Mustaqiltik va xalqimiz ma'naviyatining qayta tiklanishi



Download 36,34 Kb.
bet5/6
Sana13.07.2022
Hajmi36,34 Kb.
#790418
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
ULugbek Saidqulov

^ Diniy ekstremizm - ekstremizmning (lotincha extrimus — eng keskin, haddan tashqari, ashaddiy qarashlarda, vositalarga moyillik) din niqobida namoyon bo'lish shakli bo'lib, u mavjud muammolarni hal qilishda o'ta keskin chora-tadbirlarni, fikr-qarashlarni yoqlovchi nazariya va amaliyotni anglatadi. Diniy ekstremizm namoyon bo'lishiga ko'ra hududiy, mintaqaviy, xalqaro shakllarga bo'linadi. Bunday qarashlar juda qadimiy ildizlarga ega bo'lib, hech qachon chegara bilmagan, millat va hududni tan olmagan. Diniy ekstremizm barcha dinlar doirasida rivojlangan.

Diniy ekstremistlar qayerda va qaysi din bayrog'i ostida faoliyat ko'rsatishmasin, maqsadi diniy davlatni barpo qilish bo'lib, bu maqsadga o'zaro nizolar, ixtiloflar, qurolli to'qnashuvlar orqali, ya'ni qon to'kish va zo'rlik bilan erishishni ko'zlaydilar.

Islomda bunday harakatning tashabbuskorlari «Hizbut-tahrir» deb atalmish buzg'unchi, g'ayriqonuniy partiya vakillaridir. «Hizbut-tahrir al-islomiy»1 norasmiy, siyosiylashgan diniy partiya 1953-yilda Isroilda paydo bo'ldi. Uning asoschisi Quddus sudi a'zosi Taqiyiddin Nabahoniy (1909— 1979) lordaniyadagi «Musulmon birodarlari» tashkiloti rahbarlaridan biri edi. Bu partiyaga mansub kishilar o'zlarining qonunga xilof xatti-harakatlari bilan jamiyatdagi barqaror holatga salbiy ta'sir ko'rsatishga intilmoqdalar. O'z mohiyatiga ko'ra «Hizbut-tahrir» partiyasi diniy aqidaparastlikning oshkora ifodasi bo'lib, unda diniy fanatizm va ekstreniizmning barcha usullari mavjud. Bu usullar fuqarolar o'rtasidagi va, umuman, jamiyatdagi munosabatlarni keskinlastirishga qaratilgandir.

O'rta Osiyo davlatlaridagi bu partiya tarafdorlari o'z mamlakat-laiming mustaqil rivojlanishiga qarshi chiqishib, umuman jamiyat taraqqiyotiga to'siq bo'lmoqdalar. Ularning maqsadi — hokimiyatni qo'lga oUshdir.

Endi «fundamentalizm» (aqidaparastlik) haqida ikki og'iz so'z. «Fundamentalizm» atamasi ilk bor rasmiy ravishda 1908-yilda AQSHning Kaliforniya shtati protestantlari tuzgan «Xristian dinining fundamental tushunchalari konferensiyasi» tomonidan qo'llanilgan.

Islom fundamentalizmi - sof islom asoslariga qaytish, an'anaviy islom aqidalariga rioya qilishga qaytish demakdir. Bir qaraganda bu ijobiy hodisaga o'xshaydi, lekin hayotda buning aksi yuz bermoqda, Islom fundamentalizmi asosida Misrda birinchilardan bo'lib 1928-yilda «A1-Ixvan-al-muslimin» (Musulmon birodarligi) nomli siyosiy harakat vujudga kelib, o'z tashkilotini tuzdi. Bu oqim yoshlar orasida Islom fundamentalizmini keng tashviqot qilishni boshladi. Bu tashkilotning asosiy g'oyasi musulmon birligi, taraqqiyotning Islom yo'li va Islom demokratiyasidir. «Hizbut-tahrir»chilar «Demokratiya kufr nizomi, buni hayotga tatbiq qilib bo 'Imaydi, xalifalikni tiklash bilan haqiqiy islomiy hayotni qaytarish mumkin», - deb da'vo qiladilar. Ular islomni siyosiylashtirib, uni siyosat quroliga aylantirmoqdalar.

Ana shunday oqimlardan biri vahhobiylikdir. Vahhobiylar dinni Payg'ambarimiz (s.a.v.) dayridagi «asl holati»ga keltirish lozim, degan niqob ostida harakat qilib, shu yo'lda kurash olib boradilar. Vahhobiylikka Muhammad ibn Abdulvahhob (1703—1792) tomonidan asos solingan. U ulug' sahobalar qabriga qo'yilgan sag'ana toshlarni buzishni, qabrlarni ziyorat qilmaslikni, avliyolarga nazr qilmaslikni, tamaki chekmaslik, qahva ichmaslik, rasm chizmaslikni targ'ib qildi. U o’z da'vatlarini ydyishda ko'proq qilichga tayanar edi va Ibn Saud boshchiligida Saudiya Arabistonini birlashtirishga katta hissa qo'shdi.

Vahhobiylik ta'limoti ildizi Ahmad ibn Xanbal (786-865), Taqiaddin ibn Taymiya (1263-1328), Ibn Qayyim (XIV asr) qarashlaridan oziq bo’lgan. Ular islomni bid'atdan tozalash masalasini ilgari surdilar. Qur'on va Sunnadan tashqari barcha ta'limotlarni bid'at (yangilik) sanadilar.

Hozirgi davrga kelib, bu harakat har qanday xalqni, har qanday dunyoviy davlatni kufrda, shirkda ayblab, unga qarshi kurashish quroliga aylanib qoldi. Vahhobiylar ko'pchilik davlatlarda yashirin siyosiy faoliyat bilan shug'ullanadilar. O'z faoliyatiga diniy hissiyoti kuchli yoshlarni tortishga harakat qiladilar, kishilarda murosasizlik, o'zgalar fikriga hurmatsizlik ruhini singdirishga intiladilar.

Vahhobiylar va «Hizbut-tahrir» orasida katta farq mavjud. Masalan, aqida masalalarida vahhobiylar davlatni xalifa boshqarishini g'oya qilib olmaydilar. Hizbiylar xalifalik davlatini tiklashni g'oya qilib olib, demokratiya bo'lishini inkor etadilar. Garchi bu harakatlar arab davlatlarida paydo bo'lgan bo'lsa-da, barcha arab davlatlarida ularning faoliyati taqiqlangan. Chunki bu oqimlar islomga zid aqidalarni ilgari surmoqdalar. Ularning mohiyati haqida I. A. Karimov shunday deydi: «Aqidaparastlik, и qanday qiyofada bo lishidan qat'iy nazar — bu diniy aqidaparastlik bo'ladimi yoki kommunistik aqidaparastlik bo'ladimi — o'z mafkurasiga, hayotga qarashlariga mos kelmaydigan hamma narsani inkor etadi va «kimki biz bilan emas ekan, и bizga qarshi» degan iamoyil asosida harakat qiladi.»1

Dunyodagi bir qator rasmiy va norasmiy tashkilotlar, jumladan, hizbut-tahrirchilar, tablig'chilar, nurchilar, tavbachilar va boshqa tashkilotlar islom dinini tashviqot qilish niqobi bilan Markaziy Osiyo davlatlariga o'z ta'sirlarini yoyishga intilmoqdalar. Lekin islom ;dini arkonlarini olamga mashhur qilgan al-Buxoriylar, at-Termiziylar, Moturudiylar yurti bo'lgan Markaziy Osiyoga islom dinini tashviqot qilib o'tirishning hojati bormikan?

O'rta Osiyo, jumladan, O'zbekiston xavfsizligiga diniy ekstremizm, islom fundamentalizmi xavfining qay darajada ekanligini xalqimiz o'z boshidan kechirdi. Begunoh odamlarning o'limiga olib kelgan 1999-yil 16-fevraldagi voqealarni, keyinchalik Toshkent viloyati, Sariosiyo va Uzun tumanlaridagi, 2004-yil Toshkent va BuxorOdagi iyul voqealarini unutishga hech kimning haqqi yo'q. Islom fundamentalizmini rag'batlantiruvchi tashqi omillarning faoliyati hali tugagani yo'q. Shu sababli mamlakatimizda diniy fundamentalizm xavfining oldini olish, xalqimizning hushyorligini oshirishga doir ishlar amalga oshirilmoqda.




Download 36,34 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish