Mustaqiltik va xalqimiz ma'naviyatining qayta tiklanishi


Dinning inson hayoti va jamiyatdagi o'rni



Download 36,34 Kb.
bet3/6
Sana13.07.2022
Hajmi36,34 Kb.
#790418
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
ULugbek Saidqulov

 Dinning inson hayoti va jamiyatdagi o'rni

Din - ijtimoiy-tarixiy hodisa bo'lib, kishilik jamiyati taraqqiyoti jarayonida ma'lum bosqichda paydo bo'lgan ijtimoiy ong shakllaridan biridir. U muayyan ta'limotlar, his-tuyg'ular, toat-ibodatlar va diniy tashkilot­larning faoliyatida namoyon bo'ladigan olam, hayot yaratilishini tasawur qilishning alohida usulidir. Dinning mohiyati turlicha izohlansa-da, Uning asosida ishonch, e'tiqod tuyg'usi yotishi deyarli barcha tomonidan tan olinadi.

Din (arabcha — ishonch, ishonmoq) borliqni yaratuvchi va boshqaruvchi, adolatning yuksak namunasi, moddiy olamga xos bo'lmagan va ayni vaqtda barkamollikning oliy ko'rinishi sifatida tushuniluvchi dliy mavjudotga, ya'ni Xudoga nisbatan munosabat, tasawur, urf-odat va marosimlar majmuyidir. Ibodat obyektlariga ko'ra — jonivorlarga, ruhlarga, jin-alvasti, butlarga, turli ilohlarga sig'inuvchi dinlarni farqlash mumkin.

Xristianlik, islom va buddizm dunyoviy dinlar hisoblanadi. Xristian diniga e'tiqod qiluvchilar miqdori 2 milliarddan ortiq, islomga e'tiqod qiluvchilar — 1,3 milliard atrofida, buddizmga e'tiqot qiluvchilar esa 700 million atrolida.

Dinning inson ruhiyatiga ta'siri juda kuchli bo'lib, natijada diniy
psixologiya vujudga keladi va u inson ongida mustahkamlanadi. Ayni paytda
din — tabiat, jamiyat, inson va uning ongi, yashashdan maqsadi hamda
taqdiri, insoniyatni bevosita qurshab olgan atrof-muhitdan tashqarida
bo'lgan, uni yaratgan, ayni zamonda insonlarga birdan-bir to'g'ri, haqiqiy,
odil hayot yo'lini ko'rsatadigan va o'rgatadigan ilohiy qudfatga ishonishni
ifoda etadigan qarashlar, g'oyalar yig'indisi o'laroq diniy mafkura maydonga
keladi.

Diniy ong - diniy g'oyalar, diniy da'vatlar, aqidalar, qadriyat va maqsadlar ifodalangan qarashlar natijasida yuzaga keladi va kishilar hayotida muhim o'rin tutadi. Diniy ongi umuman ongining «boshqa tarkibiy qismlariga» nisbatan asosiy mazmun tashkil etuvchi kishilarda, odatda, diniy e'tiqod mustahkam bo'ladi.

Diniy e'tiqod - diniy aqidalarga ishonish ya unga muvofiq amallarni to'la-to'kis bajarishdir. Har bir dinda uning ruhiga va mazmuniga mos bo'lgan ko'plab madaniyat obidalari mavjuddir. Diniy madaniyat ancha keng tushuncha bo'lib, u nafaqat diniy amallarni bajarishj balki dinning obro'yini saqlash, e'tiqodda, hayotda diniy talablarga amal qilish, uning pokligini har qanday sharoitda saqlash hamdir. Diniy madaniyatning yuksakligi tasawuf namoyandalarida yaqqol o'z ifodasini topgan.

Har bir dinda diniy marosimlar tizimi ham mavjud. Ular o'sha dinning mohiyatidan kelib chiqadi. Jumladan, xristian dinidagi marosimlar islom dinidagidan farq qiladi. Kishilar amaliy hayotda bu marosimlarni bajaradilar.

XX asr oxiriga kelib ateistik dunyoqarashni targ'ib qilgan sotsialistik tuzumning qulashi bilan, ayniqsa sobiq Ittifoqdan ajralib chiqqan yosh mustaqil davlatlarda, jumladan, bizning mamlakatimizda ham diniy qadriyatlar qayta tiklandi va diniy ong qayta uyg'ondi. Bunga sabab juda ko'plab masjid-madrasalarning qurilishi, diniy ibodat, diniy amallar uchun qulay sharoitning yuzaga kelishi va ko'plab diniy adabiyotlarning erkin nashr qilinishi bo'ldi.

Mustaqillik sharofati bilan dinning ijtimoiy-ma'naviy roli ortib, undan fuqarolarni odob-axloqli qilib tarbiyalashda foydalanish kuchaydi. Islom Karimovning «din inson ruhini poklashi, odamlar o'rtasida mehr-oqibat tuyg'ularini mustahkamlashi, milliy qadriyat va an'analarni asrashga xizmat qilishi bilan har qanday jamiyat hayotida muhim o'rin tutadi. Ayniqsa, insoniyat murakkab taraqqiyot jarayonini boshidan kechirayotgan hozirgi davrda dinning turli xalqlar o'rtasida muloqot o'rnatish, ularni ma'naviy va ruhiy jihatdan yaqinlashtirish, zulm va zo'ravonlikka qarshi birgalikda kurashga da'vat etish borasidagi ahamiyati beqiyosdir», — degan so'zlari ayniqsa ahamiyatlidir.

Insoniyat murakkab rivojlanish jarayonini boshidan kechirib turgan hozirgi paytda dinning turli xalqlar o'rtasida aloqalar o'rnatish, ularni ma'naviy va axloqiy yaqinlashtirish, shafqatsizlik va jaholatga qarshi kurashdagi ahamiyati oshib bormoqda. Tarixdan ma'lumki, din va diniy tasawurlar dunyoviy tasawurlar, dunyoviy hayot tarzi bilan birga, o'zaro muvofiqlikda yashab kelgan va bu holat hozir ham davom etmoqda.



Download 36,34 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish