O‘lat (chuma, toun, restis)



Download 1,41 Mb.
bet2/5
Sana20.03.2022
Hajmi1,41 Mb.
#503737
1   2   3   4   5
Bog'liq
O`lat kasalligi

Odamlarda o‘lat kasalligiga moyillik yuqori – kasallanish indeksi birga yaqin.
O ‘latni o‘pka turi bilan kasallangan bemorlar atrofidagilar uchun eng xavfli hisoblanadi. Kasallikni boshqaturlari esa burga ko‘p bo‘lgan taqdirda tarqalishi mumkin.
Hozirgi vaqtda odamlarni o‘lat bilan kasallanishi nisbatan kam kuzatilmoqda. JSST ning ma’lumotiga ko‘ra 1980 yilda qayd etilgan bemorlar soni 500 kishiga yaqin bo‘lgan. Faol enzootik o‘choqlar Janubiy-SHarqiy Osiyo, Afrika va Amerikada saqlanib qolgan.
P atogenezi va patologik anatomiyasi. Kasallikni patogenezi va klinik turini shakillanishi ko‘p jihatdan infeksiyani organizmga kirish (teri, shilliq parda, nafas yo‘li) bilan bog‘liq bo‘ladi. Infeksiya tushgan joyda (terida) birlamchi affektni hosil bo‘lishi kamdan-kam hollarda (3-4% bemorlarda) ko‘zatiladi. O‘lat bakteriyalari limfa oqimi bilan yaqin-oradagi regionar limfotik tugunga tushib juda tez ko‘payadi va joyida o‘tkir gemorragik yallig‘lanish jarayoni yuzaga keladi va birlamchi bubon hosil bo‘ladi. Mikroblarni neytrofil va mononuklear hujayralar emiradi (fagotsitoz). Biroq fagotsitoz to‘liq bo‘lmaydi va bu holat immunologik jarayonni qiyinlashtiradi. Limfotik tugunlarni barerlik hususiyatini yo‘qolishi tufayli infeksiyaning generalizatsiyalanish jarayoni yuzaga keladi. Bakteriya limfogen yo‘l bilan tarqalganda birinchi, ikkinchi, uchinchi va hokazo tartibdagi birlamchi bubonlar hosil bo‘ladi. Infeksiya gematogen yo‘l bilan tarqalganda esa ikkilamchi bubon va boshqaichki a’zolarda yallig‘lanishning ikkilamchi o‘choqlari paydo bo‘ladi. Ikkilamchi bubonlar infeksiyaning organizmiga kirish joyi bilan bog‘liq bo‘lmaydi, ular maydaroq va ko‘p bo‘ladi. Iersiniyalarning ikkilamchi o‘choqlarda ko‘payishi o‘latning septik shakli rivojlanishiga olib keladi. Bunda turli ichki a’zolarda septikopiemik o‘choqlar paydo bo‘lib, infeksion-toksik shok rivojlanadi. Bakteriyalar qon o ko‘p miqdorda iersiniylar bo‘lgan seroz-gemorragik ekssudat to‘planadi. Ayrim hollarda ichak jarohatlanadi (o‘latning ichak shakli), va u juda og‘ir kechib deyarli har doim o‘lim bilan yakunlanadi. Ba’zan toksik miokardit, nefrit rivojlanishi mumkin. SHuningdek ekximozlar, teri, shilliq va seroz pardalarga, yirik va o‘rta qon tomir devorlariga qon quyilishlar kuzatiladi. Qon tomirlari ichida tarqoq holda qonning ivib qolishi (DVS-sindrom) o‘latning og‘ir kechimi patogenezida muhim rol o‘ynaydi.
O‘latda kuzat iladigan infeksion-toksik shok, qon tomir devorlarining jarohatlanishi, DVS-sindromning rivojlanishi va ko‘pchilik a’zolardagi og‘ir distrofik o‘zgarishlar asosan o‘lat bakteriyalarining (ekzo- va endo-) toksini va uning tarkibidagi fermentlar ta’siri tufayli yuzaga keladi.
O‘latning septik shaklida o‘lgan murdalarning yurak, jigar, taloq, buyrak va boshqa ichki aozolarida og‘ir distrofik o‘zgarishlar aniqlanadi.
Klinikasi. Kasallikni inkubatsion davri o‘rtacha 6-8 kun bo‘lib, birlamchi o‘pka va septik shakllarida birnecha soatgacha qisqarishi va emlanganlarda 10 kungacha uzayishi mumkin. O‘lat, odatda kuchli qaltirash va tezlikda tana haroratini 39-40oS gacha ko‘tarilishi bilan o‘tkir boshlanadi. Bemor qaltirab, eti junjikadi, so‘ng tanasi qizib musqo‘llarda ayniqsa boshda qattiq og‘riq xis etadi, boshi aylanadi ba’zan ko‘ngli aynab kusadi. YUzi va ko‘zi qizargan, lablari quruq, tili shishgan, kattalashgan, quruq, qaltiroq, qalin oq (xuddi bo‘r surtilgandek) karash bilan qoplangan bo‘ladi. Gapirganda g‘o‘ldirab gapiradi, so‘zlari noaniq.
O‘latda asab sistemasining jarohatlanishi juda xos bo‘lib, u turli darajada namoyon bo‘ladi. Ba’zi bemorlarda karaxtlik, tormozlanish holat bo‘lsa, boshqalarda aksincha, qo‘zg‘olish, alahlash, gallyusinatsiya, qochib ketishga intilish, harakat koordinatsiyasini buzilishi, gandiraklab yurish kabi alomatlar kuzatiladi. Og‘ir kechimida bemorning yuz ko‘rinishi ham o‘ziga xos – yuzi kepchigan, ko‘kargan, karashlari isterobli, qayg‘uli va qo‘rquvni isxor etuvchi bo‘ladi (faciec restica).
YUrak-tomir sistemasining jarohatlanish alomatlari ham etakchi o‘rin to‘tadi. YUrak chegaralarining kengayganligi, tonlari bo‘g‘iqlashgan, taxikardiyani muttasil ortib borishi (minutiga 120 dan 160 gacha), pulpsda aritmiya, arterial bosimining keskin (og‘ir kechimida 40-30 mm s.u.gacha) pasayishi, ko‘karish va xansirash ko‘riladi.
Qorinda og‘riq, taloq, ba’zan jigar ham kattalashgan bo‘ladi, qabziyat ba’zan esa ich ketishi kuzatiladi.
Kasallikni og‘ir kechimida qonli yoki kofe quyqasi ko‘rinishida qusish, ichning suyuq shilimshiq va qon aralashmasi bilan kelishi ko‘riladi. Siydik esa kamayib, tarkibida qon va oqsil aralashmasi bo‘ladi.
Qonda neytrofilli leykotsitoz bo‘lib, leykotsitar formula chapga siljigan, ECHT ortganligi ko‘riladi. Eritrotsitlar va gemoglobin miqdori kam o‘zgaradi.
Aytib o‘tilgan umumiy klinik belgilardan tashqari o‘latning har qaysi klinik shakillariga xos alomatlari ham namoyon bo‘ladi. G.P.Rudnevning (1970) tasnifiga ko‘ra o‘latning quyidagi klinik shakillari farqlanadi:
A. Ko‘proq cheklangan shakllari: teri, bubon, teri-bubon.
B. Ichki tarqoq, yoki generalizatsiyalashgan shakillari: birlamchi-septik, ikkilamchi-septik.
V. Tashqi tarqoq shakllari: birlamchi-o‘pka, ikkilamchi-o‘pka, ichak.

Download 1,41 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish