O‘zbekiston respublikasi adliya vazirligi toshkent davlat yuridik instituti



Download 2,91 Mb.
Pdf ko'rish
bet26/31
Sana01.01.2022
Hajmi2,91 Mb.
#291542
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   31
Bog'liq
Xorijiy mamlakatlar tarixi va burchi. Haydarali Muhammedov II qism

Aslzoda shaxslarning sakkiz toifasi 

(

birinchisi 

- imperatorning qarin-

doshlari; 



ikkinchisi

-imperatorning  sodiq  do‘stlari,  «unga  uzoq  vaqt  davo-

mida xizmat qilganlar»; 

uchinchisi 

- «so‘zlari va xatti-harakatlari namuna 

bo‘lib  xizmat  qilishi  mumkin  bo‘lgan  oliyjanob  kishilar»; 

to‘rtinchisi 

«harbiy  va  davlat  ishlarida  qobiliyatli,  iste'dodli  kishilar»; 



beshinchisi 

– 

xizmat ko‘rsatgan harbiy xizmatchilar; 



oltinchisi 

- oliy martabali va dara-

jali aslzoda mansabdorlar; 

yettinchisi 

- tirishqoq, g‘ayratli mansabdorlar va 

                                                 

132


 1 ming li – taxminan 500 km. 


 

416 


sakkizinchisi 

-  «mehmonlar», ya’ni  podsholar sulolarining avlodlari o‘lim 

jazosiga  loyiq  qator  jinoyatlarni  sodir  qilganida  oddiy  sudlar  tomonidan 

sud qilinmagan. Bunda jazo tayinlash, jazoni yumshatish yoki jinoyatchini 

afv  etish  uchun  bu  toifa  shaxslar  imperatorning  ixtiyoriga  berilgan.  Ular 

imperatorga pul (pora) berib jazodan qutulib qolishlari mumkin edi. 

Jinoyat uchun jazolar haqidagi masala hal qilinayotganda boshqa toi-

fadagi  mansabdorlar  ham  imtiyozlardan  foydalanganlar.  Xitoyda  jazo-

larning  almashtirilishi  tizimining  mavjudligi  sharofati  bilan  ko‘pgina 

mansabdor  shaxslarga  beriladigan  katorga  yoki  surgun  jazosi  mansabi, 

martabasi,  unvoni  yo‘qotilishi  bilan  almashtirilishi  mumkin  edi.  Man-

sabdor  shaxsda  qancha  ko‘p  unvon,  qancha  yuqori  martaba  bo‘lsa,  shun-

chalik  asosiy  jazoni  «bekor  qilish»  imkoniyati  bo‘lgan.  Agar  mansabdor 

shaxs  og‘ir  jinoyatlar  sodir  etgan  bo‘lsa  va  jazodan  qutulishga  unvon  va 

martabalari  yetarlicha  bo‘lmasa,  u  holda  jazoning  qolgan  qismi  uchun 

jarima to‘lashi mumkin edi. 

Xitoy an’anaviy huquqida «soya» deb nomlanuvchi o‘ziga xos huqu-

qiy  institut  bo‘lib,  bu  byurokratiyaning  jamiyatdagi  hukmronlik  mavqeini 

belgilaydi. Unga ko‘ra, mansabdor («soyaparvar»)ning qarindoshlari uning 

martabasi va unga qarindoshlik darajasi bilan o‘lchanadigan «soya kuchla-

ri»ga qarab qator maxsus ijtimoiy va huquqiy imtiyozlar olganlar. «Soya» 

davlat  xizmatida  mansab  olish  imkoniyatini  bergan,  shuningdek,  jinoyat 

sodir  etilganda  javobgarlikdan  ozod  qilgan  yoki  jazoni  yengillashtirgan. 

«Soya»ning  kuchi  va  oqibatlari  Tan  kodeksida  juda  batafsil  tarzda  qayd 

etilgan.  Imperatorning  «soyasi»  nihoyatda  qudratli  bo‘lgan.  U  imperator-

ning  juda  ko‘p  qarindoshlarini  o‘z  «panohi»  ga  olgan.  Lekin  hatto  eng 

kichik  mansabdor  shaxs  ham  o‘zining  buvasi,  buvisi,  otasi,  onasi,  xotini, 

bolalari, nevaralarini o‘z  «soyasi» bilan «berkitib turishi» (himoya qilishi) 

mumkin edi. 

Xitoyning  butun  huquqiy  tartiboti  asosida  yotuvchi  birgalikdagi 

javobgarlik  prinsipi  javobgarlikka  tortiladigan  shaxslar  doirasining  ancha 

aniq belgilanganligi hisobigagina emas, balki jazo shakllarining o‘zgarishi 

hisobiga  ham  shaklan  o‘zgarib  borgan.  Birgalikdagi  javobgarlikka  faqat 

qarindoshlik va xizmat aloqalari bilan bog‘langan shaxslargina emas, balki 

hududiy,  ma’muriy  jihatdan  bog‘liq  shaxslar  (qo‘shnilar,  mahalliy  hoki-

miyatlar) ham tortilar edi. Birgalikdagi javobgarlikda jazolar tizimi tobora 

murakkablashib va mukammallashib borgan. U faqat o‘lim jazosini emas, 

boshqa jazolarni ham o‘z ichiga ola boshlagan. 




 

417 


Xitoyning  o‘rta  asrlar  huquqi  manfaati  yo 

davlat  yer  egaligi,  yo  xususiy  yer  egaligi  bilan 

bog‘liq  ijtimoiy-sinfiy  kuchlarning  tinimsiz 

qarama-qarshi  kurashlari  sharoitlarida  shakl-

landi.  Jamoa  yer  egaligi  Xitoyda  qadimgi  davrlardayoq  tugatilgan  edi. 

Yerga  birgalikdagi  egalik  avlodlarning  diniy  marosimlarini  qo‘llab-

quvvatlashga va jamoat qabristonlariga ajratilgan oilaning bo‘linmaydigan 

mulki, urug‘ mulki shaklida uzoq vaqtgacha mavjud bo‘lib turgan. Budda 

va  daos  jamoalarining  mulki  alohida  turdagi  mulkchilik  edi.  Xitoy  uchun 

xarakterli  hisoblangan  xususiy  yer  egaligini  umumdavlat  ro‘yxatiga  olish 

tizimi minlar davrida rivojlandi. Bu davrda yerlar davlat mulki va xususiy 

mulkka  bo‘lindi.  Soliq  solish  va  mehnat  majburiyatlarini  aniqlash 

maqsadida  xususiy  yerlarni  ro‘yxatga  olish  alohida  amaldorlarning  fun-

ksiyasiga  aylandi.  Ular  tomonidan  yer  bo‘yicha  barcha  kelishuvlar 

umumdavlat  reestrida  qayd  etib  borilardi.  Bundan  tashqari,  saroy  ahllari 

egalik  qiladigan  xususiy  yerlar  toifasi  mavjud  edi.  Bu  egalik  turi  shu 

yerdan chiqadigan yer osti boyliklariga ham egalik qilish huquqini berardi. 

Xitoy  huquqi  yer  osti  va  yer  usti  boyliklariga  egalik  qilishni  juda  erta 

farqlagan. 

Xitoy  huquqi  mulkni  harakatdagi  va  ko‘chmas  mulkka  ajratgan. 

Unda oddiy narsalarni va yer, odam, qora  mollarni olib sotish bir-biridan 

farqlangan.  Oddiy  narsalarni  olishda  yoki  sotishda  vasiqa,  ya’ni  rasmiy 

hujjat  talab  qilinmagan.  Yerni  uy  egasi,  ya’ni  oila  boshlig‘i  sotish 

huquqiga  ega  edi.  Sotilayotgan  yerni  birinchi  bo‘lib  sotayotgan  kishining 

qarindosh urug‘lari, so‘ngra qo‘shnilari, undan keyin begona odamlar sotib 

olishga  haqli  bo‘lgan.  Katta  oila  mulkini  begonalashtirishga  dastlab  faqat 

juda  ehtiyoj  tug‘ilgan  paytlardagina  qayta  sotib  olish  huquqi  saqlangan 

holda ruxsat etilgan. Bunday cheklovlar yerni garovga qo‘yish institutining 

keng  rivojlanishiga  olib  kelgan.  Yerni  garovga  qo‘yishning  o‘ziga  xos 

xususiyati  shunda  ediki,  yerni  garovga  qo‘yuvchi  shaxs  uzoq  vaqtgacha 

garovga  qo‘yilgan  yerga  nisbatan  egalik  huquqini  yo‘qotmagan,  qarz 

to‘lash  muddati  o‘tgandan  keyin  yerni  qayta  sotib  olish  huquqini  saqlab 

qolgan.  962  yilgi  farmon  bo‘yicha,  yerni  qayta  sotib  olish  huquqi,  hatto, 

garovga qo‘yuvchi avlodlariga ham o‘tkazilgan. 

Yerni  garovga  qo‘yish  shartnomasi  albatta  yozma  ravishda 

rasmiylashtirilishi  lozim  edi.  Garovga  oluvchi  shaxs  garovga  olingan 

yerni, garchand qarz shartnomasida uni sotishi mumkinligi aytilgan bo‘lsa 

ham, uchinchi shaxsga garovga berishi mumkin emas edi. Yerini garovga 

qo‘ygan  qarzdor  qarzini  o‘z  vaqtida  to‘lamasa,  garovga  qo‘yilgan  yerni 

Mulkiy 


munosabatlarning 

tartibga solinishi

 



 

418 


sotib  olishga  dastlab  qarzdorning  qarindoshlari,  so‘ngra  qo‘shnilari  taklif 

qilingan. Bu davrda ayniqsa odamlarni, hammadan avval, qullarni garovga 

qo‘yish  keng  tarqalgandi.  Qarzni  to‘lash  uchun  ishlab  berishda  bir 

kishining ish kuni bahosi bir kun davomida ho‘kiz, ot, to‘rt g‘ildirakli ara-

vani  ekspluatatsiya  qilish  bahosiga  teng  bo‘lgan.  Amalda  shaxsan  erkin 

kishilarni  garovga  qo‘yish  hollari  kam  uchrab  turgan.  Ular  bunda  qul 

hisoblanmasalar  ham,  ammo  haqiqatda  qullik  holatiga  tushib  qolardilar, 

tayoqlar,  kaltaklar  ostida  ishlardilar.  Bu  yerda  shuni  ta’kidlash  joizki, 

kodekslarda  oilaning  erkin  a’zolarini  sotish  va  garovga  qo‘yish  uchun 

jinoiy javobgarlik nazarda tutilgan edi. Lekin yerni ijaraga berish, garovga 

qo‘yish  va  boshqa  mahalliy  darajadagi  munosabatlar  sohasida,  qoida 

bo‘yicha, odat huquqi harakatda bo‘lgan. Xitoyda mahsulot rentasi shakli-

da keng tarqalgan teng sheriklikka yer ekish ham  mahalliy odat huquqiga 

asoslanardi. 

Xitoyning  odat  huquqida,  xuddi  Hindiston,  Yaponiya  va  boshqa 

davlatlarning  odat  huquqidagidek,  qarz  uchun  olinadigan  foizlarning 

miqdori  qarz  summasidan  ortib  ketishi  kerak  emas,  degan  prinsip 

o‘rnatilgandi. 

Harakatdagi  (ko‘chadigan)  mulkni  garovga  qo‘yishda,  garchand 

shartnomani bajarish muddati o‘tib ketgan bo‘lsa ham, garovga oluvchi uni 

o‘z holicha mustaqil boshqarishi mumkin emas edi. Oila mulkini faqat oila 

boshlig‘i, hech bo‘lmaganda katta o‘g‘il garovga berishi mumkin bo‘lgan. 

Xitoy  huquqi  qarz  shartnomasidan  ssuda  shartnomasini  farqlaydi. 

Ssuda  shartnomasida  muayyan  -  aniq  ashyo  foydalanishga  beriladi  va 

ushbu  ashyo  qaytarilmasa,  jinoiy  javobgarlik  kelib  chiqishi  mumkin  edi. 

Kodeksda alohida ravishda ta’kidlanishicha, ixtiyorida davlat qullari, qora 

mollari  bo‘lgan  amaldorlarning  ssuda  shartnomasi  tuzishi,  shuningdek, 

davlat mablag‘laridan o‘ziga yoki boshqa shaxsga foizlarsiz qarzlar taqdim 

qilishi taqiqlanadi. 

Xitoy  majburiyat  huquqida  oldi-sotdi  shartnomasi  alohida  o‘rin 

tutardi.  Oldi-sotdi  shartnomasining  haqiqiyligi  uchun  tomonlarning  keli-

shuvi  asosiy  shart  hisoblanardi.  Oddiy  ashyolarni  olish-sotish  nafaqat 

yerlarni,  balki  odamlar  va  qoramollarni  olish-sotishdan  ham  farq  qilgan. 

Odamlarni  sotishda  sotilayotgan  kishining  tug‘ilganidan  buyon  shaxsan 

erkin  bo‘lganligini  tasdiqlovchi  guvohlik  talab  qilingan.  Xitoyda  Xan 

davridan  boshlab  qarzga  sotish  tajribasi  ma’lum.  Oddiy  ashyolarni,  shu-

ningdek, qullarni va qoramollarni olish-sotishda vasiqa (mol-mulkni sotib 

olganlik  haqidagi  rasmiy  hujjat)

 

tuzish  talab  qilingan.  Uni  tuzishni  inkor 




 

419 


(rad)  etganlarga  jarima  solingan.  Vasiqalarni  o‘z  vaqtida  tuzmaganlar 

yo‘g‘on tayoq bilan urish jazosiga tortilgan. 

Yerni  ijaraga  olish  uchun  oldindan  uch  yilgacha  vznos  (badal) 

to‘langan,  bu  esa  kambag‘allarga  og‘irlik  qilar  edi.  Agar  ijara  vaqti 

tomonlar  orasida  oldindan  belgilanmagan  bo‘lsa,  yer  egasi  ijarachini 

istagan paytida haydab yuborish huquqiga ega bo‘lgan. 

Xitoy  davlati  bozorlarning  holatini  hushyorlik  bilan  kuzata  borib, 

okrug, uyezd nazorat organlari tizimini tashkil qilgan. Maxsus tayinlangan 

amaldorlar  savdo  rasta  (xan)lari  faoliyatini  kuzatib  turganlar.  Ma’muriyat 

har  o‘n  kunda  bozordagi  narxlarni  o‘rnatgan,  sotuvchilarning  barcha 

do‘konlarini,

 

ko‘chmas mulklar, odamlar, qoramollar sotish bo‘yicha bar-



cha  bitimlarini  rasmiylashtirgan,  og‘irlik  va  uzunlik  o‘lchov  tizimini 

nazorat  qilib  turgan.  Tomonlarning  o‘zaro  kelishuvisiz,  roziligisiz,  kuch 

ishlatib yoki o‘rnatilgan narxlardan yuqori bahoda savdo bitimlari tuzishda 

aybdor bo‘lgan shaxslarga yo‘g‘on tayoqlar bilan urish jazosi berilgan. Bir 

qancha  tovarlarga:  tuz,  choy  va  boshqalarga  davlatning  savdo  monopo-

liyasi  o‘rnatilgan  edi.  Sotib  olish  shartnomasini  tuzishga  kafillar  va 

guvohlar jalb qilinardi. Yerni sotishda uning usti va ostidagi narsalar ham 

sotilishi maxsus ta’kidlangan. 

Xitoyda 

nikoh-oila 

huquqining 

diniy 


an’analar bilan chambarchas bog‘liqligi o‘rta asrlar 

huquqida  uning  normalari  ustunligining  barqaror-

ligini  belgilagan.  Patriarxal  oila  asoslari  -  otaning  oila  a’zolari  ustidan, 

yerning  xotin  ustidan  hukmronligi  va  boshqalar  ushbu  normalarning 

mohiyatini belgilagan. 

Boshqa-boshqa  tabaqalarning  vakillari  o‘rtasidagi  nikohlar  qattiq 

qoralangan  va  xatto  qator  hollarda  qonun  bo‘yicha  ta’qib  qilingan.  Ni-

kohga kirish har bir kishining burchi hisoblangan. Nikohga kirish burchini 

bajarish  oila  manfaatlariga,  avlodlarning  diniy  marosimlari  talablariga 

xizmat  qilishi  lozim  edi.  Nikoh  tuzishdan  maqsad  yerdan  nasl  qoldirish 

bo‘lgan.  Nikoh  kelin  va  kuyovning  oilasi  o‘rtasidagi  kelishuvdan  iborat 

bo‘lib,  bunda  nikohga  kiruvchilarning  roziligi  talab  qilinmagan,  lekin 

otalarining  roziligi  bo‘lishi  shart  edi.  Nikohga  kirish  yoshi  kodekslarda 

ko‘rsatilgan.  Qoida  bo‘yicha,  bu  erkaklar  uchun  15-16  yosh,  ba’zan  20 

yosh,  ayollar  uchun  14-15  yosh  atrofida  belgilangan.  Hali  tug‘ilmagan 

bolalarni unashtirish odati keng tarqalgan edi. 

Erkin  kishilar  bilan  qullar  o‘rtasidagi,  erkak  tomonidan  har  qanday 

darajadagi  qarindoshlar  o‘rtasidagi,  bir  familiyadagi  kishilar  o‘rtasidagi 

nikohlar  taqiqlangan  edi.  Poligamiya  (ko‘p  xotinlik)  taqiqlangan,  birinchi 

Nikoh-oila va 

meros huquqi

 



 

420 


xotinning  hayotligi  vaqtida  ikkinchi  nikohga  kirish  haqiqiy  emas  deb 

hisoblangan. Erkaklarda cheklanmagan miqdorda jazmanlar bo‘lishi mum-

kin edi. Jazmanlarning huquqlari urf-odat bilan belgilanardi. 

Xitoy  nikohi  muqaddas  hisoblangan,  uni  bekor  qilish qiyin  bo‘lgan. 

Nikoh er-xotinning o‘zaro ikki tomonlama roziligi bo‘yicha bekor qilinishi 

mumkin edi. Er quyidagi hollarda: xotini bola tug‘masa, buzuqlik qilsa, eri 

va uning ota-onasiga hurmatsizlik ko‘rsatsa, ezma bo‘lsa, o‘g‘irlikka moyil 

bo‘lsa,  baxil  bo‘lsa,  shubhali  xarakterga  ega  bo‘lsa,  tuzalmaydigan  kasal-

ligi bo‘lsa, nikohni bekor qilish huquqiga ega edi. Xotin quyidagi hollarda: 

agar  er  uni  uch  oydan  ortiq  muddatga  tashlab  ketsa,  qullikka  sotsa  va 

axloqsiz  harakatlar  qilishga  majbur  etsa,  ajralishni  talab  qilishi  mumkin 

edi. 


Meros 

umuman  huquqning  meros  bo‘lib  o‘tishi  xarakteriga  ega 

bo‘lgan.  Merosxo‘rlar  meros  qoldiruvchining  qarzlarini  to‘lash  majbu-

riyatiga ega edi. Unvon, mansab, agar meros tariqasida o‘tkazilsa, alohida 

tarzda  meros  qilib  qoldirilgan.  O‘lgan  shaxsning  mol-mulki  ham  erkak 

kishining  nasl-nasabi  bo‘yicha  pasayib  boruvchi  qarindoshlarga  alohida 

tarzda,  meros  tarzida  o‘tkazilgan.  Erga  tegib  ketgan  qizlar  meros  olish 

huquqiga ega emas edi, erga tegmagan qizlar esa aka-ukalariga beriladigan 

hissaning yarmiga teng miqdorda meros olgan. Unvon (daraja) faqat katta 

o‘g‘ilga meros tariqasida o‘tgan. 

Ota o‘g‘lini merosdan mahrum qila olmagan, bir o‘g‘lining hisobiga 

ikkinchi  o‘g‘ilning  hissasini  ko‘paytirish  huquqiga  ham  ega  bo‘lmagan. 

Erlar  faqat  diniy  maqsadlarda  «xayrli  ishlar»  uchun  hadya  qilinishi 

mumkin edi. 

Sud  jarayoni

 

asosan  inkvizitsion  xarakterga 



ega  bo‘lgan.  Ish  odatda  jabrlanuvchining  uyezd 

sudiga  yozma  yoki  og‘zaki  shikoyati  bilan  bosh-

langan.  Shikoyat  ma’lum  shaklda  tuzilgan.  Uni  jabrlanuvchilarga  sud 

darvozalari oldida o‘tiruvchi maxsus ko‘cha kotiblari tuzib berardilar. 

Jinoyatchini  ta’qib  qilish  davlatning  majburiyati  bo‘lgan.  Jinoyat-

chini  qidirish  uchun  Mas’ul  bo‘lgan  maxsus  amaldorlar  uni  ma’lum 

muddat  ichida  qidirib  topishi  lozim  edi.  Bu  muddat  1690  yilgi  qonunlar 

to‘plami  bo‘yicha  bir  oy  qilib  belgilangan  edi.  Agar  amaldor  shu  muddat 

ichida  jinoyatchini  izlab  topa  olmasa,  kaltak  bilan  savalangan.  U 

jinoyatchini izlab topish muddatini ikki oyga o‘tkazib yuborsa, tayoq bilan 

30  marta  kaltaklangan.  Bu  ko‘pincha  aybsiz  kishilarni  javobgarlikka 

tortilishiga olib kelgan. Jinoyatchi sudga qadar turmada saqlangan, ayollar 

uyda erining kafilligiga berilgan. 

Sud ishlarini 

yuritish tartibi

 



 

421 


Sudlarda sudyalar va amaldorlardan tashqari sud nazorati xodimlari, 

ish  yurituvchilar,  xat  tashuvchilar,  qo‘riqchilar,  jismoniy  jazo  beruvchilar 

(ekzekutorlar)  ham  mavjud  edi.  Guvoh  sudga  kelmasa,  tayoq  bilan  40-50 

marta urilgan. Sudyalar so‘roq qilganlar, yuzlashtirish o‘tkazganlar, aybiga 

iqror  bo‘lmaganlarga  nisbatan  qiynoqlar  qo‘llashni  tayinlaganlar.  Ular 

ayblanuvchining aybdorligi prezumpsiyasidan kelib chiqqanlar. Ayblanuv-

chilarning  aybini  tan  oldirishga  erishish  sudyalarning  asosiy  maqsadi 

bo‘lgan.  Agar  ayblanuvchi  qiynoq  yo‘li  bilan  uch  marotaba  so‘roq 

qilinganda ham aybiga iqror bo‘lmasa, unda yolg‘on guvohlik berganligini 

fosh  qilish  uchun  ayblovchiga  nisbatan  qiynoq  qo‘llanilishi  mumkin  edi. 

Qullar  o‘z  xo‘jayinlariga  qarshi  ko‘rsatmalar  bera  olmaganlar.  Hukm 

yozma shaklda chiqarilgan. Ayblanuvchi oqlanishi, mahkum qilinishi yoki 

uning ishi shubhali deb topilishi mumkin edi. 

Tan  imperiyasi  sudida  qattiq  legastik  usullardan  chetga  chiqish 

hollari  ham  bo‘lgan.  Bular  haqida  quyidagilar  dalolat  beradi.  Katorga 

ishlariga mahkum qilish jazosini berish (yoki ancha og‘ir jazolarni berish) 

haqida  hukm  chiqarilayotganda  ayblanuvchining  roziligi  talab  qilingan. 

Agar u rozi bo‘lmasa, ish qayta ko‘rib chiqilgan. Agar ish bo‘yicha dalillar 

yetarli bo‘lmasa va ayblanuvchi aybini tan olmasa, kafillar taklif qilingan 

va  ayblanuvchi  ozodlikka  qo‘yib  yuborilgan.  Shubhali  qarorlar  bo‘lganda 

ham  ayblanuvchiga  aybdan  pul  to‘lab  qutilish  imkoniyati  berilgan.  O‘lim 

jazosi  haqidagi  hukm  imperator  tomonidan  tasdiqlangan.  Qatl  etilgan 

jinoyatchilarning  jasadlari  va  boshlari  hamma  ko‘radigan  joyga  osib 

qo‘yilgan.  O‘limga  mahkum  etilgan  oddiy  kishilar  savdo  maydonida, 

amaldorlar esa uyda qatl etilgan. 



 

422 



Download 2,91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   31




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish