Odil sudlov. Huquq-tartibotni muhofaza qilish. Adliya / Ijro ish yurituvi]


-modda. Ruhiy kasalliklar shifoxonalarida bemorlarni saqlash sharoitlari



Download 228,72 Kb.
bet96/99
Sana31.03.2022
Hajmi228,72 Kb.
#520859
1   ...   91   92   93   94   95   96   97   98   99
Bog'liq
Jinoiy-ijroiya kodeksi

186-modda. Ruhiy kasalliklar shifoxonalarida bemorlarni saqlash sharoitlari
Ruhiy kasalliklar shifoxonalarida bemorlar kasallik turi, xulq-atvorining xususiyati, ruhiy va jismoniy holatini inobatga olib, ularni batamom ajratib qo‘yishni ta’minlovchi hamda ular tomonidan yangi ijtimoiy-xavfli qilmish sodir etish, qochish, saqlash rejimini buzish ehtimolining oldini olishni ta’minlaydigan sharoiti bor palatalarga joylashtiriladi.
Erkaklar va ayollar, kattalar va voyaga yetmagan shaxslar alohida-alohida saqlanadi.
Bir bemorga to‘g‘ri keladigan foydali maydon normasi besh kvadrat metrdan kam bo‘lishi mumkin emas.
Bemorlarga ovqat va kasalxona kiyimi bepul beriladi.
Bemorlarni ovqat va ust-bosh bilan ta’minlash normalari O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
Posilka, yo‘qlov, banderol va pul jo‘natmalari olish hamda yuborish, uchrashuvlar o‘tkazish, oziq-ovqat mahsulotlari va eng zarur narsalarni sotib olish, saqlash, shuningdek bemorlarga har kuni beriladigan sayr tartibi ichki tartib qoidalari bilan belgilanadi.
Ruhiy kasalliklar shifoxonalarida bemorlarga uzoq muddatli uchrashuv berilmaydi.
Bemor nomiga kelib tushgan pullar uning shaxsiy hisobvarag‘iga o‘tkaziladi.
Oziq-ovqat mahsulotlari va eng zarur narsalarni bemorlar pul o‘tkazish yo‘li bilan sotib oladilar.
187-modda. Ruhiy kasalliklar shifoxonalarida bemorlarni davolashni tashkil etish
Oldingi tahrirga qarang.
Ruhiy holati buzilgan shaxslarni majburiy davolash O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan belgilangan tashhis qo‘yish, davolash va sog‘liqni tiklash usullari qo‘llangan holda o‘tkaziladi.
(187-moddaning matni O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 12-sentabrdagi O‘RQ-567-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 13.09.2019-y., 03/19/567/3737-son)
188-modda. Bemor qochib ketgan yoki vafot etgan taqdirda shifoxona ma’muriyatining harakati
Majburiy davolanishda bo‘lgan bemor qochib ketgan taqdirda ruhiy kasalliklar shifoxonasi ma’muriyati zudlik bilan uni qidirib topish choralarini ko‘rishi hamda bu haqda shifoxona joylashgan yerdagi va bemor, uning qarindoshlari yoki vasiylari yashaydigan joydagi prokurorni, ichki ishlar organlarini, psixonevrologiya dispanserini, shuningdek majburiy davolash chorasini tayinlagan sudni xabardor qilishi shart.
Majburiy davolanishda bo‘lgan bemor vafot etganligi to‘g‘risida ruhiy kasalliklar shifoxonasi ma’muriyati uning qarindoshlari yoki vasiylarini, prokuror va sudni, shuningdek bemor yashagan joydagi psixonevrologiya dispanserini xabardor qiladi.
Vafot etgan bemor jasadini berish shartlari va tartibi O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan belgilanadi.

Download 228,72 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   91   92   93   94   95   96   97   98   99




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish