O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus tahlim vazirligi Farg’ona Davlat Universiteti Fizika yo’nalishi uchun



Download 3,63 Mb.
bet4/19
Sana12.04.2022
Hajmi3,63 Mb.
#545681
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19
Bog'liq
Atmosfera fizikasi ma\'ruza matni

Burkama yog’inlar – asosan yomg’rli-qatlamdor va yuqori qatlamdor bulutlardan yog’adigan o’rtacha kattalikdagi tomchilardan iborat bo’lgan surunkali yog’inlar. Bu vaqtda osmonni bulut qoplab,jadalligi o’rtacha va bir tekisda yog’inlar yog’adi. Burkama yog’inlar uzluksiz ,ba’zida qisqa vaqt to’xtash bilan bir necha soat, hatto bir kundan ko’proq yog’ishi mumkin. Yog’inlar yomg’ir va qor,ba’zida ho’l qor shaklida yog’adi.

Savollar.
1. Atmosfera haqida tushuncha bering.
2. Mezo- va mikroiqlim haqida ma’lumot bering.
3. Metrologik tadqiqotlar nima?
2-Ma’ruza: Atmosferaning tuzilish va tarkibi.
Reja:
1.Atmosfera haqida ma`lumot va undagi gaz balansi xamda uning o`zgarishi.
2.Atmosfera qatlamlari.
3.Atmosfera xavosini inson xayoti uchun axamyati.
Atmosfera biosferaning faol bo`limi hisoblanib, barcha jonzotlarning hayoti uchun kerakli bo`lgan tabiiy muhit hisoblanadi. Inson atmosfera havosini tarkibiy qismiga moslashgan bo`lib, shu tarkib inson uchun qulay hisoblanadi.
Atmosfera havosi doim aralashib turganligi tufayli uning tarkibi turli gazlar aralashmasidan iborat bo`lib ular quyidagilarga bo`linada:
Azod-78%, kislorod-20.8%, karbonad angidrid-0.03% va qolgan qisma esa Mendelev davriy sistemadagi moddalar 8% dan iboratdir.
Atmosfera havosi barcha jonzodlarni zararli turlardan saqlaydi. Agar havo qobig`i bo`lmasa yer yuzida kunduzi +100 gradus dan yuqori, kechasi -100 gradusdan past bo`lar edi. Atmosferaning qalinligi 300 km bo`lib uning asosiy qismi 17-22 km ni tashkil etadi.
Atmosfera havosi tarkibida asosiy moddalardan kislorod bo`lib, uning asosiy qismi o`simliklarning fotosintez jarayonida va suv hamda karbonad angidridning parchalanishi natijasida hosil bo`ladi.
Kislorod ayni paytda jonzodlarni tarkibida bo`lib, u organizmlarni hosil qiluvchi oqsil, yog` va uglevodlar tarkibiga kiradi.
Atmosfera havosini asosiy tarkibiga azot
ham kiradi. Azot atmosferaga o`simlik va hayvonlarni chirishi natijasida va vulqon otilganda atmosferaga ko`p miqdorda azot ajralib chiqishida yuzaga keladi.
Atmosfera gazsimon moddalardan tashqari kimyoviy tarkibiy va fizik xossalariga ko`ra bir-biridan farq qiladigan turli chang zarralari, bakteriyalar,o`simlik urug`lari bo`ladi.
Atmosfera havosini borliga yerdagi hayot mavjudligini ta`minlovchi omillardan iborat bo`lib, u quyoshdan kelayotgan energiyani o`zgartiradi, ya`ni yorug`likni bir xilda tarqatadi va yerni ustki qismida issiqlikni va namlikni tartibga solib turadi.
Atmosfera yunoncha atmos- (bug` va sfera) yer sharini o`rab olgan va u bilan birga aylanadigan havo qobig`i. Armosfera massasi 5.15-YU 15 t bo`lib, yer shari og`irligi (5.977-1021 t)ning taxminan mln dan bir bo`lagiga teng.
Balandlikka ko`tarilgan sari atmosfera bosimi va zichligi kamayib boradi. Atmosferaning qalinligi bir necha 10000 km bo`lishiga qaramay uning asosiy massasi yer sirtiga yondashgan yupqa qatlamda joylashgan. Atmosfera butun taxminan 50% yersirtidan 5 km balandlikkacha bo`lgan qatlamda qolgan 50 % esa 30-35 km balandlikkacha bo`lgan qatlamda to`plangan. Yer sirtida atmosferaning zichligi 3 g/sm.kub bo`lsa taxminan 700 km balandlikda 10-16 g/sm.kub.
Atmosfera tarkibiga ko`ra gemosfera va getosfera qatlamlariga bo`linadi. Yer sirtidan 90-95 km balandlikkacha bo`lgan havo qatlamida asosiy gazlar azot va kislorodning nisbiy tarkibi o`zgarmaydi, bu gemosfera bir jinsli qatlam deyiladi. Bu qatlamdan yuqorida esa azot va kislorod molekulalari zaryadli molekulalarga ajraladi va atom og`irligi bo`yicha taqsimlanadi buni getosfera deb ataladi. Shu belgiga asosan azonosfera (20-55 km va ionosfera 90 km dan yuqori) degan yuqori qatlamlarni ajratish mumkin. Ozonosfera tufayli yerda hayot mavjud.
Chunki quyoshdan kelayotgan va xayot uchun zararli bo`lgan xar xil nurlarning asosiy qismi shu qatlamda yutiladi.Atmosfera quyosh radiatsiyasining ma`lum qismini yutadi va sochadi. Atmosfera temperatura taqsimlanishi bo`yicha 5 ta asosiy qatlamga ajraladi. Atmosfera troposfera qatlamining yer sirtidan balandligi qutb keng liklarida 10-11 km, tropik rayonlarda 14-17 km. Troposfera qatlamida har 100 m balandlikda temperatura 0.6 gradusga pasayib boradi.

Download 3,63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish