O‘zbekiston respublikasi adliya vazirligi toshkent davlat yuridik instituti



Download 2,91 Mb.
Pdf ko'rish
bet23/31
Sana01.01.2022
Hajmi2,91 Mb.
#291542
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   31
Bog'liq
Xorijiy mamlakatlar tarixi va burchi. Haydarali Muhammedov II qism

X BOB.

 XITOY DAVLATI VA HUQUQI 

 

· 

O‘rta asrlarda Xitoy davlatining rivojlanish bosqichlari. 



· 

Xitoyning ijtimoiy tuzumi. 

· 

Xitoy davlat tuzumining xususiyatlari. 

· 

O‘rta asrlarda Xitoy huquqining asosiy belgilari. 

 

1. O‘rta asrlarda Xitoy davlatining rivojlanish bosqichlari 

 

Xitoyda  ko‘p  ukladlilikning  turg‘unligi,  sinflarning  tashkil  topish 



jarayoni tugallanmaganligi, patriarxal-urug‘chilik va quldorchilik munosa-

batlari  qoldiqlarining  saqlanib  qolganligi,  juda  katta  hududdagi  turli 

rayonlarning  xo‘jalik  va  ijtimoiy  rivojlanishi  notekisligi  va  boshqalar 

natijasida  o‘rta  asrlarning  boshlanish  vaqtini  aniq  vaqt  (sana)  bilan 

belgilash  ancha  murakkab.  Yuqorida  ko‘rsatilganidek,  Qadimgi  Xitoy 

davlatidayoq  o‘z  erkinliklarini  yo‘qotmagan  kam  yerli  va  yersiz  dehqon-

larni  ekspluatatsiya  qilishning  turli  shakllariga  asoslangan  yirik  xususiy 

yer  egaligi  shakllangan  edi.  Soliqlar  to‘laydigan  dehqonlarning  davlat 

tomonidan  ekspluatatsiya  qilinishi  ham  keng  tarqalib  borgan.  Dehqon-

lardan asosan davlat foydasiga renta-solig‘i olinardi. 

O‘rta  asrlarda  Xitoy  davlati  tarixini  davrlarga  bo‘lishda  hukmron 

sulolalarning  vaqti-vaqti  bilan  o‘zgarib  turishini  va  yirik  imperiyalarning 

tashkil topishini hisobga olish zarur.  Bu davrda tez-tez  bo‘lib turgan xalq 

qo‘zg‘olonlari  davlatning  ijtimoiy-sinfiy  tuzilishida,  shuningdek,  siyosiy 

va huquqiy institutlarida u yoki bu darajada o‘zgarishlarga olib kelgan. 

III  asrda  yerlarning  xususiy  yer  egalari  qo‘lida  to‘planishi  va  II-III 

asrlardagi  kuchli  xalq  harakatlari  natijasida  Xan  imperiyasining  qulashi 

yuz yillik ichki notinchlikka sabab bo‘ldi. Keyinchalik yagona davlatning 

qayta  tiklanishi  Shimoliy  Xitoyda  asos  solingan  Szin  sulolasi  (260-420 

yillar) ko‘rinishidagi markazlashish jarayoni bilan bog‘liq edi. 

Xitoyda yagona davlatning tashkil topishida ayniqsa Szin davlatining 

asoschisi  Sim  Yan  islohotlari  muhim  ahamiyatga  ega  bo‘ldi.  Islohotlarga 

binoan  yerlarning  katta  qismi  imperatorning,  ya’ni  davlatning  mulki  deb 

e’lon  qilingan.  Mustaqil  dehqonlar  esa  davlatning  yerlarini  ushlab  turuv-

chilar  va  buning  evaziga  soliq  to‘lovchilar  bo‘lib  qolgan.  Ular  turli 

darajalarga  bo‘lingan.  Birinchi  darajali  soliq  to‘lovchilar  -  «chek  yerlarni 

foydalanishga oluvchi» (erkaklar uchun 70 mu

129


  ayollar uchun 30 mu) va 

«soliqqa  oid  chek  yerlar»ni  (tegishlicha  erkaklar  uchun  50  mu,  ayollar 

                                                 

129


 

1 mu – 1/16 gektar yer




 

394 


uchun  30  mu)  oluvchi  16  yoshdan  60  yoshgacha  erkak  va  ayollar  tashkil 

etadi.  Bu  yerlardan  olinadigan  hosil  yer  uchun  soliq  va  to‘lovlar  sifatida 

to‘liq  davlatga  o‘tkazilgan.  Ikkinchi  darajali  soliq  to‘lovchilarga  13 

yoshdan  15  yoshgacha  va  61  yoshdan  65  yoshgacha  bo‘lgan  dehqon  oila 

a’zolari kirib, ular chek yerlarning yarmisini olardilar. Soliq to‘lash yoshi-

ga yetmagan va undan oshgan kishilar hech qanday chek yerlar olmagan. 

Davlatdan  chek  yer  olgan  soliq  to‘lovchi  dehqonlar  ishlab  berish 

majburiyatlarini ham o‘taganlar. 

Islohot  yerlarning  tenglashtirilishini  anglatmagan.  Masalan,  chinov-

niklar  o‘z  mavqelariga  (martabalariga)  qarab  1  mudan  5  mugacha  yer 

uchastkalari olgan. Ular soliq va majburiyatlardan ozod etilgan edi. Har bir 

chinovnikning ixtiyorida egallab turgan yer egaligi hajmiga qarab, 1 tadan 

15 tagacha dehqonlarning tomorqa xo‘jaliklari bo‘lardi. Ular yerni ijaraga 

olib ishlovchi dehqonlar edi. 

Yerlarni  taqsimlab  berish  tizimining  yangi  varianti  («teng  maydon-

lar»  tizimi)  485  yilda  Shimoliy  Xitoyda  Shimoliy  Vey  sulolasi  davrida, 

so‘ngra  esa  VI  va  VII  asrlarda  Suy  sulolasi  hamda  uning  o‘rniga  kelgan 

Tan sulolasi davrida joriy qilingan. Bu tizim oxir oqibat butun Xitoy bo‘y-

lab yoyilgan. 15 yoshdan 70 yoshgacha bo‘lgan dehqonlar davlatdan aniq 

tayinlangan  maqsadlarda  yerlar  olishgan.  Ular  bunday  yerlarda  bug‘doy, 

kanop,  tutli  daraxtlar  ekib  yetishtirishlari  va  davlatga  topshirishlari  shart 

edi.  G‘alla  ekish  uchun  mo‘ljallangan  yer  uchastkasining  katta  qismi 

(erkaklar  uchun  40  mu  va  ayollar  uchun  20  mu  yerlar)  faqat  vaqtincha 

foydalanishga berilgan va u dehqonning belgilangan soliq to‘lash yoshidan 

oshganidan keyin yoki o‘limidan so‘ng davlat tomnidan qaytarib olingan. 

Yer uchastkasining qolgan ozginagina qismi meros tariqasida o‘tkazilgan. 

Yerlarni  taqsimlash  tizimi  soliqlar  to‘lovchi  dehqonlarni  ekspluatat-

siya  qilishning  an’anaviy  tizimini  faqat  mustahkamlashnigina  anglatmas 

edi.  U  qishloq  jamoasi  orqali  amalda  dehqonlarning  yerga  bog‘lanib 

qolishini,  davlat  xazinasiga  birgalikda  soliq  to‘lash  majburiyatini  keng 

tarqalishiga ko‘maklashgan. Bu tizim mavjud yirik xususiy yer egaligining 

kamayishiga  emas,  balki  yanada  ortishiga  olib  keldi.  Masalan,  «teng 

maydonlar» tizimi qaram kishilarning mehnatini ekspluatatsiya qilayotgan 

yer egasiga chek yerlar olish huquqini ham berardi. 

Tan  qonunchiligi  rasman  chek  yerlarni  sotishni  taqiqlar  edi.  Lekin 

ko‘pgina qo‘shimcha tushuntirishlar (masalan, oilaning ko‘chib o‘tishi ho-

latida, dafn marosimlarini o‘tkazish maqsadida va hokazo holatlarda chek 

yerni  sotish  mumkin  edi)  yerlarning  xususiy  shaxslar  qo‘lida  to‘planib 

borishiga imkon tug‘dirdi. Bunday cheklashlar rasman olib tashlangandan 



 

395 


keyin esa bu jarayon yanada kuchaydi. Bu dehqonlarning mulkiy tengsiz-

ligini,  xususiy  yer  egalariga  qaramligini  kuchaytirdi.  Shu  bilan  birga  Tan 

imperiyasida  «teng  maydonlar»  tizimi  ma’lum  bosqichda  uning  iqtisodini 

mustahkamlanishiga,  siyosiy  ahvolning  ma’lum  darajada  barqarorlashuvi-

ga shart-sharoit yaratdi. 

Tan  imperiyasida  urug‘doshlik  separatizmi  tendensiyasi  yirik  yer 

egaligi o‘sishining muqarrar ifodasi bo‘lib qolgandi. Bu tendensiya harbiy 

gubernatorlik (szedushi) mansabining joriy qilinishi bilan ham bog‘liq edi. 

Harbiy gubernatorlar ko‘chmanchilar va boshqalarning tinimsiz qochishla-

riga qarshi kurashda juda katta vakolatlarga ega edilar. Gubernatorlar vaqt 

o‘tishi bilan qudratli noiblarga, yirik yer egalariga aylandilar va markaziy 

hokimiyat bilan tobora hisoblasha boshladilar. 

VIII  asrda  yangicha  tarzda  «yerlarning  to‘planish  kulfati»,  dehqon-

larning ommaviy yersizlanishi va qishloq aholisiga taqsimlab berish uchun 

mo‘ljallangan davlat yerlarining kamayib ketishi munosabati bilan yerdan 

foydalanishning chek tizimi to‘la barbod bo‘ldi. Soliqlar, o‘lponlardan, har 

xil davlat majburiyatlari o‘tashdan ezilgan dehqonlar qashshoqlashib, juda 

og‘ir  kun  kechirishga  majbur  edi.  Ochlik  natijasida  tez-tez  bo‘lib  turgan 

epidemiyalardan yuz minglab dehqonlar qirilib ketdi. Dehqonlarning chek 

yerlari  kamayib  bordi,  chunki  chek  yerlarni  «kuchli  xonadonlar»  -  katta-

katta  yer  egalari,  davlat  amaldorlari,  sudxo‘rlar  doim  o‘z  qo‘llariga  kirgi-

zib olmoqda edilar (yilnomalarda obrazli qilib aytilganidek, «yutib yubor-

moqda  edilar»).  Davlat  dehqonlari  sonining  kamayishi  natijasida  davlat 

xazinasiga tushadigan daromadlar ham kamaydi. Dehqonlarning bir qismi 

xususiy shaxslarga qaram bo‘lib qolayotgan edi, bu shaxslar o‘z daromad-

larini mana shu dehqonlardan olar edilar. Shu ahvolni hisobga olib, huku-

mat  780  yilda  soliq  tizmini  isloh  qildi.  Loyihaning  sobiq  muallifi  Yan 

Yanning  yangi qonuniga binoan  soliqlar  chek  yeri  bo‘lgan  dehqonlardan-

gina olinmasdan, shu bilan birga xususiy yer egalaridan va davlat yerlarini 

vaqtincha  ijaraga  olgan  shaxslardan  ham  yig‘ib  olinadigan  bo‘ldi,  ammo 

mana  shu  yer  egalari  va  ijarachilar  ularning  yerlarida  yashab,  ularga 

krepostnoy  qaramlikda  bo‘lgan  dehqonlar  uchun  ham  soliq  to‘lashlari 

lozim edi. Vujudga kelgan bu yangi vaziyatni, ya’ni davlat dehqonlarining 

bir  qismi  feodalning  krepostnoyi  yoki  qaram  kishisiga  aylanganligini  tan 

olib,  hukumat  «kuchli  shaxslar»  tomonidan  chek  yerlarning  «yutib 

yuborilishiga»  qarshi  kurashni  ataylab  susaytirdi,  bu  hol  butun  chek  yer 

tizimning inqirozi kuchayganligidan dalolat berar edi. 

Shu tariqa buzilgan muvozanatni tiklash, ijtimoiy portlashni qanday-

dir  bartaraf  etish  maqsadida  780  yilda  Xitoyda  yangi  soliq  tizimi  joriy 



 

396 


qilingan edi. Bunga ko‘ra, hamma dehqon xo‘jaliklari o‘z mulkiy ahvoliga 

qarab  turkumlarga  bo‘lingan  va  egallab  turgan  yerlarining  hajmiga  qarab 

soliq to‘lashlari lozim edi. Bunda soliq to‘lovchi shaxslarning yoshi ham, 

mehnat  layoqati  ham  hisobga  olinmadi.  Ayni  paytda  yerlarni  sotishdagi 

taqiqlar  olib  tashlangan,  yerlarning  hajmini  chegaralash  bekor  qilindi.  Bu 

esa  kam  yerli  va  yersiz  ijarachi  dehqonlarni  ekspluatatsiya  qilishga  asos-

langan yirik pomeshchik yer egaligining o‘sishi uchun yangi imkoniyatlar 

tug‘dirdi.  

VIII asrning ikkinchi yarmidan boshlab Xitoyda umumiy dehqonlar-

ning  yarmiga  yaqini  birovlarning  yerlarini  ishlash  hisobiga  yashab,  xusu-

siy  mulkdorlar  tomonidan  ekspluatatsiya  qilindi.  Dehqonlarning  boshqa 

qismini  mustaqil  mayda  ishlab  chiqaruvchilarning  keng  qatlami  tashkil 

etdi.  Ular  tomonidan  ishlab  chiqarilgan  qo‘shimcha  mahsulot  davlatga 

soliq tarzida berilardi. 

Mayda yer egalarining ommaviy yersizlanishi ijtimoiy portlashlarga, 

qo‘zg‘olonlarga,  urushlarga  olib  kelardi,  oqibatda  hukmron  sulolalar  ag‘-

darilardi.  Natijada  dehqonlarni  ekspluatatsiya  qilishning  an’anaviy  tizimi, 

mustaqil dehqon xo‘jaliklarining solishtirma og‘irligi davriy tiklanib bordi. 

IX asr oxiri - X asrning boshlaridagi notinch yillar va kuchli dehqon-

lar  qo‘zg‘olonlaridan  keyin  Sun  sulolasi  (X-XIII  asrlar)  ning  o‘rnatilishi 

bilan ma’lum darajada davlat va yirik xususiy yer egaligining muvozanati-

ga erishildi. XI asrda Sun amaldori 

Van Anshi

ning islohotlari ushbu mu-

vozanatga yordam berdi. Shu davrda dehqon xo‘jaliklarini tiklash va rivoj-

lantirishga,  yer  kadastrini  joriy  qilish  asosida  soliq  tizimini  tartibga 

keltirishga  qaratilgan  yangi  qonunlar  qabul  qilindi.  Ayni  vaqtda  dehqon 

xo‘jaliklari  sharoitlarini  yaxshilash,  irrigatsiya  inshootlarini  qurish  va 

boshqalar bo‘yicha chora-tadbirlar nazarda tutildi. 

Van Anshi islohotlari eng avvalo imperator xazinasining o‘sib bora-

yotgan  ehtiyojlarini  qondirish  maqsadiga  bo‘ysundirilgan  edi.  Shu  bilan 

birga  islohotchilik  harakatida  dehqonlarning  yerlarini  «yutib  yuborishni» 

to‘xtatishga,  yirik  xususiy  yer  egaligining,  chinovniklar  zo‘ravonligining 

o‘sishini cheklashga urinish ham yaqqol ifodalangan. 

XIII asrning oxirida Xitoy  mo‘g‘ullar tomonidan istilo qilindi. 1279 

yilda mo‘g‘ullarning Yuan sulolasi hukmronligi o‘rnatildi. Mo‘g‘ullar isti-

losi Xitoyning iqtisodi va madaniyati uchun og‘ir oqibatlar keltirib chiqar-

di, lekin xo‘jalikning an’anaviy tizimi asoslarini yemirib tashlamadi. Mo‘-

g‘ullar  dehqonlardan  soliqlarni  so‘rib  olishga  moslashgan  Xitoyning byu-

rokratik  tashkilotini  o‘z  xizmatlariga  oldilar.  Shuni  aytib  o‘tish  kerakki, 




 

397 


xuddi  shu  vaqtda  Xitoyda  qullarning  va  obrok  to‘laydigan  tutqin 

shaxslarning soni birdaniga oshib ketdi. 

XIV  asrda  bo‘lib  o‘tgan  milliy  ozodlik  kurashi  va  kuchli  dehqonlar 

harakati  natijasida  mo‘g‘ullar  hukmronligi  quladi.  Mamlakatda  yangi  bu-

tun  Xitoy  Min  sulolasi  (1368-1644  yillar)  o‘rnatildi.  Bu  sulola  davlat  va 

xususiy  yer  egaligining  muvozanatini  har  tomonlama  ushlab  turishga 

harakat qildi. 

XVII asrda Xitoyga manchjurlar bostirib kirdi va u yerda Manchjur-

lar  sulolasiga  asos  soldi.  Bu  sulola  1911-1913  yillardagi  revolutsiyaga 

qadar  mamlakatni  boshqardi.  Qulchilik  ham  Xitoyda  revolutsiyaga  qadar 

davom etdi va revolutsiya vaqtida maxsus qonun bilan bekor qilingandi. 

 

2. Xitoyning ijtimoiy tuzumi 



 

Xitoy  an’anaviy  jamiyatida  shaxslar  haqidagi  masalani  huquqning 

sub’yekti  sifatida  ko‘rish  alohida  ijtimoiy  qatlamlar,  tabaqalar,  aholi 

guruhlarining  huquqiy  holatidagi  farqlarni  aniqlash  bilan  chambarchas 

bog‘liq.  Xitoy  an’anaviy  huquqiga  shaxs,  fuqaro,  individning  sub’yektiv 

huquqlari  haqidagi  yevropacha  konsepsiya  ma’lum  emas.  Xitoy  kodeks-

larida va rasmiy hujjatlarida shaxs huquqiy holati «se» (rang) atamasi bilan 

belgilangan.  Bu  individning  muayyan  huquq  va  aniq  o‘rnatilgan  majbu-

riyatlarga ega bo‘lgan u yoki bu ijtimoiy guruhga mansubligini anglatadi. 

O‘rta  asrlar  Xitoyida  ijtimoiy  farqlar  sinfiy  farqlarga  qaraganda  an-

cha aniq ko‘zga tashlanib qolgandi. Ular faqat alohida tabaqalarning emas, 

balki  turli  darajadagi  unvonli,  martabali  chinovniklarning  ham  huquq  va 

majburiyatlarini mustahkamlovchi qonun va an’analar bilan qattiq himoya 

qilingan. Shuningdek, ularning turmushdagi yurish-turishlari, kiyimlarida-

gi, marosimlaridagi farqlar ikir-chikirigacha va qat’iy tartibga solingan edi. 

Xitoyning an’anaviy ijtimoiy tuzumi turli davrlarda u yoki bu o‘zga-

rishlarni boshidan kechirgan bo‘lishiga qaramay, hamma vaqt asosan uchta 

ijtimoiy guruhga: 1) «oliyjanob kishilar»; 2) «rahmdil, yaxshi kishilar»; 3) 

«past tabaqadan kelib chiqqan kishilar»ga bo‘lingan. 

Birinchi toifadagi kishilar guruhini imtiyozli, «oliyjanob» shaxslar – 

dunyoviy va diniy aslzodalar, harbiy va fuqarolik mansabdor shaxslar tash-

kil  etgan.  Ular  mehnat  majburiyatlaridan  va  tan  jazolaridan,  ba’zilari  esa 

soliqlar to‘lashdan ham ozod etilgan edi. Bu tabaqa vakillari faqat yirik yer 

egalari  bo‘lib  qolmasdan,  shuningdek,  xazinaga  kelib  tushadigan  ancha-

muncha  daromadlarni  o‘zlashtirib  olishga  sherik  ham  edi.  Masalan,  Min 

sulolasi  hukmronligi  (1368-1644  yillar)  ning  oxiriga  kelib  imperatorning 




 

398 


yuqori  unvon,  martaba,  faxriy  nomga  ega  bo‘lgan  «qarindoshlari»ning 

umumiy  soni  100  mingdan  oshgan  edi.  Ularni  boqishga  maosh  tariqasida 

soliq tushumlarining anchagina qismi sarflanardi. 

O‘rta  asrlarda  Xitoyning  imtiyozsiz  tabaqasi  hisoblangan  savdogar-

lar,  sudxo‘rlar,  yirik  yer  egalari  -  boylar  alohida  mavqega  ega  bo‘lib, 

hukmron tabaqalar safini to‘ldirib turgan. Bu tabaqalarning «oliyjanob ki-

shilar»  tabaqasiga  o‘sib  o‘tishi  uchun  jiddiy  to‘siqlar  qo‘yilmagan  edi. 

Chunki,  Xitoyda  yangi  era  boshidayoq  faxriy  unvonlarni  va  ilmiy  daraja-

larni sotib olishning rasmiy amaliyoti o‘rnatilgandi. Bu boylarning xizmat 

o‘tamaydigan  amaldorlar  darajasiga  o‘tish  huquqiga  ega  bo‘lishining  eng 

oddiy  usuli  hisoblangan.  Ular,  shuningdek,  ma’lum  imtiyozlardan,  masa-

lan, tan jazolaridan pul to‘lab qutilish, martabasini hisobga olib sodir etgan 

jinoyati  uchun  jazoning  yumshatilishi  va  boshqa  shu  singari  huquqlardan 

ham foydalanganlar. 

O‘rta  asrlar  Xitoyida  eski  urug‘  aristokratiyasi  ma’lum  darajada  o‘z 

o‘rnini  yangi  xizmatchi  aristokratiyaga-mansabdorlarga  bo‘shatib  bergan. 

O‘qimishli  tabaqaviy  guruh-

shenshi 


qudratli  konservativ  kuch,  markaziy 

hokimiyatning tayanchi, soliq to‘lovchi dehqonlarni an’anaviy ekspluatat-

siya qiluvchi bo‘lib qoladi. Shenshi ikki toifaga bo‘lingan. Birinchi toifaga 

bevosita hokimiyatga aloqasi bo‘lgan va son jihatdan nisbatan kamchilikni 

tashkil  etgan  shaxslar  qatlami  -  hukmdorning  yaqinlari,  katta  amaldorlari 

va  ierarxiyaga  asoslangan  butun  byurokratik  davlat  apparati  kirgan. 

Ikkinchi toifaga birinchi tabaqaga nomzod bo‘lgan va konfutsiylik ta'limini 

olgan, lekin mansabga ega bo‘lmagan juda ko‘p o‘qimishli kishilar kirgan. 

Ular  to‘g‘ridan-to‘g‘ri  davlat  vakolatlariga  ega  emasdilar,  lekin  joylarda, 

jamoa  boshqaruvida  juda  katta  rol  o‘ynaganlar.  Bu  esa  o‘z  navbatida 

Xitoyda davlat hokimiyatining markazlashuviga katta yordam bergan. 

Konfutsiylik fani qonun-qoidalaridan ta'lim olgan va imtihon topshir-

gan  barcha  kishilarga  chinovniklik  mansablari  uchun  yo‘l  rasman  ochiq 

edi. Biroq, amalda ta'lim olishga va ayniqsa chinovniklik martabasiga eri-

shishga faqat boylarning, chinovniklarning o‘z bolalari qodir edi. Bunday 

tartib  VIII  asrga  qadar  mahalliy  hukmdorlar  tomonidan  «munosib  kishi-

lar»ni chinovniklik mansabiga tavsiya qilish tizimi bilan ta'minlangan. 

Xitoyda chinovniklarning xizmati uchun don (g‘alla) bilan (200 dan 

10  ming  dan

130


gacha  miqdorda)  haq  to‘lash  tizimi  asosida  9  ta  darajaga 

bo‘linishi oliy, o‘rta va quyi chinovniklarga bo‘linishi bilan birga saqlanib 

qolgan.  Chinovnikning  darajasi  (martabasi)ga  nafaqat  lavozimi,  xizmat 

mavqeidagi o‘rni, balki obro‘-e’tibori va oladigan maoshi ham bog‘liq edi. 

                                                 

130


 1 dan – 103,5 litr g`alla. 


 

399 


III asrning oxirida chinovniklarga g‘alla va pul bilan maosh berish o‘rniga 

turli  miqdorlarda  chek  yerlar  beriladigan  bo‘ldi.  Bunday  yerlar  o‘z 

navbatida  ijarachilarga  ishlash  uchun  o‘tkazilardi.  Ijara  to‘lovi,  shu  tariqa 

maosh  bilan  almashtirilgan.  VIII  asrdan  to  1911-1913  yillardagi  revo-

lutsiyaga qadar chinovniklarga g‘alla va pul bilan maosh berilgan. Ularga 

xizmat evaziga beriladigan chek yerlar va «boqimandalik» sifatida taqdim 

qilinadigan  to‘lovlar  faqat  qo‘shimcha  mukofot  bo‘lib  xizmat  qilgan. 

Xitoyda  daos  va  budda  monaxlarining  maqomi  ham  chinovniklarning 

maqomiga tenglashtirilgan. 

Ikkinchi  imtiyozsiz  tabaqa  vakillarini  oddiy  xalq,  «mayda  kishilar» 

tashkil  etgan.  Bular  asosan  dehqonlar  va  hunarmandlar  bo‘lib,  barcha  so-

liqlar to‘lash va mehnat majburiyatlarini o‘tash ana shularning zimmasiga 

yuklangan  edi.  III-VIII  asrlarda  davlatning  chek  yer  tizimi  mavjudligi 

davrida  dehqonlarning  asosiy  ommasi  amalda  davlat  yerlarini  ijaraga 

oluvchilarga aylangan. 

Jamiyatdagi  uchinchi  tabaqaviy  guruh  -  «past  tabaqadan  kelib  chiq-

qan  kishilar»  toifasiga  to‘la  huquqli  bo‘lmagan  erkin  kishilar  va  mutlaqo 

huquqsiz  kishilar  -  davlatga  tegishli  va  xususiy  egalikdagi  qullar  kirgan. 

Chek  yer  tizimining  barbod  bo‘lishi,  yirik  yer  egaligining  rivojlanishi 

tobora  yerga  biriktirilib  borgan  yersiz  va  kam  yerli  arendator-dehqonlar 

sonining o‘sishiga olib keldi.  

To‘la huquqli bo‘lmagan tabaqaviy guruh - XIII asrga qadar «kuchli 

xonadonlar»  qaramligi  ostidagi  shaxslardan  iborat  edi.  Ulardan  qurolli 

kuchlar,  yarim  krepostnoy  ijarachilar,  batraklar,  uy  xizmatchilari  sifatida 

foydalanilgan. Xususiy yerlarni ijaraga oluvchilar va batraklar, xuddi qul-

lar singari, xo‘jayinining buyruqlarini so‘zsiz bajarishlari lozim edi. Ularni 

kaltak bilan urish, xususiy turmalarga qamash, ba’zan esa sudsiz o‘ldirish 

mumkin  edi.  Ular  xo‘jayinining  ustidan  sudga  shikoyat  qilish  huquqiga 

ega bo‘lmagan. Davlat organlari yer egalarining manfaatlarini himoya qil-

gan, ularga yerlarni shartnomada ko‘rsatilgan muddatlarda ishlamasdan va 

ijara  haqqi  to‘lamasdan  qochib  yurgan  ijarachilar  va  batraklarni  izlab  to-

pishida yordam bergan. Keyinchalik, 1727 yildagina xo‘jayinlarning o‘zi-

ga qaram kishilarni o‘z holicha sudsiz jazolashi rasman taqiqlangan edi. 

 

3. Xitoy davlat tuzumining xususiyatlari 



 

Xitoyda  qadimgi  davrlardayoq  yaqqol  namoyon  bo‘lgan  Sharq  des-

potiyasi  belgilari  o‘rta  asrlarda  yanada  rivojlandi.  Bu  davrda  oliy  va  ma-

halliy boshqaruv organlari tizimining an’anaviy asoslari asosan boshqaruv-




 

400 


ning umumma’muriy, nazorat-tekshiruv, sud va harbiy-qo‘mondonlik fun-

ksiyalari  bo‘yicha  taqsimlanishi  hisobiga  mustahkamlandi  va  takomil-

lashdi.  Davlat  oldida  turgan  vazifalarning  o‘zgarishi  munosabati  bilan 

ushbu tizimning u yoki bu bo‘g‘inlari qayta qurildi, ularning vakolatlari va 

nomlari ham almashtirildi. 

Davlatning  markazlashish  jarayonining  kuchayishi  yoki  markazla-

shishdan  qochish  tendensiyasining  rivojlanishi  ta’sirida  hokimiyatning 

markaziy  va  mahalliy  organlari  vakolatlarida  va  o‘zaro  munosabatlarida 

ham o‘zgarishlar yuz berdi. Buni, masalan, VIII asrda Tan sulolasi davrida 

harbiy  gubernatorlarning  amalda  hech  qanday  nazorat  qilinmaydigan 

mahalliy hukmdorlarga aylanganligida yaqqol ko‘rish mumkin. 

Xitoyda markazlashgan imperiyaning gullab-yashnashiga Tan sulola-

sining (618-907 yillar) imperatorlari asos soldi. Ularning hukmronligi dav-

rida  xazinaga  doimiy  soliqlar  kelib  tushishini  ta'minlagan  yer  islohotlari 

o‘tkazildi,  shuningdek,  tekin  ishchi  kuchidan,  mehnat  majburiyatlaridan 

foydalanish hisobiga imperiyada yo‘llar, kanallar, saroylar, ibodatxonalar, 

butun-butun  shaharlar  qurildi,  shular  bilan  birga  hunarmandchilik  va 

davlatning qattiq nazorati ostida bo‘lgan savdo-sotiq jadal rivojlandi. 

Tan  imperiyasining  murakkab  va  yetarlicha  qat’iy  tuzilgan  davlat 

boshqaruv tizimi tepasida 

imperator

 turgan. Uning huzurida ancha taniqli 

mansabdorlardan  iborat 

Davlat  kengashi 

mavjud  edi.  Davlat  kengashi 

a’zolari orasida imperatorning qarindoshlari muhim o‘rin tutardi. Boshqa-

ruvning  barcha  jilovlari  davlatda  oliy  mansabdor  shaxslar-ikkita  kantslar 

qo‘lida  edi.  Birinchisi  imperatorning  chap  qo‘l  ministri  -  katta  kantslar, 

ikkinchisi - o‘ng qo‘l ministr-kichik kantslar hisoblangan. Ularning har biri 

o‘sha  vaqtdagi  6  ta:  1)  martabalar  (mansablar,  xizmatlar)  bo‘yicha;  2) 

marosimlar  bo‘yicha;  3)  soliqlar  (daromadlar)  bo‘yicha;  4)  harbiy  ishlar 

bo‘yicha;  5)  sud  ishlari  (jazolar)  bo‘yicha;  6)  ijtimoiy  ishlar  bo‘yicha 

mahkamalar (ministrliklar)dan uchtasini yuritardi. 

Tan sulolasi davlat apparatining bunday oliy boshqaruv organlari Xi-

toyda asrlar mobaynida harakatda bo‘lgan. U ayniqsa mo‘g‘ullar hukmron-

ligi  (1368-1644  yillar)  tugatilgandan  keyin  minlar  sulolasi  davrida  har 

tomonlama  yuzaga  chiqadi.  Bu  apparatga  imperator  boshchilik  qilardi. 

Davlatda  butun  oliy  qonun  chiqarish  va  sud  hokimiyati  imperator  qo‘lida 

to‘plangan  edi.  Taxt  imperatorning  katta  o‘g‘liga  meros  bo‘lib  o‘tardi. 

Imperatorning  boshqa  o‘g‘illariga  knyazliklar  -  udellar  berilgan.  Udellar 

ularning  xususiy  yer  egaliklari  bo‘lib  qoladi.  Imperator  saroyi  ko‘p  sonli 

xizmatchilar,  imperatorning  xotinlari,  bichilgan  qullardan  iborat  bo‘lib, 

davlat  boshqaruvida  muhim  rol  o‘ynaydi.  Ayni  paytda  pastdan  yuqoriga 



 

401 


bo‘ysunish (ierarxiya) asosida tashkil etilgan maxsus chinovniklar apparati 

rivojlanadi va takomillashadi. Bu apparatning tepasida, xuddi Tan sulolasi 

davridagidek,  oltita  mahkama  (ministrlik)  ning  boshliqlari,  shuningdek, 

senzorat, 

oliy  nazorat-tekshiruv  organi,  beshta  komissarlar  hamda  oliy 

harbiy-qo‘mondonlik organlari turardi. 

XV asrdan e’tiboran haram xodimlari (bichilgan qullar) ning siyosiy 

ta’siri  kuchaya  boshlagan.  Hukmdorlar  ularni  davlat  mansablariga  jalb 

qilganlar.  Ular  bu  bilan  separatizmning-ajralib  chiqishga,  harakatning 

rivojlanishini,  o‘z  xususiy  sulolalarida  kalandimog‘  mansabdorlarning 

tashkil  etilishini  bartaraf  etishga  harakat  qilganlar.  Haram  xodimlaridan 

iborat  amaldorlarga  imperatorlar  juda  katta  vakolatlar  berardilar.  Ba’zan 

ularning vakolatlari, hatto, saroy ishlari doirasidan ham chetga chiqar edi. 

Bu  vaqt  o‘tishi  bilan  hokimiyatning  ikkita  markazi  -  saroy  («ichki»)  va 

mahkama («tashqi») hokimiyatining tashkil topishiga sabab bo‘ldi. 

Minlar  sulolasi  davrida  oltita  markaziy  mahkamalarning  faoliyati 

dastlab ikkita maslahatchi va birinchi darajali chinovniklar boshchiligidagi 

Katta  kotibiyat 

tomonidan  muvofiqlashtirib  turilgan.  Kotibiyat  1380 

yilgacha faoliyat ko‘rsatgan. Hokimiyatni bosh maslahatchi qo‘lida to‘pla-

nishi  xavfini  oldini  olish  maqsadida  imperator  uning  barcha  vazifalarini 

bevosita o‘z qo‘liga olgan edi. 

Yuqorida  ta’kidlanganidek,  markaziy  boshqaruv  organlari  o‘zlari-

ning  bajaradigan  asosiy  vazifalariga  muvofiq  tarzda  martabalar  (mansab-

xizmatlar) bo‘yicha, marosimlar bo‘yicha, soliqlar (daromadlar) bo‘yicha, 

harbiy  ishlar  bo‘yicha,  sud  ishlari  (jazolar)  bo‘yicha  va  ijtimoiy  ishlar 

bo‘yicha mahkamalar (ministrliklar)ga bo‘lingan. 

Martabalar mahkamasi 

barcha fuqarolik amaldorlari va boshqaruv 

apparati  xizmatchilarining  mansabga  tayinlanishi,  boshqa  lavozimlarga 

o‘tkazilishi va almashtirilishiga javob bergan. O‘rta asrlar  Xitoyida amal-

dorlik  mansabi  shunchalik  buyuk  ediki,  aynan  ushbu  mahkama  va  uning 

boshlig‘i boshqalari orasida eng asosiysi hisoblanardi. 

Daromadlar  mahkamasi 

aholini  va  qishloq  xo‘jaligi  yerlarini  hi-

sobga olish ishlarini yuritgan. U soliqlar miqdorini belgilagan, soliqlarning 

yig‘ilishiga  javob  bergan.  Ushbu  mahkamaning  har  bir  bo‘limi  13  ta 

provinsiyalardan bittasi doirasida faoliyat ko‘rsatgan. 

Marosimlar  (rasm-rusumlar)  mahkamasi 

imperator  hokimiyati-

ning  shon-shuhratini  ko‘tarishga  qaratilgan  marosimlar  va  tadbirlarni 

o‘tkazish,  shuningdek,  diniy  qurbonliklar  keltirish  bilan  shug‘ullangan.  U 

marosimlar  o‘tkazish,  qurbonliklar  keltirish,  qabul  uyushtirish  va  diniy 



 

402 


marosimlarni  birxillashtirish  maqsadlarida  buyruq-farmoyishlar  berish 

bo‘limlaridan iborat bo‘lgan. 

Harbiy  mahkama 

barcha  harbiy  amaldorlarni  (mansabdorlarni) 

tayinlash,  boshqa  lavozimga  o‘tkazish  va  ishdan  bo‘shatish,  armiyani 

ta’minlash  va  pochta  xizmati  ishlarini  yuritgan. 

Sud  mahkamasi

,  yoki 


jazo mahkamasi 

butun imperiya bo‘yicha sud ishlari yuritilishini nazorat 

qilgan.  U  xuddi  daromadlar  mahkamasi  singari  13  ta  provinsiyaning  har 

birida  o‘z  bo‘limlariga  ega  edi.  Bu  mahkamaning  faoliyati  taftish-tergov 

organi bo‘lmish poytaxt sudi faoliyati bilan kesib qo‘yilgan. 

Markazda  ham,  provinsiyalarda  ham  turli  toifalardagi  senzorlik,  na-

zorat  organlari  ma’muriyatdan  mustaqil  mavqega  ega  edi. 

Senzoratga 

ikkita bosh (asosiy) senzor-birinchi darajali mansabdorlar boshchilik qilar-

di.  Uning  apparatiga  100  ga  yaqin  nazorat  qiluvchi  senzorlar  kirardi  va 

ular provinsiyalar bo‘yicha guruhlarga bo‘lingan edi. Min sulolasi davrida-

gi  davlat  apparatida  hech  qaysi  organ  senzorat  singari  katta  vakolatlarga 

ega  bo‘lmagan.  Senzorat  barcha  mansabdorlar  va  ularning  faoliyatini  o‘z 

nazorati ostida ushlab turgan. U faqat mansabdorlarning suiiste’molchilik-

larini,  xatolarini  aniqlash  huquqigagina  emas,  balki  bevosita  ularni  tuza-

tish, mansabdorlarga nisbatan jazo choralarini qo‘llash huquqiga ham ega 

edi. 

Tan imperiyasi o‘nta provinsiya (dao)ga, provin-



siyalar  esa  viloyat  (chjou)lar  va  uyezd  (syan)  larga 

bo‘lingan.  Barcha  ma’muriy  birliklar  soliqlar  to‘lash 

miqdori  bo‘yicha  bir-biridan  farq  qilgan  va  tegishlicha  toifalarga  ajratil-

gan. Bu ularning huquqiy maqomini va markazdan tayinlanadigan nazorat 

qiluvchi mansabdorlar miqdorini ham belgilanishiga ta’sir etardi. 

Min  sulolasi  davrida  ham  Xitoyning  ma’muriy-hududiy  bo‘linishi 

yuqoridagi prinsiplar asosida tashkil etilgan edi. Lekin harbiy byurokratik 

apparat  va  uning  organlarining  faoliyati  mahalliy  joylarda  ham,  umum-

imperiya  darajasida  ham  ancha  murakkablashtirilgan  edi.  Bu  davrda 

mahalliy organlarning imperator oldidagi o‘zaro javobgarligi, bo‘ysunishi 

va  nazorat  qilinishi  bilan  bog‘liq  bo‘lgan  munosabatlar  shakllangan  edi. 

Mahalliy  boshqaruv  shunday  tuzilgan  ediki,  bunda  separatizm  (ajralib 

chiqishga  qaratilgan  harakat),  hokimiyatning  bir  kishi  qo‘lida  to‘planishi 

istisno  qilinardi,  mahalliy  boshqaruv  organlarining  faoliyati  nafaqat  mun-

tazam tekshirib turilardi, balki qayta tekshirilardi. 

Provinsiyalarda  boshqaruv  organlarining  ma’muriy,  harbiy  va  nazo-

rat-tekshiruvdan  iborat  uchlik  tizimi  mavjud  edi.  Ularning  tepasida  mar-

kazning vakillari, oliy darajali mansabdorlar turardi. Bu boshqaruv organ-

Mahalliy 

boshqaruv

 



 

403 


larining  faoliyatini  muvofiqlashtirish  uchun,  shuningdek,  ular  ustidan  na-

zorat  qilib  turish  uchun  markazdan  mamlakatning  turli  qismlariga  impe-

riyaning maxsus vakillari yuborilardi. Bular «tinchlik elchilari» deb atalar-

di. XV asrdan boshlab ular «buyuk muvofiqlashtiruvchilar» degan nom ol-

gan va imperator tomonidan provinsiyalarga, shuningdek, alohida strategik 

ahamiyatga  ega  bo‘lgan  mintaqalarga  uzoq  muddatlarga  tayinlanadigan 

bo‘ldi.  «Buyuk  muvofiqlashtiruvchi»  hisobot  berish  va  kundalik  ishlarni 

hal  qilish  uchun  yiliga  bir  marta  poytaxtga  kelishi  lozim  edi.  Bu  vaqtda 

«Oliy qo‘mondonlar» instituti shakllana boshlagan. Ular «buyuk muvofiq-

lashtiruvchilar»  faoliyatini,  ayniqsa,  tashqi  hujum  yoki  isyon  xavfi  tug‘il-

ganda  qator  provinsiyalarning  harbiy  boshqarmalarini  muvofiqlash-

tirganlar. 

Har  bir  provinsiyada  ma’muriy  boshqaruv  ikki  -  «chap»  va  «o‘ng» 

vakillarga  yuklangan.  Ularning  o‘z  yordamchilari  bo‘lgan.  «Chap»  va 

«o‘ng»  vakillar  zimmasiga  aholini  va  yerlarni  hisobga  olish,  soliqlar 

yig‘ish,  qurilish  ishlarini  va  suvlarning  taqsimlanishini  kuzatib  turish 

majburiyatlari yuklangan edi. 

Provinsiyalardagi  uchta  boshqaruv  xizmati  orasida  nazorat  boshqar-

masi alohida mavqega ega bo‘lgan. U butun mahalliy boshqaruv apparatini 

nazorat qilgan, korrupsiya va  mansabdor shaxslarning suiiste’molliklariga 

qarshi  kurash  olib  borgan.  Unga  ham,  boshqa  boshqarmalar  singari,  sud 

funksiyalari tegishli edi. Bu boshqarma boshqa boshqarmalarda sud ishla-

rining hal qilinishini nazorat qilib, apellyatsion sud vazifasini bajarardi. 

Mahalliy boshqaruvda imperiya organlari tomonidan yuborilgan ko‘p 

sonli mansabdorlar faoliyat ko‘rsatgan. Masalan, har bir provinsiyaga im-

periya  senzoratidan  bir  yilga  maxsus  vakil  jo‘natilardi.  Undan  butun  ma-

halliy xizmatlarni nazorat qilish, aholidan shikoyatlar qabul qilish, u yoki 

bu  mahalliy  boshqaruv  organlari  harakatini  to‘xtatish  yoki  tuzatish, 

mahalliy  amaldorlar  faoliyati  haqida  imperatorga  dokladlar  jo‘natish, 

mahalliy  hukmdorlarga  va  «buyuk  muvofiqlashtiruvchilar»ga  maslahatlar 

berish  talab  qilingan.  Poytaxtdan  joylarga  ancha  tor  doiradagi  vazifalar 

bilan  senzorlar  ham  jo‘natilardi.  Masalan,  harbiy  sohada  nazorat  uchun 

yuborilgan  senzorlar  rekrut  yig‘inini  kuzatib  turishlari,  xizmatdan  bosh 

tortganlarni  ta’qib  qilishlari,  agar  harbiy  harakatlar  boshlangan  bo‘lsa, 

harbiy  operatsiyalarning  borishini  kuzatib  turishlari,  imperatorlarga 

tegishli hisobotlar jo‘natishlari lozim edi. 

Xitoyda butun o‘rta asrlar mobaynida quyi hududiy birliklarda o‘zini 

o‘zi  boshqarish  organlari  saqlanib  qolgan  edi.  Jamoalarning  oqsoqollari 

jamoat  tartibini,  yerlarning  ishlanishini  kuzatib  turardilar.  Qishloq  jamoa-



 

404 


sining  hamma  a’zolari  soliqlar  yig‘ish,  mehnat  majburiyatlarini  o‘tash  va 

boshqa maqsadlarda o‘nta-o‘nta tomorqaliklarga ajratilgan edi. Shu tariqa 

ularning bir-biriga kafilligi ta'minlanardi. 

Min  imperiyasi  tarkibiga  o‘lka  knyazliklari  kirardi.  Ular  imperator-

ning  o‘g‘illari  va  nevaralariga  berib  qo‘yilardi.  O‘lkalarning  knyazlari 

ma’muriy  hokimiyatga  ham,  sud hokimiyatiga  ham  ega  emas  edilar.  Ular 

ba’zi  davrlarda  faqat  harbiy  vakolatlar  olardilar.  Mahalliy  soliqlarning 

ma’lum qismi ularga kelib tushardi. Imperiyada boshqa xalqlarning vakil-

lari  yashaydigan  ba’zi  provinsiyalar  o‘zini-o‘zi  boshqarish  huquqidan 

foydalangan. Xitoyning janubiy-g‘arbiy chegaralari bo‘ylab joylashgan bu 

hududlarning  mahalliy  boshliqlari  imperator  tomonidan  tasdiqlangandan 

keyin  hukmdor  bo‘lib  qolaverganlar.  Ular  shu  tariqa  mahalliy  amaldor-

larning alohida guruhini tashkil etib, unvonlar bilan taqdirlanardilar, lekin 

imperatordan maosh olmasdilar. 

O‘rta  asrlar  Xitoyida  sud  ishlari  ham  sud  organlarida, 

ham sud funksiyalarini bajaruvchi ma’muriy organlarda ko‘rib 

hal  qilingan.  Min  sulolasi  davrida  nisbatan  izchil  sud  pog‘onasi  tashkil 

topgan. Sudning eng yuqori pog‘onasida imperatorning o‘zi, eng quyi po-

g‘onasida qishloqning saylab qo‘yiladigan oqsoqoli turardi. Ko‘p sud ish-

lari  uyezd  boshlig‘i  tomondan  uyezd  boshqarmalari  (yaminlar)da  ko‘ril-

gan. Ish bo‘yicha dalillar yetarli bo‘lmasa, ishni ko‘rish yo qoldirilgan, yo-

ki jinoiy ish bo‘yicha maxsus tergovchi-sudyaga o‘tkazilgan (bu tergovchi-

sudyaning  martabasi  uyezd  boshlig‘ining  martabasi  bilan  tenglashtirilgan 

edi).  Og‘ir  jinoyatlar  -  odam  o‘ldirish,  katta  miqdordagi  o‘g‘irlik,  pora-

xo‘rlik  bilan bog‘liq  bo‘lgan  ishlar  tegishli  viloyat  yoki  provinsiyalardagi 

maxsus hukumat-sud organlariga kelib tushgan. Xususan,  «ma’muriy ish-

lar boshqarmasi» ma’muriy ishlarning to‘g‘ri ijro etilishi ustidan nazoratni 

amalga  oshirgan;  «Harbiy  ishlar  bo‘yicha  boshqarma»da  harbiy  ishlar 

tekshirilgan;  «Sud  ishlarini  ko‘rish  bo‘yicha  boshqarma»da  aholining 

boshqa  toifalariga  oid  ishlar  ko‘rib  hal  qilingan.  Bu  sud  asosan  ko‘pgina 

sud  ishlari  uchun  oxirgi  bosqich  hisoblangan.  Agar  ish  viloyat  yoki 

provinsiyada  oxirigacha  hal  qilinmagan  bo‘lsa,  u  holda  ish  poytaxtning  u 

yoki  bu  sud-tergov  organlariga  yuborilgan.  Min  sulolasi  davrida 

Jazolar 


mahkamasi 

(sin  bu), 

Katta  haqiqat  ibodatxonasi 

(dalisa), 

Markaziy 

taftish-tergov  jinoiy  sud 

poytaxtning  ana  shunday  sud-tergov  organlari 

hisoblanardi.  Markaziy  taftish-tergov  jinoiy  sud  o‘ta  murakkab  ishlarni 

ko‘rib  hal  qilardi.  Bu  yerda  qaror  imperator  nomidan  chiqarilardi.  O‘lim 

jazosi  haqidagi  barcha  hukmlar  imperatorga  ma’lum  qilinardi.  Imperator 

amnistiya e’lon qilish, shuningdek, jazoni yumshatish huquqiga ega edi. 

Sud


 


 

405 


Xitoyda  armiyani  tashkil  etish  prinsiplari  o‘rta 

asrlarning  turli  bosqichlarida  ichki  va  tashqi  omillar 

ta’sirida o‘zgarib turgan. 

Tan  imperiyasida  erkaklar  60  yoshga  to‘lgunga  qadar  harbiyga 

majbur  bo‘lganlar  va  armiyada  xizmat  o‘tashga  jalb  qilinganlar.  Jang 

vaqtida  urushni  tashlab  qochish,  harbiy  yurishdan  bo‘yin  tovlash  uchun 

o‘lim jazosi berilgan. 

VIII  asrdan  boshlab  imperatorlar  ko‘proq  yollanma  qo‘shinlardan, 

shuningdek,  turklar,  uyg‘urlar  va  boshqalardan  tuzilgan  otliq  askarlardan 

foydalana boshladilar. XI asrda imperatorning birinchi ministri Van An-shi 

(1021-1096 yillar) ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar bilan birga harbiy islohotlar 

ham  o‘tkazib,  yollanma  armiya  o‘rniga  umumiy  harbiy  majburiyat  joriy 

qilmoqchi bo‘ldi. Asosiy qo‘shin dehqon lashkarlaridan iborat bo‘lishi ke-

rak edi. Har uch xonadondan biri bitta piyoda askar, o‘n xonadondan biri 

bitta otliq askar berishi kerak edi. Shu tariqa, qo‘shinlarning rekrut yig‘ini 

yordamida doimiy armiya tashkil etilgan va u davlat tomonidan ta'minlab 

turilgan. Rekrut yig‘ini Xitoyda uzoq vaqtgacha saqlanib qolgan edi. 

Min imperiyasi davrida «okrug qo‘shinlari» va chegara gornizonlari-

ning  eski  tizimi  saqlanib  qolgan  edi.  Bu  qo‘shinlarning  asosiy  tarkibi 

o‘zining  chek  yeriga  ega  bo‘lgan,  juda  qariguncha  va  ba’zan  o‘lgunicha 

xizmat o‘taydigan harbiy ko‘chmanchilardan iborat edi. 

Doimiy  qo‘shinlar  hamma  davrlarda  mahalliy  harbiy  otryadlarning, 

tartibni  qo‘riqlashga  chaqirilgan  jamoa  harbiy  qismlarining  ko‘magiga 

tayanardi.  Bu  otryadlar  asosan  boy  dehqonlardan  iborat  bo‘lib,  dehqonlar 

qo‘zg‘olonlari vaqtida ayniqsa faol harakat qilardilar. Min sulolasi impera-

torlari  ittifoqchi  davlatlarning  yordamchi  harbiy  qismlaridan  ham  keng 

foydalanganlar.  Bunday  harbiy  qismlar  yo  yollanardi,  yoki  front  rayon-

larida xizmat o‘tashga majbur qilinardi. 

Min  sulolasi  davrida  armiya  to‘xtovsiz  o‘sib  bordi,  XVII  asrda  u  4 

million  kishini  tashkil  etdi.  Mintaqaviy  harbiy  qo‘shilmalar  provinsiyalar 

va  hayotiy  muhim  harbiy  viloyatlar  bo‘yicha  joylashtirilgan  edi.  Tayanch 

harbiy  qo‘shilmalardan  vaqti-vaqti  bilan  poytaxtda  xizmat  o‘tovchi 

maxsus qo‘shinlar tanlab olinardi va maxsus tayyorlanardi. Ularning orasi-

da imperator saroyini qo‘riqlashga safarbar qilingan imperatorning shaxsiy 

gvardiyasi  alohida  ajralib  turardi.  Harbiy  birikmalarning  yana  bir  maxsus 

toifasini  har  bir  shahzodani  kuzatib  turuvchi  harbiy  soqchilar  otryadi 

(eskort) tashkil etardi. 

Boshqarish  maqsadlarida  barcha  harbiy  qo‘shilmalar  beshta  harbiy 

okrug  o‘rtasida  taqsimlangandi.  Ularga  poytaxtdagi  bosh  harbiy  komis-

Armiya


 


 

406 


sarliklar  rahbarlik  qilardi.  Bosh  harbiy  komissarliklarning  boshliqlari 

harbiy-hududiy  okruglar  ustidan  nazoratni  amalga  oshirar  va  hukumat 

tarkibiga kirardilar. 

Armiyaning  doimiy  bosh  qo‘mondoni  bo‘lmagan.  Urush  harakatlari 

boshlangan hollarda oliy harbiy amaldorlardan yoki mansabdorlardan biri 

general  yoki  hatto  generallissimus  etib  tayinlanardi.  Biroq,  asta-sekin 

doimiy taktik qo‘mondonlik tizimi rivojlanib borgan. Bunda shaxsiy tarkib 

chegaralar, portlar va boshqa strategik punktlar bo‘ylab to‘planardi. 

Min  sulolasi  davrida  Xitoyning  mahalliy  qo‘shinlar  qo‘mondonlari 

markazdan ma’lum  muddatga tayinlanadigan maxsus mansabdorlar tomo-

nidan  nazorat  qilingan.  XV  asrda  barcha  mahalliy  taktik  harbiy  xizmatlar 

ustidan  nazoratni  amalga  oshiruvchi  «bosh  harbiy  muvofiqlashtiruvchi» 

mansabi joriy etildi. 

 

4. O‘rta asrlarda Xitoy huquqining asosiy belgilari 



 

O‘rta  asrlarda  Xitoyda  huquqning  rivojlanishi 

asosan  jinoiy-huquqiy  normalarni  ishlab  chiqish,  taba-

qaviy-darajaviy  farqlarni,  aholining  soliq  majburiyat-

larini, davlat yerlarini ushlab turuvchilarining turli toifalarini, shuningdek, 

davlat  mulkini  saqlash  uchun,  davlat  xazinasini  to‘ldirish  uchun  Mas’ul 

bo‘lgan  shaxslarning  majburiyatlarini  tartibga  solish  yo‘lidan  bordi. 

Bularning  hammasi  o‘zaro  bir-biriga  bog‘liq  normalar  bo‘lib,  ko‘p  sonli 

huquqiy yodgorliklarning, sulolalarning kodekslar deb nom olgan qonunlar 

to‘plamlarining mazmunini tashkil etdi. 

Sulolaviy  qonunlar  to‘plamlarining  o‘zak  normalarini  sulolaning 

asoschilari  yaratgan  edi  (bunday  normalar  vaqt  o‘tishi  bilan  ilohiy  o‘rna-

tilganlik  belgilariga  ega  bo‘lib  borgan).  Sulolaning  vorislari  esa  bu  o‘zak 

normalarni  takomillashtira  borib,  o‘z  qonun  hujjatlari  bilan  kengay-

tirganlar, to‘ldirganlar. 

Xandan  boshlab  qonunlar  to‘plamlari  an’anaviy-huquqiy  normalar  - 

lyuy

ning  barqaror  o‘zagini  o‘zgarishsiz  mustahkamlash  asosida  tuzilgan. 



Lyuy  yangi  normalar  - 

lin 


bilan  to‘ldirib  borilgan.  Asta-sekin  lyuy  va  lin 

o‘rtasida huquqiy tartibga solish sohasi bo‘yicha ajralish yuz bergan. Lyuy 

jinoiy qonunlarni, 

lin


 - ma’muriy qarorlar va boshqalarni o‘z ichiga olgan. 

Suy  (VI  asr)  va  Tan  (VII  asr)  sulolalarining  hukmronligi  davrida 

Xitoyda qonunlarni tizimga solish bo‘yicha katta ishlar amalga oshiriladi. 

Suy  sulolasi  davrida  (581-618  yillar)  va  Tan  hukmronligining  dastlabki 

davrida kodekslar har bir podsholik tomonidan qaytadan ko‘rib chiqilgan. 

Huquq 


manbalari

 



 

407 


«Deyarli  har  bir  sulola,  -  deb  yozadi  A.I.Rogojin  va  Straxovlar  -  taxtni 

egallagandan  keyin  harakatdagi  qonunni  tartibga  solish  va  yangilashni 

o‘zining vazifasi qilib qo‘yadi»

131


. Bizgacha yetib kelgan birinchi qonunlar 

to‘plami -VII asrdagi Tan sulolasi kodeksi - «Tan lyuy shui» hisoblanadi. 

Bu  qonunlar  to‘plamida  qonunlarning  to‘rtta  turkumi: 

lyuy  - 


jinoyat 

qonunlari; 

lin - 

ma’muriy qonunlar; 



ko - 

jinoyat va ma’muriy qonunlarga 

qo‘shimcha; 

shi - 


qonunlarni qo‘llash haqidagi qoidalar o‘rnatiladi. 

Sun imperiyasi davrida markaziy hokimiyatning kuchayishi munosa-

bati bilan imperatorlarning qonun chiqarish faoliyati yangidan faollashadi. 

960-963  yillarda  «Jinoyat  qonunlarining  tuzatilgan  va  qayta  ko‘rib 

chiqilgan to‘plami» tuziladi. U Tan kodeksini deyarli to‘liq takrorlaydi. 

Joriy  qonunlarning  ancha  ko‘payishi  munosabati  bilan  keyingi 

yillarda ham qonunlar va qarorlarni tasniflashtirish ishlari davom etadi. XI 

asr  oxirida  Xitoyda  qonunlarni  qayta  ko‘rib  chiqish  va  tasniflashtirish 

bo‘yicha  maxsus  byuro  tuziladi.  U,  jumladan,  «900  ta  moddadan  iborat 

qonunlar  to‘plami»ni  tayyorlaydi.  XIV  asrning  oxirida  «Min  sulolasi 

qonunlari to‘plami» dunyoga keladi. U oldingi kodekslarning ko‘p qoida-

larini  xuddi  o‘zidek  qaytargan.  Shu  narsa  xarakterliki,  bu  amaliyot  

Xitoyda  manchjurlarning  Sin  sulolasi  (1644-1912  yillar)  o‘rnatilgandan 

keyin  ham  o‘zgarishsiz  qoladi.  Pekin  manchjurlar  tomonidan  bosib 

olingandan  keyin,  1644  yildayoq  Min  kodeksiga  yangi  siyosiy  shart-

sharoitlarga  mos  tuzatishlar  va  o‘zgartirishlar  kiritish  maqsadida  uni 

o‘rganish ishlari boshlab yuborilgan edi. 

Manchjurlarning  saroy  amaldorlari  va  sudyalari  tomonidan  olib 

borilgan  ishlar  natijasida  1647  yilda  Kodeks  tuzilgan.  Uning  juda  ko‘p 

qoidalari  eski  Min  sulolasining  kodeksidan  o‘zlashtirilgan  edi.  Bundan 

tashqari, unda Min kodeksining asosiy, tub qoidalari (lyuy)ni o‘zgartirish-

ga  ruxsat  etilmagan  edi.  Sin  kodeksining  300  dan  ortiq  qoidalari  Min 

kodeksining  qo‘shimcha  qoidalaridan  olingandi.  Bularga  o‘z  navbatida 

Tan  kodeksining  ko‘p  qoidalari  hech  qanday  o‘zgarishlarsiz  kiritiladi. 

XVII  asrda  eski  kodekslar  asosida  tuzilgan  Manchjurlarning  kodekslari 

deyarli hech qanday o‘zgarishsiz Xitoyda XX asrning boshiga qadar hara-

katda  bo‘ldi  hamda  Xitoy  an’anaviy  huquqining prinsip  va normalarining 

mazmunini belgiladi. 

O‘rta  asrlarda  Xitoy  huquqida  qadimdan  an’ana  bo‘lib  qolgan  bir 

qator belgi va xususiyatlar saqlanib qolgan edi. Xususan, bunda axloq nor-

malari  (li)  va  qattiq  huquqiy  normalar  (fa)  o‘zaro  bog‘liq  harakat  qilgan. 

                                                 

131

 История государства и права зарубежных стран. (Рабовладельческое и феодальное право).-M.: 



Госюриздат, 1980.-524-bet. 


 

408 


Masalan,  Tan  kodeksida  60  dan  ortiq  holatlarda  axloq  normalariga, 

konfutsiylik  asarlariga  to‘g‘ridan-to‘g‘ri  havolalar  qilinadi.  Shu  bilan 

birga,  Kodeks  birgalikdagi  (jamoaviy)  javobgarlik  haqidagi,  chaqimchilik 

(zimdan  beriladigan  xabarlarning)  taqdirlanishi  haqidagi  va  boshqalar 

to‘g‘risidagi  legistlarning  talablaridan  kelib  chiqadi.  Shuningdek,  konfut-

siylik  ta’limotining  huquqqa  ta’siri  o‘z  ahamiyatini  hech  qachon  yo‘qot-

madi.  Masalan,  Konfutsiylik  ta’limotiga  binoan,  mahkumning  o‘z  ota-

onasi  va  qarindoshlari  ustidan  chaqimchiligi  muqaddas  «syao»  prinsipi-

ning  buzilishi  hisoblanadi.  Aynan  mazkur  ta’limotning  bevosita  ta’sirida 

Tan  kodeksida  birinchi  va  ikkinchi  avlodga  oid  to‘g‘ridan-to‘g‘ri 

qarindoshlar  ustidan  chaqimchilik  qilish  uchun  o‘lim  jazosi  nazarda 

tutilgan. 

Bu  andazaning  amal  qilishiga  legizmdan  kelib  chiqadigan  ommaviy 

ongning  boshqa  belgisi  ham  bog‘liq.  Qonunning  asosiy  maqsadi  -  shaxs 

erkinliklari  sohasini  tartibga  solish  emas,  balki  kattalarga,  hukmdor 

irodasiga  bo‘ysunishning  an’anaviy  prinsiplarini  to‘ldiruvchisini  ta’qib 

qilish, jazolash bo‘lgan. 

Xitoyda jinoyat huquqi boshqa huquq sohalariga qaraganda ko‘proq 

rivojlangan. Jinoyat huquqi normalari o‘rta asrlar   Xitoyi huquqi tizimida 

bosh  o‘rinni  egallaydi.  Jinoyat  huquqining  ko‘p  normalari  faqat  jinoyat 

sodir  etilgandagina  qo‘llanilmay,  balki  oddiy  axloq  normasini  mavhumiy 

buzish:  «qilish  mumkin  bo‘lmagan  narsani  qilishlik»  uchun  kaltak  bilan 

urish  jazosining  nazarda  tutilganligi  an’anaviy  huquqiy  ong  tantanasiga 

misol bo‘lib xizmat qilishi mumkin. 

Kishilarning  jinsi,  yoshi,  qarindoshlik  munosabatlarida  tutgan 

o‘rniga  qarab  har  qanday  axloqsizlik  xatti-harakatlarining  baholashga 

bevosita ta’sir etadigan qattiq huquqiy daraja an’anaviy huquqda ijtimoiy-

sinfiy  farqlarni  xas-po‘shlagan,  jinoyat  huquqiga  og‘ishmay  amal  qilish 

talab  qilinadigan  umummilliy  manfaatlar  himoyachisi  sifatida  qarashni 

shakllantirgan. 

Erkin  kishi  ham,  qul  ham  jinoyat  sub’yekti  bo‘lishi  mumkin  edi. 

Kodeksda maxsus ko‘rsatilmagan hollarda shaxsan erkin bo‘lmagan kishi - 

butsuy  erkin  kishi  sifatida  sud  javobgarligiga  tortilardi.  Lekin  bu  holat 

ko‘p  turdagi  jinoyatlar  uchun  jazo  qo‘llashda  alohida  tabaqaviy  prinsipni 

istisno  qilmagan.  Shaxsan  erkin  bo‘lmagan  kishilar  ham  jinoyatning 

sub’yekti sifatida qaralishi mumkin edi. 

Jinoyat  huquqining  umumiy  prinsiplari  haqida  gap  ketganda  shuni 

ta’kidlash  joizki,  Xitoy  qonunlari  qator  hollarda  ayb  shakllari:  qasd  va 

ehtiyotsizlikni hisobga olardi, lekin har doim ham emas. Axloq normalari 



 

409 


bilan huquq o‘rtasidagi chegaralarning rasman aniqlanmaganligi va buning 

oqibatida qonunda aniq ifodalangan huquqiy tushuncha, ta’riflarning yo‘q-

ligi  huquqda  ayb  shakllarining  aniq  ajratilishiga  to‘sqinlik  qilgan,  jazolar 

tayinlashda ko‘pincha «bilmaslik», «atayin qilinmaganlik», «e’tiborsizlik», 

«esdan  chiqqanlik»,  «xato  qilganlik»  kabi  tushunchalardan  foydalanishga 

sabab  bo‘lgan.  Bu  tushunchalardan  qadimgi  davrlardayoq  afv  etish  asosi 

sifatida foydalanilgan. 

III-IV  asrlarda  huquqiy  ta’limot  jinoyat  sodir  etish  rejasini  tuzishni 

jinoyatga  qasd  qilishning  asosiy  ko‘rsatkichi  sifatida  hisoblay  boshladi. 

Qasd  qilingan  jinoyat  Tan  kodeksi  bo‘yicha  faqat  reja  tuzish  bilangina 

emas,  balki  ikki  yoki  undan  ortiq  kishining  oldindan  kelishuvi  bilan  ham 

ajralib turgan. 

Xitoy  qonunlarida,  jumladan,  Tan  kodeksida  hali  zaruriy  mudofaa 

instituti  ishlab  chiqilmagan  edi.  Lekin  ota  yoki  onasini  himoya  qilgan 

o‘g‘il, buva yoki buvisini himoya qilgan nevara birovga yetkazgan tan ja-

rohati uchun va hatto buning natijasida birovni o‘ldirib qo‘yganligi uchun 

ham  javobgarlikka  tortilmagan.  Xuddi  shuningdek,  xo‘jayinning  buyrug‘i 

bilan  jinoyat  sodir  qilgan  xizmatkorlar  ham  jinoiy  javobgarlikdan  ozod 

qilingan.  Chunki  bunday  jinoyatlarni  sodir  qilish  ularning  jinoiy  irodasi 

tomonidan buyurilmagan. 

«O‘g‘illik diyonati» talabi yuqoridagi normalarning Xitoy qonunchi-

ligida XX asrga qadar o‘zgarishsiz saqlanib qolishga sabab bo‘lgan. Shu-

ningdek,  qonunlarda  o‘z  yaqin  qarindoshlari  ustidan  chaqimchilik  qilish 

jinoyat  deb  tan  olinishi  haqidagi  va  jinoyat  sodir  etgan  oila  a’zolarini 

yashirganlik  uchun  javobgarlikdan  ozod  qilinishi  haqidagi  normalar  ham 

Xitoy xujjatlarida XX asrgacha saqlanib qolgan edi. 

O‘rta  asrlar  Xitoyi  huquqiga  aybni  yengillashtiruvchi  holatlar  ham 

ma’lum.  Tan  kodeksi  bo‘yicha,  odatda,  uchta  toifadagi  shaxslar:  «qarilar 

va  kichiklar»,  shuningdek,  nogironlarning  qilgan  jinoyatlari  uchun  jazo 

yumshatilishi  mumkin  edi.  Biroq,  ko‘pincha  jinoyatchining  bolalari  qul-

likka  sotilardi.  Ayollar  qatl  etilishi  mumkin  edi,  lekin  surgun  qilinmasdi. 

Homilador  ayolni  qatl  etish  bolasi  tug‘ilgach  100  kundan  keyin  amalga 

oshirilishi lozim edi. 

Xitoy an’anaviy huquqida konfutsiylik ta’limoti nuqtai nazaridan ji-

noyatlarni ularning ijtimoiy xavfliligiga qarab tasniflashtirish juda qadimgi 

davrlardayoq  vujudga  kelgan  va  bu  asrlar  mobaynida  yashab  kelayotgan 




Download 2,91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   31




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish