Oʻzbеkiston rеspublikasi oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligi toshkеnt arхitеktura va qurilish instituti


 Psixik taraqqiyotning nerv-fiziologik asoslari



Download 4,82 Mb.
Pdf ko'rish
bet6/241
Sana29.12.2021
Hajmi4,82 Mb.
#83061
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   241
Bog'liq
kasbiy psixologiya

 
1.2.2. Psixik taraqqiyotning nerv-fiziologik asoslari 
Yuksak  darajada  tashkil  topgan  hayvonlarda  psixik  jarayonlarning  va 
odamda ongli jarayonlarning bevosita moddiy asosi bosh miya poʻstidir. Bosh 
miyaning pastroqdagi boshqa hamma qismlari, shuningdek, orqa miya – ongsiz 
reflektor harakatlarning markazlari boʻlib, xilma-xil fiziologik jarayonlarni idora 
etadi. Bu yerda yana shuni aytib oʻtish kerak. 
Bosh  miyaning  yuqorida  aytilgan 
hamma  qismlari  va  orqa  miya  markaziy 
nerv  sistemani  bosib  oʻtgan  taraqqiyot 
yoʻlining  bosqichlaridir.  Bosh  miyaning 
taraqqiyotidagi  har  bir  qismi  (pastdan 
yuqoriga  qarab  hisob  qilganda)  oʻzidan 
avvalgi  qismning  ustiga  qoplangan.  Orqa 
miya,  undan  keyin  esa  uzunchoq  miya 
markaziy  nerv  sistemasining  eng  qadimgi  qismlaridir.  Oldingi  miya  va  poʻst 
genetik  jihatdan  miyaning  eng  yosh  qismlaridir.  Markaziy  nerv  sistemasining 
yuqorigi qismlari taraqqiy qilgunicha pastdagi (qadimgi) qismlari murakkabroq 
psixik funksiyalarni ham bajargan deb oʻylash mumkin. Masalan, oldingi miyasi 
olib  tashlangan  baqa  tamomila  normal  baqaga  oʻxshaydi.  Bunday  baqa 
odatdagicha  oʻtiradi;  baqa  turgan  taxta  agʻdarila  boshlasa,  u  agʻanab 
tushmaslikka  harakat  qiladi;  agar  baqa  chalqancha  agʻanab  tushsa,  oʻnglanib 
oladi. Shunday qilib (baqa miya yarim sharlaridan mahrum boʻlsa ham harakat 
qilish  va  oʻz  harakatlarini  muvofiqlashtirish  qobiliyatini  saqlab  qoladi.  Yarim 
sharlari olib tashlangan kaptar ogʻziga solingan ovqatni yeydi, turtib yuborilsa 


27 
 
yuradi;  bunday  kaptar  turtinmasdan  ucha  oladi.  Ammo  kaptar  turtib 
yuborilmasa,  odatda,  qimirlamay  turaveradi.  Agar  it  miyasining  ikkala  yarim 
shari olib tashlansa, sun’iy suratda boqilib borilsagina bir necha yil yashay oladi. 
Bunday it ogʻziga solingan ovqatni eydi, yura oladi. It urilsa vangillaydi, qattiq, 
tovush  eshitganda  sapchib  tushadi.  Ammo  bunday  it  oʻzicha  ovqat  qidirib 
topolmaydi  va  hatto  yaqinidagi  ovqatni  ham  topib  eya  olmaydi.  Bu  it  uni 
boquvchi  kishilarni  tanimaydi.  Avval  hosil  qilgan  malakalari  yoʻqoladi,  shu 
bilan  birga,  yangi  malakalar  hosil  qilish  qobiliyati  ham  yoʻqoladi.  Ba’zi 
fiziologlar  maymunlarning  yarim  sharlarini  olib  tashlab  tajribalar  qilganlar. 
Maymunlar  operatsiya  qilingandan  keyin  psixik  funksiyalari  yoʻqolishi  bilan 
birga, harakatlar, harakatni muvofiqlashtirish ham buzilgan. Ular toʻppa-toʻgʻri 
oʻtirib tura olgan, shuningdek, narsalarni changallay olgan, ammo, murakkabroq 
harakatlar,  ayniqsa  yurish  qobiliyati  buzilgan,  shunday  qilib,  evolyusiyaning 
yuqori  bosqichlarida  murakkab  harakatlar  va  ularni  muvofiqlashtirish 
funksiyalari ham miya poʻstiga oʻtadi. 
Odamda  miyaning  quyi  qismlari  yuksak  psixik  funksiyalarni  bajarishga 
mutlaqo qobil emas. Odam miyasining poʻsti ostidagi qismlari poʻst funksiyasini 
loaqal  qisman  ham  bajara  olmasa  kerak.  Yarim  sharlarsiz  tugʻilgan  bolalar 
(anzitsefallar)  ni  kuzatish  bu  holni  juda  ravshan  tasdiqlaydi.  Odatda  bunday 
bolalar uzoq, yashamaydi. Shunday bolalardan birining faqat uch yil-u toʻqqiz 
oy yashagani ma’lum. Bu bola 
doim  yotgan,  turishga  biron 
marta  ham  harakat  qilib 
koʻrmagan.  U  narsalarni 
ushlashga  hech  urinmagan, 
hatto narsalarni  qoʻlda ushlab 
turishni  ham  bilmagan.  Faqat 
yuzida  ba’zi  bir  harakatlar 
koʻrilgan; 

ba’zan 
ijirgʻangan;  emganda  va 
qoshiqlab  ovqat  berilganda  lablari  va  tili  harakatga  kelgan.  Bola  tagi  xoʻl 
boʻlganganda ham hech bir parvo qilmagan. Bu bola bilan gaplashish yoki unga 


28 
 
biron  narsa  oʻrgatish  aslo  mumkin  boʻlmagan.  Unda  hatto  eng  oddiy 
koʻnikmalar ham hosil boʻlmagan. 
Yuqorida  aytilganlardan,  miyaning  poʻst  ostidagi  qismlarining  psixik 
hayotga hech qanday aloqasi yoʻq degan ma’no chiqmaydi. Yarim sharlar poʻsti 
oʻz tolalari bilan bosh miyaning hamma qismlariga va orqa miyaga bogʻlangan. 
Shu  bilan  birga,  yuqorida  aytilganidek,  orqa  miyadagi  nerv  hujayralarining 
tolalari va poʻst ostidagi sohalarning tolalari yarim sharlar poʻstining qismlariga 
bogʻlangandir.  Shu  sababli  butun  markaziy  nerv  sistemasi  va  uning  faoliyati 
boʻlmasa,  psixik  hayot  ham  boʻlmas  edi.Shu  bilan  birga,  butun  nerv 
sistemasining  va  butun  organizmning  faoliyatida  bosh  miya  poʻsti  asosiy  rol 
oʻynaydi.  I.P.Pavlov  ta’limotiga  koʻra,  yarim  sharlar  poʻsti  organizmdagi 
hamma  funksiyalarni  idora  etadi.  I.P.Pavlov  ta’limotiga  koʻra,  katta  yarim 
sharlar poʻsti organizmning barcha funksiyalarini boshqaradi. 
Periferiyadagi nerv sistemasi markaziy nerv sistemasi bilan chambarchas 
bogʻliq  boʻlib,  undan  ajralmasdir.  Periferiyadagi  nerv  sistemasi  nervlardan 
tuzilgan:  bu  nervlar  markaziy  nerv  sistemasidan  chiqib  va  butun  organizmga 
tarmoqlanib,  organizmning  har  bir  qismini  bosh  miya  va  orqa  miya  bilan 
bogʻlaydi.  Bosh  miyadan  12  juft  nerv,  orqa  miyadan  31  juft  nerv  chiqadi  (2- 
rasm).  I.P.Pavlov  Periferiyadagi  nerv  tolalari  orqa  miya  bilan  bosh  miyaning 
ichki  qismlariga  kiradi.  Ular  bosh  miyaning  hamma  qismlari  bilan,  jumladan, 
bosh miya poʻsti bilan bogʻlanadi. 
Periferiyadagi  nervlar  bosh  miya  bilan  orqa  miyadan  chiqqanda  hiyla 
yoʻgʻon  (ba’zilari  juda  ham  yoʻgʻon)  boʻladi.  Lekin  bu  nervlar  organizmga 
yoyilib  ketganda,  koʻpgina  juda  ingichka  ip  va  tolalarga  boʻlinadi,  chekka 
tarmoqlar deb shularni aytiladi. 
I.P.Pavlov  ta’limotiga  koʻra,  periferiyadagi  nerv  analizatorning  bir 
qismini,  ya’ni  uning  retseptor  qismini  (chekka  tarmoqlarini)  va  oʻtkazuvchi 
yoʻlni tashkil etadi. 
Periferiyadagi  nervlar  ikki  xilga,  ya’ni  sezuvchi  va  harakatlantiruvchi 
nervlarga boʻlinadi. 

Download 4,82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   241




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish