O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi namangan davlat universiteti fiziologiya va valeologiya asoslari kafedrasi valeologiya asoslari



Download 3,62 Mb.
bet46/109
Sana27.05.2022
Hajmi3,62 Mb.
#610713
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   109
Bog'liq
Valeologiya yangi 2019

Birinchi tamoyil: o‘quvchi qiz bolalarda o‘quv tarbiyaviy yuklamalar ularning
salomatligi holatiga mos bo‘lishi;
İkkinchi tamoyil: o‘quvchi qiz bolalarning balog‘atga etishi, jinsiy etilishi
davrida – 5- 7 sinflarda o‘quv yuklamalari belgilangan va ilmiy asoslangan talablar
chegarasidan chiqmasligi lozim;
Uchinchi tamoyil: o‘quvchi qiz bolalarda jismoniy tarbiya mashg‘ulotlarining
mazmuni, ularning kelajakda ona bo‘lishi va bola tug‘ib tarbiyalashi bilan bog‘liq
vazifalarini hisobda belgilanishi lozim. Bunday mashg‘ulotlar 7-9 yoshda va 14
yoshdan so‘ng faollashtirilib olib borilishi lozim;
To’rtinchi tamoyil: maktablarda va uyda qiz bolalarni tarbiyalash jinsiy tarbiya
elementlari bilan birga olib borilishi lozim.
Beshinchi tamoyil: qiz bolalarni kasbga yo‘naltirish va mehnat tarbiyasi,
ularning kasbga qiziqishlarini hisobga olgan holda va ruhiy holatlaridagi o‘ziga xos xususiyatlaridan kelib chiqish zarur.
Qizlarning reproduktiv salomatligi, muhofazasi, uning ahamiyati haqida
Oilaning mustahkamligi ko‘pgina omillarga, jumladan ulardan asosiysi - ona va
bolaning salomatligiga bog‘liqdir. Ayniqsa, onaning salomatligi oilaning tinchligini, totuvligini, oilaviy iliqlikni saqlab, sog‘lom avlodni dunyoga keltirib, voyaga etkazib, keyin esa farzandlar rohatini ko‘rib, rohatda yashashga muyassar bo‘lishdir. Ko‘rinib turibdiki, ayolning bolalik, o‘smirlik davridanoq reproduktiv
salomatligiga katta ahamiyat berib, tarbiyalash ota-ona, ayniqsa onaning zimmasiga yuklatilgan mas‘uliyatli vazifa bo‘lib hisoblanadi.
Balog‘at davrida o‘smirning organizmida ikkilamchi jinsiy belgilarning paydo bo‘lishi: bo‘y o‘sishi, vazn ortishi, qo‘ltiq osti, oyoq, qo‘l va badanning ba‘zi sohalarida tuklarning paydo bo‘lishi, yog‘ bezlarining faol ishlay boshlashi,
xusnbuzarlar paydo bo‘lishi ichki sekretsiya bezlari faoliyatiga bog‘liqdir.
O‘g‘il va qiz bolalarda ikkilamchi jinsiy belgilarning rivojlanishi bilan har bir jinsga muvofiq holda tana tuzilishi shakllana boshlaydi. Tana ko‘rinishi o‘zgarishi bilan birgalikda bola o‘zining ma‘lum bir jinsga mansubligini anglay boradi. O‘g‘il va qiz bolalik belgilarining rivojlanishi faqat tashqi ko‘rinishidagina emas, balki xulq-atvorida, yurish-turishida, oiladagi yumushlarni bajarishida, ularning ruhiyatida, dunyoqarashida ham kuzatiladi. Burch va mas‘uliyat xislari shakllana boshlaydi. Har bir odam takrorlanmas va o‘ziga xoslikka ega bo‘lganligi sababli, balog‘atga etish ham hammada turlicha kechadi.
Jinsiy rivojlanishga iqlim sharoiti, oiladagi iqtisodiy, ma‘naviy va psixologik
iqlim, jismoniy mashqlar bilan shug‘ullanish va boshqa omillar ta‘sir ko‘rsatadi.
Ta‘kidlash kerakki, qiz bola biologik jixatdan o‘g‘il bolaga nisbatan kuchlirok
bo‘lsalar ham jismonan esa kuchsizdirlar. Qiz bolaning etilish davri 11-12 yoshdan
18-20 yoshgacha davom etadi. O‘smirlik davri qiz bolaning organizmida turli o‘zgarishlar bilan davom etib,bolalik davrining tugashi bilan boshl ansa, o‘smirlik tugashi bilan esa kattalik davri boshlanadi.
Qiz bolaning o‘smirlik davrini 3 etapga bo‘lish mumkin. 9-12 yoshlarda jinsiy a‘zolarining etilishi va aynan shu paytda bolalikdan o‘smirlikka o‘tish kuzatiladi. Bu etapni prepubertat, ya‘ni jinsiy a‘zolarning etilguniga qadar bo‘lgan davr deb ataladi. Pubertat - jinsiy a‘zolarning etilish davri 12-17 yoshlarda kuzatish mumkin. Bu davrda jinsiy a‘zolar shiddat bilan rivojlanib, 5-6 yil davom etadi va bu o‘zgarishlar natijasida «qizchalar» kattalashib, so‘lim qizlarga aylanadilar.
17-20 yoshlarni esa postpubertat deb nomlanib, jinsiy a‘zolarning etilib, «katta» yoshdagilar toifasiga o‘tishida muxim ahamiyat kasb etadi. İnson shaxs sifatida ruhan, ijtimoiy shaxsiyatining yanada shakllanishi, kamol topishi uchun yana 2-4 yil kerak bo‘ladi.
Albatta organizmda sodir bo‘layotgan o‘zgarishlar qiz bolani ham, o‘g‘il bolani ham hayron qoldirib, xayratga soladi, ayrim paytda esa qo‘rqish holatigacha olib boradi. O‘zgaris hlarning sababini bilishni istaydilar. Buning uchun o‘smirlar,
avvalambor tanasining, organizmning tuzilishi va uning funktsiyasini bilishi kerak.
Yurak, o‘pka, buyrak, jigar, ichki sekretsiya bezlari, shuningdek, jinsiy a‘zolarning
faoliyatini bilish bilan tanasidagi o‘zgarishlarga nisbatan o‘smir o‘zini anchayin
xotirjam tortadi. Erkak va ayolning jinsiy a‘zolari reproduktiv yoki o‘zidan ko‘payishga imkon beruvchi a‘zolar deb aytiladi.
Ayollarning jinsiy a‘zolari tashqi va ichki qismlarga bo‘linib, ularni esa o‘zaro qin bog‘lab turadi. Ayolning ichki jinsiy a‘zolariga bachadon, bachadon naychalari va ikkita tuxumdonlar kiradi.
Sut bezlari ham jinsiy a‘zolari bilan uzviy bog‘liqlikda faoliyat ko‘rsatadilar.
Ushbu uzviylik ichki sekretsiya bezlari ishlab chiqaradigan gormonlari ta‘sirida
namoyon bo‘lib, insoniyat o‘zidan ko‘payishini, uning avlodi davomiyligini
ta‘minlaydi. Xayz (mensis so‘zi lotin tilidan olingan bo‘lib, «oy» ma‘nosini beradi)
menstruatsiya har bir ayolning bolalikni tark etib, o‘smirlik, etuklik davriga
o‘tilganlikning tashqi ko‘rinishidir.
Xayz ko‘rish 21-35 tsiklli kunlarda sodir bo‘lib, 2-7 kun davom etadi. Agar,
doimo bir xil muddatda xayz ko‘rilsa, uni «muntazam xayz ko‘rish» deb aytish
mumkin. Ammo, dastlabki xayz ko‘rish turli muddatlarda va og‘riqli o‘tishi mumkin, lekin bu xavotirli emas. Xayz qoni ivish xususiyatiga ega emas, uning o‘ziga xos xidi bor. Ajralayotgan qon miqdori uncha ko‘p bo‘lmasdan, (o‘rta xisobda kuniga 250gr.) organism yo‘qotgan qonni tezda tiklash xususiyatiga ega. Menstruatsiyaning 1 va 2-kunida qon ko‘proq ajralsa, 3-kunidan boshlab esa kamayadi. Bu jarayonga tabiiy holga qaraganday, munosabatda bo‘lish kerak. Shuningdek, o‘zini kasalday tutib, atrofdagilarning diqqatini o‘ziga jalb etishi, jismoniy tarbiya darslaridan qolishi organizmning ob‘ektiv holatiga to‘g‘ri kelmaydi. Ayrim qizlarda shunday holatlar bo‘ladiki, doimiy ravishda xayz jarayoni og‘riqlar bilan kechadi. Og‘riqlar bilan kechuvchi xayz qizlarimizni vaqtincha ishga yaroqsiz qiladi va ular xatto darslarga ham qatnasha olmaydilar. Og‘riqli xayz jinsiy a‘zolardagi o‘zgarishlar, shamollash, yallig‘lanishlar tufayli bezovta qilayotganini unutmaslik va albatta, shifokor-ginekologga murojaat etish kerakligini bilishlari, bu bilan o‘zlarining salomatliklarini tiklagan, bepushtlikning oldin olgan bo‘ladi. Har bir xayz ko‘rish paytida jinsiy gormonlar ta‘sirida tana a‘zolaridagi o‘zgarishlar bilan bir qatorda ko‘krak bezlarida ham o‘zgarishlar kuzatiladi. Sut bezlari biroz kattalashadi, so‘rg‘ichlar bo‘rtib, atrofidagi jigarrang
hoshiyasi(pigmenti) to‘qish rangga kiradi, ya‘ni bolani emizishga tayyor holatga
keladi. Shunday paytda qizlarning asab tizimida ham o‘zgarish bo‘lib, asabiy, jizzaki bo‘lishadi, yoki bo‘shashib, tez charchaydi, ayrim qizlarda esa tomir urishi, nafas olishi tezlashadi, oyoqlari og‘irlashib, beli va qornining pastida og‘riq paydo bo‘ladi, ayrim qizlarning esa ko‘rish va eshitish qobiliyati pasayadi, tam bilish xususiyati kuchayishini ko‘rishimiz mumkin.
Xayz jarayonining dastlabki paytidagi og‘riqlar vaqt o‘tishi bilan asta-sekin
yo‘qoladi, chunki bachadon ovulyatsiya (tuxum etilib, yorilishi) jarayoniga ko‘nika
boradi. Onalar va o‘qituvchilar 4-sinf qizlariga, ya‘ni 10 yoshli qizaloqlarga xayz jarayoni haqida gapirib, ularni tayyorlab borish, kerak bo‘lgan maslahatlar berish bilan bir qatorda bu davrda ishlatiladigan gigienik lattalar (prokladkalar) haqida to‘liq ma‘lumot berish, shaxsiy gigiena qoidalarga amal qilib, tashqi jinsiy a‘zolarni tozalikda saqlanishi, yilning sovuq oylarida issiq ichki kiyimlar kiyish kerakligi haqida ma‘lumot berishlari maqsadga muvofiqdir.

Download 3,62 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   109




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish