O‘zbekiston respublikasi adliya vazirligi toshkent davlat yuridik instituti



Download 2,91 Mb.
Pdf ko'rish
bet25/31
Sana01.01.2022
Hajmi2,91 Mb.
#291542
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   31
Bog'liq
Xorijiy mamlakatlar tarixi va burchi. Haydarali Muhammedov II qism

Oltinchi yovuzlik 

- «buyuk narsaga itoatsizlik bildirish» bo‘lib, unga 

li

 tomonidan taqiqlangan alohida ahamiyatga ega bo‘lgan cheklashlarning 



buzilishi bilan bog‘liq jinoyatlar kirgan. Ularning qatoriga, masalan, ibodat 

qilinadigan narsalarni, shuningdek, imperator tomonidan foydalaniladigan 

ashyolar (imperatorning muhri, uning xotinlari, ota-onasi, buva-buvisining 

muhrlari)ni  o‘g‘irlash,  imperator  uchun  ovqat,  dori-darmon  tayyorlash 

chog‘ida  xatoga  yo‘l  qo‘yish,  uning  nomini  yomonlab  gapirish  kabilar 

kirgan.  Imperatorning  sog‘lig‘iga  tajovuz  qiluvchi  yoki  unga  ma'naviy 

yoki moddiy zarar keltiruvchi (masalan, uning farmonini bajarmaslik yoki 

soxtalashtirish)  xatti-harakatlarni  sodir  etgan  barcha  shaxslar  osib 

o‘ldirilgan.  Bunda  gap  ushbu  harakatning  ehtiyotsizlik,  xato  qilishi 

natijasida  sodir  qilinishi  to‘g‘risida  bormoqda.  Aks  holda,  yuqoridagi 

jinoyatlar birinchi yovuzlik toifasiga taalluqli bo‘lgan. 

Yovuzlikning  yettinchi,  sakkizinchi,  to‘qqizinchi  va  o‘ninchi 

shakllari  ijtimoiy  tartibning  asosi  sifatida  qaralganda  oiladagi  axloqiy 

tartibni  u  yoki  bu darajada  himoya  qilish  bilan bog‘liq bo‘lgan. 



Yettinchi 

yovuzlik 

- «o‘g‘illarning itoatsizlik bildirishi», ota-onasiga bo‘ysunmasligi 

bo‘lib,  unga  masalan,  buvasini,  buvisini,  ota-onasini  nojo‘ya,  yomon 

harakatlarda  ayblash,  ularni  so‘kish,  haqoratlash,  yomon  boqish,  ularning 

roziligisiz  oiladan  ajralib  chiqish  va  mol-mulkni  bo‘lish,  motam  vaqtida 

nikohga  kirish  yoki  bu  vaqtda  motam  kiyimlarini  kiymay,  boshqa 

liboslarda yurish va hokazo jinoyatlar kiritilgan. 

Sakkizinchi  yovuzlik 

-  yaqin  qarindoshlar  orasidagi  «kelishmovchi-

lik,  qarama-qarshilik»  bo‘lgan.  Bu  turkum  jinoyatlarga  yaqin  qarindoshni 

o‘ldirishga  qasd  qilish  yoki  qullikka  sotishdan  tortib  to  xotinning  erini 

urishi  va  katta  avlod  qarindoshlari  ustidan  chaqimchilik  qilishgacha 

bo‘lgan keng doiradagi jinoiy xatti-harakatlar kirgan. 



To‘qqizinchi yovuzlik 

- «adolatsizlik, nohaqlik» hisoblanib, u oilaviy 

emas,  rasman,  ijtimoiy-ierarxik  rishtalar  bilan  bog‘liq  kishilarning  bir-bi-

riga qarshi sodir qilgan jinoyatlarini o‘z ichiga olgan. Masalan, bo‘ysunuv-

chi shaxsning o‘z xo‘jayinini, qo‘mondonini, konfutsiylik axloqi bo‘yicha 

o‘qituvchi-ustozini o‘ldirishi kabilar ana shu yovuzlik turkumiga kiruvchi 

jinoyatlar hisoblangan. Bunga yana xotinning eriga nisbatan turli shakllar-

da ifodalangan bo‘ysunmasligi, masalan, eri yoki uning qarindoshlari vafot 




 

412 


etganda  motam  libosini  kiyib  yurmasligi  va  boshqalar  ham  taalluqli 

bo‘lgan. 

Yaqin  qarindoshlarning  o‘zaro  jinsiy  aloqalari 

«o‘ninchi  yovuzlik»

 

hisoblangan. Bu «qushlar va hayvonlarning» xatti-harakatiga tenglashtiril-



gan. Bunda faqat yaqin qarindoshlar bilan emas, buva  yoki otasining jaz-

mani bilan jinsiy aloqa qilish ham shunday jinoyat tarkibini tashkil etgan. 

O‘nta  yovuzlikka  kirgan  jinoyatlar  kechirilmagan.  Sin  qonunlariga 

asosan  katta  amaldorga  tegishli  odamlar,  imperatorlar  hurmatiga  sazovor 

bo‘lganlar, olimlar, harbiy xizmatlari uchun nomlari hurmat kitobiga kiri-

tilgan  kishilar  hamda  so‘zlari,  qilgan  ishlari  jamiyatda  qonundek  qabul 

qilingan  kishilar  bundan  mustasno.  Qo‘zg‘olonlarda  qatnashgani  va  xiyo-

nat  qilgani  uchun  faqat  jinoyatchining  o‘zi  emas,  hatto  uning  qarindosh-

urug‘lari  ham  jinoiy  javobgarlikka  tortilib,  ularning  boshi  tanasidan  judo 

qilingan.  Bunday  jazoga  7  yoshgacha  bo‘lgan  bolalar  va  ayollar 

tortilmagan, ular qullikka berilgan. 

«O‘nta yovuzlik» barcha jinoiy harakatlarni qoplamagan. Ular bosh-

qa jinoyatlarga nisbatan o‘ziga xos mezon bo‘lgan. Boshqa jinoyatlar ora-

sida hamma davrlarda muayyan insonga, uning hayotiga, sog‘lig‘iga qarshi 

qaratilgan  jinoyatlar  va  boshqalar  ajralib  turgan.  Ushbu  jinoyatlar  uchun 

jazolar  tayinlashda  Xitoy  an’anaviy  huquqida  qator  omillar:  jinoyatchi  va 

jabrlanuvchining ijtimoiy ahvoli, qarindoshlik aloqasi, hamda shiddatliligi 

va  boshqa  holatlar  hisobga  olingan.  Qasddan  odam  o‘ldirish  uchun  eng 

og‘ir jazo - boshini tanasidan judo qilish jazosi nazarda tutilgan. Erkin ki-

shi  birovni  «xato  qilib»,  masalan,  o‘yin  vaqtida  o‘ldirib  qo‘ysa,  jazodan 

pul  to‘lab  qutilishi  mumkin  bo‘lgan.  Qullar  va  butsuylar  (qaram  kishilar) 

ning o‘z xo‘jayinini o‘ldirish uchun faqat til biriktirishining o‘ziyoq ularga 

nisbatan  oliy  jazo  -  o‘limga  mahkum  etish  jazosi  qo‘llanilishiga  olib  kel-

gan. Agar xo‘jayin o‘zining ayb qilgan quli yoki butsuyini o‘ldirsa, u Tan 

kodeksi bo‘yicha yo‘g‘on kaltak bilan 100 marta urilgan. Agar xo‘jayin to-

monidan o‘ldirilgan qul yoki butsuy aybsiz bo‘lsa, u holda xo‘jayin bir yil-

ga  katorgaga  juda  og‘ir  ishlarga  jo‘natilgan.  Agar  xo‘jayin  o‘z  quli  yoki 

butsuyini  «xatoga  yo‘l  qo‘yish  orqali»  o‘ldirib  qo‘ysa,  umuman  jazo-

lanmagan. 

Birovga  tan  jarohati  yetkazganlik  uchun  jazo  berishda  ham  yuqori-

dagi  holatlar  hisobga  olingan,  lekin  bunda  yengilroq  jazo  chorasi 

qo‘llanilgan.  O‘z  xotiniga  jarohat  yetkazgan  er,  boshqa  birovga  jarohat 

yetkazganga  qaraganda,  yengilroq  jazoga  tortilgan.  Jazmaniga  jarohat 

yetkazgan erkak esa umuman jazolanmagan. 




 

413 


Tan kodeksida shaxsga qarshi qaratilgan jinoyatlarga erkin kishilarni 

qullikka  sotishning  ko‘p  holatlari  kiritilgan.  Bunda  jabrlanuvchi  va 

jinoyatchining yoshi, jinsi, qarindoshlik aloqasi hisobga olingan. 

Shaxsga qarshi qaratilgan jinoyatlar ko‘pincha mulkka qarshi qaratil-

gan jinoyatlar bilan birga kelgan. Mulkiy jinoyatlardan o‘g‘irlik va turli xil 

mulklarni g‘ayriqonuniy ravishda o‘zlashtirish alohida ajratib ko‘rsatiladi. 

Bu  jinoyatlar  xususiy  mulkka  yoki  davlat  mulkiga,  shuningdek,  xususiy 

shaxslarga yoki mansabdor shaxslarga qarshi qaratilganligiga qarab tasnif-

lashtirilgan. Bunda mulkni g‘ayriqonuniy o‘zlashtirish usullari: talonchilik, 

o‘g‘irlik,  poraxo‘rlik,  ma’muriyatchilik  huquqlaridan  foydalanib  mulkni 

o‘zlashtirish  va  xizmat  mavqeidan  foydalanib  mulkni  g‘ayriqonuniy  o‘z-

lashtirish  ham  hisobga  olingan.  O‘g‘irlik  mulkni  yashirincha  talon-taroj 

qilish  bo‘lib,  buning  uchun  yo‘g‘on  tayoq  bilan  urish  jazosi  tayinlangan. 

Bosqinchilik  birovning  mol-mulkini  do‘q-po‘pisa  qilib  yoki  kuch  ishlatib 

ochiqdan-ochiq talon-taroj qilish hisoblangan. 

Jinoyatlarning  alohida  guruhini  turli  shakllarda  g‘ayriqonuniy 

boyish,  mulkni  aldash,  qo‘rqitish  yo‘li  bilan  qo‘lga  kiritish,  kuch  ishlatib 

zo‘ravonlik  bilan yoki  haddan  ortiq darajada  foyda  olish  bilan  sotib  olish 

kabilar  tashkil  etgan.  Shu  tariqa,  jinoyat  va  shartnoma  shartlarini  buzish 

o‘rtasidagi  chegaralar  yuvilib  ketgan.  Zero,  bu  an’anaviy  huquqqa  xos 

jihat  bo‘lib,  unda  umumiy  va  xususiy  manfaatlar  sohasi  o‘rtasida  aniq 

farqlar ajratilmagandi. 

Jazo tayinlashda o‘g‘irlangan narsaning bahosi ham hisobga olingan. 

Juda  katta  miqdordagi  o‘g‘irlik  uchun  Tan  kodeksi  bo‘yicha  qo‘shimcha 

katorga  ishlari  bilan  birga  surgun  qilish  va  o‘g‘irlangan  ashyoning  ikki 

baravari  miqdorini  undirish  jazosi  nazarda  tutilgan.  Davlat  mulkini 

o‘g‘irlaganlik  uchun  og‘irroq  jazo,  qarindoshlarining  mulkini  o‘g‘irla-

ganlik  uchun  esa  yengilroq  jazo  chorasi  qo‘llanilgan.  Birovning  mulkiga 

zarar yetkazish o‘g‘irlik bilan teng hisoblangan. O‘t qo‘yish, birovning yer 

maydonini suvga bostirish qattiq jazolangan. 

Qaroqchi  va  talonchilarning  ham  boshi  kesilgan.  Odamlarni  o‘g‘ir-

lash,  ayniqsa  ayollarni  o‘g‘irlab  ko‘ngil  ochish  maskanlariga  sotish  jino-

yatlar  ichida  ajralib  turgan.  Ajralib  chiqmagan  katta  oilalarning  bir  necha 

a’zolari  tomonidan  qilingan  o‘g‘irlik  uchun  shu  oilaning  boshlig‘i  javob-

garlikka  tortilgan,  qolganlari  ishtirokchi  sifatida  jazolangan.  Qarindosh-

urug‘lar  orasidagi  o‘g‘irlik  og‘ir  jinoyat  hisoblangan.  Qonunlar  bo‘yicha 

o‘g‘irlik va bosqinchilik bir-biridan farqlangan. 

Bo‘ysunuvchi  shaxsning boshliqqa, odiy  kishini  mansabdor  shaxsga 

umumiy  shaxsiy  qaramligi  prinsiplari  turli  xil  mansabdorlik  jinoyatlari-



 

414 


ning, avvalo poraxo‘rlikning kelib chiqishiga zamin yaratgan. Poraxo‘rlik 

jinoyatlari  uchun  jazo  berishda  mansabdor  shaxsning  «sovg‘a»  olayotgan 

vaqtda  qonunni  buzgan  yoki  buzmaganligi,  qilmishidan  pushaymon  bo‘-

lishi,  shuningdek,  olingan  poraning  qiymati,  bahosi  inobatga  olingan. 

Jinoyatda  ikkala  tomon  -  pora  beruvchi  ham,  pora  oluvchi  ham  aybdor 

hisoblangan. 

Ko‘pdan-ko‘p huquqiy g‘ayriqonuniy yo‘llarning mavjudligidan dav-

latning mansabdorlik jinoyatlariga qarshi shafqatsiz, lekin muvaffaqiyatsiz 

kurash olib borganligidan boshqa misollar ham darak beradi. Masalan, Tan 

kodeksi  bo‘yicha  mansabdolarning,  hatto  u  iste'foga  chiqqandan  keyin 

ham, o‘ziga bo‘ysunuvchi shaxsdan har qanday sovg‘a olishi mansabdorlik 

jinoyati 

hisoblangan. 

Lekin 


bo‘ysunuvchi 

shaxsning 

boshliqqa 

minnatdorchilik  belgisi  sifatidagi  «motam  va  musibatli»  kunlarida  bergan 

«yordamlari»,  «ma’lum  mezonlarga  rioya  qilgan  holda»  tekinga  ishlab 

berishi jinoyat hisoblanmagan. 

Jinoyat  huquqida  mansabdor  shaxslarning  qilgan  jinoyatlari  uchun 

beriladigan jazolar alohida o‘rin tutgan. Ular faqat jinoyalari uchun emas, 

hatto qilgan xatolari uchun ham qonun oldida javob berganlar. Boshliqlar-

ga uning yordamchilari tomonidan qilingan qonunsizliklari uchun beriladi-

gan  jazo  ko‘paytirilgan.  Soliq  to‘lovchilarni  ro‘yxatga  olishda  qiladigan 

xatolar va o‘z  mansabini suiiste’mol qilish davlat tomonidan qattiq ta’qib 

qilingan. 

Xitoy qonunchiligi ma’muriy va jinoiy jazolarni bir-biridan ajratma-

gan. Ma’muriyat faoliyati sohasidagi har qanday tartibbuzarliklar: mansab-

dor  shaxsning  ishga  kechikishi  yoki  kelmasligi  (chiqmasligi)  yoki  davlat 

sirlarini  oshkor  qilishi  jinoiy  jazoga  loyiq  hisoblangan.  Agar  mansabdor 

shaxs  bunday  xatti-harakatni  boshlig‘ining  buyrug‘iga  ko‘ra  sodir  qilgan 

bo‘lsa, jazoga tortilmagan. 

Jinoyatlarning  maxsus  guruhini  oiladagi  axloq  tartiblarini  turlicha 

buzish bilan bog‘liq huquqbuzarliklar, jinsiy jinoyatlar tashkil etgan. Jinsiy 

jinoyatlarga salbiy baho berishda jinoyatchining jinsi va jabrlanuvchi bilan 

qarindoshlik  aloqalari  tizimida  tutgan  o‘rni  juda  muhim  mezon  bo‘lib 

xizmat  qilgan.  Xitoy  an’anaviy  huquqida  «O‘nta  yovuzlik»ka  kiruvchi  ji-

noyatlar  bilan  bir  qatorda  xotinning  eriga,  erning  xotiniga  nisbatan  xiyo-

nati, mansabdor shaxsning o‘z ma’muriy hokimiyati ostidagi ayolni avrab 

yo‘ldan urishi, nomusiga tegishi, ayniqsa, qulning erkin ayolning nomusi-

ga tegishi va boshqalar qattiq jazolangan. Agar xo‘jayin o‘z kanizagi yoki 

butsuyining qizi bilan jinsiy aloqa qilsa, jinoyat hisoblanmagan. 



 

415 


Jazolar asosiy, qo‘shimcha va o‘zgartiriladiganlarga bo‘lingan. Aso-

siy jazolarga katorga qilish, tayoq  yoki qamchi bilan savalash, surgun qi-

lish hamda o‘lim jazolari; boshqa jazolarga tamg‘alash, barmoq yoki qo‘li-

ni  kesish,  axta  qilish,  avlodini  qirish  kabilar  kirgan.  Yovvoyi  hayvonlar 

ovlanadigan  provinsiyalarga  surgun  qilishlar  ham  qo‘llanilgan.  Bundan 

tashqari,  turli  xil  jarimalar,  mol-mulkini  davlat  hisobiga  musodara  qilish, 

qullikka  sotish  kabi  jazolar  ham  qo‘llanilgan.  Qullar  qilgan  jinoyatlari 

uchun surgun qilinmagan, uning o‘rniga 200 marta qamchi bilan urilgan. 

Shimoliy  Vey  sulolasi  davrida  (V  asr)  jazolarning  boshini  kesish, 

osib o‘ldirish, katorga ishlariga surgun qilish, surgun qilmay katorga ishla-

riga jo‘natish kabi turlari  mavjud edi. Aynan shu vaqtdan e’tiboran tayoq 

bilan  urish  jazo  sifatida  qo‘llanila  boshlangan.  Suy  davrida  (VI  asr)  yo‘-

g‘on  tayoq  bilan  urishga  ingichka  kaltak  bilan  urish  qo‘shilgan.  Tan  ko-

deksi ming yildan ortiq vaqt mobaynida jazolarning beshta asosiy tizimini 

tartibga solib turgan. Ular: 1) ingichka kaltak bilan urish (besh darajali: 10 

marta,  20  marta,  30  marta,  40  marta,  50  marta);  2)  yo‘g‘on  tayoq  bilan 

urish (besh darajali: 60 marta, 70 marta, 80 marta, 90 marta, 100 marta); 3) 

katorga ishlari (uch darajali: 1 yilga, 2 yilga, 3 yilga); 4) surgun (joyning 

uzoqligiga  qarab  uch  darajali:  2  mingdan  3  ming  li

132


gacha);  5)  o‘lim 

jazosi (ikki shaklda: boshini kesish va osib o‘ldirish)dan iborat. 623 yilda 

qo‘shimcha  katorga  ishlari  bilan  birga  surgun  qilish  jazosi  joriy  qilingan. 

Buni o‘lim jazosiga almashtirish mumkin edi. X-XI asrlarda o‘lim jazosiga 

jinoyatchining murdasini bo‘laklarga bo‘lish jazosi qo‘shimcha qilingan. 

Xitoy huquqi, shu tariqa, umrbod katorgani bilmaydi. Lekin ma’lum 

muddatli katorga erkin kishini amalda qulga aylantirar edi. Shuning uchun 

ham mansabdor shaxslar katorga ishlari bilan jazolanmasdilar. Mahkumlar 

surgun  qilingan  joyda  odatda  umrbod  qolib  ketgan,  faqat  Tan  sulolasi 

davrida  amnistiya  bo‘yicha  uyga  ketishlari  mumkin  edi.  Davlat  qullariga 

surgun o‘rniga kaltak bilan urish jazosi qo‘llanilgan. 

Konfutsiylik manbai bo‘lmish Li szidan sulolaviy kodekslarga yuqori 

ijtimoiy mavqedagi shaxslarga jazo berishning «sakkizta qoidasi» o‘tkazil-

gan. 



Download 2,91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   31




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish