Mustaqiltik va xalqimiz ma'naviyatining qayta tiklanishi


Mustaqiltik va xalqimiz ma'naviyatining qayta tiklanishi



Download 36,34 Kb.
bet2/6
Sana13.07.2022
Hajmi36,34 Kb.
#790418
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
ULugbek Saidqulov

 Mustaqiltik va xalqimiz ma'naviyatining qayta tiklanishi

O'zbekiston Respublikasi mustaqillikka erishgandan keyin mamlakatni iqtisoiiy jihatdan rivojlantirish choralarini ko'rish bilan bir qatorda ma'naviy qadriyatlarimizni tiklashga, milliy o'zlikni anglashga alohida e'tibor qaratdi.

Buyuk istiqlolning birinchi navbatdagi vazifasi xalqimiz ongida qullik psixologiyasini yo'q qilish, uning tarixi, ota-bobolari buyuk ekanligini uqtirish, hech bir xalqdan kam emasligini ular ongiga singdirib O'zbe-kistonni buyuk davlatga aylantirishda xalqni ma'naviy-ruhiy jihatdan tayyorlash bo'ldi. Prezidentning bu sohadagi ko'plab Farmonlar ma'naviy-ma'rifiy islohotlar davlat siyosatining asosiy, ustuvor yo'nalishi deb hisoblanishi aytiladi. Undan tashqari, boshqa bir qator qonuniy hujjatlarda, shuningdek I.Karimovning «Ozod va obod Vatan, erkin va farovon hayot — pirovard ma«|sadimiz» nomli asarida ma'naviyat sohasida yettita bosh vazifa aniq ko'rsatib berildi, Mustaqillik arafasida hali sobiq Ittifoq hukm surib turgan paytda 1990-yiklan boshlab 21-mart «Navro'z» bayrami nishonlanadjgan kun, 1991-yil 20-iyunda «Diniy bayram - Qurbon hayitni dam olish kuni deb e'lon qilish haqida»gi Farmonlar Prezidentning katta jasorati edi. * ':

Mustaqillik yiSarida ma'naviy qadriyatlarimizni tiklash yo'lida dastlabki qadamlardan biri — 1992-yil 22-martda O'zbekiston Prezidentining «Ramazon hayitini dam olish kuni deb e'lon qilish to'g'risida»gi farmoni bo'ldi. O'zbekiston mustaqilligini mustahkamlashda, istiqlol yo'lida buyuk davlat barpo etishda ma'naviyat va ma'rifat omillarini hisobga olgan holda, umuminsoniy va milliy qadriyatlar uyg'unligiga asoslangan fuqarolik jamiyatini qurish borasidagi fikr-mulohazalarni va takliflarni e'tiborga olib, 1994-yil 23-aprelda O'zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni bilan Respublika «Ma'naviyat va ma'rifat» jamoatehilik markazi tashkil etildi.

Shunday qilib, mustaqillik yillarida o'tgan tarixan qisqa vaqt ichida tilimiz, dinimiz xalqimizga qaytarildi. Buyuk bobokalonlarimizning nomlari tiklandi, mashhur tarixiy obidalarimiz ta'mirlandi. «Avesto» singari buyuk asarlar, unutilgan ko'plab ilmiy yodgorliklar qayta nashr etildi. Eng muhimi xalqimiz ongiga u o'z yurtining egasi ekanligi, kelajakni o'z kuchiga ishonib qurishi mumkinligi, hech bir xalqdan kam emasligi g'oyasi singdirildi va bu ulkan ishlar davom ettirilmoqda.

O'zbek xalqi boshqa xalqlar kabi o'z tarixiga, ma'naviyati va madaniyatiga ega. Bu xalqning boshqa xalqlardan ustunlikka erishish yoki ularga o'z ta'sirini o'tkazib «katta aka»ga aylanish niyati yo'q.

XXI asr — ma'naviyat asri bo'lishi shubhasizdir. Shu sababli ma'naviyat, ma'naviy madaniyat, an'analar, qadriyatlar masalasiga yangicha yond^shuv, xalqlar do'stligini mustahkamlash, insof-adolatga erishish, boshqa xalqlar bilan hisoblashish XXI asr barqarorligini ta'mimashrring kafolati hisoblanadi. Jamiyatning ma'naviy hayotida ma'naviy siyosatning konseptual asoslarini yaratishda insonparvarlik, taraqqiyparvarlik, xalqchillik, vatanparvarlik va yurt tinchligi mezonlariga tayaniladi.

Mamlakatimizda ma'naviy hayot sohalarida hozirgi paytda bajarilishi kerak bo'lgan vazifalar quyidagilarni o'z ichiga oladi:

xalqning ma'naviy-madaniy merosini o'rganish;


  • sharqona va umuminsoniy qadriyatlar asosida mamlakat, millat kelajagini belgilaydigan ilg'or g'oyalarni yuzaga chiqarish hamda hayotga tatbiq etish;


  • jamiyatdagi sog'lom kuchlar - yuksak iste'dod va tafakkur sohiblarining aqliy ijodiy salohiyatini Vatan istiqboli sari yo'naltirish;


  • millatlararo do'stlik, hamjihatlikning ahamiyatini, yurtimizda tinchlik va barqarorlikni saqlashni, yoshlarni Vatanimizning har tomonlama yetuk farzandlari ruhida tarbiyalash va ularni istiqlol ishining faol davomchilari bo'lib yetishishlarini ta'minlash;


  • madaniy-ma'rifiy, ijtimoiy-iqtisodiy va huquqiy taraqqiyot yo'nalishlari bilan bog'liq omillarni, milliy davlatchilik qadriyatjarini o'rganish va ommalashtirish;


  • umumbashariy qadriyatlardan foydalanish maqsadida dunyodagi xilma-xil mafkura, e'tiqod, g'oyalarni o'rganfsh, sog'lom diinyoqarashni hamda siyosiy madaniyatni shakllantirish;


  • jamoat birlashmalari, ilmiy, ijodiy muassasa va tashkilotlarning, ommaviy axborot vositalarining b'zaro samarali hamkorligini ta'minlash;


  • hurfikrlilik, vijdon, va din erkinligini qaror toptirish;


  • jamiyatning ahloqiy hayotini yaxshilash;


Lekin bu ulkan ishlarning amalga oshirilishi ba'zi bir munofiq, O'zbekistonni mustaqil, qudratli davlat sifatida ko'rishni istamayotgan, uning kelajagidan qo'rqayotgan kimsalarga yoqmayapti. Natijada turli ekstremistik kuchlar dinni niqob qilib olgan holda yurtimizni o'rta asr jaholatiga qaytarishga bir necha bor urinib ko'rdilar.




Download 36,34 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish