Музейшунослик indd



Download 1,25 Mb.
Pdf ko'rish
bet67/94
Sana01.01.2022
Hajmi1,25 Mb.
#288044
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   94
Bog'liq
muzeyshunoslik BOSMAGA 1 (2)

Shvetsiya muzeylari
1.  shvetsiyada   muzeylar ahamiyati. 
2.  ochiq osmon ostidagi muzeylar.
3.  shvetsiya  Davlat Milliy muzeyi.
shvetsiya  Qirolligi – shimoliy   Yevropadagi,  skandinaviya   
yarim orolida   joylashgan  davlat  hisiblanadi.  Mamlakat ,  g‘arbda 
– norvegiya ,  shimoliy-sharqda – Finlandiya va  janubiy-g‘arbda  
Daniya  mamlakatlari  bilan  chegaradoshdir.  shvetsiya – botnik 
ko‘rfazi  va  Boltiq  dengizi suvlari   yuvib  turadi.  Mamlakatning  
g‘arbiy  qismidagi  skandinav  tog‘  tizmalari  shvetsiyani  norvegi-
yadan  ajratib  turadi.  shimoliy tog‘li  hududlarda – subarktik  iqlim 
hukmron.   
shvetsiya 21 okruglarga  bo‘linadi, ularning  har  biri  boshida   hu-
kumat  tomonidan  tayinlanadigan  boshqaruv  turadi.  har bir  lenda,  
shuningdek,  mahalliy  boshqaruv  organlarida,  mahalliy  aholi  to-
monidan  saylanadigan – landstinglar  turadi. har  bir len, o‘z navba-
tida,  kommunalarga  bo‘linadi.
Asosiy  etnik  guruhlar:  shvedlar – 90 %, finlar taxminan – 3 % 
ni  tashkil  etadi. shvetsiya  aholisining  asosiy  qismi   2000-yilda  
davlatdan  chetlashtirilgan – lyuteran  diniga ibodat  qilishadi.  Mam-
lakatda,  shuningdek,  kotoliklar,  provaslavlar  va  baptistlar  mavjud. 
Davlat tili – shved tili  hisoblanadi.
shvetsiya – konstitutsion  monarxiya  boshqaruvidagi  davlatdir. 
Davlat  boshlig‘i – qirol hisoblanadi,  ammo  qirol  hokimiyati azal-
azaldan vakillik  va  marosim  vazifalarida cheklangandir.  hokimi-
yat,  parlament (Riksdag)  tomonidan  saylangan  Bosh vazir bosh-
chiligidagi  hukumat tomonidan boshqariladi. Mamlakatning eng 


129
obro‘-e’tiborli  partiyasi – sotsial-demokratik ishchilar  partiyasi  hi-
soblanadi.  shvetsiya – Yevropa  Ittifoqi  va  shengen  bitimi  a’zosi.
shvetsiya – yuqori rivojlangan  industrial  mamlakat  hisoblanadi.  
Iqtisodiyotning asosiy  manbalari:  o‘rmon  sanoati,  gidroenergiya  
va  temir  rudasi  qazib  olish  hisoblanadi.  Mamlakatda  metallar 
va  mineral  yoqilg‘ilar  qazib  olinadi.  sanoatda: mashinasozlik,  
elektronika va kimyo  sanoati ishlab chiqarish tarmog‘i rivojlangan.  
Qishloq xo‘jaligida asosiy  e’tibor:  chorvachilik va  texnik  donli  
mahsulotlar  o‘stirishga  qaratilgan.  Mamlakatda yirik dengiz floti 
mavjud. eksport uchun: mashina va uskunalar, kimyo mahsuloti  va  
metallar  yetkazib  beriladi.  Import  orqali  esa:  mashinalar,  neft  
va  neft  mahsulotlari,  kimyoviy moddalar, avtomobil,  oziq-ovqat 
mahsulotlari, kiyim-kechak olib kiriladi. Asosiy savdo  hamkorlari : 
Germaniya, Buyuk Britaniya, AQsh va  norvegiya.
eramizning V–VI asrlaridan boshlab shvetsiya davlati Rim  im-
periyasi  bilan  aloqalarni  kengaytirib  yubordi.  Taxminan  800-yil-
larda   Melaren  ko‘lida ilk shvetsiya davlati Birka  shahri  vujud-
ga  kelib,  tez orada  Boltiq  dengizidagi eng yirik savdo marka-
ziga aylandi. Mana shu yerdan vikinglarning yurushlari boshlandi. 
1240-yili  shvetsiyaliklar  o‘z  flotini  Neva  bo‘ylab  eski  Ladoga  va 
novgorod shaharlarini bosib olish uchun jo‘natadi, ammo  Aleksandr 
nevskiy  qo‘shini  tomonidan  tor-mor etadi. XIII asrning oxirlari-
ga kelib,  Shvetsiya davlati o‘ziga fin yerlarini   bo‘ysundirib oldi.  
XVI – XVII asrlarda shvetsiya  harbiy  siyosiy  faoliyat  olib  bordi. 
Pyotr I  qo‘shinlari tomonida shvetsiya harbiylarining  Poltavadagi 
jangda  butkul  tor-mor   etilish 1700 — 1721-yillardagi  shimoliy 
urush-da mag‘lubiyatga uchrashi tufayli shvetsiya Germaniya yer-
laridan ayrilib, o‘zining Boltiq  viloyatlari,  G‘arbiy kareliya shu 
jumladan,  Viborg  qal’asini   Rossiyaga  berib  yubordi. shvetsiya 
va  Rossiya  o‘rtasidagi   Fin  jangi (1808 — 1809-yillar)  shvetsiya 
qo‘shinining butkul mag‘lubiyati  bilan  yakunlandi. shvetsiya  dav-
lati Birinchi Jahon urushi davrida   betarafligini saqlab turdi. Ikkinchi 


130
Jahon urushida ham Shvetsiya  o‘zining  betarafligini saqlab,  harbiy  
harakatlarga  qo‘shilmadi. Berlin devori qulagandan so‘ng shvetsi-
yaning to‘la mustaqilligi qayta ko‘tib chiqilib, hukumat Yevropa It-
tifoqiga kirish xohishini bildirdi. 1995-yili shvetsiya Yevropa Ittifoqi  
a’zosiga  aylandi. 

Download 1,25 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   94




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish