O‘lat (chuma, toun, restis)



Download 1,41 Mb.
bet4/5
Sana20.03.2022
Hajmi1,41 Mb.
#503737
1   2   3   4   5
Bog'liq
O`lat kasalligi

Kasallikni septik turlarini bemorning xayotligi davrida aniqlash juda qiyin.
B i r l a m ch i – o‘ p k a sh a k l i eng og‘ir, epidemiologik jihatdan eng xavfli turidir. Kasallik to‘satdan boshlanadi. Bemorning qayta-qayta eti qaqshab, tana harorati 39-40oS gacha ko‘tariladi va qusadi. U, odatda qo‘zg‘olish holatida bo‘ladi, boshi va mushaklari qaqshab og‘riydi, ko‘zi va yuzi qizargan, kepchigan bo‘ladi. Keyinroq ko‘kragida qattiq sanchiqli og‘riq paydo bo‘lib, yo‘taladi, yurak urishi va nafasi tezlashadi. Yo‘talganda oldin tiniq oynasimon ko‘pikli shilimshiqdan iborat, so‘ng qon aralash, keyinchalik qonli balg‘am tashlaydi. Ba’zan (atipik kechimlarida) balg‘am zangsimon bo‘lishi mumkin. Balg‘am miqdori ham turlicha (birnecha tupukdan, to juda ko‘p miqdorgacha) bo‘ladi. Balg‘am bilan juda ko‘p miqdorda o‘lat mikrobi ajraladi. O‘lat zotiljamida fizikal (auskulptativ va perkutor) belgilar uncha ko‘p bo‘lmagani holda, bemorning ahvoli juda og‘ir bo‘ladi.
Kasallikning a v j d a v r i birnecha soatdan 2-3 kungacha davom etadi. Bemorning ahvoli og‘ir, tana harorati yuqori, yuzi qizorgan, ko‘zlari qizil «qon quyilgan», nafasi juda tezlashgan (bir daqiqada 50-60 marta) bo‘ladi. Ko‘pchilik bemorlar qon aralash qusadi. YUrak juda tez uradi, tonlari bo‘g‘iq bo‘lib, puls noritmik, arterial bosim keskin pasaygan bo‘ladi. Intoksikatsiya holati ortib borib bosh og‘rig‘i juda kuchayada, bemor ko‘p bezovtalanadi, alaxsiraydi.
Oxirgi – t e r m i n a l d a v r i d a bemorning ahvoli naxoyatda og‘ir, u soporoz holatiga tushadi, nafasi juda tezlashgan, yuzaki bo‘lib, yuzlari ko‘karib ketadi. Ko‘karish ortib borib, kulrang-er rangiga o‘tadi, burni qirralashadi, ko‘zlari botiq, karashlari istirobli bo‘ladi. Terisida petexiyalar yoki yirik qon quyilishlar ko‘riladi. Pulsi tezlashgan, juda sust, ipsimon bo‘ladi. Arterial bosimni aniqlash qiyin bo‘ladi. Keyinchalik bemor alaxlaydi, karaxtlanib, komaga tushadi va ko‘pincha o‘lishi mumkin.
I k k i l a m ch i o‘ p k a sh a k l i. Ko‘pincha o‘latning bubonli shaklini (ayniqsa qo‘ltiq osti bubonining) asorati tarzida rivojlanadi va og‘ir kechib ko‘p o‘lim bilan yaqunlanadi.
I ch a k sh a k l i kam uchraydi. U odatda o‘latning septik kechimi fonida rivojlanadi. Kuchli intoksikatsiya va yuqori harorat holatida yotgan bemorning ichi tez-tez va suyuq, shilliq va qon aralash keta boshlaydi, ko‘ngli aynab, qayta-qayta qusadi, qorni (ko‘proq yuqori qismi) qattiq og‘riydi, og‘riq ayniqsa kuchaniq vaqtida zo‘rayadi. O‘latning bu shakli tez va deyarli har doim o‘lim bilan yakunlanadi.
O‘latning o q i b a t i hamma shakllarida ham og‘ir generalizatsiyalashgan kechimlarida o‘lim 80-90% ga etadi.
Tashxisoti. Epidemiya davrlarida ulatning tashxisoti qiyin bo‘lmasada, epidemiyadan oldin kuzatiladigan sporadik tarqalishlar davrida kasallikni aniqlash ancha murakkab bo‘lishi mumkin. O‘lat bilan kasallangan birinchi bemorlarda notug‘ri qo‘yilgan tashxis esa, qanchalik noxush oqibatlarga olib kelishi mumkin ekanligini aslo unitmaslik kerak. O‘lat bo‘yicha xavfli bo‘lgan enzootik o‘choqlarda bo‘lgan, isitmalovchi (limfadeniti yoki zotiljami bo‘lgan) har bir shaxs albatta o‘latga gumon qilinib, maxsus takshiruvlardan o‘tkazilishi kerak. Epidemiologik va klinik ma’lumotlarga asoslangan taxminiy tashxis, laborator (bakterioskopik, bakteriologik, biologik va serologik) tekshiruvlar bilan tasdiqlangandagina asosli hisoblanadi. Bunday laborator tekshiruvlar o‘latga qarshi ish tartibi bo‘yicha mavjud ko‘rsatmalarga amal qiluvchi, maxsus laboratoriyalarda o‘tkaziladi.
Laborator tekshiruv uchun, ehtiyot choralariga qat’iy amal qilgan holda teridagi yiringli va yiringsiz pufakchalar karbunkul yoki, bubonlardan so‘rma, yara ajralmalari, balg‘am, qon, siydik, qusuq, orqa miya suyuqlig‘i; va shuningdek bemor yotgan xonadan havo va turli buyumlardan yuvindi olinadi. Bulardan tashqari, o‘lgan odamlar, tuyalar va kemiruvchi hayvonlar murdalarining turli a’zolaridan kesma olib tekshiriladi.
Birlamchi tashxis uchun tezkor usul sifatida – flyuoressensiyalanuvchi antitelolarni aniqlash juda qo‘l keladi. Buning uchun, maxsus usul bilan ishlov berilgan materialni Gram usuli bilan bo‘yab, mikroskop ostida ko‘rilganda – nurlanuvchi, ikki cheti ko‘proq (bipolyar) bo‘yalgan tuxumsimon, bakteriyalar ko‘rinadi. Faqat shu tuhlilning musbat natijasi uzil-kesil tashxis qo‘yish uchun etarli bo‘lmaydi. U, boshqaklinik, patologoanatomik, epidemiologik va epizootologik ma’lumotlar bilan mos kelgan taqdirdagina «o‘lat» taxminiy tashxisi qo‘yiladi va kasallikni qo‘zg‘atuvchisi aniqlanguncha bo‘lgan barcha chora-tadbirlar o‘tkaziladi. Uzil-kesil tashxis qo‘yish uchun esa, albatta bemordan olingan materialda I.restis aniqlanmog‘i shart. Buning uchun olingan material maxsus agarga eqiladi. Agar natija musbat bo‘ladigan bo‘lsa, u holda 12-24 soatdan keyin ekma yuzasida o‘lat mikrobiga xos tiniq, chetlari hoshiyali koloniyalar paydo bo‘ladi.
Suv cho‘chqalari va oq sichqonlarda o‘tkaziladigan biologik sinamalar o‘lat qo‘zg‘atuvchisini aniqlash imkon iyatini oshiradi. Buning uchun bemordan olingan material suv cho‘chqasi yoki oq sichqonning qorin bo‘shlig‘iga, terisi ostiga yoki terisi orasiga yuboriladi. Agar yuborilgan materialda o‘lat mikroblari bor bo‘lsa, hayvon 3-9 kun ichida o‘ladi. O‘lgan hayvonning ichki aozolarida o‘latga xos o‘zgarishlar ko‘riladi va ulardan olingan surtmada ko‘p miqdorda o‘lat bakteriyalari aniqlanadi.
O‘latning tashxisotida – IFA, BGAR (RNGA), antitelolarni neytrallash (RNAt), antigenlarni neytrallash (RNAg), bilvosita gemagglyutinatsiyani tormozlash (RTNGA) reaksiyalaridan ham keng foydalaniladi.
O‘latning teri shaklini – kuydirgi yarasidan, bubonli shaklini – tulyaremiya, o‘tkir yiringli limfadenit, limfogranulematoz kasalliklaridan farqlash kerak. O‘latni o‘pka turini – kuydirgining o‘pka shakli, og‘ir zotiljam, toshmali tif, bezgak va shuningdek o‘pka jarohatlanishi bilan kechuvchi tulyaremiya, gripp, manqa kasalliklari bilan taqqoslash zarur. Kasallikning septik turlarini esa – barcha infeksion-toksik shok va gemorragik alomatlar bilan kechuvchi sepsislar, yashin tezligida kechuvchi meningokoksemiya, gipertoksik gripp, kuydirgi singari kasalliklardan farqlash zarur.
Davolash. Bemor tezlikda maxsus kasalxonaga yotqizilishi va qat’iy izolyasiya etilishi lozim. Davolash tizimi – etiotrop, patogenetik va simptomatik dorilar majmuyidan tashkil topadi.
Etiotrop davoda – streptomitsin, tetratsiklin va levomitsetin qatori antibiotiklar asosiy o‘rin to‘tadi. Bu preparatlar davolashning boshlang‘ich davrida katta dozalarda beriladi. Bu preparatlar orasida eng samaralisi streptomitsin hisoblanadi. Uni o‘latning barcha turlarini davolashda qo‘llash mumkin.
Streptomitsin o‘latni bubonli shaklini davolashda 0,5-1,0 g dan sutkada 3 marta, septik va o‘pka shakillarini davolashda – 1 g dan sutkada 4 marta 4-5 kun davomida, 5-6-kundan boshlab esa 0,75 g dan 3 marta yuboriladi.
Oksitetratsiklin – mushak orasiga 0,2 g dan sutkada 6 marta yuboriladi. Boshqatetratsiklin qatori preparatlar (doksitsiklin, metatsiklin, morfotsiklin) ham qo‘llanishi mumkin.

Download 1,41 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish