O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi namangan davlat universiteti filologiya fakulteti



Download 392,24 Kb.
Pdf ko'rish
bet42/45
Sana29.12.2021
Hajmi392,24 Kb.
#79899
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   45
Bog'liq
hamlet tragediyasi ozbekcha tarjimalarining lisoniy tahlili

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 


71 

 

UMUMIY XULOSALAR 

   

Vilyam Shekspir nafaqat  ingliz  xalqi, balki butun jahon xalqlari qalbidan 



chuqur o`rin egallay olgan o`lmas asarlar yaratgan daho so`z san`atkoridir. Vilyam 

shekspir asarlari ko`plab dunyo tillariga, jumladan, o`zbek tiliga ko`p bora 

o`girilgan. “Hamlet” tragediyasining o`zi Cho`lpon, M. Shayxzoda, J. Kamol 

tomonidan tarjima qilingan. Ayniqsa, Jamol Kamol tarjimasi asliyatdan bevosita 

tarjima qilingani bilan ajralib turadi. Bevosita tarjima asliyatga yaqinligi, asar 

jozibadirligini, asar tili ta`sirchanligini kitobxonga to`liq yetkazib bera olishi bilan 

o`ziga xosdir. “Hamlet” tragediyasi ham mazmunan teranligi, ham tilining o`tkirligi, 

qahramonlar ruhiyatining teran aks ettirilgani, vijdon, insof, iymon, oq 

ko`ngillilikning  ulug`lanishi va xiyonatkorlik, vijdonsizlik, adolatsizlikning ayovsiz 

qoralanishi bilan jahon adabiyoti durdonalaridan biriga aylangan va kitobxonlar 

qalbidan chuqur o`rin egallagan asardir.  “Hamlet” tragediyasi Shekspir ijodining 

cho`qqisi hisoblanadi. 

“Hamlet” tragediyasi leksik-semantik jihatdan o`ziga xos bo`lib, asar matnida 

atoqli otlar, Angliyada  16-17 asrlarda qo`llangan diniy-mifologik tushunchalar 

bilan bog`liq so`zlar, kasb-hunar, amal-martabani ifodalovchi so`zlar ko`p uchraydi. 

Bu esa asar tarjimonidan katta mahoratni talab qiladi.  Jamol Kamol  tarjimasida ana 

shu leksik qatlamlar asliyatga muvofiq tarjima qilingan. Shekspirning “Hamlet” 

dramasidagi bir nechtagina kasb-hunar, amal-martabaga oid xos so`zlarning ma`no-

mohiyati butun bir davrning tarixiy koloritini aks ettirishda qanchalik muhim 

ahamiyat kasb etishini ko`rish mumkin. Demak, bunday xosliklarni qayta yaratish 

tarjimondan katta mahoratni talab qiladi. Asarda qo`llangan murojaat shakllari esa 

personajlar o`rtasidagi munosabatlarni, qahramonlar ruhiyatini ochib berishda 

alohida ahamiyatga ega. Chunki murojaat birliklari orqali borliqqa, tinglovchiga 

ijobiy yoki salbiy munosabatni aks ettiradi. 

 Asar qahramonlari ruhiy holatini tasvirlashda zid ma`noli so`zlarning o`ziga xos 

o`rni bor. Chunki hayot o`zi ziddiyatlardan iborat. “Hamlet” tragediyasida 




72 

 

voqealarni rivojlantiruvchi kuch ham ikki qarama-qarshi kuch – ezgulik va yovuzlik 



o`rtasidagi ziddiyat, kurash.  

 Tragediyada ifodalilikni yanada oshirish maqsadida mazmunan biri ikkinchisiga 

zid tushunchalar, mantiqan biri ikkinchisini rad etuvchi fikrlarni qarama-qarshi 

qo`yiladi. Bu esa antiteza hodisasini yuzaga keltiradi. Antiteza hodisasi til 

sathlarining barchasida kuzatiladi. Lekin bu hodisaning sintaksis doirasidagi, 

ayniqsa, qo`shma gap sintaksisi doirasidagi vazifasi alohida ahamiyatga ega. 

Stilistik-sintaktik figuralar doirasida  antiteza usuli qo`shma gaplarda qo`llanilish 

mahsuldorligi jihatidan sintaktik takror bilan bir qatorda turadi. 

Badiiy asar tili ta`sirliligini oshirishda metafora, o`xshatish va sifatlashlarning 

o`rni katta. Har bir buyuk so`z san`atkori o`z asarlarida ma`no ko`chishining eng 

muhim turi – dunyoni obrazli ko`rish vositasi bo`lgan metaforadan unumli 

foydalanadi. Metafora ko`chma ma`no hosil qilishning eng keng tarqalgan 

usullaridan biri bo`lib, mumtoz adabiyotshunosligimizda «istiora» deb yuritilgan. 

Metaforaning ikki turini farqlash lozim: lingvistik metafora va xususiy-muallif 

metaforalari. Lingvistik metaforalar til taraqqiyoti bilan bog`liq hodisa hisoblanadi. 

Bunday metaforalar asosan, atash, nomlash vazifasini bajarganligi uchun ularda 

uslubiy bo`yoq, ekspressivlik, binobarin, ular ifodalagan nutq predmetiga nisbatan 

subektiv munosabat aks etmaydi. Faqatgina ma`lum bir so`zning ma`no doirasi 

kengayadi hamda yangi tushunchalarni atash uchun xizmat qiladi. Xususiy-muallif 

metaforalari esa yozuvchining estetik maqsadi, ya`ni borliqni subektiv munosabatini 

qo`shib ifodalagan holda nomlashi asosida yuzaga keladi. Ular uslubiy jihatdan 

bo`yoqdorlikka va voqelikni obrazli tasvirlash xususiyatiga ega bo`ladi. Shuning 

uchun ham badiiy matnda qahramonning his-tuyg`ularini ta`sirchan, yorqin 

bo`yoqlarda, aniq va  ixcham ifodalashga xizmat qiladi. Xususiy-muallif 

metaforalarida hamisha konnotativ ma`no mavjud bo`ladi. Metafora orqali ma`no 

ko`chishida konnotativ ma`no yorqinroq aks etadi. Masalan, ot, eshak, qo`y, it, 

bo`ri, tulki, yo`lbars, boyo`g`li, musicha, burgut, lochin, qaldirg`och, bulbul kabi 



73 

 

hayvon va qushlarning nomlari bo`lgan leksemalar mavjudki, bu so`zlar o`z 



ma`nosidan tashqari, ko`chma ma`noda juda keng qo`llanadi. Otning baquvvatligi, 

eshakning aqlsizligi,  qo`yning yuvoshligi,  itning  vafodorligi,  mushukning 

epchilligi,  tulkining  ayyorligi,  burgutning  changallashdagi  kuchliligi, 

lochinning ko`zi o`tkirligi kabi tipik xususiyatlari boshqa predmetlarga nisbatan 

metaforik usulda ko`chiriladi, natijada konnotativ ma`no yuzaga keladi hamda 

matnning ta`sirchanligi oshadi. 

Xuddi shuningdek, jahon adabiyotining o`lmas durdonalaridan sanaluvchi 

“Hamlet” tragediyasida ham original metaforalar, o`xshatish va sifatlashlar 

voqelikni obrazli tasvirlash, qahramonlar ruhiyatini ta`sirli ochib berish vazifasini 

bajargan.  

 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 




74 

 


Download 392,24 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   45




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish