O‘lat (chuma, toun, restis)



Download 1,41 Mb.
bet3/5
Sana20.03.2022
Hajmi1,41 Mb.
#503737
1   2   3   4   5
Bog'liq
O`lat kasalligi

T e r i sh a k l i. Teriga infeksiya tushgan joyda avval dog‘ paydo bo‘lib, keyin tezlikda bosqichma-bosqich bo‘rtma, pufakcha, pustula, nekrotik yara, furunkul va karbunkulga aylanib boradi. O‘lat yarasi uzoq saqlanadi, sekinlik bilan chandiq hosil qilib bitadi. O‘lat karbunkuli bosganda juda og‘riqli bo‘lib, ichi qonli-yiring, ba’zan qoramtir, tarkibida juda ko‘p o‘lat mikrobi bo‘lgan ajralma bilan to‘lgan bo‘ladi. YAraning atrofi qizorgan, infiltratsiyalashgan va teridan ko‘tarilgan (bagrovыy val) bo‘ladi.
Pustula yaraga aylanganda yara tubida oldin sarg‘ish rangda keyin qora (xuddi kuydirgidagi singari) qoplama (restis anthracicus) paydo bo‘ladi.
Terida ikkilamchi o‘zgarishlar – gemorragik toshma, ichida suyuqligi bo‘lgan pufakchalar, ikkilamchi gematogen pustula va karbunqo‘llar o‘latning barcha klinik turlarida ham kuzatilishi mumkin.
B u b o n l i sh a k l i ning assiy belgisi limfatik bezlarni kattalashishi ya’ni og‘riqli bubon hosil bo‘lishidir. Bubon, ko‘proq chovda, qo‘ltiq ostida, yoki bo‘yinda, bitta kamdan-kam hollarda ikkita yoki undan ortiq bo‘ladi.
Birinchi kunlarida bo‘lajak bubon o‘rnida kattalashgan alohida-alohida juda og‘riqli limfatik tugunlar aniqlanadi. Keyinchalik atrofdagi barcha limfatik tugunlar va to‘qima yallig‘lanib yaxlit yirik (8-10 sm. gacha), qattiqlashgan og‘riqli tugun (bubon) hosil bo‘ladi. Bubon ustidagi teri taranglashgan, silliqlashgan, biroz ko‘kimtir, qizargan. Limfangait alomatlari ko‘rinmaydi. Bubon juda og‘riqli bo‘ladi. Og‘riq hatto hali bubon shakillanmasdan oldin bo‘lajak bubon o‘rnida (barvaqt belgi sifatida) paydo bo‘ladi. Og‘riq tufayli bemor turli notabiiy holatda (bir qo‘lini yoki oyog‘ini yonga ko‘tarib) yuradi. Mayda bubonlar odatda kattalarga qaraganda og‘riqlirok bo‘ladi.
Kasallikni 6-8 kunidan intoksikatsiya alomatlari kamayadi. Bubon yumshab, xamirsimon bo‘lib qoladi va 8-12 kunlarda teshiladi, undun qon aralash yiringli-seroz suyuqlik ajraladi. Hosil bo‘lgan oqma (fistul) uzoq vaqt bitmaydi, ikkilamchi infeksiyalar qo‘shilsa – yirik adenoflegmonalar rivojlanadi. Bemor yaxshi davolangan taqdirda 15-20 kun ichida bubon butunlay so‘rilab ketishi yoki sklerozlanib qotib qolishi ham mumkin.
Bubon eng ko‘p (55%) chovda va sonda uchraydi. Eng xavfli bubon – bo‘yin va qo‘ltiq ostida joylashganidir. Qo‘ltiq osti buboni eng xavfli bo‘lib, 5-10% bemorlarda og‘ir ikkilamchi o‘pka shakli bilan asoratlanadi. Kasallikning bu turida, infeksiya generalizatsiyalashgan taqdirda, o‘latning eng og‘ir asoratlari – ikkilamchi septik, ikkilamchi yiringli meningit shakillari rivojlanib, odatda o‘lim bilan yakunlanadi.
Tegishli davo o‘z vaqtida o‘tkazilmagan taqdirda o‘latning bubonli shaklida o‘lim 40% dan 90% gacha o‘rtacha 75% bo‘ladi. Antibakterial va patogenetik davo barvaqt boshlangan bemorlarda o‘lim juda kam bo‘ladi.
B i r l a m ch i – s e p t i k sh a k l i. Inkubatsion davri juda qisqa – birnecha soatdan 1-2 sutkagacha. Kasallik shiddat bilan rivojlanib, septik belgilarning tez ortib borishi, ko‘pchilik ichki sistemalarning jarohatlanishi bilan namoyon bo‘ladi. Bemorning eti qaltirab, tana harorati keskin ortadi, boshi qattiq og‘riydi, boshqaintoksikatsiya alomatlari – yurak-tomir sistemasi faoliyatini buzilishi, asab sistemasida o‘zgarishlar (alaxlash, bezovtalik yoki aksincha bedarmonlik) va gemorragik sindromlar (terida yirik qon quyilishlar, ko‘karishlar, ichki a’zolarga qon quylishlar, oshqozon-ichak, o‘pka, buyrak va bachadondan qon ketishlar) tez ortib boradi. Meningoensefalit belgilari yuzaga kelishi mumkin. Kasallikning bu turida bemorni sog‘ayib ketishi juda kamdan-kam bo‘ladi. Ko‘pchilik holatda infeksion-toksik shok ortib borib tezlikda koma rivojlanadi va bemor juda kuchli intoksikatsiya, gemorragik sindrom hamda yurak-tomir etishmovchiligi tufayli qisqa vaqtda (birnecha soatdan 3 kungacha) o‘ladi.
I k k i l a m ch i – s e p t i k sh a k l i o‘latning boshqaklinik shakllarini, ko‘proq bubonli shaklini asoratlantiradi. Kasallik juda kuchli intoksikatsiya, gemorragik sindromlar bilan kechadi va ko‘plab ikkilamchi o‘choqlar, bubonlar namoyon bo‘ladi.

Download 1,41 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish