O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti



Download 1,55 Mb.
bet34/101
Sana14.02.2023
Hajmi1,55 Mb.
#910927
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   101
Bog'liq
Inson resurslari

Xizmat doirasini kengaytirish — ishchi-xodimlarga kompaniyaning kundalik ishlarida ishtirok etishlari uchun katta imkoniyatlarning berilishi.
Maqsadlarga erishishdagi ishtirok — komanda ishidagi muvaffaqiyatli natijalari evaziga muntazam ravishda pul mukofotlarining olinishi.
Kompaniya kadrlar qо‘nimsizligi va mehnat unumdorligining umumiy pasayishi kabi muammolarga hamisha duch kelaversa, keskin choralar kо‘rish zarur bо‘ladi. Firma rahbariyati firmani yaxshi holatga keltirish uchun ehtimol, maqsad, strategiya va tashkillashtirish madaniyatini qaytadan kо‘rib chiqishi lozim bо‘lar. Bunday о‘zgarishlar osonlikcha kechmaydi. Ular firmadagi barcha ishchilarni qamrab oladi, lekin foydali natija keltirish garovini bermaydi. Agar ular, ana shu о‘zgarishlar davridan bir amallab о‘tib olsalar, komandaga kerakligi hissi va yangi maqsadni ilg‘ay bilish imkoniyatiga ega bо‘ladilar, bu esa asoslanishning kuchli vositasidir.
Tashkillashtirish ishlariga yо‘nalgan asoslantirish uslublarining kо‘pchiligi bir xil kategoriyaga tо‘g‘ri keladi: ishchilarning xizmat doirasini kengaytirish, kompaniyaning kundalik ishlarida ishtirok etishlari uchun katta imkoniyatlar berish.
"Jamoa bо‘lib boshqarish" nomi ostida mashhur bо‘lgan ushbu uslublarni, ilk bor "Federal Express" kompaniyasi qо‘llagan. Bu kompaniya xodimlariga ishga qabul qilish va ish joyidan yuqori lavozimga kо‘tarishda qarorlar chiqarishda ishtirok etish, mahsulot sifatini nazorat qilish guruhlarida ishlash, kadrlar masalasida va tezkor qaror qabul qilish ishlarida rahbariyat bilan birgalikda ishlash uchun о‘z vakillarini tanlash, о‘zi xohlagan taftish bо‘limiga shikoyatlar qilish huquqlari berilgan. Kompaniya ishlariga xodimlarni jalb etishning shu kabi uslublari, tashkilotda birdamlik muhitining qaror topishiga yordam beradi.
Ishchilarning xizmat doirasini kengaytirishning asosiy uslubi - о‘z-о‘zini boshqarishga asoslangan ishchi komandalarini shakllantirish. Bunday komandalar, о‘z vazifasini о‘zi belgilay oladigan, ularni hal etish yо‘lida yangi yechimlar topa oladigan, о‘z ishini о‘zi boshqara oladigan xizmatchilardan iborat guruhlardan tashkil topgan. Ana shu uslubdan foydalanadigan kompaniyalarda о‘tkazilgan sо‘rovlar shuni tasdiqladiki, bunday komandalar turli yо‘llar bilan tashkil etilib, ulardagi xizmatchilar soni 6 tadan 32 gacha bо‘ladi. Mazkur komandalarning muvaffaqiyatli ishi tufayli ishchi kuchiga ketadigan xarajatlar miqdori kamayib, mehnat unumdorligi oshgan, mahsulot sifati va ishchilarning ma’naviy ruhi kо‘tarilgan. Bu uslubni qо‘llashdagi asosiy qiyinchiliklar mazkur tizimdan foydalana bilmaslik, ishchilarning rahbariyatga ishonchsizligi va menejerlarning qarshiligi bilan bog‘liq bо‘lishi mumkin.
Albatta, agar ishchi komandalarining g‘oyalari maxsus haq tо‘lash dasturlari bilan qо‘llab-quvvatlanmasa, ular chiqarayotgan mahsulot unumdorligining pasayishi muqarrar. Ana shunday dasturlardan biriga misol sifatida maqsadlarga erishishdagi ishtirokni keltirish mumkin. Uning mohiyati shundaki, pul mukofoti komanda ishining natijalariga bog‘liqdir. Bunday mukofotlar, odatda, oyda bir marta beriladi.
Moliyaviy rag‘batlantirishning yana bir kо‘rinishi — kompaniya aksiyalaridan bir qismini berish. Bu dasturlarning maqsadi — odamlarga, ularning mehnat faoliyati va pul mukofotlari orasidagi bog‘liqlikni namoyish etish.
Ba’zi kompaniyalar о‘z ishchilariga firmani birgalikda boshqarish imkoniyatini ham beradilar. Xizmatchilarning xususiy mulkiga aylangan firmalarda "yopilish" xavfi kamroq bо‘ladi. Jumladan, pochta va maishiy mollarni ishlab chiqaruvchi "Manno" firmasi, о‘zining xizmatchilariga tegishlidir. Jamoaning har bir a’zosi sotilish miqdori va firma daromadini doimo nazorat qilish imkoniyatiga ega bо‘lib, bu hol ularga о‘z kompaniyalari faoliyatidan qoniqishlariga hamda о‘zlarining shaxsiy muvaffaqiyatlarini о‘rtaga qо‘yib, eng unumli asoslangan strategiyadan daromad olishlariga olib keladi.


Xulosa
Yuqorida kо‘rilgan masalalarga xulosa yasaydigan bо‘lsak, birinchi navbatda shuni aytish kerakki, IRMda motivasiya nazariyasidan amaliyotda foydalanish - eng avvalo, inson omili masalasiga qaratilgandir. Chunki insonlarning о‘zlari mashg‘ul bо‘lgan ishlari, mehnat jarayonlarida faol qatnashishlari, ish sifatining о‘sishi - korxonada yaratilgan shart-sharoitlar mehnat motivasiyasiga bevosita bog‘liqdir. Biz yuqorida kо‘rib о‘tgan uslublarni nafaqat G‘arb mamlakatlari yoki Yaponiya kabi rivojlangan mamlakatlarda qо‘llash yuqori darajada mehnatni tashkil etish imkonini beradi, balki, hozirgi kunda О‘zbekiston sharoitida shulardan unumli va kerakligicha foydalanish mumkin. Biz uchun yangi bо‘lgan bozor iqtisodiyoti sharoitida insonlarni о‘z mehnatlariga qiziqtirish, korxona va firmalarda mehnatga butunlay yangicha yondoshish - bо‘larning hammasi ertangi kun muvaffaqiyatlarining garovi bо‘lib qoladi.

Download 1,55 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   101




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish