O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta’lim vazirligi buxoro davlat universiteti filologiya fakulteti



Download 218,07 Kb.
bet3/11
Sana24.03.2022
Hajmi218,07 Kb.
#507529
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Mustaqillik davri hikoyalarida milliy ruh va ma’naviy axloqiy muamolar

Tadqiqotning ob’ekti: Bitiruv malakaviy ishining tadqiq ob’ekti sifatida Sh. Xolmirzaevning ..................., Nazar Eshonqulning “Yalpiz hidi” (Qissalar va hikoyalar), “Maymun etaklagan odam” nomli to‘plamlari tanlandi. Lozim o‘rinda adabiyotshunos olimlar N. Karimov, U. Normatov, Ulug‘bek Hamdam, Q. Yo‘ldoshev va boshqa adabiyotshunoslarning adabiy–tanqidiy maqolalariga murojat qilindi.
Tadqiqotning metodologik asoslari. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan ishlab chiqilgan “Kadrlar tayyorlash Milliy dastur”dagi ko‘rsatmalar, Prezident I.A.Karimovning milliy madaniyat va manaviyatni rivojlantirishga doir nazariy asarlari tashkil etadi. Ishning ilmiy – nazariy yo‘nalishini belgilashda I.Sulton, O.SHarofiddinov, B.Nazarov, A.Rasulov, D.Quronov, Q.Yo‘ldoshev kabi munaqqidlarning asarlari metodologik asos bo‘lib xizmat qiladi
Ishning nazariy va amaliy ahamiyati. Ishning amaliy ahamiyati shu bilan belgilanadiki, uning natijalari akademik litsey va kasb-hunar kollejlarida SH. Xolmirzaev va N. Eshonqul ijodini o‘rganish, shu bilan bir qatorda yozuvchi ijodining ommalashishida tanqidchilarning rolini ko‘rsatish bo‘yicha ma’ruzalar o‘qishda, amaliy mashg‘ulotlar olib borishda, oliy o‘quv yurtlari filologiya fakultetida mavzu yuzasidan kurs ishlari, referatlar yozishda qo‘l keladi.
Bitiruv malakaviy ishning tarkibi. Ish kirish, ikki bob, 6 fasl, “Xulosa” va “Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati”dan iborat. Bitiruv malakaviy ishining hajmi 58 betni tashkil etadi.

I BOB.
SHUKUR XOLMIRZAEV IJODIDA XARAKTER YARATISHNING YANGICHA TAMOYILLARI




I.1 Istiqlol davri o‘zbek kichik nasrida yangi tamoyillar
Ma’lumki, badiiy ijoddagi muayyan yo‘nalish o‘z-o‘zidan yuzaga kelmaydi, Uning o‘z asosi, tarixi bo‘ladi. Uning asosi esa zamon hamda davrdagi o‘zgarishdir. Istiqlol davri hikoyachiligidagi yangilanish tamoyillarining vujudga kelishi xuddi shunday omillarga bogliq. YA’ni unutil gap qadimiy qadriyatlarning tiklanishi, ma’rifat, ma’naviyatniig asosi bo‘lgan dinga e’tiborning kuchayishi, davlat boshqaruvida demokratik yo‘nalishning yuzaga kelishi, bozor iqtisodining tarkib topishi va hokazolar, Bu o‘zgarish odamlarni boshqacha harakat qilishga undadi. Aniqki, bunday sa’y-harakatning barchasi ong, tafakkur orqali boshqariladi. Zero, shunday ekan, tafakkurdagi evrilish adabiyotda o‘z ifodasini topishi muqarrar va tabiiydir.
Adabiyot va san’atning gullab yashnashi jamiyatning ma’naviy barkamolligi, ijtimoiy muhitning sog‘lomligiga bog‘liq bo’lganidek, ma’naviy sog‘lom muhitni yaratishda adabiyotning roli ham beqiyosdir. Hayot haqiqatini ilg‘ay olish, hayotiy voqea-hodisalar mohiyatini ochib bera olish mahorati yozuvchining keng dunyoqarashi va iste’dodidan darak beradi. Agar muallif voqelikdagi muammolarni teran his qilib, ularni badiiy ifodalab, o‘quvchi e’tiborini o‘sha muammolarga qarata olsa, uning asarlari xalqqa ma’naviy naf keltirishi mumkin. Lekin ming afsuski, juda katta tarixiy davrni o‘z ichiga olgan SHo‘ro tuzimi davrida adabiyot va san’at o‘z holiga qo‘yilmadi, unga kichik bir tuynuk orqali dunyoga qarash va shu erdan ko‘rilgannigina ifoda etish izni berildi. Nihoyat, 1991 yilda yurtimiz mustaqillik saodatiga musharraf bo‘ldi: ong va qalblarimiz hukmron mafkura tushuvlarisiz nafas olmoqqa tutindi. SHu ma’noda, badiiy tafakkur olamimizdagi chinakkam erkinlik Istiqlol davri bilan bog‘liq desak, mavjud haqiqatni aytgan bo‘lamiz.
Erkin tafakkur mevalari sifatida turli janrdagi badiiy asarlar birin-ketin yozidi va yozilmoqda. Ayniqsa, so‘ngi davr o‘zbek hikoyachiligimiz o‘zining mazmuniy va shakliy mundarijasiga ko‘ra ana o‘sha ozod tafakkur mahsulidir.
Istiqlol davri hikoyachiligida Said Ahmad, Pirimqul Qodirov, Asqad Muxtor, Odil YOqubov, Shukur Xolmirzaev kabi oqsoqol avlod, Ahmad A’zam, Erkin A’zam, Xurshid Do‘stmuhammad, Nurulloh Muhammad Raufxon singari bugun adabiy salohiyati ayni qaymoq bog‘lagan oltmishning nari –berisidagi zabardast adiblar bilan bir qatorda Nabi Jaloliddin, Sobir O‘nar, Zulfiya Qurolboy qizi, Luqmon Bo‘rixon, Qo‘chqor Norqobil kabi qirqu ellikni qoralab-qarolamagan, yana yigirmadan endi hatlab o‘tgan mustaqillik tengdoshlari hisoblanmish Bibi Robiya, Muyassar Tilovova kabi o‘nlab nosirlarning hikoyalarini nazardan tutsak, bu davrda bira to‘la to‘rtta adabiy avlodning dunyoqarashi, kayfiyati va badiiy tafakkuri mahsuli sifatida yaratilgan kichik nasriy asarlar haqida jiddiy so‘z yuritish mumkin.
Biz nomlari qayd etgan nosirlarning hikoyalaridagi alohida jihat shundan iboratki, ular ham mazmunan, ham shakl nuqtai nazaridan bir-biridan tomomila farqlani turuvchi asarlardir. Buning sababi, adiblarimiz kechagi kundan farq qilib, dunyoni, voqelikni bir xil rangda emas, balki, boricha va turfa rangda ko‘rayotirlar va tasvirlamoqdalar. Natijada, o‘zbek kichik nasri har jihatdan rivoj topib bormoqda. Bunday hikoyalar orasida an’anaviy yo‘llarda (realizm) yozilganlari ham, teran ramziy tafakkur mahsuli (simvolizm) sifatida taqdim etilganlari ham, yangilanayotgan badiiy tafakkur mevasi (modernizm) yo‘nalishida yaratilganlari ham bor. Bu esa, nafaqat, istiqlol davri hikoyachiligining, balki, o‘zbek adabiyotining asosiy xarakterli xususiyati bo‘lishi bilan birga, ulkan yutug‘i va imkoniyatlaridir. "Hikoyachilik janrining badiiy takomiliga xos belgilardan biri shundan iboratki, yozuvchilarimiz yuzaga kelgan ijodiy erkinlik tufayli, noan’anaviy ko‘rinishdagi, yangi tipdagi qahramonlarni, o‘ziga xos milliy xarakterlarni adabiyot maydoniga olib kirdi" [18.3].
Istiqlol davri hikoyalarining yana bir muhim jihati - mazmun tadrijida ko‘rinadi. Kuni kecha o‘zbek adabiyotining tematikasi, asosan, o‘zbekning o‘z dardi bilan bog‘liq edi. Hozir kichik janrning jiddiy namunalarini e’tibor bilan o‘qib chiqsak, shunga amin bo‘lamizki, bugun o‘zbek yozuvchisi nafaqat o‘z millatining dardi, ayni damda , sharqu g‘arbdan, shimolu janubdan iborat keng dunyoning avzoyi, kayfiyati, muammoyu tashvishlari ham qiziqtiradi. Aslida san’atning, jumladan adabiyotning ham milliylikdan ko‘ra umuminsoniy xususiyati teranroq bo‘ladi. U irq, din, til kabi kishilarni ajratib turuvchi tabiiy-ijtimoiy to‘siqlardan yuksakda turadi. Mamlakatlar, siyosiy tuzumlar, chegaralarni butkul inkor etadi. Haqiqat shuki, hozirgi G‘arb qadimgi SHarqdan o‘rganib ulg‘aydi. Endilikda SHarqning G‘arbdan ta’sirlanishiga ham tabiiy hodisa sifatida qarash kerak. Hayotimizdagi ijtimoiy-manaviy burilishlar tufayli o‘zgarayotgan adabiyotimizda G‘arb adabiyoti ta’sirida mavjud an’analar ijodiy yangilanib bormoqda.
Ta’kidlash kerakki, Mustaqillikning dastlabki yigirma yilini sarhisob qilganda, o‘zbek nasri, ayniqsa, kichik janr – hikoyalar misolida o‘zining juda katta yangilanish pallasiga kirib ulgurdi. Buni Ahmad A’zamning “O‘zim bilan o‘zim”, Erkin A’zamning “Stupka”, Xurshid Do‘stmuhammadning “Qichqiriq”, Nazar Eshonqulning “Qultoy”, Nurulloh Muhammad Raufxoning “Adashvoy”, Isajon Sultoning “Suvdagi kosa” kabi bir-biriga o‘xshamaydigan hikoyalar misolida ham kuzatishimiz mumkin.
Mustaqillik davrida yaratilgan hikoyalarni o‘rganar ekanmiz, o‘zbek hikoyanavisligi alohida shaxslar olamini, ularning o‘ziga xos tuyg‘ularini aks ettirish borasida qator yutug‘larni qo‘lga kiritganligiga amin bo‘lamiz. To‘g‘ri, har bir odamning o‘zi alohida shaxs. Ayni chog‘da, u o‘zigagina xos olamga, intellektual – ruhiy holatga ega. SHu jihati yuksalgan sayin inson o‘ziga xos xislatlarini, o‘z individualligini yanada teranroq, yorqinroq aks ettiradi. O‘zbek yozuvchilari ana shu hayot haqiqatini o‘z ruhiyatini taftish etib, o‘zligini anglashga intiladigan qahramonlar yaratish orqali badiiy haqiqatga aylantirishga erishayotganliklari bu o‘zbek kichik janrining katta yutug‘idir.
Istiqlol davri hikoyalarida ma’naviy-axloqiy muammolarning badiiy talqini qahramonlarni to‘g‘ridan-to‘g‘ri tartibga chaqirish, ularga pand-nasihatlar qilish yo‘lidan emas, balki ularning ma’naviy hayotida yuz bergan voqealarni ichki taftish yo‘li bilan tahlil qilish, vijdon bilan yuzlashtirish orqali jamiyatda barqaror bo‘layotgan huquqiy tartibotlarga munosabat bildirish yo‘lidan borayotgani o‘zbek hikoyachiligini milliy ruh va qahramon nuqtai nazaridan ham kuzatganda boyib borayotganini anglatadi.
Bugun inson ongu shuuri o‘zgardi. Uning dunyoqarashi, mushohadasi, hayot tarzi ham yangilandi. Bu jarayon adabiyotda ham o‘ziga xos ko‘rinish oldi. Badiiy tafakkurda yuz berayotgan o‘zgarishlar hikoya tarziga mutlaqo yangi isloxlar kiritdi. Badiiy tasvir vositalaridan foydalanish imkoni ko‘paydi. Natijada batafsil tasvir, bayon, hajmning ortishi kuzatildi. Hikoya syujeti va to‘qimasini voqea-hodisalar emas, balki timsollar, ramzlar, tashbehlar tashkil eta boshladi. Muayyan ohang, ritmlar uyg‘unligi vositasi bilan kayfiyat uyg‘otuvchi – musiqa asarlariga monand hikoyalar yaratila boshlangani o‘zbek realistik nasri binobarin, o‘zbek hikoyachiligi uchun yangi hodisadir. Bunday izlanishlar o‘zbek hikoyachiligi badiiy tafakkurining yuzaga kelishi, shakllanishida ayni jahon adabiyoti ilg‘or namunalarining ta’siri beqiyosligidan darak beradi.
YAxshi bilamizki, so‘z san’ati rivojida yaratilgan asarlarning soni emas, sifati hal qiluvchi ahamiyat kasb etadi. SHu ma’noda bugungi nasrimizning ichki rivojida ham hayot, inson va uning qalbi haqidagi haqiqatni kashf etish, yangi tasviriy ifodalarni ixtiro qilish bobida ham kator yangi alomatlarni kuzatish mumkin. Adabiyotdagi ushbu yangilik va hodisalar Istiqlol davri hikoyalarida o‘zgacha ma’no-mazmun kashf etgan holda namoyon bo‘layotganini adabiyotshunos olimlar, adabiy jamoatchilik va munaqqidlar tomonidan e’tirof etilmoqda. Professorlar U.Normatov, N.Xudoyberganov, Q.Yo‘ldoshev, munaqqidlar A.Rasulov, R.Qo‘chqorov, A.Ulug‘ov, M.Mansur, B.Axmedov istiqlol davri hikoyalarini tadqiq etuvchi maqolalar, ilmiy tadqiqotlar yaratganlar [13,14,15,24,25, 26].
Ayni chog‘da o‘zbek yozuvchilarining modern adabiyoti an’analaridan foydalanishlari orqali o‘zbek milliy badiiy tafakkuri imkoniyatlari hisobiga jahon adabiyoti ham boyimoqda. Aniqrog‘i, SHarq va G‘arbning uyg‘un jihatlari adabiyotda ham estetik uyg‘unlik kashf etilishiga asos bo‘ldi.
Hikoyachilikdagi jahon adabiyotidan o‘rganishlar, o‘zbekona milliy tafakkur bilan uyg‘unlashib yangi natijalar berdi, chunki milliy urf-odatlarimiz, o‘zlik va umuminsoniy qadriyatlarimiz masalasi yozuvchilarimizni aslo befarq qoldirmadi. XX asr oxiri, istiqlol yillarida adabiyotimizga kirib kelgan yosh yozuvchilarimiz yozgan hikoyalari ham kitobxonlarga manzur bo‘lganini ta’kidlash lozimdir.
O‘zbeklarning milliy qiyofasi, o‘ziga xos dard-u dunyosi, armonlari sevgisi, turli urf-odatlari, udumlari, bazmi, to‘yi, azasi, tabiat manzarasi – barcha-barchasi mustaqillik davri hikoyalarida o‘z ifodasini topdi.
Demak, istiqlol davri hikoyachiligida yuzaga kelgan yangilik va tamoyillar sifatida quyidagilarni qayd qilish mumkin:

  • janrda g‘oyaviy-tematik ko‘lam kengaydi;

  • ijtimoiy, axloqiy, ma’naviy, oilaviy masalaga e’tibor kuchaydi;

  • gumanistik mazmun va ruhiy tahlil avj oldi;

- milliy va o‘ziga xoslik keng quloch yozdi;
- insonning hayotdagi o‘rni, yashashdan maqsadi kabi masalalar mohiyati falsafiy yo‘nalishda ochib berildi.
Demak, o‘zbek hikoyachiligi o‘ziga xos uslublar orqali rivojlanmokda, bu umumbashariy badiiy tafakkur simfoniyasiga qo‘shila oladigan milliy va umuminsoniy ohanglarga egaligidan dalolat beradi



Download 218,07 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish