N a b ijo n qo dirov



Download 69,4 Mb.
Pdf ko'rish
bet16/75
Sana30.04.2022
Hajmi69,4 Mb.
#600507
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   75
Bog'liq
Gulyetim 1111

OLIMJON AKA
Mavsumiy tig‘iz ishlar tugab, bemalolgarchilik kun- 
lar boshlanadi. Bunday paytlarda o‘rtog‘im Zokir, goho 
qo^shnimiz Oqilxon bilan o ‘t tergani dalaga boramiz. 
Oqilxon oq-sariqdan kelgan, nimjon sochlari qizg‘ish, 
nozik qo‘llari paxtaday yumshoq, qizlarning ichida 
o‘sayotganidan bo‘lsa kerak o ‘ta muloyim bola edi. 
Yuzidagi siyrakkina sepkillariyam uning o‘ziga xosligini
53


oshirib turardi. U mendan ikki yosh katta bo‘lsa-da, 
ikkimiz qo‘l berib o ‘rtoq tutingandik. Oqilxonlarning 
oilasini qishloq odamlari hurmat qilar, hatto kichkina 
bolasiniyam sizlardi. Ular esa negadir boshqalami 
senlab gapirishni xush ko‘rardi. Odilxon aka magazin 
mudiri bo‘lgani uchunmi, bu oila boshqalarga qaraganda 
anchagina to‘q yashardi. Odilxon taqsir (uni shunday 
deb atardilar) o ‘g ‘li Oqilxonni mutlaqo ishlatmasdi
undan faqat yaxshi o‘qishini talab qilib, evaziga oldin- 
dan yangi velosiped ham olib bergan. Velosiped did 
bilan bezatilgan, orqani ko‘rsatadigan oynasi-yu, yori- 
tish chiroqlarigacha bor. Egariga qizil baxmal qopla- 
nib, yana allambalo nurqaytargichlar o ‘matilgan. Oqil­
xonni birov majbur qilmasa-da, chiroyli velosipedini 
ko‘z-ko‘zlash uchunmi, ba’zi-ba’zida men bilan birga 
o ‘t tergani borardi. Bunday ishlarga u juda no‘noq, 
harchand urinmasin, hech to ‘plagan o ‘ti ko‘paymas- 
di. Yana bir tomoni uning cho‘ntaklari doim pulga 
to ‘la bo‘lardi. Oqilxon bolalaming ko‘zini kuydirib 
do‘konlardan xohlagan narsasini olib yer, hech qachon 
ko‘ngil uchun ham «mana ol», deb yolg‘on manzirat 
qilmasdi. U bir gapni bot-bot takrorlashdan sira char- 
chamasdi.
- Men katta bo‘lsam, sudya bo ‘laman.
- Qishlog‘imiz futbol jamoasigami? - dedi bir gal 
bu gapni eshitaverib zerikkan Jo‘ra chittak shumlik 
bilan. Gur etib kulgi ko‘tarildi.
- Kulmanglar! Mana ko‘rasanlar, hali hammang 
menga yalinasan. Dadam bir gapni aytdimi, u, albatta, 
boTadi.
Dala tomondan qishlog‘imizga kiraverishda yigirma 
besh yoshlardagi notanish yigit e ’tiborimni tortadi. 
Unga tez-tez ko‘zim tushar, beixtiyor kuzatib ham 
yurardim. U bir o ‘zi chaqqonlik bilan g ‘isht quyardi. 
Dam olish paytlarida esa qo‘lidan kitob tushmasdi.
54


Bir o ‘zi uyni ko‘tarib, ustini yopa boshladi. Odamlami 
hasharga chaqirsa-ku, - degan xayollar bilan unga 
salom berib, jim o‘tib ketaverardim.
Bir kuni tergan o ‘tlarimizni qoplab uvatga chiqdik. 
Oqilxon velosipedining damini kimdir atay chiqarib 
yuboribdi. Menikiga esa tegmagan. Atrofda birov k o ‘- 
rinmadi. Kutilmaganda kap-katta b o iib qolgan bo ‘l- 
g ‘usi sudya yig‘lay boshladi. Uni arang yupatib, 
noiloj ikkimiz ham velosipedlarimizni yetaklab yo ‘lga 
chiqdik.
Qishloqqa kiraverishda o ‘sha bir o‘zi uy qurayotgan 
yigitga duch keldik.
- Iye, Oqilxon, hormang, hormang! - dedi yigit taaj- 
jublanib. - Xayriyat, siz ham ish qilarkansiz. Yashang! 
Mehnat odamni pishiradi, uka. B o‘shashmang Oqilxon, 
bo‘shashmang.
- Bu odam kim?
- Olim aka, - dedi u bepisand ohangda. - Kutub- 
xonada ishlaydi.
- Kutubxonachimi? Shuning uchun kitobni k o ‘p 
o‘qirkan-da. U sizni qayerdan taniydi? - dedim hayron 
bo‘lib.
- Taniydi-da... Men undan doim kitob olib turaman-
ku.
- Mengayam kitob berarmikin, - dedim Oqilxonga 
havasim kelib.
- Albatta, beradi. X o‘p desang, ertaga birga borib 
sengayam kitob olishimiz mumkin.
- Bo‘ldi, kelishdik.
Ertasiga u kutubxonadagi xilma-xil kitoblami ko ‘- 
rib, og‘zim ochilib qoldi. Olimjon aka bizni yaxshi 
kutib oldi. U chiroyli kiyingan, bolalar bilan o ‘rtoqday 
gaplashadigan, xushmuomala, ochiq chehra bir kishi 
ekan. Bu o ‘sha, men ko‘rgan juldur kiyimli, yalangoyoq
55


chopib yurib g'isht quygan yigitligiga sira ishongim 
kelmasdi.
Kitob ko‘pligidan qaysi birini tanlashni bilmay 
boshim qotdi. Yaxshisi, darsliklarda o ‘qiganim Quddus 
Muhammadiy bilan Po‘lat M o‘minning kitoblarini 
olgim kelaverdi. Oqilxon esa «Ilonshoh» degan ertaklar 
kitobini tanladi. U kutubxonada erkin harakat qilar, 
Olim akadan tap tortmay, hazillashib ham qo‘yardi. 
Olimjon aka menga ham qaydnoma varaqasi ochib, 
olgan kitoblarimni yozib qo‘yarkan, so'radi:
- Davronbek, sen she’riyatga qiziqasanmi?
- Ha, qiziqaman, - dedim biroz qimtinib.
- Juda yaxshi. Bugundan boshlab kutubxonaga sen 
ham a ’zo bo ‘lding. Bu kitoblar sendan ortsa, keyin 
boshqalar o ‘qiydi. Qani, mana bu yerga qo‘l qo‘yib 
yuborgin-chi.
Shu paytgacha hech nimaga imzo qo‘ymagandim. 
T o'g‘risi, qo‘l qo‘yishni bilmasdim ham.
- Q o‘l qanday qo‘yiladi? Men bilmayman, - dedim 
qizarib-bo‘zarib.
- Iye, iye, oddiygina qo‘l qo‘yishni bilmas ekan- 
san-u, yana kitob o ‘qiyman deysan-a.
Oqilxon masxara qilganday hiringlab kuldi.
- Mayli, kulmang. Hechqisi y o ‘q, asta-sekin o ‘rga- 
nib oladi. Familiyangni yozib qo ‘ysang ham ЬоЧа- 
veradi.
Olimjon aka varaqlami olib, menga bir nechta imzo- 
lami misol qilib ko‘rsatdi. Hayajondan qo‘lim qaltirab, 
belgilangan joyga sharifimni yozib, oxirgi harfning bir 
uchini uning ustiga jingalak qilib qayirib qo‘ydim.
- Ana, juda zo‘r, - dedi Olimjon aka ko‘nglimni 
ko‘tarib. - 0 ‘qigan odam ko‘p biladi. K o‘p bilish uchun 
tinimsiz kitob o ‘qish kerak, Davronbek.
- Menga o ‘xshab, - dedi Oqilxon qitmirlik bilan gap 
qistirib.
56


-
Oqilxon, kitobni shunchaki o ‘qib ketaverish bilan 
ish bitmaydi. Uni sinchiklab, m ag‘zini chaqib o ‘qish 
kerak. 0 ‘qisangiz-u uqmasangiz, bir uy kitob mutolaa 
qilsangiz ham foydasi yo ‘q.
Oqilxon bilan o ‘qigan kitoblari xususida suhbat- 
lashib shuni bildimki, u adabiyotga mutlaqo qiziqmas, 
otasining tazyiqidan qo‘rqib, xo ‘jako'rsinga mutolaa 
qilardi xolos. U doim yasanib yurar, sochini goh tepaga, 
goh yoniga tarab, o ‘ziga oro berish bilan ovora edi. 
Nima bo‘lgandayam undan minnatdorman. Axir, u 
meni kitoblar dunyosiga yetaklab keldi. Bu kun mening 
xotiramda bir umrga muhrlanib qoldi. Olgan kitobimdagi 
she’rlami o ‘qib, ularga havas qilib o ‘zimcha mashqlar 
qila boshladim. Qayerda bo‘sh qog‘oz ko‘rsam, ming 
turga olib qo‘l qo‘yib tashlayverdim. Oxiri chiroyli imzo 
qo‘yishni ham o ‘rganib oldim.
Olimjon aka bilan juda inoqlashib ketdik. U o ‘qi- 
gan kitoblarim haqida fikrlarimni so‘radi. Men bu 
bolajon kutubxonachini juda yaxshi ko‘rib qoldim. 
Uning tavsiyasiga ko‘ra «Alyonushkaning boshidan 
kechirganlari» degan kitobni olib, shoshilmay, sinchik­
lab o ‘qiy boshladim. Chunki undagi voqealami Olim­
jon akaga hikoya qilib berishim kerak edi-da. Bu orada 
ipak qurti, yagana mavsumi boshlanib, kitob o'qishga 
vaqtim ham qolmadi.
Kutilmaganda odamlar orasida sovuq xabar tarqaldi.
«Olimjon tutdan yiqilib o ‘libdi». Mish-mish gap- 
laming yolg‘on bo‘lib chiqishini qanchalik istamay
ming afsus, bu fojia haqiqat edi. K o‘zlarim yoshga 
to id i. Endi menga kutubxona eshiklari butunlay yo- 
pilgandek tuyuldi. Olimjon akaning katta hafsala 
bilan qurayotgan yangi uylari ham unga nasib qilmay, 
mung‘ayib qolaverdi. «Alyonushkaning boshidan ke­
chirganlari» esa oxirigacha o ‘qilmay, chalaligicha qolib 
ketdi.
57



Download 69,4 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   75




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish