O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta’lim vazirligi buxoro davlat universiteti filologiya fakulteti


I .3 Shukur Xolmirzaev hikoyalarida ma’naviy, axloqiy masalalarning badiiy talqini



Download 218,07 Kb.
bet5/11
Sana24.03.2022
Hajmi218,07 Kb.
#507529
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Mustaqillik davri hikoyalarida milliy ruh va ma’naviy axloqiy muamolar

I .3 Shukur Xolmirzaev hikoyalarida ma’naviy, axloqiy masalalarning badiiy talqini.
Badiiy adabiyotda milliylik deganda ko‘p adabiyotshunoslar buni urf-odatda, milliy libosda, faoliyatda, sa’y-harakatda, nutqida ko‘rishadi va shu holatlarda o‘z mujassamini topadi, deb bilishadi. To‘g‘ri, bu holatlar milliylikni belgilaydigan omillar hisoblanadi. Lekin mazkur vosita va omillar o‘zida milliylikni to‘liq ifodalaydi, deb bo‘lmaydi. CHunki bular milliylikning zohiriy ko‘rinishlaridir. Ma’lumki, zohiriylik bu shakldir. SHakl esa hech qachon masala mohiyatini belgilamaydi. U belgilashga xizmat qiladigan vositadir. Milliylik, birinchi navbatda, ruhiyatda o‘z mujassamini topadi. Milliylikni belgilaydigan boshqa xususiyatlarning barchasi unga bog‘liq, undan kelib chiqadi. Ruhiyat esa insonning tabiatini va o‘zligini belgilaydigan ilohiy kuch, ma’naviy oziqdir. Ruhiyati kuchli odam o‘z qiyofasidan, o‘z yo‘lidan, ya’ni to‘g‘ri yo‘ldan toymaydi, e’tiqodidan voz kechmaydi. Bu borada Qur’oni karimda shunday deyiladi: "Sendan ruh haqida so‘raydilar. Aytgin, ruh - Ollohning ishi, sizlarga faqat ozgina ilm berilgan xolos. ("Al-isro" surasi. 85-oyat). Demak, ruhiyat ilm bilan yo‘g‘rilgan, undan ozuqa oladi. Uning inson jismidan, ya’ni tabiatidan joy olishi muhitga bog‘liq. Agar qanchalik undan erta bahra olsa, milliy xususiyat shunchalik kuchli bo‘ladi.
Istiqlol davri adabiyotining qahramoni mana shu xususiyatga egadir. To‘g‘rirog‘i, millatning shu xususiyatlarini inkishof qilish bilan jahonga tanityapti.
Keyingi o‘n yillikda Shukur Holmirzaevning «O‘zbek xarakteri», «Xorun ar-Rashid», «Qadimda bo‘lgan ekan», «Ozodlik» kabi puxta xikoyalari yaratildi. Shukur Xolmirzaev bu hikoyalarida ham o‘zining azaliy uslubi bo‘lmish insonning ruhiy dunyosining, ichki kechinmalarini teran tahlil etish, uning haqiqat va adolat uchun o‘zligini anglash yo‘lida olib borgan faol kurashini haqqoniy ko‘rsatish, aytib berish emas, aynan ko‘rsatish yo‘lidan boradi. Xulosa chiqarishni esa o‘quvchini o‘ziga havola qiladi.
Masalan, «Qadimda bo‘lgan ekan» hikoyasida adabiyotning doimiy muammosi – qariyalar va yoshlar munosabati masalasi yangicha talqin etiladi. «Qadimda bo‘lgan ekan» hikoyasida adabiyotimizda birinchilardan bo‘lib, jamiyatimizda yuz berayotgan ana shu so‘nggi o‘zgarishlarning, qiyinchiliklarning inson qalbiga ko‘rsatadigan ta’sirini badiiy gavdalantirgan. Ahvol shu darajaga etdiki, hatto asriy an’anlar, urf-odatlar ancha mustahkam turuvchi va udumlari osonlik bilan o‘zgarmovchi qishloq kishilari tabiatida ham o‘zgarishlar sodir bo‘la boshladi. Hikoya qahramoni O‘sar ertadan kechgacha ishlab ham biri ikki bo‘lmagan odam. Ukasi Kenjani o‘qitaman, odam bo‘lsin, deb o‘zini mehnatga bog‘lab qo‘ygan. Xotini kasal, davolatolmaydi, qari onasi va bolalarini to‘ydirib boqa olmaydi. Uyida halovat yo‘q. Oilaviy janjallardan bezgan O‘sar xotinini pushaymon qilgisi kelib, xatarli ishga qo‘l uradi: onasi Momoni uzoq qishloqdagi tut tagida qoldirib keladi, qilmishlariga pushaymon bo‘lib, xotini ikkovi qaytib borsalar,ona yo‘q. Uni boshqa insonparvar kishilar olib ketishgan bo‘ladi. O‘sar bilan xotini umrbod azobda qolishadi. Hikoyada har bir obrazni Shukur Xolmirzaev mahorat bilan tanlagan, ularning suhbatlaridan qandayliklari anglashiladi. Hikoyadagi O‘sarga ham Xojarga ham ayb bor deb ham bo‘lmaydi, yo‘q deb ham bo‘lmaydi. Balki bunga jamiyatdagi qiyinchiliklar sababdir.O‘sarning momosiga bo‘lgan munosabatni uning suhbatlaridan ham ko‘rishimiz mumkin. Masalan bir o‘rinda:
“– Momosi Maqsad beva deraza tagida, shishib ketgan o‘ng oyog‘ini uqalab o‘tirar, oppoq sochlari to‘zib ketgan – ajinadan farqi yo‘q edi.
– Momojon, – dedi O‘sar ayvon labiga asta o‘tirib. – Salomalaykum… Azonda chiqib ketib edim. Uxlayotgan ekansiz. Hozir keldim. Moshina oldim, momo. Eski-yu, eplasa bo‘ladi. Zavgar uch yuz so‘mimni shilib qoldi, enasini…
Kampir nursiz ko‘zlarini g‘iltillatib va xiyol iljayib, qiziq bir narsani tomosha qilayotgandek qarab turardi.
– E, Asaljon? – dedi birdan. Va bir yuzi tirishib, ko‘ziga yosh keldi. – Tanimapman … Xayolim joyida emas. Anovi erda bir xotin ming‘irlagani ming‘irlagan. Kim u o‘zi?
O‘sarning ham ko‘ziga yosh keldi.
– Momojon, axir u – keliningiz-ku! – dedi. – Sizdi onasiday ko‘radi…”
O‘sar kampirni Momojon deb atashi bu uning momosiga bo‘lgan mehr yoki hurmati emasmi?
YOki bir o‘rinda momo o‘lim haqida o‘ylaydi, “Vod bu meni opketadi…”
“Opketsa, tezroq opketsin-e!” degan o‘y kechdi O‘sarning ko‘nglidan. Ammo tag‘in shu o‘y dilidan o‘tgani uchun o‘z-o‘zidan azoblanib ketdi.
– Yo‘q, momojon, – dedi. – O‘limni o‘ylamaslik kerak. Kishi o‘ziga umr tilashi kerak”[…].
SHu suhbatga e’tibor beraylik, O‘sarning xayolidan tezroq shu kampir o‘lsin degan o‘y kechdi, lekin bu o‘ydan o‘zi ham azoblandi. Hikoya qahramoni O‘sarga e’tibor bersak, asar boshida oxirigacha uning tilida boshqa gap va aksincha, dilida boshqa gap. Xayoliga yomon o‘y-fikrlar keladi-da, ammo o‘zini darrov insofga chaqiradi.
O‘sar momosini aslida Xojarga qadri bilinsin va pushaymon esin deb biron joyga oborib qo‘ymoqchi bo‘ladi. Momoni butunlay emas, bir- ikki soatga qoldirib qaytmoqchi bo‘ladi. Lekin ular qaytganida kech bo‘lgan bo‘ladi. Momoni kimdir olib ketgan bo‘ladi:
“Tut tagiga kelib, yo‘lning u boshiga ko‘z tikdi, keyin bu boshiga. So‘ng kampirni o‘tqazgan eriga.
– E, xudo! Bu nima ko‘rgulik? Mana shu erga…
Bukri tomirga endi Xojar o‘tirib qoldi. O‘sar yo‘lning u betiga o‘tdi. Keyin to‘g‘ridagi soylik tomonga chopib ketdi.
O‘sar dodlab, yana orqaga qarab chopdi. Tut ostidan o‘tib yana toshlar ustiga chiqdi.
– Momo –o… – dedi endi ovozi bo‘g‘ilib. Axir… – SHunda kampirning boya (O‘sar ketayotganda) kulgani “Qadimda bo‘lgan ekan-da” deganini eslab: “Tag‘in birov-yarimta aljigan bo‘lsa…” deb o‘yladi. Va o‘zini tanimay qolishi yodiga tushib, xolsiz shivirladi:
– Obketishibdi”[…]
Shukur Xolmirzaev hikoyada deyarli ko‘rsatilmagan, ishtirok etmagan mana shunday kishilar orqali o‘zbeklarning milliy ruhini ma’naviy axloqini etuk darajada ko‘targaniga guvoh bo‘lamiz.
Shukur Xolmirzaevning “Ko‘kboy” hikoyasini olsak, bu hikoyada do‘stga sadoqat vafodorlik g‘oyasi ilgari surilgan. Hikoyada asosiy e’tibor vafodor it – Ko‘kboy obraziga qaratilgan. Adib zabonsiz hayvon timsoli orqali vafodorlik xislatini ochishni bosh maqsad qilgan. Ko‘kboy egasi bilan kaklik oviga borganda Qalandar aka to‘satdan qorga sirpanib tushib vafot etadi. It egasining atrofida gir aylanib uni turg‘izishga harakat qiladi. Nihoyat, qishloqqa borib odamlarni boshlab keladi. Egasining o‘limidan qattiq iztirobga tushgan it qabristonda o‘lib qoladi. To‘g‘ri, bunday voqea hayotda ham uchrab turadi. Adibning mahorati shundaki, bu hayotiy voqeani chinakam badiiy haqiqatga aylantira olgan.
Shukur Xolmirzaevning barcha asarlari singari “O‘zbek bobo” hikoyasida ham o‘zbeklarga xos milliylik ruhi ufurib turganligini ko‘rishimiz mumkin. Hikoya qahramoni Amirqul polvon atrofida barcha voqealar - uning avvalo mehnatkashligi, vatanparvarligi, millatparvarligi, bog‘bonchilikka qo‘ygan cheksiz mehri, shu kasbga nisbatan fidoyiligi voqealar jarayonida oydinlasha boradi. Markaziy qahramon atrofidagi o‘n beshga yaqin qahramon Amirqul polvon xarakterini to‘la-to‘kis ochib berishga xizmat qilgan. YOzuvchining Amirqul obraziga yuklagan aniq badiiy-estetik maqsadi bor. Hatto uning ismi va laqabiga aylangan ismlar mohiyatida (Amirqul polvon, O‘zbek bobo, Polvon bobo) bu aniq ravshan aks etib turibdi. Unga Olloh taolo tomonidan erga mehr qo‘yish, tog‘lik bir hududda, quruqshagan ona zamin bag‘rini kecha-kunduz timdalab, giyoh, daraxt undirish amir etilgan. U o‘z qismatidan, kasbidan aslo norozi emas. Shukur Xolmirzaev hikoyaning biror o‘rnida ustoz adiblar Abdulla Qodiriy, Abdulla Qahhor, Oybek singari qahramon portretini batafsil chizmaydi. Faqatgina u er bu erdagi mayda chizgilar, boshqa qahramonlarning Amirqul polvon haqidagi gap-so‘zlari orqali biz bu obrazning devqomat jasadini, tashqi qiyofasini tasavvur etamiz. Amirqul alpqomat inson sifatida aks ettirilar ekan, bexos o‘zbek xalq dostoni va xalqimizning asrlar davomida sayqallanib yaratilgan ideal qahramoni Alpomish ko‘z oldimizga keladi. Shukur Xolmirzaev “O‘zbek bobo” asarida Amirqul polvon timsolida o‘zbekning milliy xarakteri va dunyoqarashini aks ettirib, mazkur yaratiq orqali o‘zining ideal obrazini yaratdi. Adibning hikoya janriga sodiqligi, fidoyiligi namunasi o‘laroq ushbu asarini ham “hikoya” deb atagani shubhasiz. Asarga iqtibos sifatida tanlangan “Bir kuning qolsa ham daraxt ek” hadisi sharif satrlaridagi didaktik-ma’rifiy ma’no asar qahramoni Amirqul polvonning hayotiy tamoyiliga aylangan.”O‘zbek bobo” hikoyasidagi chol obrazi, asarda tutgan o‘rni jihatdan kishining diqqatni tortadi. O‘zbek bobo keksayib qolgan bo‘lsa ham harakatda to‘xtamagan. Jaydari bir inson, bu obrazning milliy xarakteri hikoya davomida ochila boradi. Hikoyada ota farzandining bag‘riga qaytishini intizorlik bilan kutadi. Hikoya so‘ngida qarovsiz bog‘ egasi SHokir qishloqqa qaytib kelib, Amirqul polvonning bag‘rini to‘ldiradi.
“O‘zbek bobo” hikoyasida Ismatillo obrazi anchayin murakkab. U Amirqul boboning o‘g‘li SHokirning yaqin do‘sti, kasbi jurnalist. Eng yomoni Qismatillo to‘rt muchasi sog‘lom erkak bo‘la turib, o‘zgalardan tap tortmasdan sarmoya undirib olishga ustasi farang bo‘lib ketgan shaxs. Hayotiy prinsipi “YUzimning qattig‘i, jonimning huzuri” degan maqol. Hikoyada Amirqul bobo va Ismatillo bir-biriga zid ravishda tasvirlanadi. Amirqul bobo mehnatni sevadi, Ismatillo dangasa. Amirqul oriyatli, chapani, soda, jaydari,mard, halol bir inson. Ismatillo esa bunga teskari oriyatsiz, aldoqchi ko‘z YOshi to‘kib bo‘lsa ham o‘z ishini oson yo‘l bilan bitkazishga harakat qiladi. “O‘zbek bobo” hikoyasida turfa obrazlar xatti-harakati, dunyoqarashi, ichki ruhiy dunyosi mutlaqo bir-birini takrorlamaydi. Har biri o‘z qiyofasiga ega, har birining o‘z so‘zi, o‘z ovozi bor. Shukur Xolmirzaev har bir qahramonning gap-so‘zlarini, xatti-harakatlarini, hatto mimikalarini ham o‘ziga moslab yaratgan.
Adabiyotshunos olim M.Qo‘shjonov yozgan bir maqolasida adib ijodi haqida shunday haqqoniy mulohaza bildiradi: “Uning asarlarining tanlagan materiali ko‘proq o‘zi tug‘ilib o‘sgan joylari – Boysun tog‘lari, Surxon bo‘ylari bilan bog‘liq. U Boysun tog‘i go‘zalliklarini, Surxon ko‘rkamliklarini adabiyotga olib kiryapti. Faqat tabiatni emas, balki u Boysun va Surxon odamlarini, ularning o‘ziga xos xarakter xususiyatlarini, boshqa joylardan biroz farq qiladigan hayot kechirish yo‘llari bilan adabiyotga olib kiryapti” […].
Darhaqiqat, adib “O‘zbek bobo” hikoyasida ham o‘zbekning urug‘larini, yashash tarzini, dehqonchilikka nisbatan ularning munosabatini, o‘zbeklarga xos bo‘lgan an’ana va urf-odatlarini yanada sinchkovlik bilan kuzatib, Amirqul polvon, Abil bobo, SHokir, Qismatillo, Qayum singari rang-barang obraz va xarakterlar yaratadi.
Qismatilloning ovoz ohangida o‘zini ming ko‘yga solib, o‘zgalarda o‘ziga nisbatan mehr-shavqat uyg‘otishga tirishishi juda tabiiy, quyma satrlarda aks ettiriladi: “– Ilojim qancha Polvon bobo? – Va tuyqus uning ohangidan yig‘iga o‘xshash saslar eshitila boshladi. – Zamonni ko‘rib turibsiz… Zamona – zo‘rniki bo‘lib ketgan. Biz sho‘rliklar, faqirning joyi – panada degandek, bir chetga chiqib qoldik, bobojon. CHiqitga chiqdik hisob… – o‘ylanib va yo‘tal tutgandek mushtumini tirab tomoq qirdi”[…].
Polvon bobo bilan suhbatda Ismatillo imkon qadar gap mavzusini bog‘ga burishga harakat qiladi, gurung tizginini mahkam ushlab, erkak bo‘la turib, yig‘lamsirab gapiradi, o‘zini nochor, faqir, chiqit deb ta’riflaydi. Qahramonlar o‘rtasidagi contrast tasvirlar Polvon boboning insoniy fazilatlarini yanada yorqin ko‘rishimiz va his etishimiz uchun asarda etarlicha ahamiyat kasb etgan.
Asarda oilaviy-maishiy voqelik adib uchun badiiy shartli ramz vositasini o‘tagan. Iste’dodli ijodkorlar badiiy shartlilik usullari yordamida, aniqrog‘i bir oila timsolida vatan va millat haqida chuqur mulohazalarini mahorat bilan aks ettirgan.
Adabiyotda ijtimoiy masala deganda ko‘plar faqat siyosatga oid muammolar ko‘tarilgan asarlarni nazarda tutishadi. Aslida, jamiyat, davlat, oila, umummanfaatiga qaratilgan, ularning siyosiy, ma’naviy, ma’rifiy, axloqiy, falsafiy qarashlariga xizmat qiladigan, ularning shu ehtiyojlarini qondiradigan asarlar zaminida ijtimoiy masalalar yotgan asarlardir. Bundan ko‘rinadiki, ijtimoiy masala zaminida ko‘p masala o‘z mujassamini topadi
Shukur Xolmirzaevning “Ozodlik” hikoyasi ana shunday asarlar sirasidan. Mansur hikoya qahramoni. Hech bir gunohi bo‘lmagan Mansur o‘z davrasidagilardan biri qilgan jinoyat tufayli o‘n yilga kesilib ketadi. Bu ham totalitar tuzumning qiyofasini belgilab beradigan holatlardan biridir. Uning ozodlikka chiqishi, respublikaning mustaqillikka erishgan kunlariga to‘g‘ri keladi. Mansur mustaqillikning samarasini o‘zining hayotida ko‘radi. U otasidan qolgan kulbani epaqaga keltirib, sotdi. Puliga uch-to‘rt sovliq olib qirga ko‘chib chiqdi. Do‘sti, Omonning ko‘magida ikki uy, bir dahliz tikladi. O‘ziga o‘xshagan etim, g‘aribgina qizga uylanib, qaddini tikladi. Hatto tuzukkina ishga ham ega bo‘ldi, ya’pi "to‘qson chaqirimlik masofadagi kabellarni nazorat qilib yuruvchilik" amaliga erishdi. O‘g‘il ko‘rdi. Qishloq qariyalarini va do‘st-birodarlaripi chaqirib, osh hamda ziyofat berib, elga qo‘shildi. Buning barchasi mustaqillikning sharofatidandir. Agar avvalgi davr bo‘lganda, Mansur bularning birontasiga ham erisha olmasdi. Birinchidan, ish topa olmasdi. CHunki qamalib chiqqan odamni hech bir korxonada ishga olmasdi. Ma’lum muddat ichida ishga joylashmagani uchun esa ishsiz deb yana javobgarlikka tortilardi. Ikkinchidan, qirdan uy qilib, mustakil xo‘jalik yurita olmasdi. Totalitar tuzumda xususiy mulkka ega bo‘lgan shaxs jinoyatchi hisoblanardi. Hikoyada ko‘tarilgan masala bu bilan cheklanmaydi.
YOzuvchi Mansur faoliyati orqali avvalgi tuzum va uning odamlari qiyofasini ham inkishof etgadi. Tuzumning o‘zi yolg‘on asosga qurilgani uchun uning odamlari ham ikkiyuzlamachi, o‘z e’tiqodiga mustahkam bo‘lmaganlar ko‘pchilikni tashkil qiladi. Bu toifa odamlar, ayniqsa, ziyolilar o‘rtasida bisyor edi.
Mustaqillikning mohiyatini Mansur teranroq anglaydi, CHunki ozodlikda yurgan odam ozodlikning qadrini uncha bilmaydi. Mansur qamoqxonada uning qadrini chuqur his etadi. U yana bir narsani, ya’ni maqsadga etish uchun inson mustaqil harakat qilmog‘i va tadbirli bo‘lmog‘i kerakligini, ana o‘shanda davlati ham mustaqil va taraqqiy etishini ham shuuran, ham qalban anglab etadi. SHundan o‘zi oyoqqa turganidan keyin boshqalarga ham ilinadi. Mansur xatgi-harakati ajdodlarimizning axloqini, tutgan ishini yodga soladi. Demak, u o‘z hayot yo‘li bilan o‘zligimizni anglashga qalbimizga darcha ochadi.
Hikoya qahramonlari etmish yillik ertaknamo hayotga ishonib, e’tiqodlari chilparchin bo‘lgan. Ular o‘z qayg‘u-a’lamlarini may bilan yuvmoqchi bo‘lishadi. Hikoya qahramoni Mansur jismonan sog‘lom va baquvvat bo‘lsa-da, ma’naviy-ruhiy og‘ir jarohat olgan. CHunki Mansur nohaq tuhmat tufayli o‘n yil ozodlikdan mahrum bo‘lib, qamoq muddatini o‘tab kelgan. Uning peshonasiga “odam o‘ldirib qamalgan” degan adolatsiz tamg‘a bosilgan va hikoya davomida do‘stlari unga bu mudhish ko‘rgilikni tez-tez eslatib turishadi. “Ozodlik” hikoyasida ramziy psixologik timsollar mavjud. Jumladan, Xoin beka laqabli Mansurning kakligi – o‘zbek millatining timsoli, qafas – tutqunlik, inson erkiga rahna soluvchi ramz. “Xoin beka” deb atalishida ikkinchi ramziy ma’no o‘z millati qadriyatlaridan, an’analaridan kechib, o‘zga xalq e’tiqodiga bosh qo‘shgan ba’zi xiyonatkor kishilar taqdiri nazarda tutilgan. Xoin beka o‘z do‘stlariga sotqinlik qilib, xush ovozda sayrab, do‘stlariga tuzoq qo‘yishi o‘z millatining tutqunligiga sababchi bo‘lgan ba’zi kimsalarning ramziy timsoli. O‘zbek xalqi sobiq SHo‘ro tuzumi davrida 70 yil erksizlikda mute’larcha yashadi, Xoin bekaning yana o‘z qafasiga qaytib kelishi erksizlikda yashab o‘rganib ketgan manqurt inson ramzi ham sanaladi. Mansur mehr qo‘ygan kakligini qafasdan ozod qiladi. Lekin kaklik garchi o‘zi o‘sgan makonga - tog‘ bag‘ri, archazorda ko‘yib yuoborilgan bo‘lsa-da, uchib ketmaydi. Qafas atrofida aralashib, u-bu narsani cho‘qilab yuraberadi. Unga ko‘zi tushgan tulki pisib keladi. Tulkini ko‘rgan kaklik undan qochish o‘rniga, unga qarab yuguradi. CHunki hovlida sariq it bo‘lib, u undan qochmas edi, Tulkini ham it fahmlab, unga em bo‘ladi. Demak, mustaqil ish qilishga o‘rganmagan kimsa, mustaqil yashay olmaydi. SHo‘ro davrida shunday edi.
Ko‘rinib turibdiki, Shukur Xolmirzaevning “Ozodlik” hikoyasi ijtimoiy-falsafiy ramziy asar. Kaklikka ko‘z olaytirgan tulki – yovuz, yirtqich mustamlakachilar timsoli. Qolaversa, Xoin beka ramziy obrazi bilan to‘lqining xatti-harakatlarida tor ma’noda tabiatdagi, keng ma’noda jamiyatdagi ichki kurashlar jarayonida o‘zini himoya qilish, yashash uchun kurash falsafasi bo‘y ko‘rsatadi. Hikoyada kakalik hayoti bilan o‘zbek millati hayoti parallel ravishda ramziy-falsafiy tahlil etiladi. Hikoyada bir qator ijtimoiy, ma’naviy-axloqiy, ekologik, falsafiy muammolar o‘rtaga tashlanadi. Asarda avvalo, tabiatni muhofaza qilish muammosi markaziy o‘rinda turgan asosiy muammo sifatida ko‘rinish bersa-da, undan tashqari jamiyat keltirib chiqargan adolatsizlik, boqimandalik, erksizlik, haq-huquqsizlik, axloqsizlik, madaniyatsizlik, qadrsizlanish kabi ijtimoiy muammolar ham tanqid ostiga olinadi.
Shukur Xolmirzaevning "Quyosh falakda kezib yuribdi" nomli hikoyasi shu tipdagi asardir. Hikoya nomi G‘afur G‘ulomning "Vaqt" she’ridagi misradan olingan. Ma’lumki, shoir she’rida inson ezgu ishi bilan o‘z umrini boqiy qiladi degan goyani ilgari suradi. SHe’rda quyosh ezgulik ramzi, u o‘z nurini, ya’ni mehriii hammaga birday sochadi, uning nuridan, iliq mehridan olamdagi barcha narsalar bahra olib, yanshaydi. Demak, olamda ezgulik omon bo‘lsa, inson umri ham boqiydir. Hikoyada xuddi shu falsafiy haqiqat hikoya qahramoni faoliyati orqali kishi ongiga singdiriladi. Lekin hikoya faqat shu g‘oya bilan cheklanib qolmagan. Unda bugungi, ya’ni bozor iqtisodi tug‘dirgan muammolar ham qamrab olingan.
Hikoyaning asosiy g‘oyasi hikoya qahramoni va Zumrad ismli qiz bilan bog‘liq voqea hamda munosabatda ilgari suriladi. Hikoya qahramoni shahar hayotidan, umuman, mustaqillikdan keyingi bir izga tushmagan hayotdan, oylikka qaram ziyolilarning iqtisodiy tangligidan rutubatli bir kayfiyatga tushib, bola-chaqasini olib qishlog‘iga keladi. Lekin qishlog‘ida ham shu ahvolni ko‘rib, ko‘ngli battar cho‘kadi. Lekin hayotda mehri ummon kishilar topiladi, Sovxoz direktori Misir - shunday shaxs. U-hikoya qaxramonining do‘sti. Xo‘jalik mehmonxonasidan joy qilib beradi. Osh-tuzidan ham xabar olib turadi. Do‘stining tushkin kayfiyatini ko‘rgan Misir rayonni aylanib keling deb, mashinasini shofyori bilan beradi. U rayon pochtasidan uyiga ko‘pg‘iroq qilib, mashina oldiga kelganda, bir juvon. "Meni ham ola keting, Qo‘ltegirmonda tushaman deydi". U o‘n sakkiz yoshli, biroq turmush qurgan, adabiyotga mehr qo‘ygan Zumrad edi. So‘zsiz, u hikoya qahramoni Qudrat she’rlarini o‘qigan. SHe’rlarda muallifning ichki dunyosi mana men deb ko‘rinib turganidan, unga nisbatan samimiy insoniy muhabbati baland edi. CHunki shoir she’rlarida ezgulik, poklik timsoli bo‘lib gavdalanadi. Zumrad qalbida esa uning o‘zi, aslida, qanday inson ekanligini bilishga qiziqish hukmron edi. SHoirni pochtada ko‘rgach, niyatini amalga oshirish imkoni tug‘ilganidan xursand bo‘ladi. Mashinaga o‘tirgach, ikki shaxsda ikki xil fikr kechadi.
Zumrad she’rlarida ko‘ringan siymo haqiqiy bo‘lishini istasa, Qudrat uning xatti-harakatidan tamom boshqa fikrda. U Qo‘ltegirmonga etganda tushmaganidan, meni sharmanda qiladigan bo‘ldi, deb xijolatda. Yo‘lda, kimsasiz joyda ayol kishini tashlab ketish esa insofdan emas. Qaxramon bir qarorga keladi, ya’ni mashinani soy tomonga haydashni buyuradi. Soy bo‘yidagi ungurda gulxan yoqishib, yolg‘iz qolishadi. Qiz o‘z tarovati bilan go‘zallik gulxanini yoqadi, bu gulxan taftidan Qudratdagi miskin kayfiyat tarqaladi va miyasi yoshi, tajribasiga monand fikrlay boshlaydi: "Endi bo‘lsa yoshligim bilan betma-bet o‘tirardim: ha, qarshimda Zumrad. Va bu uchrashuvni Allohning ne’matidek qabul qilmog‘im darkor. Hamda buni buzmasligim-bulg‘amasligim shart, degan fikrga keldim: ana shunda qalbimning allaqayeridagi yoshlik - tabiatga va uning turfa ko‘rinish-tovlanishlariga mehrim yangilanganicha qolsa kerak. Zumradning menga o‘zi bilmay hadya etayotgan zavqi bugungi kapalagu, bulbullaru, jiblajibonlarning bergan zavqidan kam emas, ortiq bo‘lsa ortiqdir" […].
Hikoyada ham Qudrat bilan Zumradning uchrashuvida ramziy ma’no bor. Ularning muloqoti ikki ezgulikning uchrashuvidir. Ma’lumki, ezgulik hamisha g‘olib. Zeroki, shunday ekan, inson tushkunlikka berilishi kerak emas. Hikoya voqealaridan kelib chiqadigan g‘oya-shu.
70 yil davomida tamom boshqa sharoitda, ya’ni xar bir qadam o‘lchovli, faqat yuqoridan buyurgan ishni bajarishga o‘rgangan, mustaqil bir ish qilish buyoqda tursin, hatto fikrlash ham mumkin bo‘lmagan bir sharoitda yashagan xalq birdaniga mustaqillikka erishgach shoshib qoldi. Ko‘plar bundan abgor holga tusha boshladi. YOzuvchining o‘sha davrda yozilgan "Ozodlik" , “Quyoshku falakda kezib yuribdi” hikoyalarida xuddi shu xolatlar qalamga olingan.
YOzuvchining so‘nggi hikoyalaridan biri "Bulut to‘sgan oy"dir. Hikoyaning g‘oyasi uning nomida o‘z ifodasini topgan. Ma’lumki, oy - yorug‘lik, yorqin xayotiy yo‘l timsoli. Uni bulut to‘sishi hayotning zulmatga aylanishidir. Hikoyada oy inson hayotiga mengazalladi.
Gulsara - go‘zal xilqat. Alloh har jihatdan mukammal qilib yaratgan. U go‘zal ovozga ega. Musiqani inja tushunadi, unga monand xirom qila oladi. Eng muhimi, go‘zallikni nafis his qiladi. Uni bir marta ko‘rgan, suhbat qurgan kimsa maftun bo‘lmay iloji yo‘q. U o‘zining hushyorligi, o‘tkir didi, dono fikrlari bilan kishini o‘ziga rom qiladi. Lekin tabiatning go‘zal bu mo‘‘jizasining ilk hayotini bulut to‘sadi. YA’ni otasi o‘z manfaatini ko‘zlab, qizidan o‘n besh yosh katga, oldingi turmushidan farzand ko‘rmagan hamkasbi, prokuror do‘stiga uzatadi. Tabiiyki, bu turmushdan navqiron xilqatning hayotida bahoriy gullar ochilmadi, go‘zallikka, nafosatga tashna qalbning chanqog‘i qonmadi. Bu orada otasi gidlyanchilarning qutqusi bilan hayotdan ko‘z yumadi.
Gulsaraning hayotini butunlay bulutlar chulg‘ab olib, u butunlay tutqun holiga tushdi. Har qadami o‘lchovda edi. Uning bunday hayotga, turmushga chidashi, ko‘nikishi mumkin emas edi. Gulsara isyon ko‘tardi. Ko‘targanda ham hayotdan qanday alamzadalik, unga qasdma-qasdlik bilan. U erining uyini tark etib, uning bepushtligini sir tutish evaziga uch xonali uyga ega bo‘lgach, tutqunlik hayotining o‘rnini to‘ldirmoqchi, bu bi-lan bulutli hayotga duchor qilganlardan o‘ch olmoqchi bo‘ldi. Fosiqlik dunyosi sari qadam tashladi. Bu bilan go‘yo tiriklik ehtiyojlari qonganday bo‘ldi. SHu orada u jo‘mard, tanti Tavakkalga, u orqali Quvvatjonga ro‘para bo‘ldi. Bular bilan bo‘lgan yaqinlik uning ma’naviy dunyosini junbushga keltirdi. Olam avvalgidek go‘zal tuyula boshladi. Hayotda diyonatli, yaxshi odamlar ko‘p degan xulosaga keldi. Tavakkal uning hayotdagi orzularini ushaltirishiga, umrining kuz, qishi o‘rniga bahori va yozini keltirishi mumkinligiga ishonch hosil qildi. Lekin bu tanti odamga o‘zini munosib ko‘rmadi. Unga o‘zini ravo ko‘rishga vijdoni yo‘l qo‘ymadi. CHunki fosiqlik dunyosida Gulsara umriming ancha qismi o‘tib qolgandi. Gulsara qisman fosiqlik dunyosida yashasada, u ma’nan ezgulik dunyosida istiqomat qiladi. U xuddi mana shu tomoni bilan kishi ma’naviy dunyosiga ozuqa beradi va hayotda hamisha buyuk xilqat - ayol bo‘lib qoladi. YOzuvchi bunga kishini to‘la ishshontiradi.
Insonni shaxsga aylantiradigan omil uning shakl-shamoyili, jismi emas, tutgan ishi, ezgulik yo‘lidagi faoliyatidir. Kishi bu faoliyatdan ibrat olib, insoniylashadi. Shukur Xolmirzaev hikoyalari qahramonlari ham xuddi shu yo‘ldan boradi.

Download 218,07 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish