Mikrobiologiya va immunologiya



Download 13,45 Mb.
bet15/303
Sana13.11.2022
Hajmi13,45 Mb.
#864863
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   303
Bog'liq
Majmua-biotexnologiya

III- bo’lim. Tenericutes. Hujayra devoir yo’q, lekin sitoplazmatik membranasi bor grammanfiy prokariotlar birlashtirilgan. Mikoplazmalar, Endosimbiontlar
IY- bo’lim. Mendosicutes. Orasid patogen bakteriyalari yo’q prokariotlar; metan hosil qiluvchi, oltingugurt oksidlovchi, galofillar, mikoplazmaga o’xshashlilar, termoasidofilli va boshqa kelib chiqishi bo’yicha qadimiyroq bakteriyalar (arxibakteriyalar).


2. Mikroorganzmlarning tuzilishi va morfologiyasi.
Mikroblar juda ham kichkina bo’lib, mikrometr (mkm) va nanometr (nm) larda o’lchanadi.
1mkm= 10-6 metr , 1nm = 10-9 metr, 1 mm = 1000mkm, 1 mkm – 1000 nm.
Bakteriyalarda shakl hosil qiluvchi, qobiqqa zichlik beruvchi regid qatlam – peptidoglikan hisoblanadi. Grammusbat bakteriyalarning hujayra devorida 50- 90 % ko’p qavatli peptidoglikan bo’lib, tarkibida oqsil, polisaharidlari ham bo’ladi. Grammanfiy bakteriyalarda 1-10 % bir qavatli peptidoglikan bo’lib, uning ustida tashqi membranasi bor.
Bakteriyalar – shakli, o’lchami va ba’zi biologik xususiyatlari bilan farq qiladigan bir hujayrali mikroorganizmlar bo’lib, sharsimon (kokklar), tayoqchasimon (bakteriya, basilla va klostridiylar), burama (vibrion, spirillalar, spiroxetlar) shaklli bo’ladi.
Kokklar – (lotincha – coccuc – sharsimon) sharsimon shakldagi bakteri yalar bo’lib, ularning diametri 1-2 mkm. Kokklar bo’linganlaridan keyin bir – biriga nisbatan har xil joylashadi va bir necha guruhga bo’linadi: 1) mikro kokklar – bittadan tartibsiz, 2) diplokokklar- ikkitadan; 3) tetrakokklar - to’rtta – to’rtta bo’lib, 4) stafilokokklar- uzum shingiliga o’xshab, 5) strepto kokklar – zanjirsimon, 6) sarsinalar- paket (kubik) shaklida joylashgan.
Tayyoqchasimon bakteriyalar va basillalar. Bu shakldagi mikroblarning ba’zilari bakteriya, ba’zilari esa basilla deyiladi. Spora hosil qiladigan tayoqchalar- basilla va hosil qilmaydiganlari esa bakteriyadir. Tayoqchasi mon bakteriyalarning joylashishiga qarab monobakteriya (monobasilla), diplobakteriya (diplobasilla) va streptobakteriya (streptobasilla) shakllari ajratiladi. Demak, spora hosil qiluvchi tayoqchasimon bakteriyalar har xil ataladi. Agar spora uni hosil qilgan bakteriya diametridan katta bo’lmasa- basilla deb aytiladi. Agar spora mikrobning ko’ndalang yuzasidan katta bo’lsa klostridiyalar deyiladi. Basillalarning sporalari asosan mikrob hujayrasining markazida joylashadi. Spora klostridiyalar o’rtasida joylashsa markaziy spora, bir uchida bo’lsa - terminal spora, bir uchiga yaqin joylashsa - subterminal spora deyiladi.
Spiral shaklli bakteriyalar. Bularga vibrionlar (vergul shaklli, bir burmali), spirillalar (ikki- uch va to beshtagacha burmali), spiroxetalar (juda ko’p mayda, uzun va ingichka burmali) kiradi.
Bakteriya hujayrasi qobiq, sitoplazma va o’zak apparatidan iborat.
Sitoplazma- murakkab kolloidsimon sistema bo’lib, suv, oqsil, uglevod, yog’, nuklein kislortalari, har xil organik va anorganik moddalardan tuzilgan. U tiniq ko’pincha bir xil (gomogen) ba’zan donodor bo’lib, unda mitoxondri yalar, mezosomalar, ribosomalar, har xil kiritmalar mavjuddir. Sitoplazmada vakuolalar hosil bo’ladi.
Sitoplazmaning markazi suyuqroq, cheti zichroq konsistensiyali bo’lib, shu zich qismiga sitoplazmatik membrana deyiladi. U hujayra qobig’ining ichki devori hisoblanib, unda fermentativ moddalar joylashadi. Sitoplazmada hujayraning modda almashinuvi (metobolizm) boradi. Ya’ni uning oziqlanishi va nafas olishi, oqsil va boshqa organik moddalar- uglevodlar, lipidlar, kislotalarning sintezlanishi, toksin va fermentlar hosil qiluvchi turli xil fermentativ jarayonlar kechadi.
Sitoplazmalarda DNK molekulasiga o’xshash plazmidlar borligi aniqlangan.
O’zak (nukleoid)- o’zak vakuolasiga joylashgan bitta xromosomaga tegishli DNK molekulasidan tashkil topgan. Unda membrana, ya’ni uni sitoplazmadan ajratib turuvchi po’stloqlari yo’q. DNK molekulasi – nukleoid xromatin iplaridan tuzilgan taramdan iborat. U sitoplazma markazida joylashib halqasimon, uzunchoq, ilmoqsimon shaklda bo’ladi. O’zak moddalarining joylashish xususiyatiga ko’ra bakteriyalarni anilin bo’yoqlari bilan bo’yash imkoniyati yaratilgan. O’zak apparati bakteriya hujayrasidagi modda almashinuvida ishtirok etib, uning biologik xususiyatlarini – patogenlik, o’zgaruvchanlik va h.k naslga o’tkazish vazifasini bajaradi.
Qobiq – bakteriya hujayrasini o’rab turuvchi yupqa pardadan iborat. Qobiq bakteriyalarga ma’lum shaklni beradi, u orqali hujayraning hayot faoliyati uchun kerakli har xil moddalar o’tadi va bakteriyalarni tashqi muhitning har xil zararli ta’siridan himoya qiladi. Bakteriyalarning qobig’i 2-3 qavatdan iborat bo’lib, sitoplazmatik membrana, hujayra devori, ayrim hollarda uchinchi tashqi qavat- kapsuladan tuzilgan. Ana shu biologik membrana orqali hujayrada tashqi muhit bilan moddalar almashinuvi sodir bo’ladi. Bakteriyaning hujayra devori uch qatlamdan – tashqi lipoproteid, o’rta- lipopolisaxarid va ichki mukopolimerlardan tuzilgan regid qatlamlardan iborat. Unda fermentlar bo’lib, tuzlarni o’tkazadi. Uning ichki yuzasiga sitoplazmatik membrana zich tegib turadi. U lipid va protein qatlamlardan iborat. Sitoplazmatik membrana aktiv fermentativ sistemaga ega bo’lib, osmatik to’siq vazifasini bajaradi.
Hujayra devori yo’q bakteriyalar protoplastlar deyiladi (mikoplazmalar, L - shakldagi bakteriyalar).
Hujayra devori yo’q bakteriyalar protoplastlar deyiladi (mikoplazmalar, L - shakldagi

Download 13,45 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   303




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish