O'zbekiston respublikasi oliy


Tadqiqotning amaliy ahamiyati



Download 308,52 Kb.
bet6/26
Sana29.12.2021
Hajmi308,52 Kb.
#79259
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   26
Bog'liq
talim-tarbiya jarayonida zararli axborotlar tahdidini bartaraf etishning pedagogik shart-sharoitlari oliy talim misolida (1)

Tadqiqotning amaliy ahamiyati: Dars jarayonlarini tashkil etishda, talabalarni ma'naviy kamol topishida muhim ahamiyat kasb etadi. Tadqiqot natijalaridan oliy o'rta maxsus kasb-hunar ta'limi vaziriigi oliy ta'lim jarayonida

har tomonlama kamol topgan shaxsni shakllantirish amaliyotini yangilash, o'quv-

6

metodik majmualar tayyorlash, shuningdek metodik tavsiyalardan o^tuvcM^ malakasini oshirish va qayta tayyorlash institutlarida ma^za^ sifatida foydalanish mumkin.



Tadqiqot metodlari: pedagogik va psixologik adabiyotlarni o^ganish; anketa; pedagogik kuzatish; matematik-statistik metod.

Ishning sinovdan o'tishi: Tajriba-sinov ishlari Faгg'ona davlat universiteti professor-o'qituvchilari va talabalarida o'tkazildi.

Tadqiqot natijalarining chop etilganlik darajasi: Muallif tomonidan 1 ta ilmiy maqola va 5 ta tezis chop etilgan.

Himoyaga quyidagi holatlar olib chiqiladi:



  • ta'lim-tarbiya jarayonida zararli axborotlar tahdidini bartaraf etishning ilmiy nazariy o^ganilishi;

  • ta'lim-tarbiya jarayonida zararli axborotlar tahdidini bartaraf etishning psixologik va pedagogik shart-sharoitlari;

  • ta'lim-tarbiya jarayonida zararli axborotlar tahdidini bartaraf etishga qaratilgan tajriba-sinov ishlarining tavsifi va natijalari;

  • ta'lim-tarbiya jarayonida zararli axborotlar tahdidini bartaraf etishga yo'naltirilgan uslubiy tavsiyalar tizimi.

Dissertatsiyaning tarkibiy tuzilishi. Dissertatsiya kirish, 3 bob, 6 paragraf, umumiy xulosa va tavsiyalar, foydalanilgan adabiyotlar ro'yxati va ilovalardan iborat.

I bob. Ta'lim-tarbiya jarayonida zararli axborotlar tahdidi bartaraf etish ijtimoiy-pedagogik muammo sifatida

1.1. Ta'lim-tarbiya jarayonida zararli axborotlar tahdidi talabalarning xulq atvori va ruxiyatiga ta'siri

Bizga ma'lumki kishilik jamiyati paydo bo'lgandan beri inson axborot olish, tarqatish va undan foyda lanishga ehtiyoj sezib keladi. Albatta, qadimda bu jarayon juda sodda ko'rinishga ega edi. Dunyo taraqqiy etgan sari u murakkablashib, axborotning jamiyatdagi o'rni yanada oshdi. Hatto, davrimiz ham "Axborot asri" - deb nom olgani bejiz emas. Ayni paytda mutaxassislar har qanday davlatning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish darajasi bilan birga mudofaa qudrati ham axborot tizimi va texnologiyalariga bog'liqligini ta'kidlashmoqda. Shu o'rinda jamiyat hayotining turli sohalarini kompyuterlashtirish, elektron kommunikatsiyalar, elektron ko'rinishdagi ma'lumotlar bazasi, zamonaviy axborot texnologiyalaridan foydalanish ijobiy natijalar bilan bir qatorda, yoshlarni xulq atvoriga buzg'unchilik maqsadida ta'sir etishni ko'zda tutuvchi yangi "axborot quroli" ning ta'siri kuchayishiga olib kelayotganini aytib o'tish joiz. Bu esa o'z navbatida, mamlakatimizning axborot resurslari va telekommunikatsiya tarmoqlarini noqonuniy maqsadlarda ishlatishga qarshi himoya choralarini ko'rish va ularning benuqson faoliyatini ta'minlashga da'vat etmoqda.

Globollashuv sharoitida demokratik jamiyatga, ayniqsa yoshlarga turli ommaviy axborot vositalari orqali o'z salbiy ta'sirini o'tkazishga intilayotgan "ommaviy madaniyat", "terrorizm", "diniy ekstremizm" kabi zararli oqimlar, g'oyalarning mazmun va maqsadi, mohiyatini fosh qilish lozimigi ham axborot madaniyatni shakllantirish zaruriyatini vujudga keltiradi. Ta'kidlash lozimki, bunday holat bevosita mamlakatimizda huquqiy demokratik davlatning taraqqiyoti va fuqarolik jamiyatining qaror topishi, rivojlanishi, taraqqiyoti bilan chambarchas bog'liqdir. Alohida qayd qilish mumkin: hozirgi davrda shaxs faoliyatidagi muhim masalalardan biri uning demokratik xarakterdagi siyosiy jarayonlarda faol ishtirokini ta'minlash, o'z huquqiy imkoniyatlaridan to'liq foydalanishi lozimligi ham axborot madaniyatining yuksalishini ta'minlash, jamiyat rivojlanish

8

jarayonlarini o'zida aks ettiruvchi informatsion bazani vujudga keltirish bilan bog'liqdir. Jamiyat barcha jabhalarining modernizatsiyalashuvi unda inson omiliga alohida e'tibor berish lozimligini talab qiladi va shu munosobat bilan shaxs informatsion madaniyati shakllanganligi ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy amaliyotda ham namoyon bo'ladi.



Globallashuv sharoitida mintaqalar va mamlakatlar o'rtasidagi aloqalar va o'zaro ta'sirlar kuchayib boraverar ekan, unda yoshlar ma'naviyati, ayniqsa, ularning axloqiy qiyofasini shakllantirish zamonaviylikni tarixiylik bilan uyg'unlashtirishni taqozolaydi. Sodir bo'layotgan o'zgarishlarga qanchalik qarshilik ko'rsatmaylik inson erisholmagan manzil doimo qiziqarli hisoblanadi. Zero globallashuv jarayonining asosiy sub'ekti va harakatlantiruchi kuchi muayyan g'arazli maqsadlarni ko'zlar ekan, milliy ma'naviyat va qadriyatlarga tayangan an'anaviy tafakkur tarziga zarba berish va yoshlarni g'arbona andozadagi qolipga solish va ular ustidan hukmronlik qilishga intilaveradi. SHunday global ta'sirlar telekommunikatsiyalar, internet tizimidagi saydlar orqali yoshlarimiz ongi va ma'naviy- axloqiy qiyofasiga kuchli salbiy ta'sir ko'rsatmoqda. Davlatimiz madaniy - ma'naviy mustaqilligini ta'minlashda sharqona odob, axloq, milliy qadriyatlar, urf - odat va an'analarimiz asosida tarbiyalash nihoyatda katta ahamiyat kasb etadi.

Jamiyat rivojlanib borgan sari uning axloqiy tizimi ham o'zgarishlarga ehtiyoj sezadi. Yurtimizning xozirgi rivojlanish bosqichida yoshlarimizning ongi, dunyoqarashi, ma'naviy-axloqiy jihatlarining shakllanishida bunday xatolarga yo'l qo'yish mumkin emas. Demak, hozirgi kunda O'zbekiston Respublikasining ijtimoiy - iqtisodiy va siyosiy hayotida ijtimoiy - gumanitar va boshqa fanlar oldida ulkan vazifalar turibdi. Bu vazifalar esa, yoshlarni ma'naviy kamolot sari etaklash, axloqiy jihatdan etuk kishilar qilib tarbiyalashdir. Xulosa qilib aytganda, globallashuvni to'siq qo'yib, chegara tortib ushlab bo'lmaydi. Hindistonlik mashhur davlat arbobi Mahatma Gandining qo'yidagi so'zlarida: "Men uyimning darvoza va eshiklarini doim mahkam berkitib o'tiraolmayman, chunki uyimga toza havo kirib turishi kerak. SHu bilan birga, ochilgan eshik va derazalarimdan

9

kirayotgan havo dovul bo'lib uyimni ag'dar-to'ntar qilib tashlashi, o'zimni esa yiqitib yuborishini ham istamayman" SHuning uchun ham, milliy istiqlol g'oyasi bugungi globallashuv jarayonida uyimizni, hayotimizni toza havo bilan ta'minlab, ayni paytda. "dovullar"dan saqlash omili ekanligini anglashimiz zarur.



Shaxs jamiyatda va uning a'zolari orasida muayyan harakatda bo'lgan ma'lumotlar, xabarlar, maxsus bilimlar, ommabop axborotlarga ega bo'lgan taqdirdagina o'z davrining ziyoli kishisi sifatida shakillanadi. SHuningdek, yuqoridagi axborot vositalari mazmuni, mohiyatini bilish va ulardan o'z faoliyatida informatsion yondashishi asosida samarali foydalana olish axborot madaniyatini tashkil etadi. 1

Axborot madaniyat shakillanishi esa axborotning azbukasidan ya'ni uning boshlang'ich asoslaridan boshlanadi. SHaxsning axborot madaniyatini shakillanishi va evolyusiyasi ana shu boshlang'ich davri bilan bog'liq bo'ladi. SHaxsning axborot madaniyatini shakillanishi va evolyusiyasi ana shu boshlang'ich asoslaridan dastlabki manbalarini oladi va tobora kengayib, rivojlanib boradigan axborot tizimlari, vositalari, ilmiy-amaliy yutuqlari asosida muayyan bosqichga ko'tariladi. SHu ma'noda axborot kitob yoki ma'ruzaning yakunlashi emas, aksincha ana shu axborot manbaidan olingan yangilik, axborot mazmun- mohiyatiga nisbatan uning yuqori bosqichidir. Axborot madaniyati, bevosita axborot manbai uchun mas'ulligi va uni samarali boshqarishida namoyon bo'ladi. Bu erda shaxsning intelektual qobilyati, uning bilimi muhim ahamiyat kasb etadi. SHaxs dunyoqarashi, layoqati namoyon bo'ladi. SHunday qilib, shaxsning axborot madaniyati tushunchasining mohiyati, tarkibiy elementlari, evolyusion tendensiyasi, axborot aloqa tizimlari bilan bevosita bog'liqligi kabi ko'plab masalalarni tadqiq etish uning muhim qismini tashkil etadi. Ta'kidlash lozimki, ommaviy axborot vositalari shaxsning ijtimoiy ongi, tafakkuri va dunyoqarashini shakillantirish va rivojlantirishda asosiy omil, bo'lib ob'ektiv va sub'ektiv asoslarga ega. Birinchidan, shaxsning globallashuv sharoitida yuz berayotgan jiddiy o'zgarishlar zamonaviy axborot madaniyatining ma'naviy, g'oyaviy mafkuraviy negizini tashkil etib, jamiyatning ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy hayotida muhim o'rin egallaydi. Ularning ijtimoiy-iqtisodiy voqelikka kirib kelishida axborot tizimi, vositalari va texnologiyasi faol ishtiriok etadi. Zero XXI asrda biron bir mamlakat yoki hudud taraqqiyotni tezkor axborot almashuvisiz tasavvur etib bo'lmaydi. SHu ma'noda axborotlashuvni geosiyosiy jarayonlar bilan bog'lanib ketayotganligini ham kuzatish mumkin. Bu borada Rossiyalik faylasuf S.A.Modesovning quyidagi fikrlarini keltirish o'rinli. Uning fikricha, "axborotlashgan makon yangidan-yangi geosiyosiy munosabatlardagi raqobatni shakillantirib, ya'ni jaxon tartiboti jarayonida ayrim davlatlarda axborotlashtirishni takomillashtirish asosida kattaroq mavqega ega bo'lib boradi."2

Bugungi kunda axborotlashtirish, bu umumjahon jarayoni bo'lib, taraqqiy etgan mamlakatning jahon bozoridagi peshqadamligi, iqtisodiy o'sishi va milliy xavfsizligini ta'min etadi. Ma'lumki, globallashuv jarayoni obektiv va qonuniy jarayon bo'lib, o'ziga xos bir qancha ijobiy xususiyatlarga ega. Bu jarayon birinchi galda davlatlarga halqaro maydonga erkin chiqishga, boshqalar bilan yaqindan hamkorlik olib borishga hamda o'z milliy manfaatlarini turli xil halqaro va nodavlat tashkilotlar doirasida ta'minlashga keng imkoniyatlar beradi. Shuni aytish kerakki, vaqt o'tishi bilan globallashuv jarayonining o'ziga xos ijobiy tomonlari bilan birga, bir qator salbiy jihatlari ham namoyon bo'la boshlaydi. Davlatlarning bir-biriga sezilarli darajada o'sgan bog'liqligi shuni ko'rsatmoqdaki, bir mintaqadagi xoh salbiy, xoh ijobiy voqea - hodisalar dunyoning boshqa bir mintaqasiga juda tez tarqalib, o'z ta'sirini ko'rsatmoqda. Buning oqibatida, mintaqa xavfsizligi va barqarorligiga jiddiy tahdidlar vujudga kelmoqda. Vaziyatning keskinlashuvi, tashqi tahdidlarning ichki tahdidlar bilan, ya'ni an'anaviy tahdidlar bilan o'zaro qo'shilishi, ular orasidagi masofa yaqinlashuvi hamda ularning o'zaro bog'liqligi o'sishi kuzatilmoqda. Bu holat esa milliy va mintaqaviy xamda shaxsiy xavfsizlikni ta'minlashda jiddiy muammolarni keltirib chiqarmoqda.

Respublikamizning birinchi prezidenti I.A.Karimov aytganlaridek, axborot omili yadroviy poligonlardan ham dahshatli omilga aylanib borayotir. Agar mazkur omilga alohida e'tibor berilmas ekan, u borgan sari kuchayib boradi. Natijada, ayrim kuchlar qo'lida asosiy "qurol"ga aylanadi. Bu esa nafaqat davlatlar yoki mintaqalarda keskin vaziyat vujudga kelishiga sabab bo'ladi, balki halqaro miqyosda ham o'z ta'sirini ko'rsatadi.

Halqaro munosabatlar tizimida yuz berayotgan o'zgarishlar natijasida milliy xavfsizlik, mintaqaviy xavfsizlik va halqaro xavfsizlik xamda shaxsiy xavfsizlik kabi tushunchalar mohiyatini tushinishga, ularning o'zaro bog'liqligini anglashga e'tibor ortib bormoqda. Bugungi dunyoning axborot xavfsizlik holati "Xavfsizlik"ka bo'lgan zamonaviy yondashuvlarni ishlab chiqishga va milliy, mintaqaviy va halqaro xamda shaxsiy xavfsizlikka nisbatan konseptual qarashlarni rivojlantirishga undamoqda.

Bugungi globallashuv asrida axborotga bo'lgan talab har qachongidan ko'ra, kuchayib bormoqda. SHunday ekan, xolis va haqqoniy axborotlarni tarqatish, ommaning bu mahsulotga bo'lgan ehtiyojini qondirish har qachongidan ko'ra bugungi kunda dolzarb ahamiyat kasb etadi. Ma'lumki, demokratik jamiyatda ommaviy axborot vositalari, tele-radio kanallar odamlarni xolis va haqqoniy axborot yetkazadigan, gumanistik qarashlar, ilg'or g'oyalarni ifoda qiladigan erkin minbar sifatida e'tibor beriladigan vositadir. Aslida ham shunday. Bugun jahon miqyosida bo'layotgan olamshumul o'zgarishlar, iqtisodiy taraqqiyot, ilm-fandagi inson aqlini lol qoldiradigan yangiliklaru ixtirolar barcha-barchasi ommaviy axborot vositalari orqali ma'lum bo'lmoqda. Demak, OAV, matbuot yaxshilikka, ezgulikka xizmat qilmoqda. Lekin ming afsuslar bo'lsinki, o'tgan asrning oxirlari, XXI asrning dastlabki yillarida G'arb matbuotida biz aytgan ezgulikka xizmat qilish o'rniga boshqa buyurtmali "'ezgulikka" xizmat qilish hollari ham kuzatilmoqda.

Shu o'rinda ulug' alloma Abu Rayxon Beruniy merosidagi ayrim fikrlarga e'tiborni qaratmoqchimiz. Alloma bundan ming yil burun shunday yozib ketganlar: "Xabar beruvchilar sababli rostlik va yolg'onlik tusini oladi.



12

Chunki, odamlarning maqsadlari xilma-xil halqlar o'rtasida tortishish va talashish ko'p. SHunday kishilar ham bo'ladiki, ularning tabiatiga yolg'on xabar tarqatish o'rnashib qolib, go'yoki unga shu vazifa yuklangandek bo'ladi va xabar tarqatmasdan tinchiyolmaydi. Bu yomon xohishlardan va tabiatiga buzuq fikrlarning joylashganligidan kelib chiqadi"J

Qarang bundan o'n asr avval yashab o'tgan bobokalonimiz bugungi kun voqeligi, ayniqsa, o'zini adolatparvar, inson huquqlari himoyachisi, oddiy so'z bilan aytganda, "jurnalist" deb yurgan ayrim kimsalarga bahs berib o'tgan ekanlar. Axborotni himoyalash masalalariga rivojlangan mamlakatlar katta ahamiyat beradi. Hozirgi paytga kelib halqaro munosabatlar yangi axborot texnologiyalari asosida shakllanayotgani bois, axborotni himoyalash va yoshlarni axborot psixologik xavfsizligini ta'minlash jamiyat oldidagi eng muhim vazifalardan biriga aylanmoqda. "Bugungi kunda, - degan edi, O'zbekistonning birinchi prezidenti Islom Karimov, - insoniyat qo'lida mavjud bo'lgan qurol-yarog'lar Yer kurrasini bir necha bor yakson qilishga yetadi. Buni hammamiz yaxshi anglaymiz. Lekin hozirgi zamondagi eng katta xavf - insonlarning qalbi va ongini egallash uchun uzluksiz davom etayotgan mafkuraviy kurashdir. Endilikda yadro maydonlarida emas, mafkura maydonlarida bo'layotgan kurashlar ko'p narsani hal qiladi". Kurashning bu turida eng samarali qurol - axborot. SHu bois, axborotni o'z maqsadlariga xizmat qildirishga intilish keskin tus olmoqda. Axborot, uni uzatish, qayta ishlash va yig'ish bosqichlari o'ziga xos xususiyatga ega ekanligi bilan ham ahamiyatlidir. Ya'ni, insonning oddiy, kundalik ehtiyojlarini qondirishga qaratilgan hatti-harakatlarining asosini ham, dunyo mamlakatlarining insoniyat taqdiriga daxldor bo'lgan qarorlarining manbaini ham axborot tashkil etadi. Bu esa o'z navbatida g'oyaviy ta'sir o'tkazish imkoniyatlarini yanada kengaytiradi. 3

Bugungi kunda dunyo bo'ylab o'z manfaatlarini keng yoyishning eng maqbul usuli - axborot hurujlari bo'lsa, eng samarali vosita - axborot tizimlari va vositalari hisoblanadi. "Aslida, hayotning o'zi turli-tuman g'oyalar kurashidan, bahsu munozaralardan iborat. Taraqqiyotning ma'no-mazmuni, kerak bo'lsa, falsafasi ham shunda. Ammo hamma gap har qanday tahdid yoki tahlika oldida vahimaga tushmasdan, ana shu kurash va sinovlarga doimo tayyor turishda ogoh va sergak bo'lishdadif', degan edi birinchi Prezidentimiz I.Karimov.

"Sovuq urush" davrida yadroviy hurujlardan cho'chib yashagan dunyo endi terrorizmning shavqatsiz tajovuzlaridan saqlanish yo'llarini izlamoqda. Zero, vaqt va makon tanlamaydigan bu ofat xohlagan vaqtda, xohlagan joyda o'zining mash'um basharasini namoyon etib qolishi mumkin. Kishini xavotirga soladigan sabab shuki, terroristik hurujlar kiber makonda ham faollashib bormoqda. SHu bois, ko'plab davlatlarning oldida axborot- kommunikatsiya va kompyuter tizimlarida ishonchli axborot xavfsizligini ta'minlash masalasi turibdi.

Globallashuvning avj olishi millat "chegaralarini" yo'q qilib yubormoqda, ommaviy ma'naviyatni shakllantirishga olib kelmoqda. Buning natijasida har bir millatga xos bo'lgan urf-odat, an'ana, qadriyatlar o'z ahamiyatini "yo'qota" borish xavfi yuzaga kelmoqda. Bu millatning ma'naviy qashshoqlashuvi sodir bo'lishga, ularning o'zligini anglamaydigan manqurtlariga olib keluvchi tahdidlarni yuzaga keltirmoqda.

Axborot globallashuvi va yoshlar ma'naviyati, har qanday axborot oqimining yoshlar ma'naviyatiga ta'siri, zararli axborotlar tahdidi xususida so'z yuritganimizda avvalo bu masala zamirida jamiyatimizning, davlatimizning milliy xavfsizligi yotganini nazarda tutishimiz lozim. Zero bu mavzuda so'z yuritar ekanmiz avvalo ikki masala mavzuning dolzarb nuqtasiga aylanadi: birinchisi axborot oqimi-mafkuraviy tahdid; ikkinchisi - yoshlar ma'naviyati, ya'ni turli xildagi axborotlarga nisbatan yoshlarimizda shakllangan immunitet masalalaridir. 4

Gap shundaki, axborot oqimi o'z mohiyatiga ko'ra ma'lum bir maqsadga yo'naltirilgan bo'ladi. Uning qanchalik yoshlarimizga ta'siг qilishi uning oldiga qo'yilgan maqsad sari puxta yo'naltirilganligiga bog'liq. Tabiiyki, axborot oqimining salbiy ta'siri esa ularda shakllangan mafkuraviy himoya tizimining mukammalligi omiliga bog'liq. To'g'ri, avvalo hammada ham bunday qobiliyatlar birdek rivojlangan emas. Ammo, bu qobiliyatlarni shakllantirish, idrok ko'nikmalarini hosil qilish, inson tug'ilganidan to shaxs sifatida shakllanguniga qadar davom etadi. Xususan, bunda ma'lum bir yoshning ko'p kitob o'qishi, o'z mamlakati tarixini o'rganishi, urf-odatlarga nisbatan hurmat ruhida tarbiya topishi, bir so'z bilan aytganda, unda milliy e'tiqod - milliy faxr shakllanishi muhim o'rin tutadi. O'z millati qadriyatlarini qadrlagan, o'z tarixini bilgan, Vatanga e'tiqodi shakllangan yoshlarning axborot oqimlarining ta'siriga tushib qolish ehtimoli kam. CHunki bunday yoshlarda o'ziga xos psixologiya va masalaga o'ziga xos yondashuv paydo bo'lgan bo'ladi. U har qanday axborot zamirida ma'lum bir maqsadni o'rgana boshlaydi.5

Bugungi zamon globallashuvi jarayonida kimki axborotga egalik qilsa, o'sha dunyoga hukmronlik qiladi, degan ibora bejiz paydo bo'lgani yo'q. Darhaqiqat, hozirgi kunda yadro quroli ishlab chiqarish bo'yicha dunyoda 20 ga yaqin davlatda harakatlar davom etayotgan bo'lsa, 120 ga yaqin davlat esa axborot xurujlarini uyushtirish ustida ish olib bormoqda. Ular buning uchun hatto million-millionlab dollar mablag' sarflashdan ham tap tortishmayapti.

Ayniqsa, ma'naviy tahdidga, yoshlar ongini egallashga qaratilgan axborot xurujlari avj olsa olaptiki, aslo pasaymayapti. Ba'zi bir g'arazli kuchlar tomonidan bu borada turli usul va uslublardan foydalanib kelinmoqda. Ayniqsa, axborot xurujlarining yolg'on axborot tarqatish, ijtimoiy ongni manipulyatsiya qilish, milliy-ma'naviy qadriyatlarni yemirish, mentalitetga mutlaqo yot bo'lgan begona qadriyatlarni targ'ib etish, halqning tarixiy xotirasini buzish va o'zgartirish, kiberterrorizm kabi turlari keng tarqalmoqda. Eng achinarlisi, yosh avlodning 90 foizi asosiy axborot manbai sifatida "o'rgimchak to'ri" deb nom olgan internet tarmog'iga murojaat qilmoqda. Albatta, bu tarmoqning qulay axborot manbai ekani, istagan narsangizni undan bir zumda topa olishingiz mumkinligi, soniyalar ichida dunyoning narigi chekkasi bilan bog'lanish imkoniyati mavjudligi muhim omil. SHu bilan birga, zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining bu cheksiz in'omidan o'z g'arazli manfaatlari yo'lida foydalanuvchilar soni ham ortib borayotganidan ko'z yuma olmaymiz.

O'zbekistonda ham internetdan foydalanuvchilar soni kun sayin o'sib, hozirgi paytda 9 milliondan oshgani, ularning aksariyati yoshlar ekanini hisobga olsak, bu holat barchamizni yanada ogoh va sergak bo'lishga undaydi. [Birinchi Prezidentimiz Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlariga yo'llagan tabrigida: "...Takror bo'lsa-da, aytmoqchiman — axborot olamida qandaydir devor o'rnatish, o'z qobig'iga o'ralib, mahdudlikka yuz tutish yo'li bizga aslo ma'qul emas. SHu bilan birga, bugun yon-atrofimizda, uzoq-yaqin mintaqalarda yuz berayotgan voqealarni inobatga oladigan bo'lsak, hali ongi, hayotiy qarashlari shakllanib ulgurmagan yoshlarni chalg'itishga qaratilgan g'arazli kuchlar ham internet imkoniyatlaridan o'z manfaatlari yo'lida foydalanishga urinayotgani va bunday intilishlarning qanday salbiy oqibatlarga olib kelishi mumkinligini e'tibordan soqit qilib bo'lmaydi", — deya bejiz ta'kidlagani yo'q.

Darhaqiqat, bugun global axborot makoniga real ko'z bilan qarasak, jamoatchilikni xavotir va tashvishga solib kelayotgan muammolardan biri, shubhasiz, axborot makonida nosog'lom manfaatlar, ziddiyat va qarama- qarshiliklar ta'siridagi agressiv, milliy axborot makonimizga, ma'naviy qadriyatlarimizga va barkamol avlodni tarbiyalashdek ezgu g'oyamizga mutlaqo zid bo'lgan axborotlar oqimining kirib kelayotganidir. Axborot sohasi liberallashayotgan bir paytda, uzoq va yaqin mintaqalardagi turli xil siyosiy, mafkuraviy va boshqa kuchlar o'zlarining chirkin manfaatlari yo'lida ommaviy kommunikatsiya vositalaridan foydalanib, axborot erkinligini suiiste'mol qilib, axborot tahdidlari orqali hali ongi va hayotiy qarashlari shakllanib ulgurmagan farzandlarimizni chalg'itish, ularning ongi va qalbini egallash yo'lidagi harakatlarni kuchaytirayotgani sir emas.

Shunday ekan, bugungi yoshlarimiz hamma sohaga qiziquvchan, yangiliklarni bir zumda o'zlashtirib oladigan, har qanday axborotni tez qabul qiladigan xislatlarga egaligini hisobga olib, ularni turli manbalardan, yot maqsadlarni ko'zlab tarqalayotgan axborotlardan munosib himoyalay olishimiz darkor.

Xo'sh, bu kabi ijtimoiy xavfi yuqori bo'lgan global muammolarga qarshi kurashish uchun nima qilish darkor? Ammo hali istiqbolda qilinishi lozim bo'lgan ishlar talaygina. Bu kabi ijtimoiy xavfi katta bo'lgan muammolardan xoli bo'lish uchun mamlakatimizda ijtimoiy tarmoqlarni rivojlantirish bo'yicha yirik milliy loyihani yaratish zarur. Boisi, "Google" kompaniyasi tahlillariga ko'ra, O'zbekistondan kuniga "odnoklassniki.ru" saytiga 200000, "Fasebook" saytiga — 90000 ga yaqin, "moymir" saytiga 40000 nafardan ortiq kishi kirayotir. Vaholanki, yurtimizdagi doira.uz, vsetut.uz, odnoklassniki.uz, sinfdosh.uz, muloqot.uz, olam.uz kabi saytlarda ro'yxatdan o'tgan fuqarolarimizning barchasi jamlansa ham yuqoridagi miqdorga yetmaydi. SHuningdek, davlat idoralari, fuqarolik institutlari, jamoat tashkilotlarining aholi, ayniqsa, yoshlar bilan muntazam muloqotda bo'lishlariga erishish, internet tarmog'ini milliy qadriyat va an'analarimizni o'zida aks ettiruvchi veb-saytlar bilan boyitish, ta'lim muassasalarini internet tarmog'iga ulashda odob-ahloq qoidalariga muvofiq bo'lmagan veb-saytlardan foydalanishga cheklovlarni joriy etish, yoshlarda axborot resurslaridan foydalanish madaniyatini shakllantirish zarur. Aholining xolis va haqqoniy axborotga ega bo'lishini ta'minlash, har bir fuqaro tafakkurida mafkuraviy immunitetning shakllanishiga sharoit yaratish, g'oyaviy muxoliflarimizning harakatlariga qarshi ma'naviy-ma'rifiy targ'ibotni kuchaytirish, voyaga yetmagan yoshlarga oid milliy qonunchiligimizga ma'naviy tahdidlar, axborot xurujlarining oldini olishga qaratilgan zarur o'zgartish hamda qo'shimchalar kiritish darkor.

Bu borada, ayniqsa, xorij tajribasi bilan tanishish ham foydadan xoli bo'lmaydi. Masalan, Buyuk Britaniyada "O'zini tutish kodeksi" va "Xavfsiz tarmoq" mustaqil jamg'armasi zararli, noqonuniy axborotlar oqimini nazorat qiladi. Ayrim Yevropa davlatlarida qonun asosida nomaqbul saytlarni yopib qo'yish (blokirovka qilish) belgilab qo'yilgan. Xususan, Germaniyada bu masala sud qaroriga ko'ra amalga oshiriladi. Rossiyada esa turli axborot xurujlariga qarshi

17

kurashish maqsadida "Xavfsiz internet markazi" tashkil etilgan. Umuman, Yevropa Ittifoqi tomonidan bu borada 6ta qonun hujjati qabul qilingan va "Xavfsiz internet" dasturi ishlab chiqilgan. Rivojlangan mamlakatlarda ota-ona nazoratini amalga oshirish uchun ko'plab texnologiyalar, filtrlovchi dasturiy ta'minotlar ham yaratilgan. Yurtimizda internet halqaro axborot tarmog'ini milliy ma'lumotlar bilan to'ldirish ham bugungi kunning eng dolzarb zaruriyatidir. Ta'kidlash joizki, bu borada bir qator yutuqlarga erishilmoqda.



Shuni unutmaslik lozimki, bugun yurtdoshlarimiz ongiga bir qarashda arzimas bo'lib tuyuladigan kichkina xabar ham globallashuv shiddatidan kuch olib, ko'zga ko'rinmaydigan, lekin zararini hech narsa bilan qoplab bo'lmaydigan darajada ulkan ziyon yetkazishi mumkin. Bunday tahdidlarga qarshi har tomonlama chuqur o'ylangan, ilmiy asosda puxta tashkil etilgan, uzluksiz olib boriladigan ma'naviy tarbiya bilan javob berish lozim. Toki yoshlarimiz milliyligini saqlab qolgan holda, dunyoni chuqur anglaydigan, davr shiddati bilan qadamma-qadam tashlaydigan insonlar bo'lib yetishsin. Ana shunda ahloq-odob tushunchalarini rad etadigan, biz uchun mutlaqo begona g'oyalar yurtdoshlarimizga o'z ta'sirini o'tkaza olmaydi.6

Kelajagi buyuk va ertangi kuni porloq yurtga, millatga har tomonlama sog'lom, ma'nan yetuk yoshlar zarur. SHu bois, bugungi kunda yosh avlod tarbiyasiga bo'lgan e'tibor bizda davlat siyosati darajasiga ko'tarilgan. Birinchi Prezidentimizning: "Bugun yoshlarimiz hal qiluvchi kuch bo'lib hayotga kirayapti. Men bu yoshlarga o'zimga ishongandek ishonaman", degan so'zlari zamirida ham ana shu haqiqat mujassam. Shunday ekan, yoshlarimiz ongini egallashga qaratilgan har qanday xatti-harakatlarga, milliy manfaatlarimizga raxna solishga, ma'naviyatimizga tajovuz qilishga, umrimiz mazmuni bo'lgan tarixiy xotiramizni buzishga urinayotgan g'arazli kuchlarga qarshi doimo ogoh turishimiz darkor. Ana shundagina bizni hech kim, hech narsa o'z tanlagan yo'limizdan ortga qaytara olmaydi va biz ko'zlagan ulug'vor maqsadlarimizga albatta yetamiz.7

1.2 Zararli axborotlar tahdidi muammosining hozirgi kundagi holati

Bugungi yoshlarning aksariyati asosiy axborot manbai sifatida internetga murojaat qilishadi. Lekin ularda axborot immuniteti shakllanmagan mish-mishlar dunyosi bo'lmish "Internet" orqali ma'naviyatga salbiy ta'sir vujudga kelishi mumkin. Ba'zi yoshlarimiz - turli xil G'arb seriallari ta'sirida, milliy qahramonlarimiz jasoratidan bexabar o'sayotganligi sababli ma'naviyatga qaytadan chuqur e'tibor qaratmas ekanmiz, ularning zehni o'tkir, dunyo bilimlarini egallagan bo'lishlariga qaramasdan, Vatan manfaati yo'lida xizmat qilishlariga, begona g'oyalarga berilmasligiga kafolat ham berolmaymiz. Ularni eng avvalo Vatanga e'tiqodni, urf-odat va qadriyatimizga sadoqatli qilib tarbiyalasakkina, istalgan buzg'unchi axborotlarga nisbatan o'z axborot immunitetlari shakllanadi.

Tadqiqotlar shuni ko'rsatmoqdaki, yosh avlodning 90 foizi asosiy axborot manbai sifatida internet tarmog'iga murojaat qilmoqda. Albatta, bu tarmoqning qulay axborot manbai ekani, istagan narsangizni undan bir zumda topa olishingiz mumkinligi, soniyalar ichida dunyoning narigi chekkasi bilan bog'lanish imkoniyati mavjudligi muhim omil. SHu bilan birga, zamonaviy axborot- kommunikatsiya texnologiyalarining bu cheksiz in'omidan o'z g'arazli manfaatlari yo'lida foydalanuvchilar soni ham ortib borayotganidan ko'z yuma olmaymiz. Respublikamizda ham internetdan foydalanuvchilar soni kun sayin o'sib, hozirgi paytda 9 milliondan oshgani, ularning aksariyati yoshlar ekanini hisobga olsak, bu holat barchamizni yanada ogoh va sergak bo'lishga undaydi.8


Download 308,52 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   26




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish