O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi namangan davlat universiteti fiziologiya va valeologiya asoslari kafedrasi valeologiya asoslari



Download 3,62 Mb.
bet45/109
Sana27.05.2022
Hajmi3,62 Mb.
#610713
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   109
Bog'liq
Valeologiya yangi 2019

Nazorat savollari
1. Giyohvandlik degani nima?
2. Giyohvandlar kimlar?
3. Giyohvandlarning o‘limiga nimalar sabab bo‘ladi?
4.Toksikomaniya va politoksikomaniya.

3-MAVZU: REPRODUKTIV SALOMATLIK VA YUQUMLI KASALLIKLAR. ONA VA BOLA SOG’LIGINI MUHOFAZA QILISH.


Reja


  1. Oila va uning sog‘lom turmush tarzini shakllantirishdagi roli

2. Sog‘lom nikoh - sog‘lom avlod poydevori
3. Yoshlarni oila qurish va jinsiy hayotga tayyorlash
4. 2016 yil “Sog’lom ona va bola” yili

Organizmning reproduktiv imkoniyatlari inson salomatligining muhim


ko‘rsatkichlaridan biri hisoblanadi. O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni Saqlash Vazirligining 1992 yil fevralida chiqarilgan 154-son ―Fertil yoshdagi ayollarni sog‘lomlashtirishning shoshilinch chora-tadbirlari to‘g‘risida‖gi maxsus buyrug‘i asosida keyingi o‘n yillik davomida bu sohada sog‘likni saqlash tashkilotlari, davolash – profilaktika muassasalari tomonidan katta amaliy ishlar olib borildi. Jumladan, barcha fertil yoshdagi ayollarni tibbiy ko‘riqdan o‘tkazish, ular orasida turli xil somatik kasalliklarni aniqlash, hamda sog‘lomlashtirish bo‘yicha zarur chora – tadbirlar amalga oshirib kelinmoqda. Bularning natijasida, espublikamizda bolalar va onalar o‘limi ko‘rsatkichlari sezilarli darajada kamaydi.
Endilikda bunday chora – tadbirlarga mavsumiy hodisa deb qaramasdan, ‘tkazilayotgan tashkilotchilik va davolash – sog‘lomlashtirish ishlarining hajmini yanada kengaytirish zarur bo‘lgan vazifa deb qarash lozim. Bo‘lajak onalar hisoblangan qizlarimizning reproduktiv salomatliklarini muhofaza qilishni barcha
tipdagi ta‘lim muassasalarida keng ko‘lamda amalga oshirishning vaqti etib keldi.
O‘quvchi qiz bolalarda o‘zlarining o‘g‘il tengdoshlariga nisbatan jismoniy moslashuv
imkoniyatlari birmuncha chegaralangan. Bu esa maktablardagi o‘quvchi qiz bolalarning aqliy, jismoniy va ruhiy salomatliklarining shakllanishiga, oxir oqibatda
reproduktiv salomatliklariga salbiy ta‘sir ko‘rsatadi. So‘ngi ma‘lumotlarga ko‘ra,
maktabni tugatish paytiga kelib, qiz bolalarning 75%, o‘g‘il bolalarning 35,3% da
turli xil surunkali kasalliklarning mavjudligi, shuningdek mutlaq sog‘lom bo‘lgan
qizlar, shunday o‘g‘il bolalarga nisbatan besh marotabagacha kam ekanligi aniqlangan (N.N.Kuindji 2001 y). Qiz bolalarda reproduktiv vazifalarining shakllanishi shuningdek, ularning birinchi oylik – hayz ko‘rish 12-14 yoshga yoki 5-6 sinfda o‘qish davriga to‘g‘ri keladi. Bu davrda ularning organizmida turli xil funktsiyalarning muvozanati buziladi. Nevrozlar, psixovegetativ buzilishlar, aqliy
qobiliyatlarining pasayishi kabi holatlar sodir bo‘ladi. Bunday holatlar ularda o‘quv yuklamalarini kamaytirishni, o‘quv – tarbiyaviy jarayonlarni to‘g‘ri tashkil qilishni, jismoniy mashg‘ulotlarning me‘yornomalarini kamaytirishni talab qiladi. Kelajakda esa o‘g‘il va qiz bolalarni 5-6 sinflarda alohida o‘qitish, hatto maxsus ayollarni o‘qitish muassasalarini tashkil qilish imkoniyatlarini izlash kun tartibida turgan masaladir. Qiz bolalarda reproduktiv salomatliklarining shakllanishida jismoniy tarbiya darslari imkoniyatlaridan foydalanish va bunday mashg‘ulotlarni haftasiga kamida uch martagacha ko‘paytirish tajribasi ijobiy natijalar berishi aniqlangan. Oylik hayz ko‘rish kunlarida esa jismoniy mashg‘ulotlarni chegaralash, ayrim hollarda esa batamom ta‘qiqlash lozim. Bo‘lajak onalar bo‘lgan o‘quvchi qiz bolalarning shaxsiy psixofiziologik xususiyatlarining shakllanishi, ruhiy – asab tizimining holati, ruhiy salomatligini ularning bola tug‘ish va tarbiyalash bilan bog‘liq biologik taqdiri nuqtai nazaridan kelib chiqqan holda, bosqichma – bosqich sog‘lomlashtirib borish orqali shakllantirish muhim amaliy ahamiyatga ega. Bu erda so‘z qiz bolalarda kuzatiladigan ikki xil psixofiziologik me‘yorlar talabidan chetga og‘ish, birinchidan, o‘g‘il bola tabiatiga ega bo‘lgan qiz bolalar shakllanishining oldini olish, ikkinchi tomondan, haddan tashqari ruhiy – fiziologik jihatidan bo‘sh tabiatli qiz bolalarning shakllanishiga psixologik to‘siq tug‘dirish maktab valeologi va psixolog – pedagoglarning muhim vazifasi ekanligida borayapti.
Qiz bolalarda reproduktiv salomatliklarining shakllanishiga salbiy ta‘sir ko‘rsatuvchi xavfli omillar qatorida ichki sekretsiya bezlari va modda almashinuv jarayonlarining buzilishi, vegetativ asab tizimi kasalliklari, allergik kasalliklarni ko‘rsatib o‘tish, shuningdek ularning oldini olishda oila va tibbiy xodimlar, pedagoglar tomonidan maqsadga qarab yo‘naltirilgan chora – tadbirlar ko‘rishning zarurligini uqtirib o‘tish joizdir. Mutahassislar tomonidan oilaviy notinch, ichuvchi, giyohvand moddalarni iste‘mol qilish kabi zararli odatlari bo‘lgan oilalarga e‘tiborni qaratish lozim bo‘ladi. Qiz bolalarda ularning reproduktiv salomatliklarini ta‘minlash bilan bog‘liq ishlarni amalga o shirish quyidagi beshta tamoyillar asosida amalga oshirilishi lozim (N.N.Kuindji 2001):

Download 3,62 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   109




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish