O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus tahlim vazirligi Farg’ona Davlat Universiteti Fizika yo’nalishi uchun



Download 3,63 Mb.
bet5/19
Sana12.04.2022
Hajmi3,63 Mb.
#545681
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19
Bog'liq
Atmosfera fizikasi ma\'ruza matni

Troposferaning yuqori chegarasidan havoning o`rtacha temperaturasi o`rta kenglik ustida 50-60 gradus bo`ladi. Bu qatlamda yer sirtining fizik xossasi har xil bo`ladi. Troposferada suv bug`lari va changlar ko`p bo`lganligi uchun tuman, bulut hosil bo`ladi, yog`in yog`adi. Troposferadan strotosfera qatlamiga o`tishdagi oraliq tropopauza deb ataladi. Bu qatlamning balandligi 17 km
Tropopauzadan yuqorida deyarli doimo bulutsiz va nisbatan tinch bo`lgan stratosfera qatlami bo`lib, ba`zi vaqtlarda 20-22 km balandlikda muz kristallaridan tashkil topgan. Stratosferaning muhim hossasi yer yarim sharlari orasida havo almashinuviga yordam beradi. Taxminan 80-90 km balandlikda temperatura 190 K gacha pasaya boradi. 50-90 km balandlik oraliqdagi Atmosfera qatlami mezosfera qatlami deb yuritiladi. 82-85 km balandligida yoz vaqtlarida kumushsimon bulutlar kuzatiladi.
Mezosferada havo tarkibi troposfera va strotosfera qatlamlaridagi kabi aralash gazlar bor. 90 km dan yuqorida termosfera qatlami boshlanib temperatura tez ko`tarila boshlaydi. 100-900 km qatlamdagi balandlikda qutb yog`dusi ionosfera to`lqinlari kuzatiladi. 900 km dan yuqori qismida Ekzosfera qatlami boshlanib, temperatura o`zgarmay qoladi.
Atmosferada 5 ta asosiy sferadan tashqari 4 ta o`tkinchi sferaga ya`ni tropopauza, strotopauza, mezopauza, termopauzaga bo`linadi
Tropopauza qismida suv bug`lari kamayib boradi, harorat past bo`ladi. Bundan tashqari Triosfera (ionosfera) atmosferaning 80-85 km dan 900 km balandlikkacha bo`ladi.
Ekzosfera atmosferaning 900 kmda 3000 km gacha bo`lgan qismini o`z ichiga olib, u yerda gazlar geliy va vodorod tez harakat qiladi. Natijada ularning zarrachalari yerning tortishish kuchini yengib dunyo bo`shlig`iga chiqib ketadi. Ekzosfera yaxshi o`rganilmagan, uchirilgan raketa va sun`iy yo`ldoshlardan olingan ma`lumotlarga ko`ra uning harorati 2000 gradusga yetsa kerek deb taxmin qilinmoqda.
Atmosferada sodir bo`ladigan hodisalarning fizik qonuniyatlarini o`rganuvchi fan.
Atmosferadagi termodinamik jarayonlar, atmosferaning tarkibiy tuzilshi, unda suv bug`larining quyuqlanishi, bulut, tuman va yog`inlarning hosil bo`lish jarayonlari, nurlanish, optik, elektr va akustik hodisalarni o`rganish bilan shug`ullanadi
Atmosfera fizikasining taraqqiy etishi natijasida atmosferaning Yerga yaqin qatlami fizikasi alohida bo`lim sifatida vujudga keldi. U insoniyat, hayvonot va o`simlik dunyosi uchun bevosita ahamiyatga ega bo`lgan hodisalarni o`rganadi.
Atmosfera fizikasining yana bir bo`limi-atmosferaning yuqori qatlamlari fizikasi.
Meteorologik raketalar va yer sun`iy yo`ldoshlarini uchirishda, sayyoralararo aloqa muammolarini hal qilishda, ob-havoni ifodalovchi hodisalarning to`la fizik modelini tuzishda bu bo`limning muhim ahamiyati bor. Atmosfera (yunoncha atmos-bug` va sfera)-yer sharini o`rab olgan va u bilan birga aylanadigan havo qobig`i.
Atmosfera massasi 5,15-YU 15 t bo`lib, yer shari og`irligi (5,977-1021 t) ning taxminan milliondan bir bo`lagiga teng.
Balandlikka ko`tarilgan sari Atmosfera bosimi va zichligi kamayib boradi. Atmosferaning qalinligi bir necha o`n ming km bo`lishiga qaramay, uning asosiy massasi yer sirtiga yondashgan yupqa qatlamda joylashgan. Yer sirtida Atmosferaning zichligi YU-3 g/sm3 bo`lsa, taxminan. 700 km balandlikda 10-16 g/sm3.
Atmosfera yuqori qatlamlarining zichligi sayyoralararo muhitdagi gazlarning zichligiga tenglashadi. Shuning uchun Atmosferaning keskin chegarasi bo`lmaydi, asta-sekin sayyoralararo fazoga o`tadi. Atmosferaning yuqori qatlamlari Quyoshdan chiqadigan radiasiya energiyasi ta`sirida issikdik olganligi uchun u qatlamlarning zichligi vaqtga, geografik kengliklarga bog`liqdir. Atmosfera asosan azot (78,09%), kislorod (20,45%) va argon (0,93%) gazlar aralashmasidan iborat, qolgan qismini karbonat angidrid gazi, vodorod hamda geliy, neon, kripton va ksenon kabi inert gazlar tashkil qiladi.
Atmosferada juda oz miqdorda metan, azot, oksid, uglerod (I)-oksid va b. tabiiy hamda sanoat gazlari bo`lib, miqdori o`zgarib turadi. Quruklik va suv yuzi-dagi doimiy bug`lanish tufayli Atmosferada suv bug`i ham bo`ladi. Bug`ning quyuklashuvi bulut va yog`inlarni hosil qiladi.
Atmosfera tarkibiga ko`ra, asosan gomosfera va geterosfera qatlamlariga bo`linadi. Yer sirtidan 90-95 km balandlikkacha bo`lgan havo qatlamida yuqorida qayd etilgan asosiy gazlar (azot va kislorod)ning nisbiy tarkibi o`zgarmaydi, buni GOMOSFERA (bir jinsli) qatlam deb ataladi, bu qatlamdan yuqorida esa azot va kislorod molekulalari zaryadli atomlarga ajraladi va atom og`irligi bo`yicha taqsimlanadi.
Buni GETEROSFERA qatlami deb yuritiladi. Shu belgiga asosan ozonosfera (20-55 km) va ionosfera (90 km dan yuqori) qatlamlarini ham ajratish mumkin.
Ўзбекистон Республикасида атмосфера ҳавосининг ифлосланиши асосий экологик муаммолардан бири ҳисобланади. Шаҳарларнинг асосан тоғ олди ва тоғ оралиқ ботиқларида жойлашганлиги, иқлимнинг иссиқ ва қуруқлиги Ўзбекистонда атмосфера ҳавоси ифлосланиш даражасининг нисбатан юқори бўлишига олиб келган. Ўзбекистонда ат­мосфера ҳавоси айниқса аҳоли, саноат ва транспорт юқори даражада тўпланган Тошкент ва Фарғона иқтисодий районларида кучли ифлосланган.
Атмосферанинг ифлосланиши аҳолининг саломатлиги, ўсимликларнинг ҳолати ва ҳосилдорлиги, бинолар, металл конструкциялар, тарихий обидалар ва бошқаларга салбий таъсир кўрсатади
Ўзбекистоннинг бозор муносабатларига ўтиши ва сўнгги йилларда турли экологик тадбирларнинг амалга оширилиши натижасида атмосферага ташланадиган чиқиндилар миқдорининг нисбатан камайиши кузатилади. Ифлословчи бирикмаларнинг ялпи чиқарилишида ҳаракатланадиган манбаларнинг ҳиссаси ортиқдир. Ўзбекистонда атроф-муҳит ҳолатини ўрганиш, баҳолаш ва башорат қилиш тизими-мониторинг амалга оширилади. Атмосфера ҳавосининг ифлосланиши мониторинги турғун постлар ва кўчма абараториялар ёрдамида ўтказилади. Ички Ишлар Вазирлиги автотранспортда экологик назорат ҳизматини амалга оширади.

Ўзбекистон ҳудудида ҳам иқлим ўзгариши оқибатлари кузатилмоқда. Иссиқхона газларини чиқариш 1999 йили 160 млн. тоннани ташкил қилди ва бу жаҳон бўйича 0,7% ни ташкил қилди. Ҳаво ҳарорати 0,8-10 С га ошган. Глобал исиш бундай кейин ҳам экстремал об-ҳаво ҳодисалари, яъни, қурғоқчиликлар ва ёзнинг юқори ҳароратли даврлари сонининг ортишига, сув ресурсларининг вужудга келиш режимида ўзгаришга имкон туғдиради ва бу мамлакатда қўшимча салбий оқибатларга олиб келиш мумкин.


Иқлим ўзгариши муаммосини ҳал қилиш ва унинг оқибатларини юмшатиш бўйича самарали чора-тадбирлар кўриш зарурлигини тан олиб, Ўзбекистон, ўз устига жаҳон ҳамжамияти олдида маълум мажбуриятларни олиб, 1993 йили БМТ нинг иқлим ўзгариши Конвенциясига қўшилди. 1998 йилнинг ноябрида Ўзбекистон Киото баённомасини имзолади ва у 1999 йилнинг 20 августида ратификация қилинди. Ушбу йўналишда республикада илмий-тадқиқотлар ва тадбирлар амалга оширилмоқда. Ўзбекистонда «Атмосферани муҳофаза қилиш тўғрисида» маҳсус Қонун (1996-йил, декабрь) қабул қилинган. Қонунга мувофиқ атмосферага салбий таъсири учун корхоналар, ташкилотлар ва муассасалар учун тўловлар белгиланган ва бошқа мажбуриятлар юкланган. Белгиланган меъёрдан ортиқ ифлословчи бирикмаларни чиқариш учун ҳам тўловлар белгиланган.


Download 3,63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish