O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta’lim vazirligi buxoro davlat universiteti filologiya fakulteti


II BOB. NAZAR ESHONQUL IJODIDA XARAKTER YARATISHNING YANGICHA TAMOYILLARI



Download 218,07 Kb.
bet6/11
Sana24.03.2022
Hajmi218,07 Kb.
#507529
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Mustaqillik davri hikoyalarida milliy ruh va ma’naviy axloqiy muamolar

II BOB.
NAZAR ESHONQUL IJODIDA XARAKTER YARATISHNING YANGICHA TAMOYILLARI
II.1. Mustaqillik davri nasrida modernizm va modern hikoyalar
Har bir davr o‘zining yangi qarashlari va tamoyillarini yuzaga keltirishi tabiiy hol. Modern ruhidaga asarlarning yaratilishi va birmuncha jonlanishi shuning mahsulidir. Modsrnizm, umuman olganda, adabiyotda yangi yo‘nalish emas. U g‘arb adabiyotida allaqachondan beri mavjud. Lekin u o‘zbek adabiyotida yangi tamoyildir. Bizning adabiyotga uning kech kirib kslishining ob’ektiv va sub’ektiv sabablari bor. Ob’ektiv sababi shundaki, modern ruhidagi asarlar zamirida kuchli g‘ayritabiiy psixologik holat yotishi bilan birga, ramziy voqea-hodisa tasvirida jamiyat illatlarini kuchli tanqid ostiga olishi va fosh qilish xarakteri mavjudligi, shuningdek, uning yuzaga kelish va urchishiga sababni shaxslarning qiyofasini shafqatsiz ochib tashlash xususiyatiga egaligi. Malumki, totalitar jamiyat bunga yo‘l qo‘ymasdi. Sub’ektiv sabab esa, modernizmning xususiyatini, uning yo‘nalishi va mohiyatini o‘zlashtirgan ijodkorning etishib chiqmaganligi. Buning sababi tuzum siyosati va mafkurasiga borib taqaladi. Bizning adabiyotda modernizm mustaqillik arafasida shakllana boshladi, Mustaqillikdan so‘ng ancha rivojlandi, turli xil bahslarga sabab bo‘ldi.
Adabiyot doimo ijtimoiy muhit bilan hamohang ravishda rivojlandi va o‘zida aks ettiradi. SHu ma’noda adabiyot sahnasiga modernizm adabiy hodisasi kirib keldi. Insoniyat hayotidagi ong osti oqimi mahsuli bo‘lgan modernizm realizm adabiy yo‘nalishidan so‘ng adabiyot sahnasiga chiqdi. Milliy adabiyotdagi bu kabi jiddiy hodisalarning sabablari-yu ildizlarini qaerdan izlamoq kerak? – degan savolga adabiyotshunos va munaqqid U.Normatov quyidagi javobni berganlarida tamomila xaq edilar: “Milliy adabiyotdagi har bir jiddiy hodisaning sababini tashqi omillardan emas, avvalo, shu miliiy zaminning o‘zidan, real voqelikdan, zamona ehtiyojlaridan izlamoq darkor. Absurd adabiyotining bir muhim xususiyati shundaki, unda aql-idrok etish, taftish qilish ustuvor, shuning uchun ham unda fojiaviylik kuchli. Inson zoti o‘zining haqiqiy ahvolini anglab etmasa, uning uchun hech qanaqa fojiasi yo‘q. Inson o‘z mehnatining ma’nisiz ekani, ahvol-holati va hayoti absurddan iborat ekanini anglab etgan daqiqalardan uning uchun fojia boshlanadi. 80-yillar oxiri, 90-yillarning boshlaridagi vaziyat bizda absurd adabiyotining absurd inson obrazining tug‘ilishi uchun zamin tayyorladi. Etmish yillik va’da, orzu-umidlarning puchga chiqishi, jahonda eng adolatli, baxtli boqiy tuzum deb jar solingan tuzumning istiqbolsiz, eng ilg‘or, birdan-bir to‘g‘ri qarash sanalgan markscha-lenincha ta’limotning yaroqsiz bo‘lib chiqishi ko‘plarni sarosimaga solib qo‘ydi. Bu hol hayotni, bor zakovatini shu ma’nisiz ta’limotga, yo‘lga tikkan, adashgan, endilikda aqlini tanib mudroq vujudi uyg‘ongan odamlar uchun mislsiz fojia bo‘ldi. To‘g‘ri, avvallari, chunonchi turg‘unlik yillarida ham sovet davri hayotining salbiy jihatlarini, adolatsizlik va shavqatsizliklarini ko‘rsatuvchi, fosh etuvchi asarlar yaratilgan edi. Biroq butun boshli ijtimoiy tuzumning, shu tuzum uchun hayotini tikkan shaxs faoliyatining bema’niligini izchil tarzda tag-tugi bilan ochib beruvchi asarlarning paydo bo‘lishi uchun mana endi sharoit etildi. Hatto ijodiy yo‘nalishi mohiyat-e’tibori bilan hayotbaxsh, tasdiqlovchi ruhda bo‘lgan yozuvchi, shoirlar bisotida ham absurdni eslatuvchi asarlar ko‘rina boshladi. A.Oripovning “Fojia”, E.Vohidovning “Vatan umidi” she’rlari shular jumlasidan. Murod Muhammad Do‘stning “Lolazor”, O‘.Hoshimovning “Tushda kechgan umrlar”, SH.Xolmirzaevning “Olabo‘ji”, O.Muxtorning “Ming bir qiyofa” romanlarida personajlar umri faoliyatining, ular amal qilgan aqidalarning, yashagan muhitning bema’niligiga alohida urg‘u berilgan. Bu tamoyillar, ayniqsa, Nazar Eshonqul ijodida yaqqol namoyon bo‘lmoqda” [13.7].
Darhaqiqat, hodisalarga salbiy munosabat, inkor ruhi kuchli, hodisaning dahshatli manzarasini keskin, qabariq tarzda chizib berish, hodisa mohiyatini bor ziddiyatlari bilan kitobxonga xis qildirish aynan ana shunday uslubdagi asarlarda etakchilik qiladi. Bunday asarlarga xos xususiyatlarni, fazilatlarni tilga olish bilan birga ulardagi tasviriy bo‘yoqlar, o‘zgarmas ohang, ayrim hollarda serjilo, rang-barang hayot haqiqati va alohida inson dunyosini to‘la-to‘kis gavdalantirib berolmaganday taassurot tug‘diradi. SHunday bo‘lsa-da, shaxs tabiatining ayrim jihatlarinigina qalamga oluvchi asarlar bilan bir qatorda inson ruhiyati, borliqiga xos umumiy xususiyatlardan alohida chizgilarga o‘tuvchi tasvir uslubini namoyon qiluvchi yo‘nalish inson ruhiyatining hech bir qolip-u andozalarga tushmaydigan, chegara bilmas turfa holatlarini badiiy kashf etishga urinish singari ijodiy intilishlar har jihatdan qo‘llab-quvvatlanishga va ilmiy tadqiqu tahlilga sazovor, degan xulosaga olib keladi. Zero, san’at va adabiyot ravnaqini belgilovchi asosiy estetik tamoyillardan biri – hayot hodisalari va inson shaxsini yangi tomonlardan, rang-barang jihatlardan kashf etish hisoblanadi. Ijodkor mahorati esa hayot va inson haqida yaratgan yangi badiiy konsepsiya timsolida, uni ifodalash tarzida namoyon bo‘ladi. Mustaqillik yillarida hayotga, inson shaxsiga munosabatning o‘zgarganligi sabab an’anaviy realizmga mansub asarlar ifoda tarzida, shaklida ham qator yangiliklar, xususan, modernizm alomatlari ko‘zga tashlanmoqda. Shukur Xolmirzaev, Murod Muhammad Do‘st, Tog‘ay Murod yaratgan hikoya va qissalar orqali ayni shu xususiyatni ko‘ramiz. Ular qatorida yozuvchi Nazar Eshonqul ijodi shu uslubdagi izlanishlar hamda ularning natijalarini, bu yo‘nalish istiqbollarini o‘rganishda boy manba bo‘lib xizmat qiladi.
Modern asarni tushunish uchun inson suratini emas, siyratini anglamoq lozim. Negaki, insonni ong osti oqimida kechayotgan jarayonlar, ruhiyatdagi cheksizliklar, qarama-qarshiliklarni aks ettirish modern asarga xosdir.
Modernizm (fr. “moderne” “zamonaviy”) atamasi XIX asr oxirida Evropa va Amerika san’atida iste’molga kirgan norealistik oqimlarning umumiy nomi. Industrial jamiyat jadal rivojlanib, ijtimoiy qarama-qarshiliklar kuchayib borayotgan sharoitda shakllangan . Bu davrda “adabiyot –endi reallikdan chekina boshlab, voqelikni norealistik tarzda ifodalay boshladi”. Albatta, adabiyot va san’atda paydo bo‘lgan modernizm bo‘shliqdan paydo bo‘lgan emas.
Modernizm oqimining o‘zbek adabiyotida kirib kelishini shoir Bahrom Ro‘zimuhammad quyidagicha izohlaydi: «Modernizm»ni realizmga qarshi qo‘yib bo‘lmaydi. Modernizmga realizm suvratidagi sosial realizm oqimigina qarshi qo‘yilgan. Endilikda asta-sekin adabiyot siyosatdan holi bo‘lmoqda. CHunonchi, adabiyotning o‘z «siyosati» mavjud. Adabiyot inson ruhiy olami uzra siyosat yurgizadi – ruh olamidagi jismlar orasida intizom o‘rnatiladi. Qadim-qadimdan shunday bo‘lib kelgan. So‘fiylarning ko‘ngil parvarishi ta’limot bejiz kun tartibiga chiqmagan bir mahallar. Biz shu yo‘ldan yurmog‘imiz lozim. Bu yo‘l manaviyatimizni yuksaklikka olib chiqadi, bu yo‘l millatimiz yuragini, sharqona kechinmalarini bobolarimiz ma’naviyatiga omuxta etgan holda jahon ilm ahliga ko‘z-ko‘z qiladi».
Bu o‘rinda adabiyotshunos U.Normatovning quyidagi fikrini keltirib o‘tmoq joiz: “Sotsialistik realizm sovet adabiyotining rasmiy metodi deb e’lon etilgan, modernizmning har qanday ko‘rinishlari reaksion oqim sifatida keskin rad etilgan zamonlarda ham ixtiyoriy yoki beixtiyor ijodkor ong osti shevasi tarzida modernistik tamoyillar turli ko‘rinishda davom etdi” [13.21].
Taniqli yozuvchi Ulug‘bek Hamdam shunday yozadi: “20-30-yillarda ijod qilgan shoirlarning she’rlarini o‘rganar ekanmiz, achchiq bir haqiqatning guvohi bo‘lamiz: Oybek, Hamid Olimjon, Usmon Nosirlarni endi g‘uncha bo‘lganda tomiriga tig‘ urilgan gullarga o‘xshatish mumkin. Yo‘q, men ularning fojeali qismatlarini nazarda tutmayapman. Men ular onglariga tomchi-tomchi quyilgan zahar mafkura natijasida ijodkor sub’ektivizmi boy berilganini aytyapman. Oybekning nazmida kuzataman: 20-30- yillarda o‘z yuragiga nisbatan samimiy bo‘lgan ulkan iste’dodli shoir 40-yillardan boshlab begonalashgan. Ko‘ngildan emas, aqldan, mafkuralashgan ongdan chiqarib yoza boshlagan” [12.67].
Mustaqillikgacha bo‘lgan o‘zbek tanqidchiligida “modernizm” tushunchasiga munosabat bildirib yozilgan maqolani yoki bu oqimning o‘ziga xos xususiyatlari tadqiq etilgan ilmiy ishlarni kam uchratamiz. SHuni aytishimiz mumkinki, 20-30-yillarda o‘zbek adabiyotida ham modernistik ruhda yaratilgan asarlar bo‘lgan. SHo‘ro adabiy siyosati modernizmni hushlamay qarshi olishiga qaramay, rus va boshqa milliy adabiyotlar, jumladan, o‘zbek adabiyotida bu tamoyil bo‘y ko‘rsata boshladi.
Ozod SHarofiddinov o‘zining “Modernizm - jo‘n hodisa emas” nomli suhbatida shunday so‘zlarni aytgan edi: “Haqiqatan ham, 20-30-yillarda o‘zbek adabiyotida ham muayyan modernistik izlanishlar bo‘lgan. Bu, jumladan, Oybek, Mirtemir, CHo‘lpon ijodlarida ko‘rinadi. Oybekning dastlabki she’rlarida modernistik izlanish his-tuyg‘ularining tahliliga juda keng o‘rin berilganida ko‘rinadi [21.237].
Modernizm yo‘nalishining o‘ziga xos shakllarida, an’anaviylikni o‘ziga singdirgan holda ijod qilib kelayotgan shoir va yozuvchilarimiz juda ko‘pchilikni tashkil qiladi.
Istiqlol davri o‘zbek adabiyoti tubdan yangilangan milliy ongning, tamomila yangilanayotgan estetik tafakkurning mahsulidir. O‘zbek adabiy jarayoni bugungi kunda o‘zining murakkab bosqichiga kirib bormoqda.To‘qsoninchi yillarda o‘zbek adabiyotida G‘arbning modernizm oqimi ta’sirida yaratilgan asarlar ko‘paygan. Bu hodisani ayrim adabiyotshunoslarimiz, jumladan, U Normatov G‘arb adabiyotining F.Kafka, A.Kamyu singari XX asr buyuk yozuvchilarining tasiri yoki ularga taqlid deb atashmoqdalar. Bu gapda jon bor. So‘nggi yillarda yosh ijodkorlar avlodi orasida o‘sha adiblar ijodiga qiziqish benihoya kuchaydi, «modern» uslubidagi ayrim asarlar o‘zbek tiliga ayni shu avlod vakillari tomonidan tarjima ham qilindi. SHu kabi misollarga asoslanib, bu tamoyilni faqat G‘arb ta’siriga bog‘lash, uni taqlidchilikdan iborat deb qarash to‘g‘ri emas. Milliy adabiyotdagi har bir hodisaning sababini tashqi omillardan emas, avvalo ona zaminning o‘zidan, real vokelikdan, zamona ehtiyojidan izlamoq darkor. Bu xususda yozuvchi N.Eshonqulning shunday fikr bildiradi: «Adabiyot hech qachon yakka holda taraqqiy etgan emas. Jahon adabiyoti dunyodagi yuzlab xalqlarning adabiyoti, shu jumladan bizning ham. U bizga begona adabiyot emas. SHuning uchun jahon adabiyoti tushunchasiga cho‘chib, havotirlanib qarash noo‘rin. An’analar adabiyotdan adabiyotga o‘tadi. Kimda nimaga ehtiyoj bo‘lsa, o‘shani oladi. Men ham o‘z ehtiyojimga yarasha olganman. Kimga kerak bo‘lsa bizdan oladi. Men ta’sirni juda oddiy tushunaman, shu sababli cho‘chimayman. «Boshqacha yozish» agar o‘ziga xos yozish bo‘lsa bu muqarrar hodisa. Agar u chiranish, oliftachilik bo‘lsa, u hech narsa, xatto taqlid ham emas. Taqlid ham taqlid qilinayotgan narsaga mos bo‘lishi kerak. Bo‘lmasa u karnay bo‘laman deb chirangan surnayning xoliga tushadi. Gap taqlid yoki ta’sirda emas: gap iste’dodda. YOzilgan asarda iste’dod seziladimi, yo‘qmi? Agar sezilsa xavotir noo‘rin. U baribir tasir doirasini yorib chiqadi» [23.65].
YOzuvchi xaq. Zero, adabiyot umuminsoniydir. Nazar Eshonqul o‘z fikrini davom ettirib: «Men o‘ta milliy asar Murod Muhammad Do‘st qalamiga mansub «Dashtu dalalarda» hikoyasi ham Folknerning «Uosh»i ham birdek qadrli. Bularda men na xususiylikni, na umumiylikni ko‘raman: bu hikoyalar iste’dod mahsuli bo‘lgani uchun jozibalidir. Milliylik chegara emas. Aksincha bepoyonlik va so‘zga zuhr etilgan millatparvarlikdir», - deb yozgan edi [23.67].
Modernizm oqimining o‘zbek adabiyotida kirib kelishini shoir Bahrom Ro‘zimuhammad quyidagicha izohlaydi: «Modernizm»ni realizmga qarshi qo‘yib bo‘lmaydi. Modernizmga realizm suvratidagi sotsial realizm oqimigina qarshi qo‘yilgan. Endilikda asta-sekin adabiyot siyosatdan holi bo‘lmoqda. CHunonchi, adabiyotning o‘z «siyosati» mavjud. Adabiyot inson ruhiy olami uzra siyosat yurgizadi – ruh olamidagi jismlar orasida intizom o‘rnatiladi. Qadim-qadimdan shunday bo‘lib kelgan. So‘fiylarning ko‘ngil parvarishi ta’limot bejiz kun tartibiga chiqmagan. Biz shu yo‘ldan yurmog‘imiz lozim. Bu yo‘l manaviyatimizni yuksaklikka olib chiqadi, bu yo‘l millatimiz yuragini, sharqona kechinmalarini bobolarimiz ma’naviyatiga omuxta etgan holda jahon ilm ahliga ko‘z-ko‘z qiladi».
Darhaqiqat, shoir ta’kidlaganidek, inson ruhiy holatini taftish etuvchi, uning o‘zligini, «men»ini kashf etishga qaratilgan modern adabiyoti SHarqning ulkan tafakkur qudrati bilan yaratilgan. Bu borada yozuvchi N.Eshonqul fikr bildirar ekan, xalqimizning qadimiy ijod namunalarini yuqori baholab: «Turkiy xalqlar asotir va eposining ta’sir ko‘lami shu darajada kengki, biz hatto buni tasavvur ham qilolmaymiz. Agar biz ana shu merosni o‘zlashtira olsak, G‘arb adabiyoti nimadan «ozuqlangan»ini ham, chinakam ma’nodagi adabiyot o‘zi nimadan iborat ekanligini ham tezda tushunib etamiz»[24.3].
Xulosa qilib aytganda, o‘zbek yozuvchilarining modern adabiyoti an’analaridan foydalanishlari orqali o‘zbek milliy badiiy tafakkuri imkoniyatlari hisobiga jahon adabiyoti ham boyimoqda. Aniqrog‘i, SHarq va G‘arbning uyg‘un jihatlari adabiyotda ham estetik uyg‘unlik kashf etilishiga asos bo‘ldi. Nazar Eshonqul kabi o‘zbek hikoyanavislari ijodi shu jihatlari bilan adabiyotimizda o‘z o‘rni va mavqeiga ega.



Download 218,07 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish