand, Tayvan, Koreya, Avstraliya, Yangi Zelandiya va boshqa mamlakatlarda mavjud.
O’zbekistonning birinchi Qizil kitobi 1983 yilda nashr qilingan bwlib, unga umurtqali hayvonlarning 63 turi kiritilgan edi. Qizil kitob - davriy nashrdir va Nizomiga muvofiq, har besh yilda yangilanib chop etilishi lozim. Ushbu muddat ichida Qizil kitobga kiritilgan turlarning maqomi wzgarishi, olib borilgan maxsus muhofaza choralari tufayli bazi turlarning soni tiklanishi va, aksincha, boshqa turlarning soni yashash sharoitining yomonlashuvi hamda boshqa tasir etuvchi omillar hisobiga qisqarishda davom etishi va, hattoki, boshqa toifaga wtishi mumkin.
Hozirgi paytda Fanlar Akademiyasining Zoologiya instituti va O’zbekiston zoologiya jamiyatining say-harakatlari bilan yurtimiz faunasining shu kundagi ahvolini va kwpgina hayvonlar turlari maqomini baholashga imkon beruvchi juda boy malumotlar twplangan. Yangi Qizil kitobga sut emizuvchilarning 23 turi (kenja turlar bilan 24), qushlarning 48 turi (kenja turlar bilan 51), sudralib yuruvchilarning 16 turi, baliqlarning 17 turi (kenja turlar bilan 18), halqasimon chuvalchanglarning 3 turi, mollyuskalarning 14 turi (kenja turlar bilan 15) va bwg’imoyoqlilarning 60 turi (kenja turlar bilan 61) kiritildi. Shu bilan birgalikda 1983 yilda nashr etilgan Qizil kitobda keltirilgan sutemizuvchilar va qushlarning bazi turlari ushbu nashrga kiritilmadi. Ulardan bazilarining soni hozirda respublika hududida barqarorlashgan bwlsa (olaqwzan, qum chumchug’i), bazilari esa tasodifiy muhojir (kichik oqqush, katta shomshapalak, qizil bwri, tyonshon tog’ qwyi) yoki O’zbekiston faunasida mavjudligi etarlicha asoslanmagan tur (manul) hisoblandi. Bundan tashqari kitobda TMXİ Qizil rwyxatiga (2000) kiritilgan, ammo O’zbekiston Respublikasida ywq bwlib ketish xavfi ostida bwlmagan hayvonlar rwyxati ham keltirilgan.

O’zbekiston Qizil kitobiga kirgan turlarni o’rganish, ularni muhofaza qilish choralari, g’amxo’rliklar ko’rsatish«Qizil» kitob haqida


İnsonning unamsiz tasiri oqibatida Oxirgi 10 ming yil ichida sayyoramizdagi to’g’aylarning 2/3 bo’lagi yo’q qilingan, ko’plab qimmatlm o’simlik turlari yo’qolib ketgan. Hozirgi vaqtda to’g’aylar maydonining keskin qisqarishi jaralnlari davom etmoqda. Yangi erlarni o’zlashtirish, muxtning ifloslanishi natijasida kuniga yuzlab o’simlik turlari yo’qolmoqda.


Er yuzidagi hamma biologik turlur kerakli va ular o’ziga xos ekologik makonni egallyda. Ekodizimlarda organizmlar qanchali rang-barang bo’lsa, uning tashqi tasirga chidamliligi ham shunchalie kuli bo’ladi.Shuning uchun biosferadagi bor rang-baranglikni saqlab qolish tabiatni muhofaza qilishning asosiy vazifalaridan hisoblanadi.
Biosferadagi teng og’irlilikni saqlab qolishda o’simliklarni, hayvonlarni muhofaza qilish va ulardan aqilga muofiq foydalanish katta ahamiyatga ega. Bu maqsatga erishishi uchun turli ilojlar o’tkaziladi.
XIX - acrdan boshlab qo’riqxonalar, milliy bog’lar, mamlakat zakazniklari chuqurlashtirish ishlari jadallashgan. Bunday ayriqcha qo’riqlanadigan regionlarda yo’qolib boraltgan baholi o’simlik va hayvonlar qoriqlanadi. Baholi va yo’qolib boraltgan turlarning qo’zg’alishiga etiborni kuchaytirish uchun 1966 yili tabiatni muhofaza qilish xalq-xo’jaligi tarafidan xalq-xo’jalik «Qizil kitob» chuqurlashtarilgan. Ayriqcha yirik mamlakatlar o’z «Qizil kitobi» ga ega. «Qizil kitob» faqatgina qavib darakchisi bo’lib qolmay, balkim harakatlarining dasturi ham bo’lib topiladi.

Download 7,97 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   25




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish