O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi


 Mavzu: Favqulodda vaziyatlar yuzaga kelganda birinchi tibbiy yordam



Download 1,65 Mb.
Pdf ko'rish
bet11/34
Sana17.04.2020
Hajmi1,65 Mb.
#45576
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   34
Bog'liq
3111801-НУД (2)


 
20. Mavzu: Favqulodda vaziyatlar yuzaga kelganda birinchi tibbiy yordam  
va o’z-o’ziga yordam ko’rsatish. 
 
 Amaliy:  Suniy  nafas  berish,  yurakni  uqalashni  mashq  qilish.  Hayvon  tishlaganda,  ilon 
yoki  zaharli  hashoratlar  chaqqanida  birinchi  tibbiy  yordam  berishni  mashq  qilish.  Issiq  va 
sovuqdan tasirlanganda birinchi tibbiy yordam berishni amalga oshirish. Surunkali charchash va 
stress holatida  yordam berish. Epilepsiya va shok holatlarida birinchi yordam berishni o’rganish. 
 
Tovushning  inson  hayotiy  faoliyatiga  zararli  tasirini  amaliyotda  ko’rish.  Sog’lom 
turmush  tarzini  kechirish-inson  xavfsizligi  garovi  sifatida.  Zararli  odatlar  va  ularning 
profilaktikasi.  Spirtli  ichimliklarni  surunkali  istemol  qilish,  kashandalik  va  narkomanlik  kabi 
zararli odatlarning salbiy tasiri.  
 
MAVZULAR BO’YICHA DARSLARNING TAXMINIY REJASI 
 
1-mavzu: Hayot faoliyati xavfsizligi o’quv fanining maqsad va vazifalari. 
 
1.  O’zbekistonda  Hayot  faoliyati  xavfsizligi  kursi  shakllantirilishi  -  hayotiy  zaruriyat  ekanligi. 
Hayot faoliyati xavfsizligi o’quv fanining maqsad va vazifalari. 
2.  O’zbekistonda  favqulodda  vaziyatlarni  bartaraf  etish,  oqibatlarini  kamaytirish  va  bunday 
vaziyatlarda harakat qilish tizimi shakllantirilishining huquqiy asoslari.  
3.  Favqulodda  vaziyat,  tabiiy  ofat,  avariya  va  halokat  tushunchalari.  Favqulodda  vaziyatlarda 
yordam  berishning  asosiy  qoidalari.  Ushbu  yo’nalishdagi  xalqaro  aloqalar  va  tajriba 
almashishning ahamiyati. 
4.  Favqulodda  vaziyatlarning  inson  hayoti,  atrof-muhit,  qishloq  xo’jaligi,  sanoat,  fan  va 
madaniyat, tadbirkorlik va biznesga zararli tasiri. 
 
2-mavzu: Yong’in va uning zararlovchi omillari. 
 
1.  Yong’in  va  uning  zararlovchi  omillari.  Yuqori  harorat,  zaharli  tutun  va  gaz,  ko’rishning 
chegaralanganligi,  bino  va  inshoot  konstruktsiyalarining  qulashi,  chiqish  yo’llarining  to’sib 
quyilishi. 
2. Yong’in xavfsizligi qoidalarini bilish hamda ularga amal qilishning ahamiyati. 
3. Yong’inga qarshi kurash jihozlarining mavjudligi, ularning ishga yaroqlilik holati. Yong’inni 
o’chirish vositalaridan foydalanish. 
4.  Yong’indan  moddiy  va  manaviy  boyliklarni  asrash.  Yong’in  yuzaga  kelganda  harakatlanish 
tartibi. Moddiy boyliklarni sug’urtalashning ahamiyati. 
5. Qishloq xo’jaligi va sanoatda yong’inning zarari.  
 
3-mavzu: Yong’inda harakatlanish tartibi (amaliy mashg’ulot). 
 
1. Yong’inga qarshi kurash jihozlarining mavjudligi, ularning ishga yaroqlilik holatini tekshirish. 
2.  Yong’in  yuzaga  kelganda  harakatlanish  tartibini  mashq  qilish.  Yonayotgan  binoni  tark  etish 
tartibini o’rganish. 
3.  Yong’inni  o’chirish  vositalaridan  foydalanishni  mashq  qilish.  Yong’in  yuzaga  kelganda 
moddiy va manaviy boyliklarni yong’indan asrashni mashq qilish.  
 
4-mavzu: Kundalik hayotda maishiy uy jihozlaridan  
foydalanish qoidalari (amaliy). 
 

1.  Tabiiy  gaz  tizimida  yuzaga  keladigan  favqulodda  vaziyatlar  va  ularda  harakatlanish  tartibini 
mashq qilish. 
2.  Elektr  energiyasi  tizimida  yuzaga  keladigan  favqulodda  vaziyatlar  va  ularda  harakatlanish 
tartibini mashq qilish. 
3.  Talim  muassasasi  va  yashash  joylarida  portlash  xavfi  mavjud  bo’lgan  obektlarni  aniqlash. 
Noqonuniy gaz va elektr jihozlaridan foydalanishning salbiy oqibatlarini o’rganish.  
4.  SHartli  ravishda  gaz  uskunalari,  ochiq  qolgan  elektr  simlaridan  muhofazalanish.  Ularni 
zararlovchi  manbalarini  bartaraf  etish.  Elektr  toki  va  gazdan  jarohatlanganda  birinchi  yordam 
berishni mashq qilish.  
 
5-mavzu: Yong’indan shikastlanganda birinchi tibbiy yordam berish  
(amaliy mashg’ulot). 
 
1.  Yong’indan  shikastlanganda  birinchi  tibbiy  yordam  berish  tartibini  o’rganish.  Yong’indan 
shikastlanish turi va darajalarini aniqlash. 
2.  Mavjud  imkoniyatlardan  kelib  chiqqan  holda  dastlabki  tibbiy  yordam  ko’rsatishni  mashq 
qilish. 
3. SHikastlangan  joylarga turli  mikroblar tushmasligini taminlash. SHikastlangan kishini tibbiy 
muassasaga yetkazish tartibini mashq qilish.  
 
6-mavzu: Terrorchilik xarakatlari yuz berganda xarakatlanish tartibi. Axborot xavfsizligi. 
 
1.  Terrorchilik  harakatlari  va  ularning  insoniyatga  qarshi  ekanligi.  Terrorizmning  global 
muammoga aylanib borayotganligi. Terrorchilik harakatlarining turlari. 
2.  Talim  muassasasining  bunday  harakatlar  obekti  bo’lishdan  saqlanish  choralari.  Terroristik 
xavf elon qilinganda harakatlanish tartibi. 
3.  Missionerlik,  ommaviy  madaniyat  va  axborot xurujlarining  zararli  tasiridan  muhofazalanish. 
Ommaviy  tartibsizliklar  hamda  kriminogen  vaziyatlarda  o’zini  tutish  qoidalari.  Olomon 
tushunchasi va uning psixologiyasi. Olomonda yuzaga keladigan xavf-xatarlar. 
4. Migratsiya jarayonlari oqibatida inson hayotiga tug’ilayotgan xavf-xatarlar.  
 
7-mavzu: Majburiy yolg’izlik holatida o’zini tutish qoidalari. 
 
1. Tabiiy muhitda majburiy yolg’izlik holatida o’zini tutish qoidalari va harakatlanish tartibi. 
2.  Texnogen  vaziyatlarda  majburiy  yolg’izlik  holatida  o’zini  tutish  qoidalari  va  harakatlanish 
tartibi.  
3. Mavjud vositalar va imkoniyatlardan oqilona foydalanish. Kuch va vositalarni tejash. 
4.  Favqulodda  vaziyatlarga  manaviy-ruhiy  tayyorgarlik.  O’zlashtirilgan  ko’nikma  va 
malakalardan foydalanib dastlabki choralarni ko’rish. Tezkor xizmatlarni chaqirish. 
5. Xavfli holatlarni oldindan ko’ra bilish, tahlil qilish, qaror qabul qilish, xavfsizlikni taminlash. 
 
8-mavzu: Zilzila va ularda xarakatlanish tartibi.  
 
1. Markaziy Osiyo mintaqasi mamlakatlarining seysmik faol hududda joylashganligi. Zilzilaning 
sabablari va qo’rinishlari. 
2.  O’zbekistonda  seysmik  jarayonlar.  Seysmik  xaritalash.  Zilzila  oqibatida  kelib  chiqishi 
mumkin bo’lgan turli tusdagi (tsunami) favqulodda vaziyatlar. 
3. Jahon mamlakatlari va O’zbekistonda seysmik qarshilikni oshirish borasida olib borilayotgan 
ishlar. 
4. Zilziladan oldin, zilzila vaqtida va zilziladan keyin harakatlanish tartibi. 
 
9-mavzu: Zilzila oqibatlarini oldindan ko’rish va muhofazalanish usullari 

 (amaliy mashg’ulot). 
1.  Zilzilalarni  eьtiborga  olgan  holda  uy,  ish  va  o’quv  xonalarining  xavfsiz  joylarini  oldindan 
aniqlash,  ularni  to’g’ri  jihozlashni  ko’rsatib  berish.  Zilzila  yuz  berganda  himoyalanish  vositasi 
sifatida uy va xona jihozlaridan foydalanishni o’rganish.  
2.Zilzila  davrida  o’quvchi  yoshlarni  to’g’ri  harakat  qilishga  o’rgatish.  Zilzila  oqibatida 
vayronalar  ostida  qolgan,  yuqori  qavatli  yoxud  bir  qavatli  imoratlarda  bo’lgan  kishilarning 
to’g’ri harakatlanishini mashq qilish.  
3. O’quv xonasi, majlislar zali, talim muassasasi yotoqxonalari va boshqa shu kabi imoratlarning 
xavfsiz joylarini aniqlash. Tayanch devorlarni belgilash.  
4.  Asosiy  va  zahira  chiqish  joylaridan  chiqishni  mashq  qilish.  Elektr  manbalari,  gaz  va  suv 
jumraklarini yopish. 
 
10-mavzu: Zilzilada birinchi tibbiy yordam  
berish tartibi (amaliy mashg’ulot). 
 
1.  Hodisa  joyini  ko’zdan  kechirish.  Zilzilada  malakali  birinchi  tibbiy  yordamga  qadar 
ko’rsatilishi  zarur  bo’lgan  o’zaro  yoki  o’z-o’ziga  yordam  ko’rsatishni  mashq  qilish. 
SHikastlanganlarga ruhiy (psixologik) yordam ko’rsatish. 
2.  SHikastlanganlarning  hayotiy  muhim  ko’rsatgichlarini  aniqlash  (pulьs  va  nafas  olish 
harakatlarini aniqlash). SHikastlanganlarga  birinchi tibbiy  yordam ko’rsatish  mashq qilish (qon 
ketishini to’xtatish, suyak sinishida harakatni cheklovchi bog’lam qo’yish). 
3. Zilzila oqibatida vayronalar tagida qolgan kishilarga yordam ko’rsatishni o’rganish. 
 
11-mavzu:  Gidrometeorologik  xavfli  hodisalar  bilan  bog’liq  favqulodda  vaziyatlar  va 
ularda xavfsizlik qoidalariga rioya etish. 
 
1.  Sel,  suv  toshqini  haqida  tushuncha.  Ularning  birlamchi  va  ikkilamchi  oqibatlari.  Sel,  suv 
toshqinida harakatlanish tartibi. 
2. Suv havzalarida xavfsizlik qoidalariga rioya etish. Suv havzalarining yil fasllariga ko’ra o’ziga 
xos xususiyatlari. 
3.  Suvga  cho’kkanda  birinchi  yordam  ko’rsatish.  CHo’kayotgan  kishini  suv  havzasidan  olib 
chikish. Nafas olish yo’llarini tozalash. Suniy nafas berish va yurakni uqalash. 
4.  Qor  ko’chganda  harakatlanish  tartibi.  Kuchli  shamol  (uragan)  va  to’xtovsiz 
yog’ingarchiliklarning zararli tasiri. 
 
12-mavzu: Transport vositalari bilan bog’liq favqulodda vaziyatlar 
 va ularda harakatlanish tartibi. 
 
1.  Yo’l  harakati  xavfsizlik  qoidalariga  rioya  etish.  Yo’l  harakati  hodisasi  yuz  berganida 
harakatlanish tartibi. 
2. Temir  yo’l,  havo, suv,  yo’l usti transporti va metrodan foydalanish qoidalari. Ularda harakat 
xavfsizligini taьminlashda fuqarolarning ishtiroki.  
3.  O’zbekiston  Respublikasining  yo’l  harakati  xavfsizligini  taminlash  borasidagi  meyoriy-
huquqiy hujjatlari. 
4.  Transport  vositalari  avariyalari  va  halokatlaridan  fuqarolar  hayoti,  sog’ligi  va  molk-mulkini 
sug’urtalash. 
 
13-mavzu: Radiatsiya manbalari va kuchli tasir etuvchi 
 zaharli moddalarning zararli tasiri. 
 
1.  Radiatsiyaviy  xavfsizlik  tushunchasi  va  xavfsizlikni  taminlash  borasidagi  chora-tadbirlar. 
Radiatsiya va radioaktiv moddalar. 

2. Radioaktiv manbalardagi avariyalar va ularning salbiy oqibatlari. 
3. Maishiy elektr jihozlari, kompьyuter hamda uyali aloqa vositalaridan foydalanish qoidalariga 
rioya qilish. Radiatsiyaning zararli tasiridan himoyalanish. 
4.  Kuchli  tasir  etuvchi  zaharli  moddalar  turlari  hamda  ularning  qishloq  va  xalq  xo’jaligida 
ishlatilishi. KTEZMning zaharlovchi xususiyatlari. 
5.  KTEZMdan  muhofazalanish  usullari  va  vositalari.  Muhofaza  vositalarini  yasash  hamda 
ulardan foydalanish. Zaharlanishga qarshi tibbiy va tabiiy antidot vositalar haqida tushuncha.  
 
 
 
 
14-mavzu: Aholiga radiatsiyaning zararli tasiri va undan 
 himoyalanish yo’llari (amaliy mashg’ulot). 
 
1.  Radiatsiyaning  suniy  manbalari  bo’lgan  maishiy  elektr  jihozlari,  kompьyuter,  uyali  aloqa 
vositalaridan  foydalanish  qoidalarini  o’rganish.  Quyoshning  radioaktiv  tasiridan  himoyalanish 
mashq qilish.  
2.  Radiatsiyadan  himoyalanish  ashyolari,  tibbiy  va  tabiiy  vositalarining  himoyaviy 
xususiyatlarini o’rganish. 
3.  Radiatsiyaning  zararli  tasiridan  himoyalanish  vositalari  va  usullaridan  foydalanishni  mashq 
qilish. 
 
15-mavzu: KTEZMdan muhofazalanish va undan zaharlanganda 
birinchi tibbiy yordam ko’rsatish (amaliy mashg’ulot). 
 
1.  KTEZMdan  muhofazalanish  usullari  va  vositalarini  o’rganish.  Muhofaza  vositalarini  yasash 
hamda ulardan foydalanishni mashq qilish.  
2.  KTEZMdan  zaharlanganlarga  birinchi  tibbiy  yordam  berish.  KTEZM  tasiri  oqibatlarini 
kamaytirish uchun qo’shimcha chora–tadbirlar majmuini qo’llash. 
3. SHikastlanganlarni zararlanish o’chog’idan olib chiqishni mashq qilish. Zaharlanishga qarshi 
tibbiy va tabiiy antidot vositalar berish. 
 
16-mavzu:  Favqulodda  vaziyatlarda  aholining  muhandislik  muhofazasini  tashkil  etish. 
Binolar va qurilish ashyolarining o’ziga xos xususiyatlari. 
 
1.  Talim  muassasasi,  yashash  joylarining  geografik  o’rni,  relьefi,  bino  va  inshootlari 
joylashuvining  o’ziga  xos  xususiyatlari  hamda  ularga  turli  favqulodda  vaziyatlarning  zararli 
tasiri. Hududga xos bo’lgan lokal turdagi favqulodda vaziyatlar xavfini aniqlash.  
2.  Bino  va  inshootlarning  seysmikbardoshligi.  Binolarning  tasnifi,  tiplari  va  turlari.  Bino  va 
inshootlarni loyihalashtirish, qurish va foydalanishda hududning geografik o’rni, relьefi, seysmik 
holati, o’ziga xos xususiyatlarini etiborga olishning ahamiyati.  
3.  Qurilish  ashyolari  va  jihozlaridan  foydalanishda  qabul  qilingan  sifat  va  miqdor  meyorlariga 
amal qilishning ahamiyati.  
4. Qurilish ashyolari va jihozlarining himoyaviy xususiyatlari. 
 
 
17-mavzu:  Ekologik  muhit  buzilishining  inson  hayotiy  faoliyatiga  zararli  tasiri  va  uning 
natijasida yuzaga kelayotgan muammoli vaziyatlar. 
 
1.  Tabiiy  va  texnogen  tasirlar  natijasida  yuzaga  kelayotgan  ekologik  favkulodda  vaziyatlar. 
Tabiat va havo sofligi. Tabiat va inson uyg’unligi. 
2.  Ichimlik  suvining  antropogen  ifloslanishi.  Toza  ichimlik  suvining  yetishmasligi  muammosi. 

Toza ichimlik suvidan oqilona foydalanish. CHo’llanish va qurg’oqchilik tushunchalari.  
3.  Talim  muassasasi  yoki  yashash  joylarida  havoni  ifloslantirayotgan  omillar  va  ularni  bartaraf 
etish.  Maishiy  va  sanoat  chiqindilari.  Ishlab  chiqarishda  zaharli  kimyoviy  vositalardan 
foydalanishning atrof muhitga zararli tasiri. 
4.  Oziq-ovqat  mahsulotlariga  quyiladigan  ekologik  talablar.  Oziq-ovqat  sanoatida  genetik 
takomillashtirilgan mahsulotlardan foydalanilishining inson hayotiy faoliyatiga salbiy tasiri.  
5. Qishloq xo’jaligi va sanoatda suv resurslaridan oqilona xamda tejamkorona foydalanish. 
 
 
18-mavzu:  O’zbekiston,  Markaziy  Osiyo  mintakasi  va  xalqaro  miqyosda  yuzaga 
kelayotgan ekologik tahdidlar.  
 
1.  Yoshlarda  ekologik  tarbiya  va  ekologik  madaniyatni  shakllantirish  muhim  vazifa  ekanligi. 
Ekologik muhit va ekologik tizim tushunchalari. 
2. Ekologik muhit va tizim buzilishi natijasida yuzaga kelayotgan muammoli vaziyatlar. 
3.  Xalqaro  hamda  O’zbekiston  miqyosida  ekologik  tahdidlarning  oldini  olish  borasida  olib 
borilayotgan ishlar. 
 
19-mavzu: Epidemiologik kasalliklarning yuqish  yo’llari va profilaktikasi. 
 (amaliy mashg’ulot). 
 
1. Favqulodda vaziyatlarga olib keluvchi  kasalliklarning yuqish yo’llarini aniqlash. 
2.  Zoonaz  va  parazitar  kasalliklarning  belgilarini  aniqlash.  Infektsiyaga  qarshi  tibbiy  dori 
vositalarini qo’llashni o’rganish. 
3. Kasalliklarning oldini olish bo’yicha chora-tadbirlarni amalga oshirishni o’rganish. Infektsiya 
manbaalarini zararsizlantirish. 
4.  Aholi  o’rtasida    kasalliklarning  oldini  olish  bo’yicha  tushuntirish  ishlari  olib  borishning 
ahamiyatini bilish.  
5.  Aholini  sifatsiz  oziq-ovqat  mahsulotlaridan  zaharlanishi  va  ushbu  holatlarda  birinchi  tibbiy 
yordam ko’rsatish tartibi. 
 
20-mavzu: Favqulodda vaziyatlar yuzaga kelganda birinchi tibbiy yordam 
va o’z-o’ziga yordam ko’rsatish (amaliy mashg’ulot). 
 
1. Suniy nafas berish va yurakni uqalashni mashq qilish. Epilepsiya va shok holatlarida birinchi 
yordam berishni o’rganish. 
2.  Hayvon  tishlaganda,  ilon  xamda  zaxarli  xashoratlar  chaqqanida  birinchi  tibbiy  yordam 
berishni mashq qilish.  
3.  Ekstremal  vaziyatlar,  stress  va  surunkali  charchash  holatida  birinchi  tibbiy  yordam  berishni 
mashq qilish. Tovush va zararli odatlarning inson organizmiga salbiy tasirini aniqlash. 
4. Issiq va sovuqdan tasirlanganda birinchi tibbiy yordam berishni mashq qilish. 
5. Inson salomatligini sug’urtalash tartibi va uning ahamiyati. 
 
Amaliy mashg’ulotlarni o’tish yuzasidan tavsiyalar: 
 
1.  Amaliy  mashg’ulotlarni  o’tkazishda  FVV,  IIV,  DAN,  yong’in  xavfsizligi,  tez  tibbiy 
yordam, qutqaruv xizmatlari bilanhamkorlik qilish. 
2.  Amaliy  mashg’ulotlarni  o’tishda  talim  muassasasi  sharoitidan  kelib  chiqqan  holda  yuz 
berishi mumkin bo’lgan favqulodda vaziyatlar turlariga yaqin holat tashkil etish. 
3.  Zaruriyatga ko’ra malakali mutaxassislarni amaliy mashg’ulotlarga jalb etish. 
4.  Amaliy  mashg’ulotlarda  belgilangan  meyorlar  bajarilishini  taminlash.  O’yin  va 
musobaqaviy usullardan samarali foydalanish. 
5.  Favqulodda  vaziyatlarga  manaviy-ruhiy    tayyorgarlikni  amalga  oshirish  uchun  qo’rquv  hissini 

paydo qiluvchi sharoit yaratish va undan chiqib ketish yo’llarini o’rgatish. 
6.  Uy  vazifasi  berib,  yashash  joylarida,  qishloq  xo’jaligi  va  sanoatda  shaxsiy  xavfsizlikka 
tahdid soluvchi holatlar va omillarni aniqlash.  
7.  Xavf  soluvchi  omillarga  qarshi  kurashda  o’quvchi  tomonidan  qilinishi  kerak  bo’lgan 
amaliy harakatlar  xususida yozma ishlar olish. 
8.  KTEZMdan  muhofazalanishda  shamol  yo’llarini  aniqlash.  Nafas  hamda  ko’rish  azolarini 
himoyalovchi dastlabki vositalar yasash va ulardan foydalanishni amalda ko’rsatish.  
9.  Egasiz qolgan har qanday buyumga etibor berish hamda u haqda o’zgalarni ogohlantirish. 
IIB xodimlariga xabar berishni o’rgatish. 
10.  Innovatsion  pedagogik  texnologiyalardan  foydalangan  holda,  namunaviy  amaliy 
harakatlar  bo’yicha  o’quv-uslubiy  materiallar  namoyish  etish.  Ulardagi  harakat  tartibini 
amaliyotga ko’chirish. 
 
Mustaqil ishlar uchun taxminiy mavzular. 
 
1.Hayot  faoliyati  xavfsizligi  o’quv  fani  va  uning  asosiy  vazifalari.  Hayot  faoliyati  xavfsizligi 
bo’yicha asosiy tushunchalar. Favqulodda vaziyatlarda yordam berishning asosiy qoidalari. 
2. Yong’in xavfsizligi qoidalari. Yong’inni o’chirish nuqtasi jihozlari va ularning vazifasi. 
3.Kundalik  hayotda  gaz  va  elektr  jihozlari  foydalanish  qoidalariga  rioya  etish.  Maishiy  uy 
jihozlaridan foydalanish tartibi. 
4.  Ommaviy  tartibsizliklar,  kriminogen  vaziyatlar,  terrorchilik  harakatlari  kabi  shaxsiy 
xavfsizlikka daxl qilingan  holatlarda o’zini tutish qoidalari va harakatlanish tartibi. 
5.Ommaviy  madaniyat,  missionerlik  va  globalashuvning  inson  hayotiga  zararli  tasiri.  Axborot 
xavfsizligi.  Axborotlarni  o’rganish,  tahlil  qilish,  umumlashtirish  va  xulosa  chiqarishning 
ahamiyati. 
6.  Tadbirkorlik  va  biznesga  favqulodda  vaziyatlarda  tug’iladigan  xavf-xatarlar  hamda  ularning 
oqibatlarini kamaytirish va bartaraf etish bo’yicha olib borilayotgan ishlar. 
7.  Inson  hayoti,  sog’ligi,  transport  vositalari  va  mol-mulkini  favqulodda  vaziyatlardan 
sug’urtalash  tartibi.  Ijtimoiy  ko’rinishdagi  favqulodda  vaziyatlar.  Favqulodda  vaziyatlarda 
ijtimoiy himoyaning ahamiyati. 
8. Zilzilalar va ularning o’ziga xos xususiyatlari. Zilzila oqibatlaridan muhofazalanish usullari. 
9.  Ichimlik  suvining  antropogen  ifloslanishi.  Toza  ichimlik  suvining  yetishmasligi  muammosi.  
Kundalik  hayotiy  faoliyatda,  qishloq  xo’jaligida  va  sanoatda  suv  resurslaridan  oqilona  hamda 
tejamkorona foydalanish texnologiyalari. CHo’llanish va qurg’oqchilik tushunchalari. 
10.Kuchli tasir etuvchi zaharli moddalar va ulardan himoyalanish. Qishloq xo’jaligi va sanoatda 
kimyoviy, zaharli moddalardan foydalanish. 
11.Favqulodda vaziyatlarda aholining muhandislik muhofazasini tashkil etish.Binolar va qurilish 
ashyolarining o’ziga xos xususiyatlari. 
12. TSunami va vulqon otilishi haqida tushuncha. Ularning zararli tasiri va ikkilamchi oqibatlari. 
Bino va inshootlarga vayron qiluvchi tasiri. 
13.Tabiat  va  havo  sofligi.  Havoni  ifloslantirayotgan  omillar  va  ularni  bartaraf  etish.  Kundalik 
hayotda,  qishloq  xo’jaligida  va  ishlab  chiqarishda  zaharli  kimyoviy  vositalardan 
foydalanilishining atrof- muhitga zararli tasiri. 
14.  Xalqaro  hamda  O’zbekiston  miqyosida  turli  ko’rinishdagi  favqulodda  vaziyatlarning  inson 
hayoti, atrof-muhit, qishloq xo’jaligi, sanoat, fan va madaniyatga zararli oqibatlarini kamaytirish 
borasida olib borilayotgan ishlar. 
15.Oziq-ovqat  ishlab  chiqarish  sanoatida  genetik  takomillashtirilgan  mahsulotlardan 
foydalanilishining  zararli  oqibatlari.  Genetik  takomillashtirilgan  mahsulotlarning  organizmga 
salbiy tasiri. Oziq-ovqat mahsulotlariga qo’yiladigan ekologik talablar. Oziq-ovqat mahsulotlari 
tanqisligi. Oziq-ovqat xavfsizligi. 
16.  Epidemiologik  kasalliklarning  yuqish  yo’llari  va  profilaktikasi.  Epidemiologik 
kasalliklarning oldini olish hamda ular yuzaga kelganida oqibatlarini bartaraf etish. 

17.  Favqulodda  vaziyatlar  yuzaga  kelganda  birinchi  tibbiy  yordam  va  o’z-o’ziga  yordam 
ko’rsatish. 
18.Stress va surunkali charchash holatlarining zararli tasiri. Tovushning inson sog’lig’iga tasiri. 
Zararli odatlarning inson organizmiga salbiy tasiri. 
 

Foydalanilgan adabiyotlar. 
 
Asosiy adabiyotlar: 
 
1.  I.A.Karimov.  “O’zbekiston  XXI  asr  bo’sag’asida:  xavfsizlikka  tahdid,  barqarorlik 
shartlari va taraqqiyot kafolatlari.” T. 1997 y.  
2.  “Zilzila  tabiiy  ofatdir:  zilzila  yuz  berganda  fuqarolarning  hatti-harakatlari  qoidalari 
haqida eslatmalar”. Radius. 1999 y. 
3.  Z.F.Ilyosova, “Hayot xavfsizligi asoslari”, Toshkent - “Moliya” -2001 y. 
4.  “Okrujayuщaya  sredai  bezopasnostьnashey  jizni.  Ekologicheskaya  azbuka  dlya  detey  i 
roditeley”.Tashkent - 2002y., 
5.  “Avesto” tarixiy- adabiy yodgorlik, “SHarq”,2003 y. T.  
6.  O’zbekiston  Qizil  Yarim  Oy  jamiyati,  “Osnovnie  ponyatiya  o  stixiynix  bedstviyax. 
Pravila povedeniya v sluchae ix vozniknoveniya”, Tashkent-2006. 
7.  Avt. kol. “Zaщita naseleniya iterritoriy ot chrezvichaynix situatsiy”, (Uchebnayaposobie 
dlya rukovoditeley GSCHS), T-2003.  
8.  E.J. Ikromov, “Favqulodda vaziyatlar va jamoatchilik fikri”, T., 2004 y. 
9.  Y.  Allayorov,  Y  Tojiboyev,  «Favgulodda  vaziyatlarda  tez  tibbiy  yordam  asoslari», 
Toshkent – “ZAR GALAM” -2005 
10. “Zemletryaseniya  i  strategiya  bezopasnogo  stroitelьstva  v  TSentralьnoy  Azii”. 
Dushanbe. 2006 g.  
11. E.I.Musaboev,  A.Q.Bayjanov,  “Yuqumli  kasalliklar  epidemologiya  va  parazitologiya”, 
Toshkent -2007 
12. G.YO.Yormatov,  O.R.Yuldashev,  A.L.Hamrayeva  «Hayot  faoliyati  xavfsizligi» 
Toshkent – aloqachi - 2009 y. 
 
 
Huquqiy-meyoriy adabiyotlar: 
 
1.  O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi; 
2.  O’zbekiston  Respublikasi  Favqulodda  vaziyatlar  vazirligi.  “Aholi  va  hududlarni 
favqulodda  vaziyatlardan  muhofaza  qilishning  huquqiy  asoslari”  (Meyoriy  hujjatlar 
to’plami I tom). T. 2003 y.va (Meyoriy hujjatlar to’plami II tom).2010 y 
3.  A.  Norboev,  M.  Ziyoeva,  M.  Ishxo’jaeva,  “Hayot  faoliyati  xavfsizligi”  fanidan 
namunaviy o’quv dasturi, Toshkent-2012 y; 
4.  Mual.  jam,  “CHaqiriqqa  qadar  boshlang’ich  tayyorgarlik”  o’quv  fanidan  o’quv  dasturi, 
Toshkent-2010 y; 
5.  J.Yaxshiliqov, H. Zohidov, J. Abdurahmonova, “Manaviyat asoslari” fani o’quv dasturi, 
Toshkent-2010 y; 
6.  Mual.  jam,  “Mehnat  muhofazasi  va  texnika  xavfsizligi”  o’quv  fani  dasturi,  Toshkent-
2010 y; 
7.  I.  Saifnazarov,  SH.  Azizov,  “SHaxs  va  jamiyat”  fani  o’quv  dasturi, 
Toshkent-2012 y; 
8.  Mual.  jam,  “Diniy  ekstremizm  va  terrorizmga  qarshi  kurashning  manaviy-marifiy 
asoslari” maxsus kursi o’quv dasturi, Toshkent-2005 y; 
9.  X.R.Saydaxmedova,  G.Yu.Nazarova,  “Sog’lom  turmush  tarzi  asoslari  va  oila”  maxsus 
kursi dasturi, Toshkent-2010 y. 

Download 1,65 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   34




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish