Oʻzbеkiston rеspublikasi oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligi toshkеnt arхitеktura va qurilish instituti


 Psixika va ong rivojlanishining nazariy va konseptual asoslari



Download 4,82 Mb.
Pdf ko'rish
bet9/241
Sana29.12.2021
Hajmi4,82 Mb.
#83061
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   241
Bog'liq
kasbiy psixologiya

1.2.3. Psixika va ong rivojlanishining nazariy va konseptual asoslari 
Kishi  psixikasining  paydo  boʻlishi  va  rivojlanishi  eng  murakkab 
muammolardan  biri  boʻlib,  tabiat  qonunlarining  mohiyatini  tushunib  etishga 
harakat  qiladigan  tadqiqotchilarni  bu  muammo  hamma  vaqt  qiziqtirib  kelgan. 
Materialistik  yoʻnalishdagi  olimlar  psixikaning  paydo  boʻlishi  uzoq  davom 
etgan  materiya  rivojlanishining  natijasi  deb  izohlaydilar.  Ular  materiyaning 
tabiatini tadqiq qilishar ekan, harakat materiyaning hayot kechirish usuli, uning 
tarkiban  oʻziga  xos  ajralmas  xususiyati  ekanligi  uchun  ham  materiya 
harakatining 
turli 
shakllarini 
oʻrganadilar. 
Harakatsiz, 
mutlaqo 
harakatlanmaydigan  materiya  umuman  boʻlmaydi.  Olamdagi  butun  materiya, 
jami noorganik va organik tabiat harakatlanish, oʻzgarish va rivojlanish holatida 
boʻladi.  Jonsiz  tabiatda  harakat  jism  va  moddalarning  mexanik,  fizikaviy  va 
kimyoviy  ta’siri  tarzida  yuz  berishi  mumkin.  Jonli  materiyaga  in’ikosning 
biologik  shakllari  xos  boʻlib,  jonli  materiyaning  ma’lum  bir  bosqichida 
in’ikosning  yangi  shakli  sifatida  psixika  paydo  boʻladi.  Har  qanday  jonli 
organizm  barcha  tashqi  qoʻzgʻatuvchilarga  nisbatan  tanlangan  holda 
munosabatda  boʻladi  va  bu  bilan  jonli  materiyaning  sifat  jihatidan  yangi 
xususiyatini – oʻzini oʻzi tartibga solish xususiyatini namoyon qiladi.  
Uzoq  vaqt  davom  etgan  evolyusiya  natijasida  hozirgi  organizmlarda 
in’ikosning  qoʻzgʻaluvchanlikdan  tortib,  to  uning  ancha  yuksak  darajadagi 
shakllari  boʻlmish  sezgilar,  idrok,  xotira,  tafakkurga  qadar  turli  shakllarini 
koʻramiz.  Agar  jonli  mavjudotlarning  hayot  kechirish  muhiti  hamma  joyda 
mutlaqo  bir  xil  boʻlganida,  ehtimol,  yer  yuzi  bir  xil  turdagi  hayvonlar  bilan 
toʻlib ketgan boʻlardi. Haqiqatda esa muhit iqlim jihatidan ham, yashash sharoiti 
jihatidan  ham  gʻoyat  rang-  barang  boʻlib,  bu  organizmlarning  tabaqalanishini 
taqozo  etadi.  Aks  ettirish  usullari  yuksalgan  sari  hayvonlarning  mazkur  turi 
muhitning  bevosita  ta’siridan  shunchalik  ozod  boʻla  boradi.  Yashash 
sharoitlarining  keskin  oʻzgarishi  hayvonlarning  joyini  oʻzgartirishga  majbur 
etishi  azaldan  ma’lum.  Ta’sirlanuvchanlik  tirik  organizmning  biologik 


32 
 
ahamiyatiga  ega  boʻlgan  (biotik)  ta’sirga  javob  berish  qobiliyati  demakdir. 
Oddiy ta’sirlanuvchanlik sodda, bir hujayrali tirik organizmdayoq seziladi. Ular 
muhitning  ta’siriga  harakatlanish  bilan  javob  beradi.  Muhit  biotik  ta’sir 
oʻtkazishi mumkin boʻlib, buning natijasida jonli organizmda protoplazmaning 
xossasi  oʻzgaradi.  Qoʻzgʻatish  ta’siriga  uchraydigan  oʻzini  tartibga  soluvchi 
tizim sifatida tirik hujayrada qidiruv harakatlari hosil boʻladi. Biotik omillarga 
nisbatan  oʻziga  xos  harakatlar  bilan  javob  berish  usullari  tropizmlar  yoki 

Download 4,82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   241




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish