O‘lat (chuma, toun, restis)



Download 1,41 Mb.
bet5/5
Sana20.03.2022
Hajmi1,41 Mb.
#503737
1   2   3   4   5
Bog'liq
O`lat kasalligi

Levomitsetin (xloramfenikol, xlorotsid) – sutkalik dozasi 6-8 g hisobidan berilib, tana harorati normallashgandan keyin dozasi yarmiga kamaytiriladi.
O‘latning septik va o‘pka turlarini davolashda tetratsiklin qatori antibiotiklar bilan birga streptomitsin, digidrostreptomitsin yoki boshqaaminoglikozidlar qo‘llanadi. Bu preparatlar birga ishlatilganda streptomitsinni dozasi 0,25-0,5 g gacha kamaytirilib, sutkada 3 marta yuboriladi. O‘latning barcha klinik turlarini davolash kursi 7-10 kundan kam bo‘lmasligi kerak.
O‘lat bubonning so‘rilishi juda sekin boradi. Uni tezlatish maqsadida streptomitsinni 0,5 g dan (yoki boshqaantibiotiklarni) bubon ichiga yuborish tavsiya etiladi. Antibiotik 3-5 marta yuborilganda bubonning so‘rilishi tezlashadi. Mahalliy davo sifatida yana turli xil malham dorilar ishlatiladi.
O‘latni davolashda antibakterial davo bilan bir qatorda patogenetik dezintoksikatsion davo ham o‘tkaziladi. Bu maqsadda dezintoksikatsion suyuqliklar (poliglyukin, reopoliglyukin, gemodez, neokompensan, albumin, plazma, standartli tuzli eritmalar), siydik haydovchi dorilar (furosemid, yoki laziks, monnitol va b.) – organizmda suyuqlik yig‘ilib qolganda, glyukokortikosteroidlar, qon tomir va nafas analeptiklari, yurak glikozidlari, vitaminlar qo‘llanadi.
Davo tadbirlari tugallangach 2-6 kundan keyin albatta uch marta bakteriologik nazorat (bubondan so‘rma, balg‘am nafas yo‘llaridan olingan shilliq va najasdan ekmalar) o‘tkaziladi.
Kasalxonadan bemor to‘liq klinik tuzalgandan so‘ng va bakteriologik tekshiruvlar manfiy natija bergach chiqariladi.
Profilaktikasi. O‘lkamizda o‘latga qarshi tizim mavjud bo‘lib, ular respublikamiz hududida uchraydigan o‘latning tabiiy o‘choqlarida doimiy ravishda profilaktik va epidemiyaga qarshi tadbirlarni olib boradilar.
O‘tkaziladigan profilaktik tadbirlar quyidagilardan iborat:
a) odamlar kasallanishini va tabii o‘choqlarda kasallik tarqalishini oldini olish;
b) o‘lat bakteriyalari bilan ifloslangan yoki ifloslangan deb gumon qilingan ashyolar bilan ishlovchi shaxslarning zararlanishini oldini olish;
v) o‘lkamizga o‘latni chetdan kirib kelishini oldini olish.
Bu vazifalarni amalga oshirishda Sog‘liqni Saqlash vazirligining maxsus buyruqlari va ko‘rsatmalariga amal qilinadi.
Infeksiyalarni chet ellardan kirib kelishini oldini olish «Xalqaro sanitariya qoidalari» ga muvofiq olib boriladi.
Enzootik hududlarda yashovchi odamlarga, o‘ta xavfli infeksiyalar bilan ishlovchi shaxslarga o‘latni yuqishini oldini olish, shuningdek infeksiyani o‘choqlardan boshqahududlarga tarqalib ketishiga yo‘l qo‘ymaslik chora-tadbirlarini, sog‘liqni saqlash tizimidagi o‘latga qarshi va boshqatashkilotlar amalga oshiradi.
O‘latga gumon qilingan shaxslar, darxol ajratilishi va kasalxonaga yotqizilishi kerak. Infeksiya o‘chog‘ida karantin joriy etiladi. Infeksiya yuqishi xavfida bo‘lgan shaxslar 6 kun davomida ajratilib, kuzatuv olib boriladi va shoshilinch profilaktika (preventiv davo) o‘tkaziladi. SHoshilinch profilaktika maqsadida streptomitsin (digidrostreptomitsin) 0,5 g dan bir kunda 2 mahal yoki tetratsiklin qatori preparatlar 0,5 g dan 3 mahal 6 kun beriladi. Bu kurs tugallangach 2 kundan keyin vaksinatsiya yoki revaksinatsiya o‘tkaziladi.
Kasalxonada o‘latli bemorlar bilan ishlovchi xodimlar maxsus himoyalovchi kostyumladan foydalanishlari hamda uni kiyish va echish tartibiga qat’iy rioya qilishlari shart.
O‘latning o‘choqlarida epidemik ko‘rsatmaga ko‘ra profilaktik vaksinatsiya o‘tkaziladi. Vaksinatsiya birinchi navbatda yuqish xavfi yuqori bo‘lgan (cho‘ponlar, ovchilar, geologlar, o‘latga qarshi ish yurituvchi) shaxslarga qilinadi. Bu maqsadda o‘lat bakteriyasini EV shtammidan tayyorlangan tirik vaksinadan foydalaniladi. Uni teri ustiga surtiladi yoki teri orasiga yuboriladi. Vaksinatsiyadan so‘ng paydo bo‘ladigan immunitet 6 oy saqlanadi. Emlanganlar orasida kasallanish kam bo‘lsada bo‘lishi mumkin.
O‘lat o‘choqlarida joriy va yakunlovchi dezinfeksiya, dezinseksiya va deratizatsiya o‘tkaziladi hamda aholi orasida doimiy ravishda sanitariya-oqartuv ishlari olib boriladi.




O‘LAT (CHUMA, TOUN, RESTIS)

Download 1,41 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish