O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus tahlim vazirligi Farg’ona Davlat Universiteti Fizika yo’nalishi uchun



Download 3,63 Mb.
bet8/19
Sana12.04.2022
Hajmi3,63 Mb.
#545681
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   19
Bog'liq
Atmosfera fizikasi ma\'ruza matni

Radiasion issiqlik o‘tkazuvchanlik.
Tuproqdan atmosferaga issiqlik uzatishda yerdagi faol yuzaning uzun to‘lqinli nurlanishi ham ma’lum darajada ahamiyatga ega.
Yerdagi faol yuza nurlanishini atmosferaning pastki qatlamlari yutadi. Bu qatlamlar ozgina isib, uzun to‘lqinli nurlanishi sababli yuqoridagi qatlamlarni isitadi. Tuproq yuzasi soviganida esa radiasion nurlanish oqimi atmosferaning yuqori qatlamlaridan pastga yo‘nalgan bo‘ladi. Quruqlik ustida radiasion nurlanish oqimining pastga yo‘nalishi asosan kechasi ro‘y beradi. Chunki kechasi issiqlik konveksiyasi ro‘y bermaydi, turbulentlik esa juda kuchsiz bo‘ladi.
Biror aniq joy ustidagi havoning harorati gorizontal yo‘nalishda ko‘chayotgan boshqa havo massasi bilan aralashishi natijasida ham o‘zgarishi mumkin. Havo massasining gorizontal yo‘nalishda ko‘chishini adveksiya deyiladi.Issiq adveksiyada biror joyga, shu joy havosi haroratidan yuqori haroratli issiq havo bostirib kiradi va olingan joyning havosini isitadi.
Yuqorida qaralgan havoning isish jarayonlari orasida eng muhimlari issiqlik konveksiyasi va turbulentlikdir.
Endi havoning sovishiga olib keladigan jarayonlarga to‘xtalamiz. Havoni sovishiga olib keladigan jarayonlardan biri, havo massalarining atmosferada yuqoriga ko‘tarilishidir.
Agar katta havo massasi tez ko‘tarilayotgan havo massasi bo‘lsa, u holda tez qo‘tarilayotgan havo massasi bilan atrofdagi muhit orasida issiqlik almashinishi deyarli ro‘y bermaydi.
Isigan havo massasi yuqoriga ko‘tarilgan sari kamroq atmosfera bosimi ta’sirida bo‘ladi va tashqi atmosfera bosimiga qarshi yo‘nalishda kengayishda ichki energiyasi hisobiga ish bajaradi, bu esa uning ichki energiyasining kamayishiga ya’ni sovishiga olib keladi.
Havo nurlanishi sababli yoki sovuq yer yuzasiga tekkanda ham sovib, issiqlik yo‘qotadi. Olingan joydagi havoga, u erdagidan past haroratli havo oqimi bostirib kirsa, uni sovuq adveksiya deb yuritiladi.
Qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishi uchun bahorgi va kuzgi sovuq adveksiyalar xavflidir, chunki bunday paytlarda o‘simlikning ustidagi havo harorati keskin pasayib o‘simliklarni sovuq urishi mumkin.
Havo haroratini turli xil termometrlar yordamida o‘lchanadi. Barcha termometrlarni psixrometrik budkaga joylashtiriladi. Psix-rometrik budka termometrlarni to‘g‘ri va qaytgan radiasiyaning ta’siri-dan, yerning nurlanishidan, shamollardan va yog‘inlardan saqlaydi.
Termometrlarni budkadagi metall shtativga o‘rnatiladi. 2 ta psixrometrik termometrlarni, tik ravishda rezervuarlarini er yuzasidan 2 m baland qilib o‘rnatiladi. Maksimal termometrni deyarlik gorizontal, rezervuari tomon ozgina qiyalatib o‘rnatiladi, minimal termometrni esa aniq, gorizontal qilib joylashtiriladi. Bunda termometrlarning rezervuarlarini sharqqa qaratilib joylashtiriladi.
Qish davrida havo harorati –200S dan past bo‘lganda quruq psixrometrik termometr yoniga etil spirtli termometr o‘rnatiladi. Chunki simob –38,90S da qotadi, shuning uchun –360S dan past haroratlarni o‘lchashda hisoblarni spirtli termometr yordamida olib boriladi.
Termometrlar ko‘rsatishi bo‘yicha hisoblarni olib borishda kuzatuvchining ko‘zi simob meniski sathida bo‘lishi kerak. Oldin graduslarning o‘nlik ulushlarini, keyin butun graduslarni hisob qilinadi.
Havo haroratining vaqtga nisbatan uzluksiz o‘zgarishlarini uzluksiz yozib borish uchun termograf M-16A qo‘llaniladi. Termografni o‘ziyozgich asbob uchun mo‘ljallangan jalyuziy budkada joylashtiriladi.
Havo haroratining balandlik bo‘ylab ortishini inversiya deb atadik. Inversiya atmosferaning erga tutashgan qatlamida va erkin atmosferada ro‘y beradi. Vujudga kelish sharoitlariga qarab yerga tutashgan havo qatlamida radiasion va advektiv inversiyalar mavjud.
Radiasion inversiya yerdagi faol sirt bilan tutashgan havo qatlamining sovishidan paydo bo‘ladi.
\Faol sirt nur chiqarib soviganda, o‘ziga bevosita tutashib turgan havo qatlamini ham sovitadi. Faol sirtdan yuqoriga ko‘tarilgan sari havoning harorati orta boradi.
Bunday inversiyalar yozda kechasi, qishda esa kunduzi ro‘y beradi. Shuning uchun radiasion inversiyalar yozgi (tungi) va qishki turlarga ajraladi.
Yozgi (tungi) inversiyalar havo ochiq kuni kechqurun vujudga kela boshlaydi. Кechasi bilan kuchayib ertalab eng katta qiymatiga erishadi. Quyosh chiqqandan keyin faol sirt unga tutashgan havo qatlami qiziydi va buning oqibatida harorat inversiyasi buzilib ketadi.
Tungi inversiyalar qatlami qalinligi havoning sovish muddatining ko‘p-ozligiga va havoning turbulentlik jarayoni sababli aralashish jadalligiga bog‘liq. Tungi inversiya ro‘y bergan havo qatlamlarining qalinligi 10-15 dan 200-400m gacha etishi mumkin. Bulutlar inversiyani zaiflashtiradi, tezligi 2,5-3m/s dan ortiq bo‘lgan shamollar inversiyani buzib yuboradi.
Bahorda va kuzda tuproq yuzasining manfiy haroratlargacha sovishida vujudga keladigan tungi radiasion inversiyalar (qora sovuqlar) ekinlarni sovuq urish xavfini yuzaga keltiradi.
Qishda havo ochiq kunlari faol sirtning kun sayin sovib borishidan vujudga keladigan qishki inversiyalar bir necha kun yoki bir necha hafta saqlanishi mumkin. Bunday inversiyalar kunduzi biroz bo‘shashib, kechasi esa yana kuchayib davom etadi. Qishki kunduzgi inversiyalar qatlami qalinligi bir necha yuz metrga etishi mumkin.



Download 3,63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish