Ong va xotira. Ijtimoiy va individual ong Bilish va bilim, ularning falsafiy talqini



Download 34,14 Kb.
bet5/7
Sana21.02.2022
Hajmi34,14 Kb.
#2108
1   2   3   4   5   6   7
3. Inson bilishining darajalari
Bilish darajalarini shartli ravishda quyi, yuqori va oliy darajaga ajratish mumkin.
Bilishning quyi darajasi barcha tirik mavjudotlarga xos bo’lib, xissiy bilish deyiladi. Xissiy bilish sezgilar vositasida bilishdir. Insonning sezgi a’zolari (ko’rish, eshitish, xid bilish, ta’m bilish, teri sezgisi) boshqa mavjudotlarda bo’lgani singari uning narsalarga xos xususiyat, belgilarini farqlash, tabiiy muxitga moslashish va ximoyalanishi uchun yordam beradi. Bilishning quyi bosqichida sezgi, idrok, tasavvur, diqqat, xayol tashqi olam to’g’risida muayyan bilimlar xosil qilishga yordam beradi.
Bilishning yuqori bosqichi faqat insonlargagina xos bo’lib, aqliy bilish (ratsional bilish) deyiladi. Agar inson o’z sezgilari yordamida narsa va xodisalarning faqat tashqi xossa va xususiyatlarini bilsa, tafakkur vositasida narsa va xodisalarning ichki moxiyatini bilib oladi. Moxiyat xamisha yashirindir, u doimo xodisa sifatida namoyon bo’ladi. Xar bir xodisada moxiyatning faqat bir tomonigina namoyon bo’ladi. SHu boisdan xam xodisa aldamchi va chalg’ituvchidir. Binobarin, inson sezgilarining biron bir narsa yoki xodisa to’g’risida bergan ma’lumotlari xech kachon uning butun moxiyatini ochib bera olmaydi. Tushuncha aqliy bilish yoki tafakkur vositasida bilish xissiy bilishni inkor etmaydi, balki sezgilar vositasida olingan bilimlarni umumlashtirish, tahlil qilish, sintezlash, mavxumlashtirish orqali yangi xosil qilingan bilimlardan tushunchalar yaratiladi. Tushunchada insonning xissiy bilish jarayonida orttirgan barcha bilimlari mujassamlashadi. Tushuncha aqliy faoliyat maxsuli sifatida vujudga keladi. Narsa va xodisalar moxiyatiga chuqurroq kirib borishda tushuncha muxim vosita bo’lib xizmat kiladi. Aqliy bilish xissiy bilishga nisbatan ancha murakkab va ziddiyatli jarayondir. Aqliy bilishda narsa va xodisalarning tub moxiyatini bilish uchun ulardan fikran uzoqlashish talab etiladi. Masalan, insonning moxiyati uning sezgi a’zolarimiz qayd etadigan kelishgan qaddi-qomati, chiroyli qoshu ko’zi, ijodkor qo’li, oyoqlari bilan belgilanmaydi. Insonning moxiyati avvalo, uning aql va tafakkurga, yaratish qudratiga, mexr-shafqat xissiga, mexnat qilish, so’zlash qobiliyatiga ega ekanligida namoyon bo’ladi. Inson tushunchasi o’zida insoniyatning ko’p asrlar davomida orttirgan bilimlarining maxsuli sifatida shakllandi. Xar bir fan o’ziga xos tushunchalar apparatini yaratadi va ular vositasida moxiyatni bilishga intiladi. I. Kantning fikricha, narsalarning moxiyati so’z va tushunchalarda mujassamlashadi. Ya’ni biz so’z va tushunchalarni o’zlashtirish jarayonida biron bir bilimga ega bo’lamiz. Xar bir inson dunyoga kelar ekan, tayyor narsalar, munosabatlar bilan bir qatorda tayyor bilimlar olamiga xam kirib boradi. Xukm aqliy bilish narsa va xodisalarga xos bo’lgan belgi va xususiyatlarni tasdiqlash yoki inkor etishni takozo etadi. Tafakkurga xos bo’lgan ana shu tasdiqlash yoki inkor etish qobiliyatiga xukm deyiladi. Xukmlar tushunchalar vositasida shakllanadi. Xukmlar yangi bilimlar xosil kilishga imkoniyat yaratadi, ular vositasida narsa va xodisalar moxiyatiga chuqurroq kirib boriladi. SHunday kilib, xukm narsa va xodisalarning tub moxiyatini ifodalovchi eng muxim belgi va xususiyatlar mavjudligini yo tasdiqlaydi yoki inkor etadi. Masalan, inson aklli mavjudotdir, degan xukmda insonga xos eng asosiy belgi - aqlning mavjudligi tasdiqlanayapti. Biroq inson shunday murakkab mavjudotdirki, uning moxiyati fakat aqlli mavjudot ekanligi bilan cheklanmaydi. CHunki qirg’inbarot urushlar, ekologik inkirozlar aklli mavjudot boqlgan inson tomonidan amalga oshirildi. Inson axloqli mavjudotdir. Inson to’g’risidagi xozirgi zamon fanining muxim xulosasi ana shu. Xulosa aqliy bilishning muxim vositalaridan biri, yangi bilimlar xosil qilish usulidir.
Xulosa chikarish induktiv va deduktiv bo’lishi, ya’ni ayrim olingan narsalarni bilishdan umumiy xulosalar chiqarishga yoki umumiylikdan alohidalikka borish orqali bo’lishi xam mumkin. Binobarin, tushuncha, xukm va xulosalar chiqarish ilmiy bilishning muxim vositalaridir. Bunday bilish insondan aloxida qobiliyat, kuchli irodani tarbiyalashni, narsa va xodisalardan fikran uzoqlashishni, diqqatni bir joyga to’plashni, ijodiy xayolni talab etadi.

Download 34,14 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish